Bitiruv malakaviy ishi mavzu: Oshxona jihozlariga qo’yilgan sanitariya gigenik talablar


II.2.Tarbiyalanuvchilarni sanitariya gigenik talablar asosida ovqatlanishini ta’minlash



Download 75,12 Kb.
bet8/10
Sana06.09.2021
Hajmi75,12 Kb.
#166081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
diplom ishi

II.2.Tarbiyalanuvchilarni sanitariya gigenik talablar asosida ovqatlanishini ta’minlash

Bolalar ovqatini tashkil etishda, eng avvalo, kunlik me`yorlarda belgilangan oziq-ovqat maxsulotlarini ratsionga to`g`ri kiritishdir. Buning uchun birinchi o’rinda, bola organizmining fiziologik extiyojlarini qondiruvchi, oziq moddalarga boy, yuqori quvvatli bulgan asosiy oziq-ovqat maxsulotlarini kunlik ratsionga kiritish zarur, bunday maxsulotlarga go`sht, go`sht maxsuloti( shu jumladan, parranda go`shti), balik va tuxum (oksil, yog, A, V12, darmondori, mineral modda, temir kabilar manbai), sut va sut maxsulotlari (oksil, kal`tsiy, A, V2 darmondori manbai), sariyog` va usimlik moyi (yog kislotasi, Ava e darmondori manbai), non va non maxsulotlari, yorma va makaron maxsulotlari ( uglevod, V1, V2, RR darmondori, temir, magniy manbai, sabzavot va mevalar ( S,R darmondori, betakarotin, kaliy, va organik kislota manbai) xamda shakar va qandolat maxsulotlari kiradi. Gurux tarbiyalanuvchilarining jushkin va yaxshi kayfiyatli bo`lishlarida ovqatlantirish to`g`ri tashkil etilishining muxim axamiyati bor. Bolalarni ovqatlantirishda idish-tovoqlar etarli bo`lishi va stol atrofida utirishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan bo`lishi, taomlarni tarqatishda esa did bilan chiroyli bezatib, juda issik yoki sovuk bo`lmagan xolda berilishi kerak. Bolalarni stol atrofida tozalikka va saranjom-sarishtalikka e`tiborli bo`lishlarini uqtirmoq lozim. Shuningdek, bolalar ovqatlanish uchun stol atrofiga o’tirganlarda, taomlar qo`yilishi yoki bir taomni iste`mol qilib bo`lganlaridan keyin, ikkinchisi tortilishini kutib qolmasliklari kerak. Bolalarni maktabgacha ta`lim muassasasi va oila sharoitida ovqatlantirish bir-biriga mos ravishda amalga oshirilishi lozim. Buning uchun uyda bog`chadagi ovqat ratsionini to`ldirishga intilmog`imiz zarur. Muassasada xamshira tomonidan xaftalik taomnoma (9-10.5 soatlik guruxlar faoliyat yuritadigan maktabgacha ta`lim muassasalarida) nonushta, tushlik, kechki tushlik uchun rejalashtiriladi. Shu vaqtning o`zida xaftalik taomnomaga mos ravishda, kechki ovqat uchun tavsiya sifatida aloxida xaftalik taomnoma tuzilib, ota-onalar burchagiga ilib qo`yilishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ota-onalar bog`chadagi kunlik taomnomaga kiritilgan taom va mahsulotlar bilan tanishib borishlari hamda shunga mos ravishda kechki ovqatni tashkil etishlari ham mumkin Bundan tashqari tarbiyachi va bog`cha xamshirasi tomonidan ota-onalarga kechki ovqatga

7 N.M.Aksarina . «Go`dak bolalar tarbiyasi» - Toshkеnt «Mеditsina» -1983 y.

(shuningdek, dam olish va bayram kunlariga xam) qanday taom berishlari bo`yicha taklif va tavsiyalar berib borish yo`li bilan xam amalga oshirsa bo`ladi. Maktabgacha ta`lim muassasalarida ota-onalar bilan suhbat o`tkazib, bolani bog`chaga olib kelishlaridan oldin, ya`ni ertalab ovqatlantirmasdan olib kelishlarini ogoxlantirib qo`yish lozim. Bola ertalab uyda ovqatlansa, avvalombor, ovqatlanish tartibi buziladi, qolaversa, bog`chaga kelganda, ishtaxasi susayib, yaxshi nonushta qilmaydi. Bolani bog`chaga juda erta, ya`ni ertalabki nonushtadan 1-2 soat oldin olib kelishga to`g`ri kelsa, u holda uyda engil nonushta(choy, kakao, sharbat, meva yoki buterbrod) berish mumkin. Bolaning maktabgacha ta`lim muassasasiga ko`nikish davrida uning ovqatlanishiga alohida e`tibor berish zarur. Bola oila tarbiyasidan bog`cha tarbiyasiga o`tishida, bolalar utrasida deyarli xardoim ma`lum ruxiy qiyinchiliklar kuzatiladi. Bola qancha yosh bo’lsa, bogcha sharoitiga kunikishi shuncha qiyin bo’ladi. Bu davrda bolaning ishtaxasi bug`iladi, yaxshi uhlamaydi, asabi buziladi, organizmning kasallikka qarshi kurashish qobiliyatisusayadi. Bu vaqtda bolalarni to`g`ri ovqatlantirish ularning tezroq bog`cha sharoitiga ko`nikishiga bog`liqdir. Bola bog`cha sharoitiga kirib kelishdan oldin ota-onalar tomonidan bog`chada ko’proq tayyorlanadigan taomlar bilan tanishib borish hamda ushbu taomlarni uyda tayyorlab ( asosan, bola uyda iste`mol qilmagan taomlarni), bolani iste`mol qilishiga ko`niktirib borishlari tavsiya qilinadi.8 Ko`nikish davrining boshlarida bola o’zi eyishni bilmasa yoki hohlamasa, tarbiyachilar tomonidan ovqatlantirib qo`yish lozim. Bola agar ovqat eyishni xoxlamasa, uni zurlab ovqatlantirish yaramaydi. Bu bolaning taomga va maktabgacha ta`lim muassasasiga kelishga bo’lgan munosabatini yomonlashtiradi.

Bolalar salomatligini saqlash har bir kishining asosiy vazifalaridan biri sanaladi. Bunda ovqatlanishni to`g`ri tashkil etish ham muhim ahamiyatga ega. Endigina maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnay boshlagan bolaning ovqat ratsioni uning ulg`ayishi va rivojlanishini qay darajada ta’minlay olayapti? Mamlakatimiz Maktabgacha ta`lim tashkilotlari oshxonalarida tayyorlanayotgan ovqatlar talab darajasidami? Taomnomalarni kim tuzishi kerak, bu borada mutaxassislar yetarli bilimga egami? Ushbu savollarga javob olish istagida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari hodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o`quv-metodika markazi metodisti Akmaljon Mirzaaxmedovning ma`ruzalariga murojaat qildik

– Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ovqatlanishini

_______________________________

8A.R. Sodikov, A.M.Mirzaaxmedov Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni ovqatlantirish T. «Ilm Ziyo», 2008y

to`g`ri tashkil qilishda asosiy mas’uliyat kimning zimmasiga yuklanadi? Har bir ota-ona farzandini maktabgacha ta’lim muassasalariga olib kelishda ularning jismoniy va aqliy sog`lom bo`lib ulg`ayishini maqsad qiladi. O`z o`rnida ta’kidlash joizki, bolaning bu yoshida muassasa oshxonasi ratsionidagitaomlar ushbu maqsadning qay darajada amalga oshayotganligini belgilaydi. Bolalar ovqatlanishini to`g`ri tashkil etish orqali o`sib kelayotgan bolalar salomatligini saqlash, ularning rivojlanishini namunali ta’minlash ko`zda tutiladi. Asosiy oziq moddalar, ya’ni oqsil, yog` va uglevodlar ovqat tarkibida bir-biriga to`g`ri nisbatda bo`lgandagina ovqatlanish to`g`ri tashkillashtirilgan hisoblanadi. Ana shu moddalar ovqat tarkibida yetarli va zarur miqdorda bo`lganda organizmning oziq-ovqat mahsulotlariga hamda biologik birikmalarga bo`lgan ehtiyoji to`liq qondiriladi. Bolalar ovqatlanishining to`g`ri yo`lga qo`yilishi shifokor va hamshiralarning asosiy vazifalaridan biri bo`lib, ular taomnomaga kiritilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining energetik qiymati va tarkibining xilma-xilligiga bevosita mas’ul shaxslar hisoblanadi. Ular kunlik va haftalik taomnomalarning taxminiy rejasini tuzadi va oshpazlar shu asosida bolalar uchun ovqatlar tayyorlaydi. 9

Shifokor yoki hamshira bolalar ovqati uchun zaruriy bo`lgan texnologiyani yaxshi bilishi shart. Unga ko`ra, ovqat tayyorlash texnologiyasi va tibbiy me’yorlar bir-biriga muvofiq kelishi talab etiladi. Taomnomaga kiritilayotgan taomlar maxsus retseptlar asosida ko`rsatilishi yoki belgilangan holda tuzilishi, shuningdek, shu tartibda tavsiya etilayotgan taomnoma bolalar uchun belgilangan tibbiy me’yorlarga mos kelsa, ularning salomatligi ta’minlanadi. 1 nafar bola uchun belgilangan 1 kunlik oziq-ovqat mahsuloti miqdori kamaysa yoki ko`payib ketsa, tibbiy me’yor buziladi. Ovqat tayyorlash texnologiyasi qat’iy tartib asosida olib borilishi kerak. Masalan, choy damlash texnologiyasi – bu jarayon oddiy ko`ringani bilan o`ziga xos murakkabliklarga ega. Ovqat tayyorlash texnologiyasi ham xuddi shunday. Shu bois bir bolaga bir kunlik taom me’yorining ham tibbiy, ham texnologik me’yorini aniqlash hamshira (ayrim hollarda shifokor)ga katta mas’uliyat yuklaydi.

– Kunlik va haftalik taomnomalar qanday tartibda tuziladi va buning ahamiyati nimalarda o`z aksini topadi? Maktabgacha ta’lim muassasalarining yo`nalishiga qarab taomnomalar 5-6 yoki 7-10 kun uchun tuziladi. Taomnomalarning oldindan tuzilganligining qulayligi shundaki, sarflanishi zarur bo`lgan oziq-ovqat mahsulotlarining oldindan hisoblanishi va



9«Maktabgacha ta’lim» jurnali 4 son 2014 y

muassasaga o`z vaqtida yetkazib berilishi ta’minlanadi. Haftalik taomnomani tuzishda muassasa rahbari, bosh hisobchi, ombor mudiri, bosh oshpaz va hamshira ishtirok etadi. Bosh hisobchi kerakli idoralar bilan shartnoma tuzilishini tashkil etadi, ombor mudiri esa muassasa zaxirasidagi mahsulotlar haqida ma’lumot beradi. Hamshira shunga qarab taomnoma ro`yxatini tuzadi va bosh oshpazga taqdim etadi. Muassasa rahbari bu jarayonni nazoratga oladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ovqatlanish rasioniga kunlik me’yorlarda belgilangan oziq-ovqat mahsulotlari kiritilishi muhim. Chunki bu mahsulotlar orqali bola organizmi asosiy oziq moddalar bilan ta’minlanib tursa, u tashqi muhit ta’siriga chidamli bo`ladi, ayniqsa, uning yuqumli kasalliklarga qarshilik ko`rsatishi hamda jismoniy va aqliy ish qobiliyati ortib boradi. Zero, bunda bolaning yoshiga qarab uning oziq moddalarga bo`lgan ehtiyoji qondiriladi. Shu nuqtai nazardan taomnomadagi mahsulotlarning kimyoviy tarkibi va kaloriyasi alohida e’tiborga ega. Taomnoma ikki nusxada tuzilib, muassasa rahbari va hamshira tomonidan tasdiqlangan holda oshpazlarga beriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida haftalik taomnomalar bilan ishlashning bir qator afzalliklari bor. Jumladan, tarbiyalanuvchilarning vitaminlar, mineral modda va kaloriyaga boy oziq-ovqat mahsulotlari bilan to`laqonli ta’minlanish darajasi yaxshilanadi. Shuningdek, ushbu taomnoma ovqatlanishni tashkil etish bo`yicha bilim va tajribaga ega bo`lgan mutaxassis tomonidan tuzilganda ovqat tayyorlash texnologiyasi hamda sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilinishi ta’minlanadi.

Bundan tashqari, shahar, tuman xalq ta’limi bo`limlari tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalarining barchasida bir xil taomlar tayyorlanadi va bu bilan hududdagi barcha tarbiyalanuvchilarning ovqatlanish darajasi yaxshilanishiga erishiladi.

– Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning ovqatlanishiga doir qanday me’yoriy hujjatlar yuritiladi? Taomnomalar xalq ta’limi bo`limi mudiri va bosh hisobchisi tomonidan imzolanib, muhrlanib, ro`yxatdan o`tkaziladi. Taomnomani tuzuvchi mas’ul shaxslar uchun eslatmalar har bir Maktabgacha ta`lim muassasalarida ilingan bo`lishi kerak. Unda kunlik taomnomalarning tibbiy me’yorlarga asoslangan holda to`g`ri tuzilishi, bir kishilik ovqat hajmi, bir bola uchun kunlik sarflanadigan mahsulot miqdorining bog`cha va yasli guruhlari uchun alohida belgilanishi, taomlarning xilma-xilligiga e’tibor qaratish, taomnomada oziq-ovqat mahsulotlarini to`liq ko`rsatish lozim. Bundan tashqari ombor daftari bo`lib, u tikilgan, sahifalangan, muassasa rahbari tomonidan imzolangan bo`lishi shart. Unda har bir mahsulot uchun alohida varaq ochiladi, kirim-chiqim qilinib, qoldiqlar ko`rsatiladi. Brakeraj daftarida ovqatlarning sifati, mazasi, kunlik sinamalar olinganligi hamda ovqatning iste’molga tarqatilishiga ruxsat berilganligi haqidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda yozib boriladi. U xom va tayyor mahsulotlar uchun alohida yuritiladi. Me’yoriy hujjat sifatida yana sifati tez buziluvchi mahsulotlarni qayd etish daftari yuritiladi. Bu daftarda sifati tez buziluvchi mahsulotlarning ishlab chiqarilgan va qabul qilib olingan sanasi hamda oxirgi saqlanish muddati belgilanadi. Shuni hisobgaolgan holda olib kelingan va so`nggi saqlanish muddatlari sana va soat bo`yicha qayd etiladi.

– Bolalar uchun qanday oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish qat’iy tartibda taqiqlanadi? Bolalar ovqatlanish ratsionini tuzishda ehtiyotkorlik talab etiladi. Ularning organizmi ta’sirchan bo`lib, bir bola kasallansa, ikkinchisiga tez yuqishi mumkin. Shuni hisobga olgan holda, birinchi navbatda, yuqumli kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish maqsadida bolalar ovqati uchun xavfsizligi va sifatini kafolatlovchi hujjati bo`lmagan oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyolar; saqlanish muddati tugagan va sifatsiz ko`rinishda bo`lgan mahsulotlar; veterinariya ko`rigidan o`tmagan barcha turdagi go`sht mahsulotlari, jumladan, mol, baliq, parranda go`shti; yovvoyi hayvonlar go`shti; suvda suzuvchi parrandalar go`shti va tuxumi; yorilgan, oqqan, po`chog`i ifloslangan, shuningdek, uy xo`jaliklaridan olingan tuxum; shishib qolgan, germetik berkitilishida kamchiligi bo`lgan, yorliqsiz hamda qopqog`ida zang paydo bo`lgan konserva bankalaridagi mahsulotlar; har xil aralashmalar bilan ifloslangan, ombor zararkunandalaridan zararlangan yorma, un, quruq meva va boshqa mahsulotlar; tashqi ko`rinishida mog`or, chirik bo`lgan sabzavot va mevalar; krem va kremli qandolat mahsulotlari (pirojniy, tort); go`sht mahsulotidan tayyorlangan rulet hamda liver kolbasalar; pasterizasiya qilinmagan sutdan tayyorlangan tvorog, flyagali tvorog va smetana; qo`ziqorin va undan tayyorlangan mahsulotlar, qo`ziqorin buloni hamda konsentrati; issiqlik ishlovi berilmagan salqin ichimliklar (mors, kvas va boshqalar); okroshka va sovutilgan sho`rvalar; makaron (go`sht qiymasi bilan), makaron bilan maydalangan tuxum; bir tomonlama chala qovurilgan tuxum; go`shtli va tvorogli blinchiklardan foydalanish va muassasaga qabul qilib olish taqiqlanadi.10

10 A.R. Sodikov, A.M.Mirzaaxmedov Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni ovqatlantirish T. «Ilm

Ziyo», 2008y


Download 75,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish