2.2. Sinfdan va maktabdan tashqari mashg’ulotlarda o’quvchilarni estetik tarbiyalash
Tabiat-bolani ma’naviy dunyosini boyitishning bitmas-tuganmas manbaidir. Har bir inson bolaligini yeslaganda avvalo, tabiat bilan bog’liq bo`lgan turli voqea va xodisalarni: qushlar ovozi, osmonga uchayotgan samalyotga tikilib, yam-yashil o`tloqlar va bog’lar, anvoi gullar, kapalaklar, ariqchalarda oqayotgan zilol suvlar, yulduz , oy, ko`hna yodgorliklar, xalq amaliy san’atining turlari, zamonaviy binolar va ulardagi jozibali naqshlarga soatlab tikilib qayerdan va qanday paydo bo`lganligiga aqli yetmay uxlab qolganini yeslaydi.
Pedagog va psixologik olimlarning ko`plab kuzatishlariga qaraganda tabiat bola qalbida o`zining turli-tuman voqea va xodisalari, o`zgaruvchanligi, yerkinligi va jozibadorligi bilan katta taasurot qoldirar ekan, chunki, tabiat -insonning dushmani yemas, aksincha do`stidir. U moddiy manaviy boylik, salomatlik, quvonch va kishilarning, jumladan bolalarning ham estetik zavqlanish manbaidir: tabiatni muhofaza qilish, unga g’amho`rlik qilish-bu bir vaqtning o`zida insonning o`zini saqlab qolish demakdir. Tabiatda har bir paydo bo`lgan maysa, suvning shildirashi, qushlar sayrashi, bunyod yetilayotgan chiroyli bino va shu kabi ko`plab voqea-xodisalar bolani quvontiradi va ularga nisbatan g’amxo`r va mehr-shavqatliligi xissini, qiziqish va xavas uyg’otadi, ularni faoliyatga undaydi. Ammo, bolalarda bunday ijobiy xislatlarni shakllantirish uchun ota-onalar, o’qituvchilar va keng jamoatchilik hamkorlikda muntazam ravishda ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirib borishlari zarur. Buning uchun ishni avvalo yaqin tevarak - atrofdan boshlab, asta -sekin murakkablashtirib borishi mumkin bo`ladi.
«Bolalar bog’chasining ta’lim-tarbiya» dasturi talablaridan kelib chiqib tabiat bilan tanishtirish, so`lim tabiatning chiroyli manzarali joylariga sayr, xalq amaliy san’ati rivojlangan yirik muzeylarga, joylarga, jamoa xo`jaliklariga, guruh uchastkalariga ekskursiya qilish orqali amalga oshirish ko`zda tutilgan.
Ta’lim muassasalarida doimiy ravishda tabiatni muhofaza qilish, uni asrab –avaylash maqsadida “Mening o’lkam”, “Tabiat bizning onamiz” kabi rasm chizish ko’rik-tanlovlar tashkil yetib boriladi.
Ekskursiya da bolalar tabiatdagi tabiiy guruhlashda, qishloq xo’jaligida, muzeylarda, o’simlik va hayvonlar bilan tanishtiriladi. Sayohat ekskursiya lar avval qaror topgan tushunchalarni mustahkamlaydi, aniqlaydi, chuqurlashtiradi va umumlashtiradi. Sayohatlar mashg’ulotlar bilan chambarchas bog’lanadi: sayohatda ko’rilgan obyektlar kurs davomida ko’p marta yodga olinadi, to’rejagan narsalar yesa namoyish qilinadi. Yakunlovchi ekskursiya larda bolalar avval olgan bilimlarini yanada mustahkamlaydilar, topshiriqlar bo’yicha mustaqil kuzatishlar o’tkazadilar.
Mashg’ulotning deyarli har bir mavzusi bo’yicha ekskursiya lar mo’ljallangan. Ekskursiya o’quv-tarbiya ishlarining murakkab shakli hamda bilimlarni bayon qilishning xilma-xil metodlarini nazarda tutuvchi eng samarali o’qitish shakllaridan biridir. Har bir ekskursiya puxta tayyorgarlikni talab qiladi va quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
Ekskursiya vaqtida o’tkaziladigan va bajariladigan ishlar quyidagilardan iborat:
Ekskursiya jarayonida o’qituvchi bolalarning bilish faoliyatiga rahbarlik qiladi, bunda og’zaki hikoya (hikoya, suhbat, tushuntirish), ko’rgazmali (suhbat jarayonida kuzatish) va amaliy (bolalarning amaliy ishlariga rahbarlik qilish) metodlardan foydalanadi. Ekskursiya jarayonida bolalar faqat kuzatibgina qolmasdan, balki o’rganilayotgan obyekt to’g’risida yangi ma’lumotlar oladilar, ularda amalda foydalanadilar, estetik zavq oladilar, tabiat va hayot go’zalliklari bilan tanishadilar va natijalarini so’zlab beradilar.
Ekskursiya vaqtida bilimni faqat pedagog yemas, balki boshqa shaxslar ham bayon qiladilar. Uning farqi shundaki, boshqa shaxslar atrof borliqdagi obyekt va hodisalar bilan shunchaki tanishtiradi va ma’lumot beradi. Ta’limda yesa tabiiy obyektlar ko’pincha ko’rgazmalilikning u yoki bu vositalari bilan almashtiriladi. Shuning uchun ham ekskursiya da mashg’ulotdagiga qaraganda o’rganiladigan obyekt va hodisalarning aniq bog’lanishlari osonroq belgilanadi.
XULOSA
Bolalarda estetik his-tuyg’ularni o’stirish, estetik idrok, tushuncha, tasavvur, bilim, ko’nikma, odat va didni tarbiyalash asosiy maqsad hisoblanadi. Estetik bilim, ko’nikma, malaka va odatlarni tarbiyalash barcha predmetlarni o’rgatish jarayonida amalga oshirib boriladi. Bolalarni tabiatdagi, jamiyatdagi va kundalik turmushdagi barcha faoliyatlarda go’zallik qonuniyati asosida axloqiy sharqona xulq-atvorda tadbiq yetish bugungi kundagi eng muhim pedagogik masaladir.
Kichik yoshidagi bolalarda estetik hislarni tarbiyalashda bola atrofdagi katta kishilarning va birinchi navbatda ona va o’qituvchining tashqi ko’rinishini: batartib va oddiy qilib o’rilgan sochi, yoqimli, chiroyli ko’ylagi, toza qo’llari, osoishta va chiroyli harakatlari, aniq va ifodali nutqi, yoqimli ovozi katta rol o’ynaydi. O’tkazilgan tarbiyaviy tadbirlarimiz asosida bolalarda estetik tarbiyani amalga oshirish muammolarini hal qilishlari uchun o’qituvchi pedagoglar quyidagi bilim, malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerak degan xulosaga keldik.
- Bolalarning go’zallikni idrok yetishlarida san’atning barcha turlari, tabiat va turmush bunga ko’mak beradi, bevosita yemosional hozirjavoblik, shodlik, hayajon, zavq hamda qiziqish uyg’otadi.
- o’quvchilarda turmush, tabiat, ijtimoiy munosabatlarda qo’lidan kelgancha go’zallikni qo’shish yehtiyoji va odatini tarbiyalash.
- Bolalarda nafosat va did asoslarini, san’at asarlarini hamda hayotdagi hodisalarni mustaqil baholay bilish qobiliyatlarini shakllantirish.
- Bolalarni estetik tarbiyalash hamda kamol toptirish uchun yosh xususiyatlarini bilish.
-Metodikani bilish. Har bir o’qituvchi estetik tarbiyaning eng qulay shakl va metodlarini bilishi kerak. hayotdagi va san’atdagi go’zallik, xunuklik va boshqa estetik tushunchalarni ochishdagi pedagogik mahorat o’qituvchining bularning barchasini ko’ra bilishi va tushuna bilishini ko’rsatdi. Shuning uchun o’qituvchi pedagoglar ma’lum estetik tayyorgarlikka ega bo’lishlari kerak.
-bolalarga estetik ta’lim-tarbiya beridan oldin ularning:
a) estetik did, qiziqish va ideallarini;
b) yehtiyojlarini;
v) estetik faoliyatdan oldingi tajribalarni (hayot va san’atdagi go’zallikni idrok yetish xarakteri va xususiyatlari, go’zallikni yarata bilish, hayotni go’zallik asosida tashkil qila bilish) chuqur va har tomonlama o’rganish lozim. Faqat har tomonlama bilishgina bo’lajak o’qituvchilarga maqsadga yo’llangan va pedagogik bilimli estetik tarbiya berishi mumkin.
Kichik maktab yoshdagi bolalarga tasviriy san’atni o’qitishda muammolar g’oyat xilma-xil bo’lishiga qaramay, asosiy ye’tiborni ayni bog’chada hal qilinishi zarur bo’ladigan muammolarga qaratish lozim. Ular orasida eng muhimi - bolalarda rasm solish hamda tasviriy san’atning boshqa turlari bilan shug’ullanishga qiziqish uyg’otishdir. Ana shu negizdagina asta-sekin anglangan estetik his, badiiy did va ijod uchun zarur bo’lgan boshqa fazilatlar rivojlanishi mumkin. Ana shunday rivojlanish yullaridan biri qiziqarli va xilma-xil ish formalarini, turli rassomlik materiallarini, texnikaviy ijroning yangi usullarini qo’llanishdan iborat. Rivojlanishning boshqa bir yo’li — bolalarda avval boshdanoq kuzatish bilan tasvirlash harakati o’rtasida o’zaro aloqani, qullarning kelishimligini, rasm soluvchining ko’z o’ngidagi tasavvurlarga bo’ysunishini shakllantirishdan iborat bo’lib, buning o’rnini o’rta bog’cha yoshida to’ldirish qiyin. Bu kichik yoshdagi bog’cha bolalari bilan ishashning hozirgi amaliyotidagi eng zaif bug’inlardan biridir. Vazifalarning uchinchisi — bolani asta-sekin tasvirlanayotgan obektdagi fazo bilan bog’liq ko’rinishlarni tasvir formalari darajasida chizishga tayyorlab borishdan iboratdir. Fazo bilan bog’liq eng oddiy ko’rinishlarni chizish sohasida rejali suratda tayyorgarlik ishlari olib bormay turib, keyinchalik bolalarga kuzatiladigan va liniyali perspektiva yelementlarini o’rgatib bulmaydiki, bu bolalikdan boshlab tasviriy faoliyatning negizini tashkil etadi.
Bolalarning san’at to’g’risidagi taassurotlarini aniqlashda va bolalarning rasmlarni idrok qilishga munosabatini faollashtirishda «bilvosita» usullar: -bolalarning estetik taassurot qoldirish jihatidan taklif qilinayotgan tasviriy san’at asarlariga moye keladigan qisqacha musiqali va poyetik asarlarni tanlab olishi; ko’rib bo’lingan asarlar asosida yesda qolganlari bo’yicha rasm chizish; ko’z tasavvurlari va obrazlarini to’plash maqsadida so’zlar bilan batafsil sharxlamasdan kartinalar, badiiy fotografiyalar, kino parchalari sikllarini tomosha qilish katta rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |