Bitiruv malakaviy ishi Mavzu: Islom dinida oila ma’naviyatining ifodasi



Download 177,1 Kb.
bet16/19
Sana19.03.2022
Hajmi177,1 Kb.
#500962
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
ShahzodBMI (22.06.2021)

Birinchidan, oila munosabatlarini vujudga kelishi va ma’naviyatining rivojlanishi, bir nikohli oilaning vujudga kelishi bilan bog’liq bo’lib, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jarayonlar ta’sirida rivojlanib, takomillashib borgan;
Ikkinchidan, o’zbek xalqi taraqqiyotida islomga qadar bo’lgan davrlarda ham Markaziy Osiyo xalqlarining o’ziga xos oila madaniyati, uning ma’naviy mezonlari “Odat” shaklida bo’lib, ularga amal qilish oila tadrijining asosiy omillaridan hisoblangan. Bu hudud xalqlari hayotiga islom dini kirib kelishi, ta’limoti va qadriyatlarini jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotiga chuqur singib borishi, oilani tashkillash, tartibga solish, xususan, mazmunini islomlashtirishda o’z ifodasini topgan;
Uchinchidan, oila, oilaviy munosabatlar shariat qonun-qoidalariga bo’ysundirilib, uning islomga qadar mavjud bo’lgan odat va an’analari yangi sharoitga moslasha borgan;
To’rtinchidan, oila instituti tashkil topishi va rivojlanishi tarixi bir qancha oila tiplari, bosqichlari bo’lganligini ko’rsatadi:

  • cheklanmagan ko’p xotinlik (johiliya davri);

  • to’rttagacha xotinga uylanish imkoniyati (shariat ko’rsatmasi) va davlat qonunlariga asoslangan bir nikohli oila sivilizatsiya rivojining yuqori bosqichida vujudga kelgan;

Beshinchidan, oila ma’naviy madaniyati munosabatlarini tashkillashtirishga asos bo’lgan muhim omillari bu milliy va diniy qadriyatlarning islomiy mezon va me’yorlar, ya’ni nikoh va oila haqidagi tartib va qoidalaridir.
Xalqimizning bunday islomiy qadriyatlari va milliy oila funksiyalari uyg’unligi ijtimoiy hayotda, turmush tarzida muhim ahamiyat kasb etgan.

2.2.Islomda oila a’zolarininng ma’naviy-axloqiy vazifalari
Oilaviy munosabatlar tartibga solinishi natijasida oilada shaxslar o’rtasida o’zaro qarindoshlik tushunchasi yuzaga keladi. Qarindoshlik r ishtalarining yuzaga kelishi ham albatta tomonlarga ma’lum huquq va majburiyatlarni yuklaydi.
Qarindoshlik tushunchasi va uning huquqiy oqibatlarini tahlil qilishdan oldin qarindoshlik rishtalarini bog’lovchi asoslarni o’zlashtirish lozim bo’ladi.
Bir umumiy uchinchi shaxsdan (ajdoddan) kelib chiqqan shaxslar qarindoshlar hisoblanadi. Ikki shaxs o’rtasidagi to’g’ri shajara bo’yicha qarindoshlikning yaqinligi qarindoshlik darajasi, ya’ni tug’ilish soni bilan belgilanadi.
Bolalar ota-onasiga nisbatan to’g’ri shajaradagi birinchi, nevara bobosiga, buvisiga nisbatan – ikkinchi, evara katta bobosiga, katta buvisiga nisbatan – uchinchi darajadagi qarindosh hisoblanadi va hokazo.
Aka-uka, opa-singil, ularning bolalari, ota-onaning aka-uka va opa- singillari hamda ularning bolalari, bobo va buvilarning aka-uka hamda opa-singillari va ularning bolalari va shunga o’xshashlar yon shajara bo’yicha qarindoshlar hisoblanadi va hakazo.
To’g’ri shajara bo’yicha qarindoshlar yon shajara bo’yicha qarindoshlarga nisbatan yaqinroqdir.
Ikki shaxs o’rtasida qarindoshlikning uzoq-yaqinligini aniqlashda, darajalarning soni yoki shu shaxslardan birining o’zini hisobga qo’shmay turib, undan kelib chiqqan avlodlar soni hisobga olinadi.
Hisob ajdodlar tomon to’g’ri shajara bo’yicha ular uchun umumiy bo’lgan shaxsga (ajdodga) qarab va undan esa, avlodlar tomon – ulardan boshqasiga qarab olib boriladi.
Tug’ishgan aka-uka va opa-singil qarindoshlikning ikkinchi darajasida, tog’a va amaki, amma va xola o’z jiyanlari bilan qarindoshlikning – uchinchi, tog’avachcha, amakivachcha, ammavachcha va xolavachchalar esa – to’rtinchi darajasida turadilar.
Aka-uka va opa-singillar bir ota-onadan kelib chiqqan bo’lsa, yot aralashmagan, ota bir ona boshqa yoki aksincha – ona bir ota boshqa bo’lsa, yot aralashgan qarindosh hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, o’gay aka-ukalar va o’gay opa-singillarning yo otasi, yo onasi bir bo’ladi. Yot aralashgan qarindoshlar xuddi yot aralashmagan qarindoshlikdagi kabi huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi (masalan, o’gay aka (uka) yoki o’gay opa (singil) vafot etgandan so’ng meros olishda yoki ulardan aliment undirishda).
Qarindoshlikdan qayin-bo’yinchilik va quda-andachilikni ajrata bilish kerak. Qayin-bo’yinchilik va quda-andachilik kishining nasl-nasabiga yoki qondoshlikka asoslanmaydi. Balki nikohning yondosh oqibati bo’lgan ijtimoiy bog’lanish hisoblanadi. Er-xotinning qarindoshlari yo’q bo’lsa, qayin-bo’yinchilik va quda-andachilik vujudga kelmaydi. Qayin-bo’yinchilik va quda-andachilik munosabatlari oila huquqi orqali boshqarilmaydi.
Qarindoshlik rishtalari orqali vujudga kelgan shaxsiy hamda mulkiy huquq majburiyatlarning hammasi nasl-nasab nuqtai nazaridan mustahkamlanadi. Oilada ota­ona va bolalarning bir­biriga nisbatan huquq va majburiyatlari bolaning nasl­ nasabiga qarab belgilanadi. Shu sababli Qur’oni Karimda har bir farzandni o’z otasiga nisbat berish buyurilib, farzandlikka olgan shaxslar ham o’z qaramoqlariga olgan bolalarni o’z otalariga nisbat berishlari lozimligi uqtiriladi.
Nasabni belgilash masalasi islom huquqida muhimligi shu bilan izohlanadiki, oilada xoh u yangi bo’lsin yo qadimiy bo’lsin unda halol va harom masalalari har doim diqqat markazida bo’lishi lozim. Chunki bu masala bolalarning tarbiyasi, xulqi va kelajagiga ta’sir qiladi. Nasablarning aralashib ketmasligi, ya’ni kishi o’z mahrami bilan nikohlanmasligi nikohning asosiy sharti. Shu sababli nasabga e’tibor beriladiki, kishi kimligini va o’z o’rnini bilsin. Islom huquqida qonuniy nikoh davomida tug’ilgan, nikoh bekor qilingandan so’ng eng kami 6 oy va eng ko’pi bir yil muddat ichida tug’ilgan bolaga otaning nasabi beriladi.
Shu bilan birga islom huquqi nizoli hollarda sud orqali nasabni belgilashga ruxsat beradi
Agar o’zaro nikohda bo’lmagan shaxslar o’rtasida bola tug’ilsa va ota buni e’tirof etsa bolaga nasab beriladi. Agar o’zaro nikohda bo’lmagan kishilar o’rtasida homiladorlik vujudga kelib, keyinchalik nikohlansa va nikohdan 6 oy o’tgach bola tug’ilsa bolaga otaning nasabi beriladi. Agar 6 oydan kam muddat ichida tug’ilsa berilmaydi. Lekin ota sud orqali bolaning nasabini belgilashi mumkin. Otalikni belgilash faktini mustahkamlash uchun bolaning (bolalarning) aynan shu otadan tug’ilganligini tasdiqlaydigan dalillar bo’lishi shart.

Download 177,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish