Bitiruv malakaviy ishi Mavzu: Islom dinida oila ma’naviyatining ifodasi



Download 177,1 Kb.
bet17/19
Sana19.03.2022
Hajmi177,1 Kb.
#500962
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
ShahzodBMI (22.06.2021)

Er-xotin o’rtasida quyidagi shaxsiy tengliklar vujudga veladi:
1. Familiya tanlashdagi teng huquqlik.
Nikoh tuzish vaqtida er va xotinning familiya tanlashi ularning oilada to’liq teng huquqligi tamoyilidan kelib chiqadi. Ular o’zaro kelishib er yoki xotinning familiyasini umumiy familiya qilib tanlashlari yoki har biri nikohgacha bo’lgan familiyasini saqlab qolishlari mumkin. Bu masala er va xotinning har biri tomonidan ikkinchisining yoki boshqalarning tazyiqisiz erkin hal qilinishi lozim.
Er-xotinning bolalar tarbiyasi va oila turmushi masalalarini hal qilishdagi tengliklari.
2. Oilaviy turmushning barcha, jumladan, bolalar tarbiyasi masalalarini er va xotin birgalikda hal qilishlari lozim.
Oilaviy hayotda er va xotinning birontasi ikkinchisiga nisbatan biron-bir ustun huquqdan foydalanishi mumkin emas. Ular o’rtasidagi tenglik oiladaga barcha masalalarni birgalikda hal qilish tamoyillari bilan ta’minlanadi. Ular kelishib, bir-birlarini hurmat qilib, teng huquqliklarini anglab ish tutushlari oila mustahkam bo’lishiga zamin yasaydi.
Oilaning mustahkamligi va farovonligi er-xotinning birgalikdagi harakatiga bog’liq. Er-xotin birgalikda ham moddiy, ham ma’naviy o’zaro yordam ko’rsatishi, bir-birini qo’llab-quvvatlashi lozim. O’zaro yordam ulardan biri kasalligi, nogironligi, homiladorligi va boshqa sabablarga ko’ra mehnatga layoqatsiz bo’lib qolganda ayniqsa seziladi. Voyaga etmagan va mehnatga layoqatsiz oila a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish oila qonunchiligining ustuvor tamoyillaridan biri bo’lib hisoblanadi.
3. Er-xotin oilaning moddiy ta’minlanishi bilan bir qatorda, oilaning barcha a’zolari, ayniqsa bolalarining har taraflama kamol topishi, ma’naviy va jismoniy sog’lom rivojlanishlari, ulg’ayishlari to’g’risida qayg’urishlari lozim.
Oilada ota-onalar o’z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashlari to’g’risidagi majburiyatlar Respublikamiz Konstitutsiyasining 64-moddasida o’z ifodasini topgan.
4. Er-xotinning mashg’ulot turi, kasb va turar joy tanglashdagi teng huquqliklari.
Er-xotin turmushda o’zlari sevgan, tanglagan kasblarida ishlash, mashg’ulotlar bilan shug’ullanish huquqlariga egalar. Oila qonunchiligi er- xotinga turar joy tanglashda ham teng huquq beradi. Ular erining yoki xotinining uyida yoki kelishgan holda boshqa joylarda yashashi mumkin. Aslida bu masalalar oila manfaatini hisobga olgan holda o’zaro hurmat va ishonch asosida hamjihatlik bilan bamaslahat hal qilinsa, oila yanada mustahkam bo’ladi.
5. Er va xotin farzand tarbiyasida teng ishtirok etishlari.
Oilada farzand tug’ilishi ota-ona tomonidan ulkan quvonch bilan kutiladi. Xomiladorlik vaqtida xotiniga g’amxo’rlik qilish, og’irini yengil qilish, avaylab-asrash erining va boshqa oila a’zolarining burchi bo’lmog’i lozim. Farzand sog’lom tug’ilishida faqat ona emas balki ota ham muhim o’rin egallaydi.
Farzand tug’ilganidan so’ng uni boqish, sog’lom sharoit ta’minlash er va xotinning burchi bo’lib hisoblanadi. Ota-ona bolaning oldida teng huquqli javobgar shaxs ekanliklarini doim bilishlari shart. Sog’lom munosabatda tarbiya olgan, o’sgan bola jamiyatimizga unumli foyda keltiradi.
Islom huquqi manbalarining voyaga etmagan bolalarning shaxsiy huquq va majburiyatlariga oid normalarini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, shariatda ham barcha rivojlangan qonunchilik normalari kabi, voyaga etmagan bolalarning quyidagi shaxsiy nomulkiy huquqlari mustahkamlangan:

  • Bolaning oilada yashash va tarbiyalanish huquqi;

  • Ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan ko’rishish huquqi;

  • Himoyalanish huquqi;

  • Ism, ota ismi va familiya olish huquqi;

Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o’z ota-onasini bilish, ularning g’amxo’rligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega, bola manfaatlariga zid bo’lgan holatlar bundan mustasnodir.
Bola o’z ota-onasi tomonidan tarbiyalanishi, o’z manfaatlari ta’minlanishi, har taraflama kamol topishi insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishi huquqiga ega.
Bolaning ota-onasi bo’lmaganda yoki ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda va bola ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan boshqa hollarda uning oilada tarbiyalanish huquqi vasiysi tomonidan ta’minlanadi.
Oila qonunchiligiga binoan har bir bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko’rishish huquqiga ega. Ota-onaning nikohdan ajralishi, nikohning bekor qilinishi yoki haqiqiy emas deb topilishi bolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi.
Bola o’z huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega. Bola huquqini himoya qilish deganda, bolaning buzilgan huquqini tiklash, uning huquqlarini amalga oshirishda mavjud bo’lgan to’siqlarning oldini olish, bartaraf qilish tushuniladi. Misol uchun agar ota-ona farzandlarini to’g’ri tarbiya qilmasa, ta’lim-tarbiya berishda qonun bilan yuklatilgan vazifalarini bajarmasa, ota-onalik huquqlarini suuiste’mol qilsa, bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan deb hisoblanadi. Bunday holatlardan xabardor bo’lgan vasiy homiylik organlari bolalarning huquqlarini himoya qilish choralarini ko’radi.
Oila ota-onaning ham o’z farzandlariga nisbatan shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlari mavjud bo’lib, ular o’z bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga egadirlar. Ota-onalik huquqlari bolalar balog’at yoshga to’lganlarida tugaydi.
Ota-onaning bola oldidagi teng huquqliklari unga g’amxo’rlik qilish, ta’lim-tarbiya berish, uni parvarish qilish va h.k. iboratdir. Islom huquqida bolaning oldida o’z huquqlarini bajarish ota-ona uchun faqat axloqiy qoida bo’lib qolmay, balki farz darajasidagi huquq va burchdan biridir. Ota-onalik huquqi bolalar manfaatlariga zid tarzda amalga oshirilishi mumkin emas.
Har qanday jamiyat istiqboli, tinchligi, osoyishtaligi, ravnaqi oila instituti tuzilishiga, uning a’zolarining huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy munosabatlari darajasi oilada erkak roliga ko’p jihatdan bog’liqligi turli ma’lumotlar bilan asoslangan. Qur’on va hadislarga asoslangan islom madaniyatining oilaviy tizimida otaning o’rni va burchi yuqori baholangan. Uning zimmasiga oilani boqish, farzandlarni tarbiyalash, bilimli qilish, oila mustahkamligini ta’minlash, voyaga etgan bolalarni oilali qilish, mustaqil hayotga yo’llash kabi mas’uliyatli vazifalar yuklatilgan. Bu vazifalarning bajarilishi dunyoviy davlatlarda, avvalo, davlatning qonun-qoidalari asosida bo’lishi talab etiladi, ayni vaqtda, bu jarayonda milliy va diniy qadriyatlarga e’tibor berish nazarda tutiladi.
Ota obro’sini saqlash va unga itoat qilish (avtoritar xususiyat) o’zbek xalqi uchun ham milliy, ham diniy qadriyat sifatida ajdodlardan bugungi kungacha etib kelgan. Bunday xususiyat faqat islom dini tarqalgan xalqlardagina emas, balki boshqa diniy konfessiyalarga e’tiqod qiluvchi xalqlarda ham o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. Masalan, konfutsiychilikda ota-ona juda ulug’lanadi: “Xoqon (imperator) – Osmon o’g’li, u osmon ostidagilarning barchasiga ota. Osmon ostidagi tartib-qoida esa quyidagicha: podsho-podsho, ota-ota, mulozim-mulozim, o’g’il-o’g’il bo’lishi kerak”1. Bundan kelib chiqadiki, har bir oilaning ravnaqi uchun birinchi galda harakat qiladigan kishi – ota, undan keyin onadir.
O’zbek oilasi mustahkam, barqaror, ahil bo’lishi otalar ma’naviyati, madaniyatiga bog’liqdir. El-yurtdagi tinchlik, xotirjamlik, mehnatsevarlik, diyonatlilik, yaxshiliklar va ezguliklar negizida otalar bergan tarbiyaning ildizlari bor. Ko’p hollarda ota tarbiyasini olmagan farzand axloqida nuqsonlar bo’lishi statistik ma’lumotlarda keltirilgan va keng tahlil qilingan.
Milliy va islomiy qadriyatlarda otani hurmatlash va bo’ysunish, yoshlarning irodaviy, huquqiy, ijtimoiy faoliyatini bo’g’ish emas, balki ularda to’liq erkinlikni saqlagan holda yo’lga solishdir. O’zbekiston “Oila kodeksi”da bu masala xususida: “Ota-ona o’z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o’z bolalarining sog’lig’i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g’amxo’rlik qilishlari shart.Ota-ona o’z bolalarini tarbiyalashda boshqa barcha shaxslarga nisbatan ustun huquqqa ega”1, - deyilgan.
Islomning oila munosabatlari madaniyati haqidagi qarashlarida ota mehri oddiy burch yoki e’tiqodgina emas, balki insonning qon tomirlariga singib ketgan qudratli manbai hisoblanadi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

  • birinchidan, Sharq xalqlarida oilada otaga itoat qilish qadimdan, ya’ni urug’-qabilachilik davridan davom etib kelayotgan odat bo’lib, jamiyat rivojining yuqori bosqichlarida yangi mazmun bilan boyigan;

  • ikkinchidan, islom dinida otaning oiladagi o’rni va roli g’oyatda yuqori darajaga ko’tarilgan bo’lib, farzandlar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega bo’lgan;

  • uchinchidan, hozirgi davrda ba’zi oilalarda otaga itoat etmaydigan yoki otasiz o’sgan yoshlarda o’zboshimchalik, to’g’ri yo’ldan adashish, qonunbuzarlik, hattoki norasmiy diniy harakatlarga qo’shilib ketish holatlari kuzatilmoqda;

  • to’rtinchidan, oilada tinchlik, osoyishtalik, farzandlar tarbiyasining zamon talabida bo’lishi, nafaqat, muayyan oila, balki fuqarolik jamiyati qurish istiqboli uchun ham ahamiyatlidir.

Oilada farzandlar mas’uliyati milliy va islomiy qadriyatlar asosida rivojlanadi. Oilada ota-ona farzandlari voyaga etishi uchun bor-yo’g’ini ayamasligi, har qanday qiyinchiliklarga bardosh berishi islom manbalari bayon qilingan.
Hayoli ayol oilaning nomusi, erining huzur-halovati, farzandlarining mehriboni, odamlarning dur-u gavharidir. Hayoli ayol xonadon ravnaqidir. Zero, u oila a’zolarini tushunadi, osoyishtalik bilan ish olib boradi. Oilaning achchiq-chuchugiga chidab, mehr va ishonch bilan yashaydi. Bunday ayollarni xalqimiz hayoli va vafoli deb biladi.
Ayolning oila mustahkamligi uchun kurashayotgan bir vaqtda ajralib ketayotgan oilalardan ham ko’z yumolmaymiz. Buning sabablari bizningcha:

  • birinchidan, ba’zi yoshlarning oila qurish ishiga jiddiy yondashmay, oqibatini o’ylamay, yengiltaklik bilan qarashlari;

  • ikkinchidan, ota-onalarining yosh oila qurganlar hayotiga noo’rin yondashishi, ayniqsa, qaynona-kelin munosabatlari;

  • uchinchidan, oila qurgan yoshlar ota-onalarining iqtisodiy imkoniyati teng emasligi natijasida nizolarning kelib chiqishi;

  • to’rtinchidan, farzand ko’rmaslik oqibati va boshqalardan iborat. Bunday holat, nafaqat, oila, balki davlatni ham tashvishlantiradi.

Islom manbalarida ham ayollar ibratli so’zlar bilan ulug’lanadi. Masalan, Rasululloh: “Musulmonning uyi jannat bog’idan bir parchadir”, deganlar. Yaxshi, oqila ona oilani jannat bog’chasi etib, farzandlarini gul kabi parvarishlaydi. Ayol ko’rinishi bilan emas, balki go’zal fe’li, yaxshi axloqi uchun jamiyatda, oilada ayol e’zozlanadi.
Islomda ayollar huquqiy maqomiga kelsak, bu masalasini demokratik standartlar bilan taqqoslab o’rganish va uni tahlil etish muhim. Islomda ayolga avvalo insoniy vujud sifatida qaraladi va uning ham xuddi erkaklar kabi insoniy ruh va jon egasi ekanligi e’tirof etiladi: Ey odamlar, sizlarni bir jon (Odam)dan yaratgan va undan jufti (Havo)ni yaratgan hamda ikkisidan ko’p erkak va ayollarni tarqatgan Rabbingizdan qo’rqingiz!... Ushbu oyat orqali islom madaniyati ayolning insoniy fazilatlarini to’liq e’tirof etdi, unga ta’lim sohasini ko’rsatdi, balog’atga yetgandan so’ng, barcha ishlarda to’la moliyaviy iqtidorni berdi. Uning eri ham, otasi ham unga tegishli bo’lgan narsalarga va hatto mahriga ham daxlsizligi kafolatlandi.
Islom dini ayolga mehnat qilishni man etmadi, balki o’z tabiatiga munosib ishlarni tanlashi lozimligini uqtirdi. Shuningdek, islomda ayollarning siyosiy-ijtimoiy hayotga aloqador masalalarda ham o’z fikrini bayon etishga hamda jamiyat a’zolarining haq-huquqlarini himoya etishga haqli ekanliklari, ayollarning jamiyat ravnaqi yo’lida faol ishtirok etishlariga zamin yaratdi.
Umumiy qilib aytganda, islom jamiyatda ayollarning maqomini ko’tardi va ko’p narsada ularga ozodlik berdi, ularning insoniy fazilatlarini tahqirlashdan, insoniyat aqliga to’g’ri kelmaydigan zulmkor fojealardan xalos etadi. Islom huquqida ayol oilaviy munosabatga kirishar ekan, unga o’z taqdirini belgilash huquqi berilgan. Bundan tashqari, u oilada to’la muomala layoqatiga ega shaxs sifatida mulkiy va nomulkiy huquqlarga ega. Jamiyatda ham ayol maqomi qo’llab-quvvatlanib, uning tabiiy, ijtimoiy va siyosiy huquqlari ta’minlandi. Islom ayollarga rahm-shafqat, mehr ko’rsatish bilan uning maqomini ko’tardi va baxtli hayot kechirishi uchun muqaddas qonunlarni joriy etdi. Ushbu qonunlarning bajarilishi Qur’on oyatlari va Payg’ambarimiz (s.a.v.) hadislari orqali mustahkamlandi.
Shulardan kelib chiqqan holda quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:

  • birinchidan, o’zbek xalqida qadimdan oilada ayolning o’rni va vazifasi sharqona axloq-odob me’yorlari bilan o’lchangan. Agar bu me’yorlarning biror jihati buzilsa, oila mustahkamligiga putur etgan;

  • ikkinchidan, islom madaniyatining xalqimiz hayotiga kirib kelishi bilan oilani tashkil etish va munosabatlarni o’rnatish shar’iy qonunlar asosida amalga oshirilib, unda erkak va ayollarning huquqi va burchi ham o’z ifodasini topgan;

  • uchinchidan, mustabid tuzum davridagi ayollarga berilgan “teng huquqlilik”, ularga yordam berishdan ko’ra kamsitishga olib kelgan;

  • to’rtinchidan, ona – oilaning bekasi, uning ma’naviyati, axloq-odobi, saviyasi qancha yuqori bo’lsa, farzandlariga ham shunchalik yetuk tarbiya bera oladi. Bunday farzandlardan tuzilgan yangi oilalar jamiyat kelajagi uchun katta ahamiyatga egadir;

  • beshinchidan, mustaqillik sharoitida oila munosabatlari ma’navoy-axloqiy asoslarini shakllantirish milliy siyosatining yo’nalishlaridan biri hisoblanadi, ayniqsa, ayollar huquqining ilmiy asosda himoya qilini- shi oila mustahkamligining garovi bo’lib xizmat qilmoqda.

XULOSA
Bitiruv malakaviy ishi mavzusi doirasidagi izlanishlar natijalarini umumlashtirib, quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

        1. Islom ta’limotida oila va nikoh masalalari, oila munosabatlarini shakllantirishning asosiy mezonlari – tenglik, er va xotin roziligi, insof va diyonat, haromdan hazar, poklik kabi ezgu hikmatlar o’z aksini topgan;

        2. Oila munosabatlarining shakllanishi, uni takomillashtirish, ya’ni axloq-odobli farzandlarni tarbiyalashda dunyoviy va diniy meros hamda qadriyatlarga, milliy tarbiya an’analaridan oqilona foydalanishga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi.

        3. Islomda oila munosabatlarining tarixiy genezisining ma’naviy-axloqiy tahlilidan ma’lum bo’lishicha, ijtimoiy hayotning rivojlanish bosqichlarida bir xotinlikka asoslangan oila shakllangunga qadar oilaning ibtidoiy ko’rinishlari “qon-qarindosh oila”, “punalual oila”, “ko’pxotinlik” oilalar ham bo’lgan.

        4. Oila munosbatlarining aqidaviy, huquqiy asoslari Qur’oni karim, hadisi sharif va shariat ahkomlarida ishlab chiqilgan bo’lib, ulardagi diniy bag’rikenglik, hamjihatlikka da’vat etuvchi g’oyalar esa, dinlararo murosasozlik, do’stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilgan.

        5. Oila instituti ma’naviy tahlilidan ma’lum bo’lishicha, tarixiy jarayonda bir qancha oila tiplari, bosqichlari bo’lganligini ko’rsatadi: cheklanmagan ko’p xotinlilik (johiliya davri), muayyan shartlar asosida to’rttagacha xotinga uylanish imkoniyati (islom ta’limoti, shariat ko’rsatmasi) va davlat qonunlariga asoslangan juft oila sivilizatsiya rivojining yuqori bosqichida vujudga kelgan.Oilaning ichki va tashqi munosabatlari jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma’naviy rivojlanishini o’zida aks ettiradi. Ilm-fan, san’at, adabiyot, texnik progress, shu jumladan, din sohasidagi o’zgarishlar bu jarayonga o’z ta’sirini o’tkazib, oila madaniyatida jamiyat taraqqiyoti bosqichlarida o’ziga xos modernistik xususiyatlarni yuzaga keltiradi.

        6. Markaziy Osiyo, shu jumladan, o’zbek xalqi hayotida islom dini kirib kelganidan boshlab, oila munosabatlari musulmon huquq – tartiboti asosida boshqarila boshlagan. Dastlab nikoh – oila munosabatlari Qur’on ko’rsatmalari asosida tartibga solingan bo’lsa, keyinchalik Qur’on va sunnaga asoslanib, sunniylikda (hanafiylik, shof’eilik, molikiylik, hanbaliylik) va shialikda (ja’fariylik) qonunchilik mazhablari musulmonlarning moddiy va ma’naviy, ijtimoiy, nikoh va oila hayotini tartibga solib turuvchi diniy huquq sistemasi shariat orqali boshqarildi.

        7. Musulmonlarning huquq tizimida davlat huquqi, mulk va jinoyat huquqi, qozilik va kafillik masalalari, umuman bu dinga e’tiqod qiluvchilarning moddiy va ma’naviy, ijtimoiy va shaxsiy hayotini tartibga solib turuvchi huquqlari, ayniqsa, nikoh va oila huquqlariga keng o’rin berilgan. Nikoh-oila munosabatlarining aqidaviy va huquqiy qoidalarining mazmun-mohiyati asosiy mezonlari Qur’oni Karim, hadisi sharif, “Hidoya”da o’z ifodasini topgan va musulmon ahli unga asrlar davomida unga amal qilgan.

        8. O’zbekiston Respublikasida milliy davlatchilik siyosatini amalga oshirish hamda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyat tizimini barpo etish jarayonida oila va oila madaniyati takomillashtirishda dunyoviy va diniy asoslardan ijodiy foydalanish maqsadga muvofiq.

Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqqan holda quyidagi amaliy tavsiyalarni berish mumkin:

  • Oila munosabatlari ma’naviyatini takomillashtirish maqsadida oila ilmiy-amaliy markazi, Baxt uylarida etuk shifokor, huquqshunos , psixolog olimlar bilan birga mahalla vakillarining yosh oilalarga maslahatlar berib turishlari foydali bo’ladi;

  • oila qurish sevgi asosida bo’lishi, ayni vaqtda, nikohlanishga monelik qiluvchi (qon-qarindoshlik, yosh jihatdan katta farq qilishi va b.) tomonlarini hisobga olish zarurligi. Bu xususda ommaviy axborot vositalarida “Oila” ruknida maxsus suhbatlar o’tkazish maqsadga muvofiqdir;

  • oila quruvchi yoshlarni salbiy qarashlar ta’siridan himoyalash hamda islomiy qadriyatlardan o’z g’arazli niyatlari yo’lida foydalanishga harakat qilayotgan, diniy harakatlar va missionerlarning asosiy maqsadlarini mahallalarda, o’quv maskanlarida tushuntirib borish maqsadga muvofiq;

  • yosh oilalarni ajralib ketishiga sabab bo’layotgan omillar (qaynona- kelin munosabatlari, muomala madaniyati, oila ma’naviyati va b. Yuzasidan mahallalardagi xotin-qizlar yig’ilishida tajribali mutaxassislar, otaxon va onaxonlar ishtirokida suhbatlar o’tkazish yaxshi samara berishi mumkin.



Download 177,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish