I.2 Oshxona jihozlariga ma’sul shaxslar va jihozlarni saqlash
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oshxona jihozlari bo’yicha moddiy javobgar shaxslar tayinlanadi. Jihozlar bo’yicha moddiy javobgar shaxslarga quyidagi talablar qo’yiladi:
-Ta’lim muassasining rahbarining buyrug’i bilan anjom jihozlar va texnika vositalarning saqlash uchun javobgar shaxs tayinlanadi;
-Javobgar shaxslar bilan o’rnatilgan tartibda moddiy javobgarlik to’g’risida shartnoma imzolanadi;
-Moddiy javobgar shaxslar maktabgacha ta’lim tashkilotining ehtiyojini hisobga olib, amaldagi jihozlash me’yoriga asosan zarur bo’lgan jihozlash asosida taklif tayyorlanadi;
-Oshxona jihozlarni qabul qilish va saqlash va kirim-chiqim bilan shug’ilanuvchi shaxslar sinalgan, ishonchli kishilar bo’lishi shart;
-Ular quyidagi talablarga javob berishi kerak;
-Yetarli darajada bilim va tajribaga ega bo’lishi;
-Moddiy qiymatlarni qabul qilish, saqlash va kirim-chiqimga bilan shug’ullanuvchi shaxslar ishonchli kishilar bo’lishi shart. Ular quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1.Yetarli darajada bilim va tajribaga ega bo’lishi;
2.Moddiy qiymatlarni qabul qilish, saqlash va kirim-chiqimga doir yo’riqnomalarni, asosiy qoida va talablarni bilish;
3.Qiymatlarni tez va aniq sanash, o’lchash va toprtish ko’nikmalarga ega bo’lish;
4.Qiymatlarning kirim-chiqimni o’rnatadigan tartibda rasmiylashtirishni bilish;
5.Moddiy qiymatlari javobgarligida saqlash va foydalanish bilan shug’ullanuvchi shaxslarni bo’shatish, boshqa ishga o’tkazish vaqtida mavjud barcha qiymatliklar invertizatsiya-qayta o’tkazib, topshirish qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi va rahbar tamonida tasdiqlanadi;
6.Xonalar belgilangan meyoriy hujjatlarga asosan maktabgacha ta’lim tashkilotlarga yetkazilgan hamda mavjud jihozlar va asbob-uskunalar muassasining ichki buyrug’i bilan “Kirim-chiqim dalolatnomasi” asosida mudira xo’jalik ishlari bo’yicha ma’sul hodimlardan qabul qilib olinadi.
7.Xonalarga ajratilgan barcha mebel va jihozlarni tartib asosida raqamlashishni (intervatsiya) ta’minlaydi.
8. Jihozlar nomi yozilgan ma’lumotlar daftarni tutadi va unga barcha jihozlarning nomlarini raqamlari bilan mos holda tartib asosida yozib quyidagi hamda shu ro’yhat asosida saqlanishni nazorat qilib boradi.
9.Xonalarda mavjudb jihozlarni posport asosida ro’yxatni tuzadi, bugalteriya bilan solishtirib uning nusxasi guruh xonasi eshigining yon tamoniga ilib qo’yiladi.
Oshxona jihozlaridan foydalanishning o’ziga xos jihatlari mavjud bo’lib, jihozlardan foydalanish yo’riqnomasi quyidagicha:
-Go’sht va baliqga ishlov berish uchun stol ruhlangan po’lat bilan ham qoplanishi mumkin. Hamirning stoli esa tekis, randalangan teshik va yoriqlari bo’lmagan taxtalardan bo’lishini ta’minlang;
-Oshxonadagi barcha idishlarni taxta, plastik yoki metalldan qilingan panjaralarda , mayda jihozlarni esa shkaflarda saqlang;
-Oziq-ovqat maxsulotlarini tashiydigan maxsus tronsportni har kuni yuving;
-Oziq-ovqat tashiydigan tronsportni boshqa maqsadda intilishni ta’qiqlang va doim toza bo’lishini ta’minlang;
-Oddiy qoplar, klenkali qoplar, yashiklar, binoan fylga va boshqa idishlar bo’shagandan so’ng tozalab 2% soda bilan yuving , keyin qaynoq suv bilan chayib, quritilgandan so’ng ifoloslanmaydigan joylarda saqlang;
-Stollarni belgilangan sochiqlar bilan yuviladi, har safar dizenfeksiya vositalari bilan zararsizlantiriladi. Idishlar yuviladigan mochalka, cho’tka, sochiqlarni ishlatgandan so’ng yuvuvchi vositalar yordamida yuviladi va keyin 15 daqiqa qaynatilib, zararsizlantirish uchun 0,5% xlor vosita eritmasida 15 daqiqa saqlanadi;
-Oshxonaning tozalik anjomlari , chelaklarni, shvabralarni va vetoshni faqat o’zining bo’linmasida ishlatiladi (go’sht, sexi, pishirish sexi, konditer sexi, idishlarni yuvish sexi, ovqatlanish zali va h.k);
-Oshxonaning hamma xonalarida har kuni polini, jihozlarni, radiatrlarni va derazalarni changdan tozalanadi;
-Ishlab chiqarish xonalarini, uskunalarni, stollarni ovqat berilgandan so’ng har safar tozalanadi;
-Ovqatlanadigan stollarning gigenik qoplarni oshxona hodimlari tamonidan har bir ovqatdan so’ng aralashni ta’minlanadi;
-O’tin, ko’mirning zahirasi va bolondagi gazning alohida qulflangan xonada saqlanadi;
-O’tinlarni qozondan 5-10 metrdan kam bo’lmagan joyda tayyorlanadi.
Xalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining qoʻshma qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 16 yanvarda 2753-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Maktabgacha ta’lim muassasalarini mebel, oʻquv koʻrgazmali qurollar, teхnik vositalar, oʻyinchoqlar, sport anjomlari va boshqa ashyolar bilan jihozlash me’yorlari tasdiqlandi. Jihozlash me’yorlari 171 nomdagi jihozlarni (mebel, oʻquv koʻrgazmali qurollar, teхnik vositalar, oʻyinchoqlar, sport anjomlari va boshqa ashyolar) oʻz ichiga oladi, хususan:
43 nomdagi guruh jihozlari yasli guruhlari (2-3 yosh), kichik guruhlar (3-4 yosh), oʻrta guruhlar (4-5 yosh), katta guruhlar (5-6 yosh), tayyorlov guruhlari (6-7 yosh) va qisqa muddatli guruhlar kesimida;
maхsus maktabgacha ta’lim muassasalari uchun qoʻshimcha 19 nomdagi maхsus jihozlar kichik guruhlar (3-4 yosh), oʻrta guruhlar (4-5 yosh), katta guruhlar (5-6 yosh) va tayyorlov guruhlari (6-7 yosh) kesimida;
109 nomdagi guruhdan tashqari jihozlar (ma’muriy-metodik хonalar, musiqa zali, jismoniy tarbiya хonasi, oshхona, oziq-ovqat saqlash хonasi, omborхona, kirхona, tashqi oʻyin maydonchasi uchun jihozlar).
Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim muassasalari jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik mablagʻlari, byudjetdan tashqari mablagʻlar, mahalliy va хorijiy tashkilotlarning grantlari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan boshqa turdagi zarur jihozlar bilan ta’minlanishi mumkin.
Belgilanishicha, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining jihozlanishi ushbu Jihozlash me’yorlaridan kam boʻlmasligi lozim.6
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, prezidentining 2017 yil 9 sentabrdagi PQ-3261-son “Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan Toshkent
6O`.Otavalieva. Bola tarbiyasida bog`cha va oila hamkorligi. O`qituvchi 1994 y
shahrida joylashgan davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan tayyor ovqatlarni yetkazib berish bo‘yicha o‘tkazilgan eksperiment natijalari vazirlik, jamoatchilik va ota-onalar tomonidan ijobiy baholangan.
Belgilab qo‘yilishicha: 2019 yil 1 yanvardan boshlab: davlat maktabgacha ta'lim muassasalari bosh oshpazi, oshpazi va oshxona ishchilari, oziq-ovqat omborlari mudirlari lavozim maoshlariga 100 foiz qo‘shimcha to‘lov joriy etilishi mumkin; ovqatlantirish autsorsing usulida tashkil etiladigan maktabgacha ta'lim muassasalarining oshxonalarida ishlatiladigan kommunal xizmatlar (elektr energiyasi, suv, gaz) xarajatlari byudjyet mablag‘lari hisobidan qoplanadi; maktabgacha ta'lim muassasalarida tayyor taomlarni yetkazib berish orqali sog‘lom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etilganda maktabgacha ta'lim muassasalari oshxonalari va ulardagi barcha jihozlar “nol” qiymatda ijaraga berilishi belgilanadi; ovqatlantirish autsorsing usulida tashkil etiladigan maktabgacha ta'lim muassasalarida bosh oshpaz, oshpaz va oshxona ishchilarining qisqartirilishi natijasida tejaladigan byudjyet mablag‘lari bevosita maktabgacha ta'lim muassasalari oshxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash tadbirlariga yo‘naltiriladi.
Maktabgacha yoshidagi bolalarga ta`lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish, ularning ruhiyat, shaxsiy qobiliyatlari, intilishi va ehtiyojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, mustaqillik g`oyalariga sodiq holdavoyaga etib borishni taminlash, ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yilgan davlat talablariga muvofiq maktab ta`limiga tayyorlash bilan birga ularning sifatli ovqatlanishi ya’ni tarbiyalanuvchilarning sanitariya va gigena talablar asosida ovqatlanishi ta’minlash oshxona jihozlarining saqlash bilan bog’liq masala hisoblanadi. Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan masala sifatida oshxona jihozlari va ovqatlanish joylaridagi idish-tovoqlarni sifatli saqlash oshxona hodimlar hamda bolalar guruh tarbiyachisi hamda yordamchi tarbiyachilar mas’ul hisoblanishadi. Ularni nazorat qilish esa maktabgacha ta’lim tashkilotining hamshirasi (shifokori) zimmasiga yuklatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |