Bitiruv malakaviy ishi mavzu: Oshxona jihozlariga qo’yilgan sanitariya gigenik talablar



Download 75,12 Kb.
bet2/10
Sana06.09.2021
Hajmi75,12 Kb.
#166081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
diplom ishi

Tadqiqot ishining dolzarbligi: Mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.M.Mirziyayev tashabbusi bilan 2017- yildan buyon Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bo’lgan kata e’tibor sabab Maktabgacha ta’lim tashkilotlari yanada rivojlanmoqda , bunda bolalar ta’lim-tarbiyasi, ularning ma’naviyatini yuksaltirish sohasidagi islohotlarni tizimli, bosqichma-bosqich amalga oshirish strategiyasi belgilab olindi. «Shuni unutmaslik kerakki, - deydi birinchi przidentimiz I.Karimov, - kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo`lishi farzandlarimizning bugun qanday ta`lim va tarbiya olishiga bog`liq»1 Zero ta`lim va tarbiyaning uyg`unligi yoshlarda bilim egallash bilan birga vatanparvarlik, insonparvarlik, millatparvarlik, demokratik va umuminsoniylik kabi qadriyatlarni shakllanishiga yaqindan yordam beradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar yuksalishlariga e`tibor berib qaraladigan bo`lsa, ularning negizida sog`lom bola, sog`lom avlod tarbiyasi turganligini anglash qiyin emas. Chunki, Vatanimizning porloq kelajagi sog`lom tarzda voyaga etayotgan farzandlarimiz qo`lida. Jahon arenalarida o`zlarining Amir Temurga xos matonatini, To`marisga xos shijoatini namoyish qilib, O`zbekistonni mashhur qilayotgan sportchi, bilimdon, san`atkor yoshlarimiz soni yil sayin ortib bormoqda. Yosh chempionlarimiz qo`lga kiritayotgan ajoyib yutuqlar Yurtboshimizning mashhur da`vati ro`yobini ko`rsatmoqda. Mustaqillik yillarida uzluksiz ta`lim tizimini zamonaviy mezonlar asosida rivojlantirish, dunyoning ilg`or pedagogik tajribalarini o`rganish hamda tatbiq etish, o`quvchi va talaba yoshlarning bir necha xorijiy tillarni bilishlari, dunyodagi nufuzli universitetlarda tahsil olishlari, xalqaro musobaqalarda sportchilarimizning sovrinli o`rinlarni egallashlari, Prezidentimizning ilgari surayotgan islohatlariga bog’liqligi aytib o’tishimiz joiz deb o’ylayman.

Har qanday millatning asosiy boyligi- bu bolalar salomatligi. Farzandlarimiz salomatligini muhofaza qilish, millat kelajagini muhofaza qilish bilan barobar. Bolalar salomatligi, barkamol insonning kamol topishida muhim o`rin tutadi. Umrning shu pallasida shakllangan mustahkam sog`liq hayotimiz so`ngiga qadar bizga hamroh bo`ladi. Tariximizdan ma’lumki bobokolonlarimiz bolani har tomonlama uyg’un rivojlantirishga katta e’tibor qaratganlar. Qadim-qadimdan ajdodlarimizni ko’pchiligi muayyan maxsus bilimga ega bo’lmasdan turib, jismonan va manan xayot kechirib bo’lmasligini yaxshi tushunganlar.

. I.A.Karimov Barkamol avlod - O`zbekiston taraqqiyotining poydevori: T. «Sharq», 1997 y.

Bobokolonlarimizdan A. Temur, Beruniy, Farobiy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro kabi ulug’ allomalarning asarlaridagi, qarashlarinita’kidlab o’tish kerak Mutafakkir «Shayx ur-Rais», «Donishmandlar sultoni», «Tabiblar shohi»-buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tabiat muvozanati, tabiatni asrash, kishi salomatligini mustahkamlash va kasallarni davolash borasida bebaho asarlarni yozib qoldirgan. Uning uzoq yillar dovomida olib borgan ilmiy tajribalarining mahsuli sanalmish asarlari talim-tarbiya soxalari va badantarbiya ta’limotining xususiyatlari va ijtimoiy pedagogik jarayonlariga qaratilgan. «Tib qonunlari» kitobida insonning paydo bo’lishi, uni yoshligidan avaylab tarbiyalash, bunda badan tarbiya mashqlari, uqalash, sovuq suvda cho’miltirish, sof havoda sayir qildirish, turli faol harakatlarga o’rgatish kabi tavsiyalari mazmun topib, ular hozirgi kunda ham jaxon xalqlarining badan tarbiyasida amaliy jixatdan qo’llanilib kelinmoqda. Ulug’ olim o’z asarlarida tarbiya muammolariga faqat tabobatchi sifatida emas, balki atoqli pedagog sifatida ham yondashadi. Abu Ali «Tib qonunlari» kitobida bolani jismoniy tarbiyalash masalalarini to’liq ko’rib chiqadi. U bolalarni ovqatlantirish, cho’miltirish, ularni uyqu- oromi kabi muhim jihatlarga alohida «Voyaga etmaganlar nazoratsizligi hamda qarovsizligining oldini olishda oila, uzluksiz ta`lim muassasalari, mahalla va huquq-tartibot organlarining o`zaro hamkorligi»2 mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari. - Guliston: Universitet, 2014 etibor beradi. Ayniqsa, bola uchun sof havo, quyosh, suv va jismoniy mashqlarning benixoyat zarurligini uqtiradi. Shu bilan birga, olim bolaning anatomik-fizologik xususiyatlarni xisobga olish lozimligini ko’rsatadi. Abu Ali «Tib qoninlari»da jismoniy mashqlarni ilmiy ta’rif qilish bilan bir qatorda, ularning turlarini tavsiflab, organizm uchun naqadar foydasi borligini tushuntirib beradi. «Mo’tadil ravishda va o’z vaqtida badantarbiya bilan shug’ullanuvchi odam buzulgan xolatlar tufayli kelgan kasalliklarning va mijoz hamda ilgari o’tgan kasalliklar tufayli keluvchi kasalliklarning davosiga muxtoj bo’lmaydi. Bunda albatta, o’zga tadbirlar xam muvofiq va to’g’ri amalga oshirilishi kerak», deb aloxida ta’kidlaydi. Ibn Sino bolaning tug’ilganidan boshlab uni jismonan chiniqtirish masalalariga aloxida e’tibor qaratish zarurligini ilmiy ravushda asoslab bergan bolani cho’miltirish, ovqatlantirish toza havoga olib chiqish xatto beshikka bog’lab unga oxista ohangda qushiq aytish lozimligini uqtiradi. Ibn Sino bolalarning qiziqishini tabiiy rivojlanish jarayonini besh davrga bo’lib o’rganadi unga chaqaloqlik, bolalik, chiniqish yoshlik, yetuklik davrlarini kiritib ularning har bir davrida bolalar bilan o’ziga xos jismoniy

­­«Voyaga etmaganlar nazoratsizligi hamda qarovsizligining oldini olishda oila, uzluksiz ta`lim muassasalari, mahalla va huquq-tartibot organlarining o`zaro hamkorligi» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari. - Guliston: Universitet, 2014

mashq qilish zarurligini ko’rsatadi. Olim insonlarni jismoniy mashq qilishga da’vat etar ekan bu ish bilan shug’ullangan kishi doriga muxtojlik sezmasligini ta’kidlaydi.

Abu Alining 1000-yil oldin aytgan fikrlari bugungi barkamol avlodni jismonan baquvvat manan teran fikirli qilib tarbiyalashda muhum ahamiyat kasb etib kelmoqda. Qomusiy olimning fikiriga ko’ra ishtimoiy munasabatlarni tartibga solishda insonni to’g’ri-jismonan baquvvat aqli raso qilib tarbiyalashda mamlakatda amalda bo’lgan qonunlar miqdori emas balki ularning sifati hal qiluvchi ahamiyatga egadir «Tib qonunlari» kitobining salomatlikni saqlashga bag’shlangan uchunchi qismining ikkinchi bo’limida o’sib kelayotgan yoki voyaga yetgan kishilar uchun kundalik hayot tarzi mohiyati bayon etilgan. Bu o’rinda shuni aloxida ta’kidlash mumkinki, buyuk alloma jismoniy tarbiyani kishi salomatligini saqlashda ovqatlanish va uyqu tartibidan ustun quyadi. Bunda u barcha tartib-qoidalar jismoniy tarbiyadan boshlanish kerakligini ochiq – oydin aytadi. Salomatlikni saqlashda to’g’ri ovqatlanish va me’yorida uxlash ham muxum ahamiyat kasb etadi. Biroq shuni ham unutmaslik kerakki, me’yoridan ko’proq ovqatlanganda uning bir qismi tanada parchalanmay qolib, u turli kasalliklarni chaqirish xafini keltirib chiqaradi. Jismoniy tarbiya yoki mashq esa bunday bulishiga yo’l qo’ymaydi. Taraqqiyot va texnika asrida faqatgina ruhan hamda jismoniy sog`lom insonlargina omon qolib, hayotda nimagadir erishadi. Bunga zamin yaratishda, maktabgacha yoshdagi bolalarni ta`lim-tarbiya olishlari jarayonida ularni to`g`ri ovqatlanishni to’g’ri tashkil etishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oshxona jihozlarini sanitariya gigenik talablar asosida to’g’ri tashkil etish hamda tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirish nihoyatda muhimdir. «Sog’lom ona-sog’lom bola» mavzusidagi xalqaro simpozium qatnashchisi Muhammad Al-Muhayribiy (Birlashgan Arab Amirliklarining O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi) yurtimizda Onalar va bolalar salomatligi xususida olib borilayotgan ishlar haqida shunday dedi: «Mamlakatda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda. Butun respublikada keng miqyosida maktabgacha ta`lim tashkilotlari, umumta’lim va sport maktablarini, kasb-hunar maktablari, eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan sog’liqni saqlash muassasalarini bunyod etish ishlari olib borilmoqda»3 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oshxona jihozlariga qo`yiladigan asosiy talab, eng avvalo, rivojlanib borayotgan bola organizmining ulg`ayishi va rivojlanishini to`liq

«Sog’lom ona-sog’lom bola» mavzusidagi xalqaro simpozium materiallari. 29-mart, 2016-yil.

ta`minlashi uchun ovqat tayyorlash mexanizimini to’g’ri yo’lga qo’yish hamda sanitariya gigeniya talablariga rioya qilishdan iborat. Bolalar ovqati ratsionini shakllantirishda asosiy ovqat mahsulotlari, ya`ni oksillar, yog`lar va uglevodlar ovqat tarkibida birbiriga to`g`ri nisbatda bo`lmog`i lozim. Anna shu moddalar ovqat tarkibida etarli va zarur miqdorda bo`lganda, organizmning oziq-ovqat mahsulotlariga hamda biologik birikmalarga bo`lgan ehtiyoji to`liq qondirilgan bo`ladi. Bolalar ovqatini to`g`ri tashkil etish bolalar muassasalari rahbarlari va ma`sul xodimlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Maktabgacha ta`lim, bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta`limtarbiyasiga qo`yiladigan Davlat talablariga muvofiq sog`lom va etuk, maktabga o`qishga tayyorlangan tarzida shakllantirish maqsadini ko`zlaydi. Bu mavzuda bolalarni maktabga tayyorlashda xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma`naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash milliy g`urur, vatanparvarlikni shakllantirish, bilim olishga, o`qishga ehtiyojni, mayllarni shakllantirish va jismoniy, ruhiy sog`ligini ta`minlash maqsadini vazifa qilib qo`ygan. Bola dunyoga kelgan kundan boshlab, davlat va jamiyat hamda ota-ona zimmasiga uni sog`lom, aqlli, xushxulqli qilib tarbiyalash vazifasi qo`yiladi. Davlat va jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday voyaga etishiga ko`p jihatdan bog`liqdir. O`z navbatida jamiyat taraqqiyoti millatning ma`naviy darajasi bilan belgilangan. Bolalar ovqatini tashkil etishda, eng avvalo, kunlik me`yorlarda belgilangan ozik-ovqat maxsulotlarini ratsionga to`g`ri kiritishdir. Buning uchun birinchi urinda, bola organizmining fiziologik extiyojlarini qondiruvchi, oziq moddalarga boy, yuqori quvvatli bulgan asosiy oziq-ovqat maxsulotlarini kunlik ratsionga kiritish zarur, bunday maxsulotlarga go`sht, go`sht maxsuloti darmondori, beta-karotin, kaliy, va organik kislota manbai) xamda shakar va qandolat maxsulotlari kiradi.

Gurux tarbiyalanuvchilarining jo’shkqin va yaxshi kayfiyatli bo`lishlarida ovqatlantirish to`g`ri tashkil etilishining muxim axamiyati bor. Bolalarni ovqatlantirishda idish-tovoqlar etarli bo`lishi va stol atrofida o’tirishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan bo`lishi, taomlarni tarqatishda esa did bilan chiroyli bezatib, juda issiq yoki sovuq bo`lmagan holda berilishi kerak. Bolalarni stol atrofida tozalikka va saranjom-sarishtalikka e`tiborli bo`lishlarini uqtirmoq lozim. Shuningdek, bolalar ovqatlanish uchun stol atrofiga o’tirganlarda, taomlar qo`yilishi yoki bir taomni iste`mol qilib bo`lganlaridan keyin, ikkinchisi tortilishini kutib qolmasliklari kerak. Bolalarni maktabgacha ta`lim tashkiloti va oila sharoitida ovqatlantirish bir-biriga mos ravishda amalga oshirilishi lozim. Buning uchun uyda bog`chadagi ovqat ratsioni to`ldirishga intilmog`imiz zarur. Muassasada xamshira tomonidan haftalik taomnoma (9-10.5 soatlik guruxlar faoliyat yuritadigan maktabgacha ta`lim muassasalarida) nonushta, tushlik, kechki tushlik uchun rejalashtiriladi. Shu vaqtning o`zida xaftalik taomnomaga mos ravishda, kechki ovqat uchun tavsiya sifatida aloxida haftalik taomnoma tuzilib, ota-onalar burchagiga ilib qo`yilishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ota-onalar bog`chadagi kunlik taomnomaga kiritilgan taom va mahsulotlar bilan tanishib borishlari hamda shunga mos ravishda kechki ovqatni tashkil etishlari ham mumkin Bundan tashqari tarbiyachi va bog`cha hamshirasi tomonidan ota-onalarga kechki ovqatga (shuningdek, dam olish va bayram kunlariga xam) qanday taom berishlari bo`yicha taklif va tavsiyalar berib borish yo`li bilan xam amalga oshirsa bo`ladi. Har bir oila barkamol avlodni tarbiyalash uchun qayg`urishi lozim. Shu bois «Ta`lim to`g`risida»gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta`minlashning asosiy omili bo`lgan kadrlarni tayyorlash borasidagi eng zarur tadbirlar tizimi belgilab berilgan. Sog`lom avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustivor yo`nalishidir.




Download 75,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish