Bitiruv malakaviy ishi mavzu: Oshxona jihozlariga qo’yilgan sanitariya gigenik talablar


II.3. Oshxonaga qo`yiladigan sanitariya talablari



Download 75,12 Kb.
bet9/10
Sana06.09.2021
Hajmi75,12 Kb.
#166081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
diplom ishi

II.3. Oshxonaga qo`yiladigan sanitariya talablari

Ovqatlantirishni to’g’ri tashkil etishda, muassasa xodimlarining eng asosiy vazifalaridan biri oshxonaga hamda taomlarni tayyorlash va saqlashga qo`yilgan sanitariya-gigiena talablariga rioya qilishlaridir. Bu talablarga rioya qilinmasa, bolaning sog`ligiga jiddiy ta`sir ko`rsatishi, jumladan, ovqatdan zaxarlanish, turli kasalliklarga chalinish xolatlari sodir etilishi mumkin. Muassasada maxsulotlarni alohida ( go`sht, baliq, sut va hokazo) tartibda saqlanishi talab qilinadi . Shuningdek, gusht va baliq yarim tayyor ma`hsulotlari ( go`sht va baliq qiymalari)ni xattoki, muzlatgichda saqlashga ru`hsat etilmaydi. Go`sht va baliq ma`hsulotini faqat kulinariya ishlovi berishdan oldin qiyma holatiga keltirish mumkin. Turli hildagi oziq-ovqat mahsulotlariga issiqlik ishlovi (kovurish shkafida) berishda, ularning pishirish uchun belgilangan harorat va ishlov berish muddatlariga amal qilish lozim. Qovurish shkafidagi xarorat 220S dan past bo`lmasligi kerak. Qaynatilgan go`shtdan ikkinchi taom tayyorlansa, albatta, ikkinchi issiqlik ishlovi berilishi talab etiladi. Har kuni oshxonada ish tugatilgandan so`ng,xonalarni orasta kilib yig`ishtirib qo`yishlari lozim. Buning uchun yig`ishtirish vaqtida kiyishga muljallangan maxsus kiyimlar ( xalat, fartuk va boshq.) bo`lishikerak. Har oyda bir marta asosiy yig`ishtirish-tozalash ishlarini o`tkazish va barcha xona, jixoz va anjomlar zararsizlantirilishi talab etiladi. Ovqat ratsionini shakllantirishda, qo`yidagilarga amal qilish tavsiya etiladi. I Taomnoma tuzishni tushlikdan boshlash. Chunki asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining ko`p qismi tushlikda sarflanadi. Shuningdek, me`yordagi go`sht mahsuloti to`liq tushlikda, asosan, ikkinchi taom uchun sarflanadi.11

An`anaga ko`ra, tushlik tarkibiga: yaxna taom (salatlar), birinchi taom (issiq sho`rvalar), ikkinchi taom (go`shtli yoki baliqli taom garnir bilan) va uchinchi taom (ichimlik) kiradi.

Yaxna taom sifatida ko`proq turli xil sabzavotlardan (bodring, pomidor, yangi karam, sabzi, qizil lavlagi va hokazo) ko`kat qo`shib tayyorlangan salatlardan foydalaniladi. Salatning mazasini yanada yaxshilash uchun unga yangi yoki quritilgan meva (olma, qora olxo`ri, mayiz) qo`shish mumkin. Salatlarga faqat o`simlik moyi (makkajo`xori, kungaboqar, zaytun) qo`shiladi.

_________________

11A.R. Sodikov, A.M.Mirzaaxmedov Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni ovqatlantirish T. «Ilm Ziyo», 2008y

Maktabgacha ta`lim muassasalarida birinchi taomlarning turi keng bo`lishi bilan birga ular tarkibiga, karam sho`rva hamda turli xil go`sht, baliq va tovuq qaynatmalarida tayyorlangan sho`rvalar kiritilishi lozim. Bundan tashqari, birinchi

taomlar tarkibiga go`shtsiz, jumladan, sabzavotli, yormali, frikadelkali sho`rvalar, yorma oshlar, shuningdek, sutli va mevali suyuq oshlar kiritilishi kerak. Biroq ovqat ratsionining hozirgi davr talabiga mos kelishini hisobga olganda, go`sht qaynatmasida tayyorlangan birinchi taomlar ratsion ga hafta davomida uch martadan ortiq kiritilmagani ma`qul. Haftaning qolgan kunlari go`shtsiz va sutli suyuq ovqatlar berilishi lozim.

Ratsionga ikkinchi taom sifatida kotlet, bitochka, gulyash, qaynatilgan, dimlangan va boshqa shu kabi ko`rinishdagi go`sht yoki baliqdan tayyorlangan taomlarni, shuningdek, go`shtli, go`shtli-sabzavotli, go`shtli-yormali taomlarni kiritish tavsiya etiladi. Garnir tayyorlashda, kartoshka, sabzavotlar, yorma va makaron mahsulotlaridan foydalaniladi. Murakkab garnir sifatida yorma va turli xil sabzavotlar berilishi mumkin.

Tushlikda ichimlik sifatida meva va quritilgan mevalardan tayyorlangan kompot yoki kisel berilishi mumkin. Shuningdek, qadoqlangan meva va sabzavot sharbatlari, na`matak ichimligi berilishi tavsiya etiladi.

Ertalabki nonushta va kechki ovqat, odatda, yaxna taom, issiq taom va issiq ichimliqtsan iborat bo`ladi. Yaxna taom sifatida pishloq (pishloqli buterburod), salat, portsiyali sabzavotlar, meva, yangi sabzavot va mevalardan tayyorlangan salatlar beriladi.

Albatta, ertalabki nonushta va kechki ovqatga issiq taom sifatida—sutli, baliqli, tvorogli, tuxumli yoki yormali taomlardan kiritilishi zarur. Bolalarga ko`proq turli hil sutli bo`tqalar, sabzavot yoki mevalar, sabzavotli taomlar (dimlangan karam yoki qizil lavlagi, sutli suosli sabzi, sabzavot ikralari va boshq.), toblab qizartirib pishirilgan taomlar, yorma va sabzavot kotletlari, tvorogli taomlar, baliq yoki tuxumdan tayyorlangan taomlar, shuningdek, yormali-sabzavotli aralash taomlar (sabzavot va guruchli golubtsi, qayla bilan sabzi, kartoshka yoki karam kotleti, singdirib qizartirib pishirilgan taomlar), asosiy issiq taom sifatida baliq (qaynatib dimlangan, qaynatilagan yoki dimlangan holda) berilishi mumkin. Hafta davomida bir-ikki marta sosiska yoki sardelka berilsa bo`ladi.

Ichimlik sifatida ertalabki nonushtaga — sutli kakao, qahva (tarkibida kofe va kofein bo`lmagan), sut, sutli choy, kechki ovqatga — sut, qatiq, choy, sutli choy, limonli choy berilishi tavsiya qilinadi. Ertalabki nonushta va kechki ovqatga o`simlik damlamalaridan (na`matak kabi) tayyorlangan choy, kechki ovqatga yangi yoki quritilgan mevalardan tayyorlangan kompotlar berilishi mumkin.

Ikkinchi tushlik, asosan, ikki taomdan: sut mahsuloti (nordon sut ichimligi) va yog`, tuxum, sut hamda shirinliklar solib tayyorlangan bulochka mahsulotlari yoki unli qandolat mahsulotlari (pechene, suxari, vafli)dan iborat bo`ladi. Ikkinchi tush- likka turli xildagi meva yoki rezavor mevalar berilsa, maqsadga muvofiq bo`ladi. 12 soatlik ta`lim muassasasida tarbiyalanuvchi bolalar uchun (agar ular uch mahal ovqatlantirilsa) ikkinchi tushlikda qo`shimcha sabzavotli yoki yormali taom, masalan, qizartirib toblab pishirilgan taom, puding, tvorog va tuxumdan tayyorlangan taomlar berilishi lozim.

Kechki ovqat, odatda, sutli, yormali, sabzavotli, tvorogli taom va tuxumli taomdan iborat bo`ladi. 24 soatlik ta`lim muassasasida tarbiyalanuvchi bolalar uchun ikkinchi tushlikda sutli ichimlik berilishi tavsiya qilinmaydi, balki ushbu ichimlikni bola uyquga yotishdan oldin (non, bulochka, olma, pechene kabilar bilan birga) beshinchi ovqatlanish sifatida berilgani ma`qul. Bunday holatlarda ikkinchi tushlikda sharbat yoki darmondoriga boyitilgan ichimliklar beriladi. Bolalar ovqatini tashkil etishda, ratsionga kiritiladigan taom, kulinariya va qandolat mahsulotlarining ozuqaviy qiymati «Oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi» ma`lumotlar to`plamiga hamda «Taom, kulinariya, qandolat va bulochka mahsulotlarining kimyoviy tarkibi» jadvalida keltirilgan texnologik me`yorlarga asoslanib aniqlanadi.

Ovqat ratsionining ozuqaviy va energetik qiymati taomnoma- taqsimotga asoslanib hisoblanadi. Shuning uchun ishlab chiqaruvchi korxona yoki tashkilotlar tomonidan etkazib berilgan qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotining ozuqaviy va energetik qiymati ko`rsatilishi lozim. Oziq-ovqat mahsuloti tarkibidagi mineral moddalar va darmondorilar miqdorini to`g`ri baholash. Oziq-ovqat mahsuloti tarkibidagi mineral moddalar va darmondorilar miqdori qadoqlangan idishda qayd etilmagan bo`lsa, u holda «Taom va kulinariya mahsulotlarining kimyoviy tarkibi» hamda «Oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi» ma`lumotlar to`plamida keltirilgan jadvallar asosida hisoblanadi. Shuningdek, taom va kulinariya mahsulotlariga ishlov berishda, mahsulotning oziq modda va energetik qiymatini yo`qotishini aniqlash ham ushbu ma`lumotlar to`plami va unda keltirilgan jadvallar asosida amalga oshiriladi.12

Texnologik xaritalar kartotekasi. Har bir maktabgacha ta`lim muassasasida bolalar ovqati ratsioniga kiritilayotgan barcha taom va kulinariya

12 «Maktabgacha ta’lim» jurnali 4 son 2014 y

mahsulotlarining texnologik xaritadan iborat bo`lgan kartotekasi bo`lishi lozim. Texnologik xaritaga taom yoki kulinariya mahsuloti uchun sarflanadigan mahsulotlar to`plami (taom yoki kulinariya mahsuloti uchun sarflanadigan mahsulotlarning chigitli va chigitsiz miqdori hamda tayyor taom va kulinariya mahsulotining sof vazni aks etgan), shuningdek, taom va kulinariya mahsulotining tayyorlanish texnologiyasikiritilishi lozim. Texnologik xaritada mahsulotlarning ozuqaviy va energetik qiymatlari, albatta, ko`rsatilishi shart. Shunda, texnologik xarita yuritilishining afzalligi, bir taomni ikkinchi bir taom bilan almashtirishga to`g`ri kelsa, har ikki taomning tarkibi va energetik qiymatining muvofiqligini solishtirishda qo’lay bo`ladi. Bola yoshligida etarli miqdorda darmondori iste`mol qilmasligi, uning salomatligi salbiy holatga tushishining eng asosiy sabablaridan biridir. Ya`ni bolaning sog`lig`i yomonlashib, turli kasalliklarga chalinishi va organizmning fizologik rivojlanishi susayishi mumkin. Darmondorilar etishmasligi, asosan, kuz va bahor fasllarida vujudga keladi. Bunda bolalarning e`tiborliligi va o`zlashtirish qobiliyatlari susayadi. Mineral moddalarning bola organizmiga ta`siriMineral moddalar etishmasligi xavfi darmondori tanqisligidan kam emas. Shuning uchun bolalar yoshiga qarab, jadvalda belgilangan kunlik ehtiyojlari qondirib borilishi lozim. Bolalar organizmining bir kunlik ehtiyojiga ko`ra, tavsiya etiladigan makro va mikroelementlar miqdori (mg hisobida)

Kal`tsiy — organizmda suyak va mo`shak to`qimalarining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bola organizmida kal`tsiy bilan fosfor tuzi hamda D, S va V guruhlariga mansub darmondorilari etishmasligi suyakning noto`g`ri rivojlanishiga, raxit, tish kariesi va markaziy asab tizimi faoliyati buzilishiga olib keladi.

Magniy — moddalar almashinuvida yurak faoliyatiga, organizmdan ortiqcha xolestirin moddasi chiqarishda muhim vazifani bajaradi. Magniy moddasi etishmasligi organizmda asab to`qimalarining bezovtaligiga, immunitet pasayishiga, turli xil teri kasalliklariga olib keladi.

Temir moddasi — to`qima va hujayralarga kislorodni etkazadi, qon tarkibidagi gemoglabinning tarkibiy qismini tashkilqiladi. Organizmda murakkab oksidlanish va moddalar almashinuvi jarayoni temir ishtirokida sodir bo`ladi, shuningdek, fermentlar sintezida ishtirok etadi. Temir moddasi hamda S va V guruhi darmondorilari etishmasligi kamqonlikka, mo`shaklar susayishiga, tez-tez kasallanishga, shuningdek, bola organizmi aqliy va jismoniy rivojlanishdan orqada qolishiga olib keladi.

Hamshiraning lavozim yo`riqnomasi

1. Umumiy qoidalar

1.1. Hamshira kichik tibbiyot xodimi hisoblanadi, uning lavozimiga tayinlanishi va

bo`shatilishi muassasa rahbari tomonidan amalga oshiriladi.

1.2. Hamshira lavozimiga o`rta tibbiy ma`lumotga ega bo`lgan hamda uch yildan

ortiq tibbiy ish stajiga ega bulgan shaxs saylanadi.

1.3. Hamshira muassasa rahbariga bo`ysunadi. '

1.4. Hamshira xizmat vazifasiga ko`ra, maktabgacha ta`lim muassasasida

ovqatlantirishni tashkil etish yuzasidan ishlab chiqilgan qonun va me`yoriy

hujjatlarga, asosan, ish yuritadi.

Hamshira quyidagilarni bilishi shart:

-bolalarning hayot xavfsizligini muhofaza qilish bo`yicha qo`llanma va yo`lyo`riqlarni;

-muassasaning ishi yuzasidan sanitariya va sanitariya-epidiomiologiya

me`yorlarini;

-ovqatlantirishni tashkil etishga qo`yilgan talablarni;

-bolalarning rivojlanish fiziologiyasi, sanitariya va gigiena talablarini;

-ichki mehnat tartib-qoidalarini.

Hamshira:

-muassasa rahbari tomonidan tasdiqlangan ish jadvali asosida faoliyat yuritadi;

-muassasani ovqatlantirishni tashkil etishga oid ma`lumotlar bilan o`z vahtida

ta`minlab boradi;

-muassasa rahbarining ko`rsatmalarini bajaradi hamda unga ish jarayonida vujudga

kelgan muammolar bo`yicha axborot berib turadi;

-muassasa rahbariga oshxonada taom tayyorlash jarayonida hamda oziq-ovqat

mahsulotlari ta`minotida uzulishlar bilan bog`liq bo`lgan favqulotda vaziyatlar

yuzasidan axborot berib turadi.

2. Hamshiraning vazifasi (majburiyati)

2.1. Boshqaradi:

-barcha oshxona xodimlarini;

-taom tayyorlashning texnodogik jarayonini.

2.2. Nazorat qiladi:

-muassasa oshxonasi va oziq-ovqat omborxonasida sanitariya-gigiena qoidalariga

amal qilinishini;

-oziq-ovqat mahsulotlari sifatini, saqlanish qoidalariga amal qilinishi hamda

iste`molga berilishini;

-tayyorlangan taomlar sifatini;

-mahsulotlarni taomlarga to`g`ri taqsimlanishi va taom vaznini, mahsulot hamda

taomlar berilishini;

-taomlar portsiyasini belgilangan vazn me`yorlarigamuvofiqligini;

-tayyorlangan taom sifatini, mahsulotlarning belgilangan me`yorlar asosida

sarflanishini;

-guruhlarni belgilangan jadval asosida ovqat olishlarini;

-kunlik sinama olish uchun ajratilgan idish holatini va nomlanishini.

Hamshiraning har kuni bajaradigan ishi:

-xom va pishirilgan mahsulotlarni brokeraj daftariga qayd etib borish hamda

taomnoma-talabnomasi bilan taqqoslash, shuningdek, taomnomadagi sarflangan mahsulotlarni brokeraj daftari bilan solishtirish;

-bolalarning ovqatlanish tabellarini hamda taomlar kartotekasini yuritish, o`z vaqtida to`ldirib borish;

-guruhlarda bolalar ovqatlantirilishini nazorat qilish.

2.4. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini me`yor bo`yicha ta`minlanishi yuzasidan dekada kesimida hisobot yuritish.

2.5. Taomlarning yig`ma hisobotidan ovqat ratsioniga kiritilgan oziq-ovqat mahsulotlarini tarkibiy qismi va energetik qiymatini doimiy ravishda tahdil qilib borish.

2.6. Tayyorlangan taomlarni tarqatishdan oldin sinama olish, organoleptik usul asosida baholab, jurnalga qayd etish hamda taomlardan olingan sinamayaarni talab etilgan darajada saqlanishini ta`minlash.

2.7. Ombor Mudiri va bosh oshpaz bilan hamkorlikda taomnoma tuzish.

2.8. Ota-onalar va xodimlar bilan sanitariya-ma`rifiy ishlar olib borish.

3. Hamshiraning huquqi

3.1. Oshpazlar tomonidan taom tayyorlash texnologiyasiga amal qilinmaganda yoki ular .o`z xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan yondashganlarida, ma`muriyat oldida chora ko`rish va jazolashni taklif qiladi.

3.2. Oziq-ovqat mahsulotlari ta`minotida uzilish bo`lganda, taomnomaga o`zgartirish (taomni almaiggirish) kiritish.

3.3. Muassasa rahbariga o`zining majburiyati va huquqi doirasida talab qo`yish.

3.4. Uzining malakasini oshirish.

3.5. Qonunda ko`rsatilgan boshqa huquqlardan foydalanish.

Ombor mudirining lavozim yuriqomasi

I. Bajaradigan ish tavsifi

1. Oziq-ovqat mahsulotlarini tushirish va yuklash ishlarini boshqarishni, ombor ichida ularni joylashtirish me`yorlarini, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish yo`riqnoma va qoidalarini, sanitariya-epidemiologiya qoidalarini hamda maktabgacha yoshdagi bolalarni ovqatlantirish me`yorlarini.

2. Mahsulotlardan bo`shagan idishlarni saqlash va o`z vaqtida ta`minlovchi korxonalarga qaytarish.

3. Har kuni taomnoma tuzishda ishtirok etish hamda oziq- ovqat mahsulotlari uchun buyurtmalar berish.

4. Kunli taomnomada belgilangan barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini bosh oshpazning imzosi asosida omborxonadan oshxonaga berish.

5. Ta`minotchi korxonadan berilgan mahsulotlarni yuk xatiga mosligini tekshirib tortib olish, sifatini nazorat qilish, saralashni.

6. Mahsulotlarning o`z vaqida sarflanishini nazoratqilish; sifati tez buziluvchi va uzoq muddat saqlanadigan mahsulotlarni to`g`ri saqlash; omborxonaning sanitariya holatini ta`minlash; jihozlar, inventarlar va yong`inga qarshi vositalar mavjudligi hamda sozligini ta`mindash.

7. Moddiy boyliklarni yo`qlamadan o`tkazishda qatnashish. Bir bola uchun belgilangan kunlik me`yorga mos ravishda buyurtma berish.

II. Ombor mudiri bilishi lozim

1. Sanitariya-epidemiologiya qoidalarini.

2. Ombor xo`jaligini yuritish qoidalarini.

3. Tushirish-yuklash ishlarini tashkil etishni.

4. Omborxonadagi mahsulotlar hisob-kitobini yuritish, saqlash, kirim-chiqim qilish qoidalarini va ularga oid hujjatlar yuritishni.

5. Ovqat mahsulotlarini saqlash tartib-qoidalarini hamda ularni yuklash va tushirishda, urinib qolshpiga yo`l qo`ymaslikni.

6. Ovqat mahsulotlarining o`z vaqtida sarflanishini nazorat qilishni, sifati tez buziluvchi hamda uzoq mudtsat saqlanadigan mahsulotlar saqlanishini, omborxonaning sanitariya holatini. Mahsulotlarning sifat xarakteristikasini (ko`rinishi, navlari), saqlanish va foydalanish muddatlarini. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ovqatlantirish me`yorlarini. Ichki mehnat intizomiga rioya qilish, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va yong`indan himoyalanish qoidalarini bilishi.

Javobgarligi

--Maktabgacha ta`lim muassasasining nizomi va ichkimehnat intizomi qoidalarini uzrsiz sabablarga ko’ra, bajarmaganda yoki buzganda, shuningdek, muassasa rahbari tomonidan qonun doirasida talab etilgan ko`rsatmalarni bajarmaganda, lavozim majburiyatida ko`rsatilgan yo`riqnomaga amal qilmaganda;

--Mussasada yong`in xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalari hamda ovqatlantirishni tashkil etishning sanitariya- gigiena talablariga rioya qilmaganda;

--Hamshira lavozim majburiyatini bajarish jarayonida yoki bajarmasligi oqibatida muassasaga ziyon yoki modtsiy zarar etkazilganda;

--O`zining xatti-harakatlari bilan muassasaga yoki bolalar mulkiga zarar etkazganda, O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida javobgarlikka tortiladi.

Oshpazning lavozim yo`riqnomasi

I. Bajaradigan ish tavsifi

1. Turli yoshdagi bolalar uchun: sutli suyuq va quyuq taomlar; turli yormalardan suyuq, yarim quyuq va sochiluvchan bo`tqalar; qaynatilgan, dimlangan, bug`da pishirilgan, pyurelar va boshqa sabzavotli taomlar; sabzavotli, mevali, mevalisabzavotli va go`shtli- sabzavotli salatlar hamda venegretlar tayyorlash.

2. Go`sht va tovuq go`shti qaynatmalarini tayyorlash, go`shtsiz, bo`tqasimon, yaxna taomlar hamda suyak qaynatmasida sho`rvalar tayyorlash.

3. Turli xil jazlamalar; tomat, smetana, sutli va mevali qaylalar; teftel, kotlet, gulyash va boshqa go`sht, tovuq hamda baliqdan tayyorlangan taomlar; yormalardan singdirib pishirilgan taomlar; sabzavot bilan go`shtli, tuxum va tvorogli; sutli va tuxumli taomlar; issiq va yaxna ichimliklar; meva va sabzavot sharbatlari, meva qaynatmalari, kisel, kakao va boshqa uchinchi taomlar tayyorlash.

4. Har turdagi xamirni qorish va undan bulochka, pirojki oladi, vatrushka va boshqa kulinariya maheulotlarini tayyorlash.

5. Bolalarni yoshlariga muvofiqravishda, ilk yoshli, o`rta yoshli hamda tayyorlov guruhi bolalari uchun taomlarni portsiyalarga bo`lish va tarqatish.



6. Har kuni taomnoma tuzishda ishtirok etish.

7. Oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan tartibda saqlash va taomnoma asosida to`g`ri sarflanishini ta`minlash. Ko`z qorachig`imizdek asraydigan farzandimizni ertalab bog`chaga, tarbiyachi opalar qo`liga topshirgach, o`z yumushlarimizga sho`ng`ib ketamiz-u baribir xayolimiz bolada bo`ladi: qorni to`yib ovqatlanayaptimi, och qolmadimikan? Kechki payt uyga olib qaytayotib «Bog`chada nima eding?», deb so`rasangiz, «kasha» deb javob beradi. Bola go`yo «bahodirlar bo`tqasi»dan egandek ovqatdan bosh tortadi. Bog`chada 10 kunlik taxminiy taomnoma ishlab chiqilgan va bu davrda asosiy ovqatlarni takrorlamaslikka harakat qilamiz. Bolaning uglevod, oqsil, yog`larga bo`lgan kunlik ehtiyojiga qarab taomnoma tuziladi. Taomnomani tuzishda mavsum ham hisobga olinadi. Masalan, qishda shamollash kasalliklarining oldini olish uchun S vitaminiga boy tsitrus, quruq mevalar kiritiladi. Yozda kun uzoqligi va havo issiqligi hisobga olinib, ikkinchi nonushtaga sersuv mevalar, kefir, sharbatlar, tarvuz beriladi. Bolalar ovqati bog`cha oshxonasida tayyorlanadi va buning uchun har kuni yangi mahsulot keltiriladi. Masalliqlar o`ziga xos tartibda dimlab, qaynatib pishiriladi, qovurma taomlar berilmaydi. Bolada taom turlari bo`yicha tushuncha shakllanayotgani uchun shirguruchni ham, mosh-guruchli ovqatni ham «kasha»deb ataydi. Vaholanki, sutli bo`tqalar turlicha, guruchli, manniy yormasi yoki gerkulesli bo`lishi mumkin. Taomlarni farqlay bilishlari uchun ovqatlantirayotganda ularga «bugun oshqovoq solingan sutli bo`tqa eymiz», «tushlikka birinchi ovqatimiz guruchli sabzavotli sho`rva» tarzida ma`lumot berib borish yo`lga qo`yilgan. Bu orqali bola taom tanlash borasida o`z xohishlarini bayon qilishni ham o`rganadi. 10,5 soatlik va 12 soatlik bog`chalarda 3-4 mahal ovqatlanish uchun taomnoma turlicha tuzilsa-da, bolaning yosh xususiyatlari, vitamin va mikroelementlarga bo`lgan ehtiyoji bir xil hisobga olinadi. 3 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun kunlik norma 1540 kkal, 5-6 yoshgacha bolalarga 1900 kkal kaloriya etarli bo`ladi. Bola organizmi juda nozik. Sanitar-epidemiologik qoida va me`yorlar asosida tuzilgan taomnoma bola organizmi uchun xavfsiz ham bo`lishi kerak. Bog`cha taomnomasini tuzishda bolada qandli diabet, oziq-ovqat mahsulotlariga ta`sirchanlik (allergiya) yoki fermentativ buzilishlar bor-yo`qligi qat`iy inobatga olinadi. Baliqdan taom tayyorlaganda uni ikki marta go`shtqiymalagichdan chiqarib, suyaklari o`tib ketmasligi qattiq nazorat qilinadi. Yog`da qovurilgan xamirli taomlar, dudlangan go`sht, sifati noma`lum mahsulotlarga ham bog`cha oshxonasida o`rin yo`q. Jajji bolajonlarimiz bog`cha oshxonasida «Yoqimli ishtaha!», «Mazali taom uchun rahmat!», deb aytishni o`rganishyapti. Bola to`g`riovqatlanish, umuman, sog`lom hayot tarzini aynan bog`cha yoshidan o`rganib borsa, bu uning kelajakda sog`lom fikrli, jismonan barkamol bo`lib voyaga etishiga xizmat qiladi. Bolalar bog`chasi taomnomasini o`rganish chog`ida yana bir narsa e`tiborimni tortdi, ya`ni bog`chaga qatnaydigan bolalarda qondagi gemoglobin miqdori uyda tarbiyalanayotgan bolanikiga nisbatan yuqori ekan. Bu holatga bog`cha mudiralari va bolalar shifokorlari ko`p marta guvoh bo`lishgan. «Tibbiy ko`rik natijalariga ko`z yugurtirar ekanman, guruhga yangi kelgan bolani qon tahliliga qarab ajratib olaman», deydi bog`cha mudiralaridan biri. Ertalabki nonushtaga etiltirib pishirilgan sutli bo`tqalar (grechkali, oshqovoqli, gerkules, manniy yormasi, vermishel bilan), tushlikka qaynatilgan yormalar, kartoshka pyuresi, engil xamirli taomlar, qiyma go`shtdan tayyorlangan quyuq ovqatlar, lavlagi solingan karam sho`rva, dimlab pishirilgan palov, bolalarbop salatlar, meva-sabzavotlar, kechki ovqatga engil bo`tqalar, pechen`e, meva pyurelari, keks, pryaniklar kiritilgan bog`cha taomnomasi bilan tanisha turib, xayolga biro`y keladi: dam olish kunlari onalarning o`zlari ham bolasini shunday foydali taomlar bilan siylarmikan yoki tayyor ugra bilan aldab qo`yadimi? Ko`plab onalar farzandi ovqat emasligi, ishtahasi yo`qligidan nolib qoladi. Biroq taniqli psixolog Nayjell Latta fikricha, bolalarni oziqlantirish bilan bog`liq har qanday muammoni hal etishda quyidagi oltin qoidalarga rioya qilish kifoya: Och bolalar ovqat eydi. Hadeb tumshug`iga ovqat tiqishtiriladigan erkatoy bolalar hech narsa emaydi, biroq och bolalar eydi. Organizm «yoqilg`i» zaxiralarini eb tugatgach, oshqozon miyaga signallar yubora boshlaydi. Tantiq bolani ovqat eyishga majbur qilishning yagona yo`li — uni och qoldirish. Buning uchun biroz kutish zarur. Farzandingizga bir qoshiq bo`tqa tutayotganingizda, u uni eyishdan avval yigirma marta yuz o`girishiga tayyor turing. Ko`plab tadqiqotlar va kuzatuvlar yosh bolalar o`zini aynan shunday tutishini isbotladi. Bolani yangi turdagi mahsulotga qiziqtirish uchun, unga buni 17—20 marta taklif qilib ko`rish kerak. Buning uchun ota-ona, albatta, sabrli va xotirjam bo`lgan holda, o`z so`zida qat`iy tura olishi ham kerak. Biroq, shu bilan birga, majburlash ham kerak emas.Bolalarni o`z oshqozoniga quloq tutishga o`rgatishimiz zarur.

Xulosa

Har qanday millatning asosiy boyligi-bu bolalar salomatligi. Farzandlarimiz salomatligini muhofaza qilish, millat kelajagini muhofaza qilish bilan barobar. Bolalar salomatligi, barkamol insonning kamol topishida muhim o`rin tutadi. Umrning shu pallasida shakllangan mustahkam sog`liqhayotimiz so`nggiga qadar bizga hamroh bo`ladi. Taraqqiyot va texnika asrida faqatgina ruhan hamda jismoniy sog`lom insonlargina omon qolib, hayotda nimagadir erishadi. Bunga zamin yaratishda, maktabgacha yoshdagi bolalarni ta`lim-tarbiya olishlari jarayonida ularni to`g`ri ovqatlantirish nihoyatda muhimdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni to`g`ri ovqatlantirishga qo`yiladigan asosiy talab, eng avvalo, rivojlanib borayotgan bola organizmining ulg`ayishi va rivojlanishini to`liq ta`minlashdan iborat. Bolalar ovqati ratsionini shakllantirishda asosiy ovqat mahsulotlari, ya`ni oksillar, yog`lar va uglevodlar ovqat tarkibida birbiriga to`g`ri nisbatda bo`lmog`i lozim. Anna shu moddalar ovqat tarkibida etarli va zarur miqdorda bo`lganda, organizmning oziq-ovqat mahsulotlariga hamda biologik birikmalarga bo`lgan ehtiyoji to`liq qondirilgan bo`ladi. Bolalar ovqatini to`g`ri tashkil etish bolalar muassasalari rahbarlari va ma`sul xodimlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bolalar ovqatini tashkil etishda, eng avvalo, kunlik me`yorlarda belgilangan oziq-ovqat maxsulotlarini ratsionga to`g`ri kiritishdir. Buning uchun birinchi o’rinda, bola organizmining fiziologik extiyojlarini qondiruvchi, oziq moddalarga boy, yuqori quvvatli bulgan asosiy oziq-ovqat maxsulotlarini kunlik ratsionga kiritish zarur.

Bolalarni maktabgacha ta`lim muassasasi va oila sharoitida ovqatlantirish birbiriga mos ravishda amalga oshirilishi lozim. Buning uchun uyda bog`chadagi ovqat ratsionini to`ldirishga intilmog`imiz zarur. Muassasada hamshira tomonidan haftalik taomnoma (9-10.5 soatlik guruxlar faoliyat yuritadigan maktabgacha ta`lim muassasalarida) nonushta, tushlik, kechki tushlik uchun rejalashtiriladi. Shu vaqtning o`zida haftalik taomnomaga mos ravishda, kechki ovqat uchun tavsiya sifatida alohida xaftalik taomnoma tuzilib, ota-onalar burchagiga ilib qo`yilishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ota-onalar bog`chadagi kunlik taomnomaga kiritilgan taom va mahsulotlar bilan tanishib borishlari hamda shunga mos ravishda kechki ovqatni tashkil etishlari ham mumkin Bundan tashqari tarbiyachi va bog`cha xamshirasi tomonidan ota-onalarga kechki ovqatga (shuningdek, dam olish va bayram kunlariga xam) qanday taom berishlari bo`yicha taklif va tavsiyalar berib borish yo`li bilan xam amalga oshirsa bo`ladi.

Maktabgacha ta`lim muassasalarida ota-onalar bilan suhbat o`tkazib, bolani bog`chaga olib kelishlaridan oldin, ya`ni ertalab ovqatlantirmasdan olib kelishlarini ogohlantirib qo`yish lozim. Bola ertalab uyda ovqatlansa, avvalombor, ovqatlanish tartibi buziladi, qolaversa, bog`chaga kelganda, ishtaxasi susayib, yaxshi nonushta qilmaydi. Bolani bog`chaga juda erta, ya`ni ertalabki nonushtadan 1-2 soat oldin olib kelishga to`g`ri kelsa, u holda uyda engil nonushta(choy, kakao, sharbat, meva yoki buterbrod) berish mumkin. Bolaning maktabgacha ta`lim muassasasiga ko`nikish davrida uning ovqatlanishiga alohida e`tibor berish zarur. Bola oila tarbiyasidan bog`cha tarbiyasiga o`tishida, bolalar utrasida deyarli xardoim ma`lum ruxiy qiyinchiliklar kuzatiladi.

Bola qancha yosh bulca, bogcha sharoitiga kunikishi shuncha kiyin buladi. Bu davrda bolaning ishtaxasi bug`iladi, yaxshi uhlamaydi, asabi buziladi, organizmning kasallikka qarshi kurashish qobiliyatisusayadi. Bu vaqtda bolalarni to`g`ri ovqatlantirish ularning tezroq bog`cha sharoitiga ko`nikishiga bog`liqdir. Bola bog`cha sharoitiga kirib kelishdan oldin ota-onalar tomonidan bog`chada ko’proq tayyorlanadigan taomlar bilan tanishib borish hamda ushbu taomlarni uyda tayyorlab ( asosan, bola uyda iste`mol qilmagan taomlarni), bolani iste`mol qilishiga ko`niktirib borishlari tavsiya qilinadi.Ko`nikish davrining boshlarida bola o’zi eyishni bilmasa yoki xoxlamasa, tarbiyachilar tomonidan ovqatlantirib qo`yish lozim. Ovqatlantirishni to’g’ri tashkil etishda, muassasa xodimlarining eng asosiy vazifalaridan biri oshxonaga hamda taomlarni tayyorlash va saqlashga qo`yilgan sanitariya-gigiena talablariga rioya qilishlaridir. Bu talablarga rioya qilinmasa, bolaning sog`ligiga jiddiy ta`sir ko`rsatishi, jumladan, ovqatdan zaxarlanish, turli kasalliklarga chalinish xolatlari sodir etilishi mumkin. Muassasada maxsulotlarni alohida ( go`sht, baliq, sut va hokazo) tartibda saqlanishi talab qilinadi . Shuningdek, gusht va baliq yarim tayyor ma`hsulotlari ( go`sht va baliq qiymalari)ni xattoki, muzlatgichda saqlashga ru`hsat etilmaydi. Go`sht va baliq ma`hsulotini faqat kulinariya ishlovi berishdan oldin qiyma holatiga keltirish mumkin. Turli hildagi oziq-ovqat mahsulotlariga issiqlik ishlovi (kovurish shkafida) berishda, ularning pishirish uchun belgilangan harorat va ishlov berish muddatlariga amal qilish lozim. Qovurish shkafidagi xarorat 220S dan past bo`lmasligi kerak. Qaynatilgan go`shtdan ikkinchi taom tayyorlansa, albatta, ikkinchi issiqlik ishlovi berilishi talab etiladi. Har kuni oshxonada ish tugatilgandan so`ng, xonalarni orasta kilib yig`ishtirib qo`yishlari lozim. Buning uchun yig`ishtirish vaqtida kiyishga mo’ljallangan maxsus kiyimlar ( xalat, fartuk va boshq.) bo`lishi kerak. Har oyda bir marta asosiy yig`ishtirish-tozalash ishlarini o`tkazish va barcha xona, jixoz va anjomlar zararsizlantirilishi talab etiladi.


Download 75,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish