MUNDARIJA
KIRISh……………………………………………………………………......
|
|
BIRINCHI BOB. BOLALARNI ESTETIK TARBIYALASHNING NAZARIY ASOSLARI
|
|
1.1. Bolalarni estetik jihatdan tarbiyalash pedagogik muammo sifatida.
|
|
1.2. Bolalarni estetik tarbiyalashga doir asosiy manbalar tahlili
|
|
IKKINCHI BOB. TA’LIMDA ESTETIK TARBIYA BERISHNING MAZMUN, SHAKL VA METODLARI
|
|
2.1. Maktabgacha ta’limda bolalarning estetik dunyoqarashini shakllantirishning amaliy usullari
|
|
2.2. Mashg’ulotlar orqali o’quvchi bolalarni estetik tarbiyalash.
|
|
XULOSA
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI
|
|
KIRISH
Estetik tarbiyaning inson ma’naviyatidagi o’rni va amaliy ahamiyati haqida birinchi prezidentimiz Islom Karimov «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin» asarida: «Ma’naviy, ilmiy va estetik qadriyatlar xalqimizning turmush tarzida, an’anaviy madaniyatida muhim o’rin olgan. Biz o’zimizning tariximizni va jahon sivilizasiyasi rivojlanishiga bebaho hissa qo’shgan buyuk ajdodlarimiz – Sharqning mutafakkirlari Al-Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Ulug’bek va boshqalarni e’zozlaymiz hamda ular bilan fahrlanamiz. Binobarin, O’zbekiston mustaqilligini e’lon qilib, o’zining ma’naviy qadriyatlarini va aqliy salohiyatini qayta tiklash davriga, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalarda tub o’zgarishlar davriga qadam qo’ydi», deb juda o’rinli ta’kidlagan fikri nihoyatda hayotiydir. Shuningdek ushbu asardagi «Toki yurtimiz go’zal, fayzli, yerkin va adolatli yurt bo’lsin. Toki bizdan yelga foydali yodgorliklar qolsin, bog’-rog’lar qolsin, qalbni poklaydigan ibratli so’zlar qolsin. Toki, bizdan olis ajdodlarga ozod va obod Vatan qolsin» - deya ta’kidlangan fikrlarning zamirida yosh avlodni go’zallik ruhida tarbiyalash maqsadi nazarda tutilgan. Kelajak avlodning bunday Vatanga bo’lgan estetik tuyg’usini tarbiyalash eng muhim pedagogik vazifadir.
Haqiqatdan ham insonning komil inson darajasida shakllanishida badiiy adabiyot, musiqa asosiy ta’sir ko’rsatuvchi vosita hisoblanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda she’r va musiqa tanlash ko’nikmalarini tarkib toptirish eng asosiy vazifa bo’lmog’i lozim. Hozirgi paytda milliy musiqaning insonlar ta’sirini ko’proq kichik yoshdagi bolalikdan boshlash katta samara beradi deb o’ylaymiz.
Komil insonni tarbiyalashda ichki va tashqi go’zallikning bir bo’lishi amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu haqda sharqning buyuk allomasi Abu Rayhon Beruniy «Minerologiya» asarida: «Insonning ichki va tashqi go’zalligi bir bo’lgandagina u ideal kamolotga erishadi: «Ozodalik va orastalik oliyjanoblikning o’zagidir»,1 - deb ta’riflagan. Haqiqatdan ham insonning komilligi uning ichki va tashqi go’zallikning uyg’unligi bilan ta’minlanadi. Bu g’oyani bolalar faoliyatiga yoshligidanoq singdirish ularni komillikka tayyorlashning asosi hisoblanadi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 78-o’rta maktabga tashrifi davomida: «Bizni hamisha o’ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so’z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog’liq. Bugun zamon shiddat bilan o’zgaryapti. Bu o’zgarishlarni hammadan ham ko’proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o’z davrining talablari bilan uyg’un bo’lsin. Lekin ayni paytda o’zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug’ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o’zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi Prezidentimiz», 2- deb bildirgan fikri bolalarni estetik tarbiyalashda asosiy dastur bo’lib qolishi kerak.
Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 49-moddasida «fuqarolar O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar», -deb huquqiy belgilanganligi mohiyati, mazmunini bolalar ongiga singdirish ijtimoiy pedagogik ahamiyat kasb etadi. Xususan o’zbek xalqining madaniyat sohasida qo’lga kiritgan manbalarini asrash, ularni ongli axloqiy-estetik munosabatni tarbiyalash zarur. Umuman bolalarni olamda go’zalliklarni anglatish, ularni o’z hayotlarida qo’llashga o’rgatish, odatlartirish eng asosiy pedagogik vazifa bo’lmog’i lozim.
O’qituvchi o’zining estetik tayyorgarligi uchun his qilishi kerak va shart bo’lgan mas’uliyat boshqa kasbdagi xodimlarga yuklangan mas’uliyatdan ancha yuqori bo’lishi kerak. Bu borada o’qituvchi shunisi bilan farqlanadiki, u estetik tayyorgarlik jarayonida bolalarga sindirishi zarur bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalarni egallashi kerak bo’ladi. O’qituvchini estetik tayyorlashning zarurligini xudi mana shu bilan tushuntirish mumkin, chunki bu uning professional burchi masalasidir.
Bo’lajak o’qituvchilarni estetik tarbiyalash muammosi hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Estetika fani va amaliyoti hozirgi kunda doimiy takomillashish hamda o’sish holatida, shuning uchun o’qituvchidan doimo uning eng ilg’or yutuqlari darajasida bo’lish talab qilinadi.
Mana shuning uchun ham keyingi yillarda oliy o’quv yurtlarida o’quv jarayoniga, uning samaradorligiga va talabalarni estetik tarbiyalashga hamda ularga auditoriyadan tashqaridan bilim berishga qiziqish ortdi.
Hozirgi kunda bo’lajak o’qituvchilarni tarbiyalash faqat o’z ishlari bo’yicha mutaxassis bo’libgina qolmay, balki o’z atrofdagilarni go’zallik dunyosiga jalb qila oladigan o’qituvchi bo’lib ham yetishishlari kerak. o’qituvchilarda estetik idrok yetish madaniyatini, go’zallik hodisalarini ongli baholash qobiliyatini tarkib toptirishi, egallagan bilimlarni boshqalarga bera bilish malakasini shakllantirishi lozim.
Ta’lim muassasalarida estetik tarbiya tizimini yaxshilash uchun hamda bu masala bo’yicha tavsiyalar berishdan oldin maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning estetik tarbiya to’g’risidagi tushunchalari, ular nimani biladi, nimalar qo’lidan keladi aniqlish lozim. Shunga ko’ra, maktabga kelayotgan bolalarning estetik tayyorgarligi analizi ayrim predmetlarni o’tishda ham, umuman o’quv jarayonida ham estetik tarbiya tizimini tashkil yetishda muhim rol o’ynaydi.
Shu fikr-mulohazalardan kelib chiqib biz malakaviy bitiruv ish mavzusini «Ta’limda estetik tarbiya berish usullari» deb nomladik.
Tadqiqotning metodologik asosi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, estetik bilimlar xususidagi g’oyalar va qarashlar, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, shuningdek, axloq-odob, ma’naviyat-ma’rifat sohasidagi pedagogik adabiyotlar; xalq pedagogikasi manbalari tadqiqotimizning metodologik asosi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |