O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
YURIDIK FAKULTETI
MILLIY G’OYA VA HUQUQ TA’LIMI KAFEDRASI
5111600 Milliy g’oya,manaviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi
IV kurs bitiruvchisi
Mashrapov Shahzodning
bitiruv malakaviy ishi
Mavzu:Islom dinida oila ma’naviyatining ifodasi
Ilmiy rahbar: Katta o’qituvchi
A.Abdullayev
NAMANGAN - 2021
MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………...……3-10
1.BOB. OILA MUNOSABATLARINING TARIXIY KELIB CHIQISHI VA RIVOJLANISHI BOSQICHLARI…………………………………………11-31
1.1.Islomda oila tushunchasi, mohiyati va vazifalari………………...…11-18
1.2.Islomda oila shakllari…………………………………………...…..19-31
2.BOB. ISLOM DINIDA OILA MUNOSABATLARINING MA’NAVIY-AXLOQIY JIHATLARI…………...…………………………32-50
2.1.Islomda oila munosabatlarining ma’naviy-axloqiy asoslari……….32-41
2.2.Islomda oila a’zolarininng ma’naviy-axloqiy vazifalari…………..42-50
Xulosa………………………………………………………………………..51-53
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati……………………………54-57
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Oila jamiyatning birlamchi bo’g’ini hisoblanadi. Shunga ko’ra, hech mubolag’asiz aytish mumkinki, oila fuqarolik jamiyatining tayanch nuqtasi, barqaror va tinch tuzilmasidir. Chunki bu muqaddas dargohda nafaqat inson dunyoga keladi, balki u ma’nan va ahloqan tarbiya topadi. Demak, oila jamiyatning tabiiy hujayrasi, ijtimoiy asosidir. Oila qanchalik mustahkam bo’lsa, jamiyat ham shunchalik mustahkam bo’ladi va tez rivojlanadi. Zero, jamiyat asosi – oilaning moddiy va ijtimoiy jihatdan mustahkamlanib borishi g’oyat muhim ahamiyatga ega.
Mustaqillikka erishib, huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati shakllanish jarayonida O’zbekiston xalqi oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri oila ma’naviyatini davr talablari darajasida takomillashtirish, unga asos bo’lgan dunyoviy, diniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlardan ijodiy foydalanish yo’llarini aniqlashdan iborat. Shuning uchun ham davlatimiz siyosatida oilada ma’naviy barkamol, jismoniy sog’lom yosh avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning fikricha oilaning ijtimoiy hayotdagi yuksak mavqeini, o’ziga xos ma’naviyatini yuksaltirishning ahamiyatini ta’kidlab, “Biz uchun muqaddas bo’lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik-xotirjamlik, ahillik va o’zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to’ldirishdan iborat bo’lmog’i zarur”1, deydi.
Darhaqiqat, o’zbek xalqi tarixiy taraqqiyotida milliy qadriyatlarning uyg’unlashuviga asoslangan oilaviy munosabatlarda voyaga etgan insonning ma’naviy-axloqiy kamoloti hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan. Sog’lom oila muhitida shakllangan insof va adolat tuyg’usi, iymon, halollik, xushxulqlilik va boshqa insoniy fazilatlar shaxs ma’naviy barkamolligini namoyon qiluvchi sifatlardir. Binobarin, mazkur Bituruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi quyidagilar bilan belgilanadi:
- birinchidan, oila ma’naviyatini mustahkamlash, yoshlarning ma’naviy dunyosini boyituvchi tarixiy meros va qadriyatlarni ma’naviy tahlil qilishga ehtiyoj kuchaymoqda;
- ikkinchidan, G’arb mamlakatlarida demokratiya namunasi deb baholanib, jahonga eskalatsiyasi (biror narsa yoki hodisaning asta-sekin tadrijiy ravishda kuchayib, zoʻrayib, koʻpayib borishi) kuchayib borayotgan bir jinsli nikohning g’ayriinsoniy mohiyatini fosh qilish g’oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda;
- uchinchidan, yakka nikohlikka asoslangan oilaning jamiyat oldidagi burchi va mas’uliyati bilan bog’liq milliy, islomiy va umuminsoniy qadriyatlarning oilani mustahkamlashga qaratilgan jihatlarini ma’naviy tahlil qilish nazariy-metodologik ahamiyatga ega;
- to’rtinchidan, o’zbek xalqi turmush tarzi va oila ma’naviyatini mustahkamlashda islomiy qadriyatlarning tarixiy ahamiyatini, undan ijodiy foydalanishda vorislik aloqadorligiga rioya qilish ilmiy yo’llarini, usullarini tadqiq qilish zaruriyati kuchaymoqda;
- beshinchidan, yoshlarni turli norasmiy diniy harakatlar ta’siridan muhofaza qilish, o’zining mustaqil hayotiy pozitsiyasi g’oyaviy immunitetini shakllantirishda oila ma’naviyatini tizimli-funksional ma’naviy jihatdan tahlil qilish, (asoslash hamda oilani barqarorligiga salbiy ta’sirini oldini olish muhim ahamiyatga ega);
Do'stlaringiz bilan baham: |