Tadqiqotning maqsadi: Kichik maktab yoshidagi bolalarni estetik tarbiyalashning yangicha shakl va usullarini aniqlash.
Tadqiqot obyekti: Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarni estetik tarbiyalash jarayoni.
Tadqiqot predmeti: Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarni estetik tarbiyalashning samarali shakl, metod va vositalari.
Tadqiqot vazifalari: Yuqorida qayd etilgan maqsadlarimizdan kelib chiqib:
1. Tadqiqot uchun tanlangan mavzu bo’yicha ijtimoiy falsafiy, pedagogic-psixologik, ilmiy va o’quv adabiyotlarini o’rganib chiqish va umumlashtirish.
2. Mavzuning o’rganilganlik darajasini aniqlash, hozirgi zamon pedagogikasida mavzuga oid asarlarni o’rganish.
3. Kichik maktab yoshidagi bolalarga estetik tarbiya berishda xalq ma’naviy merosining axamiyati beqiyosligini asoslash.
4. Mavzu bo’yicha qilingan ishlar va o’tkazilgan tadqiqot natijalarini qiyosiy tahlil qilish va umumiy xulosaga kelish.
5. Kichik maktab yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishda estetik tarbiyaning aniq shakl va usullarini ishlab chiqish.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda bir qator tadqiqot metodlardan foydalandik. Bu metodlar: estetik tarbiyaga oid ilmiy va uslubiy adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish; Bolalarni turli faoliyat jarayonida kuzatish; Bolalar bilan suhbatlashish va h.k.
Bitiruv malakaviy ishimizning tajriba-sinov ishlari maydoni sifatida pedagogik amaliyot o’tkazilgan Samarqand shahridagi 63-sonli maktab boshlang’ich sinf o’quvchilari tanlandi.
Bitiruv malakaviy ishimizning mazmuni uning rejasida ko’rsatilgan tizimga ega. U kirish ikki bob, to’rt band, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.
BIRINChI BOB. BOLALARNI ESTETIK TARBIYaLAShNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. O’quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalash pedagogik muammo sifatida
Xalqimiz azaldan ma’naviy fazilatlarga boy bo’lib kelgan. Har bir ota-ona farzand tarbiyasida ularning hulq-atvori, yurish-turishiga, jamiyatda o’zini tutishiga ayniqsa ye’tibor qaratilgan. Ularning kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko’rsatishlarini, o’rinsiz nojuya harakatlarga yo’l qo’ymaslikni bola tarbiyasining ahamiyatli omili deb qaraganlar. Bolaning yerta davrdagi rivojlanishini atrof muhitni, umumiy dunyoni estetik idrok yetishga tayyorlik davri deb qarash mumkin. Bola shu davrda ba’zi aniq shakllarni: ritmik shakllarni, musiqa ovozi, ochiq ranglar, onasi ko’ngil kuyi, mehri, keyfiyati, tabassumi va yoqimli ohanglarini his etadi va ularga javob beradi.
Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya: lot. «estezio» – «go’zallikni his etaman» ma‘nosini bildiradi) shaxsni ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush go’zalliklarini anglash, idrok etish, to’g’ri tushunishni o’rgatish, ularning estetik didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish, shuningdek, go’zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalash jarayoni bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi sanaladi. Aqliy, axloqiy, mehnat tarbiyasini estetikasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Nozik didli bo‘lish, go‘zallikni fahmlay olish va qadrlash, badiiy madaniyatni tushunish, xullas, o‘z hayotini go‘zallik qonunlari asosida qura olish barkamol insonning eng zaruriy fazilatidir. Insonda go‘zallikni tushunish birdaniga vujudga kelmaydi, balki u jamiyat va odamlar, atrof-muhit ta‘sirida shakllanib boradi. Shunga ko‘ra insoniyatning badiiy rivojlanish qonunlari ijtimoiy rivojlanish qonunlari bilan bog‘langan. Nafosat tarbiyasi, eng avvalo, har bir kishida badiiy hissiyot tuyg‘ularini, badiiy didni tarbiyalashdir. Bundan yuksak nafosatlilik aqlzakovatdan xoli bo‘ladi, degan ma‘noni tushunmaslik kerak. Shaxsning barkamol bo‘lib shakllanishida bu ikki tomon bir-birini to‘ldiradi. Chinakam san‘at asarida hissiyot chuqur g‘oyaviy –aqliy mazmun bilan birikib ketadi. Nafosat tarbiyasi aql bilan hissiyotni tarbiyalash, yanada aniqroq qilib aytganda, hissiyot vositasi bilan aqlni tarbiyalashdir. Bu ikki tomon bir-biri bilan uzviy bog‘langandir. Nafosat tarbiyasi bugungi kunda shuning uchun ham muhimki, didfarosatlilik mehnatda, ishlab chiqarishda, kundalik amaliy faoliyatda har bir inson uchun hayotiy ehtiyojga aylanib qolgan. Did-farosat har bir insonning hatti-harakatida, kiyinishida, yurish– turishida, kishilarga bo‘lgan munosabatida, jamiyatdagi u yoki bu voqealarga yondashishida va hokazolarda yaqqol tashlanadi. Estetik tarbiya bola tug’ilgandan boshlab umrining oxirigacha amalga oshiriladi. Shu sababli, u nafaqat maktabda, balki sinfdan va maktabdan tashqari sharoitlarda uyushtiriluvchi tadbirlarda, turli anjumalarda yosh avlodni go’zallik va nafosatni his etishga undovchi vositadir. Estetik did, estetik qobiliyat, hissiyot madaniyati birdaniga paydo bo'lmaydi, tabiatdan tayyor holda berilmaydi. Har qanday insoniy qobiliyat qatorida go'zallik tuyg'usi ham tarbiyalash, ham rivojlantirish, ham takomillashtirishga muhtojdir. Bularning hammasida inson go'zalligi namoyon bo'ladi. Xalqimiz „Yaxshi husningni yomon xulqing buzadi", deb bekorga aytmagan. Bundan tashqari xalqimizda: ―Kamtarlik ham husn‖, -deyiladi. Mana shu birgina iborada chuqur ma‘no bor. Nafosat tarbiyasi tufayli yoshlarda kamtarlik fazilati tarkib topadi. Bu fazilat go‘zallik, eng chiroylilik belgisidir. ―Kishining chiroyi yuzida‖, - deydi dono xalqimiz. Bu go‘zal tabassum kishilarda misoli quyosh bo‘lib, qalblarga nur taratadi. Kishi biror asarni o‘qib, chehrasi yorishib ketadi. Yoki yoqimli biror kuy, ashula tinglasa, boshi mayin tebranadi. Biror go‘zal rasm, manzarali tasvirga boqib undan ko‘z ololmay qoladi, qalbi quvonchlarga to‘ladi. Estetik tarbiya masalalari xalq og‘zaki ijodi manbalarida keng yoritilgan. Jumladan, buni xalq og‘zaki ijodining turi bo‘lmish maqollar misolida ko‘rishimiz mumkin. Ma‘lumki, maqollar - insonlarning hayoti va turmushi jarayonida to‘plagan tajribalari, dunyoqarashi, o‘zi yashab turgan ijtimoiy hayotga bo‘lgan munosabati, o‘tmish hayoti va uning ibratli saboqlari, shaxsning ruhiy holati, umid va orzularini ifodalaydi. Shuning uchun ham bola tarbiyasida, xususan estetik tarbiyada maqollar ijobiy ta‘sir eta oladi. Maqollardan namunalar: Didsiz o‘tirgan yerini changitar. Kulgi chehra yoritar. Oq ko‘ngillikning yuzi ko‘rkam. Turq boshqa-yu, ko‘rk boshqa. Xushxulqlik – jamol, kamtarlik - kamol. Yaxshi qiz –yoqadagi qunduz, yaxshi yigit- yoqadagi yulduz. Yaxshining yuzi oftobni ilitar. O‘ziga boqmagan, o‘zgaga boqmas. Kamtar bo‘lding - gavhar bo‘lding. Darhaqiqat, xalqimizda Oq bo‘lmasin, pok bo‘lsin, Pokliging sog‘liging, Sog‘ yuray desang ozoda bo‘l, ―Yaxshi libos - tanga oroyish kabi maqollari bilan yoshlarimizni tabiat va jamiyatdagi go‘zalliklarni ko‘ra bilishga, ularni qadrlashga o‘rgatib kelingan. Yosh avlodni estetik tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodi turi bo‘lgan maqollardan samarali va o‘rinli foydalanish ijobiy natijalarga olib keladi.
Shu aytilganlardan kelib chiqqan holda, estetik tarbiya masalalarini chuqurroq tushinib yetish uchun uni to’rtta guruhga bo’lish mumkin:
1) Estetik idrokni rivojlantirish, estetik yemosiyalar, hissiy tuyg’ular va munosabatlar, qiziqishlarni shakllantirish;
2) Yelementar estetik ongni shakllantirish;
3) Estetik faoliyatni o’zlashtirish;
4) Estetik va badiiy ijodkorlik ko’nikmalarini rivojlantirish.
E stetik tarbiya mazmuniga bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, bolalarning estetik faoliyatida amalga oshiriladigan estetik tuyg’u, qiziqishlar, talablar, baholash va didni tarbiyalash kabi masalalar kiradi. Estetik tarbiya juda keng tushuncha bo’ib, unga tabiat, mehnat, ijtimoiy hayot, turmush va san’atga estetik munosabatni tarbiyalash kiradi. Estetik tarbiya o’z navbatida bolalarga har tomonlama tarbiya berishning bir qismi hisoblanadi. U ayniqsa axloqiy tarbiya bilan uzviy bog’liqdir. San’at va hayot go’zalligi bilan tanishtirib borish bolaning aqlini, hissini tarbiyalab qolmay, shu bilan bir qatorda uning xayol va fantaziyasini ham rivojlantiradi. Bolalarni go’zallikka oshno qilish ularda hayotiy voqealarni to’g’ri tushinish, olijanob his-tuyg’ularni va intilishlarni shakllantirishga yordam beradi.
Bolalarda go’zallikni idrok qilishni tarbiyalash orqali ularda boshqa kishilarning kechinmalarini his yeta bilish, kishilarning xursandchiligiga sherik bo’lish, qayg’usini birga baham ko’rish kabi xususiyatlar tarkib toptiriladi. Estetik taraqqiyot shaxsning estetik ongi, munosabati va estetik faoliyatining shakllanishi va takomillashuvida uzoq vaqtni talab etadigan jarayondir. Shaxsning estetik taraqqiyoti ijtimoiy -tarixiy va estetik tajribani ijodiy o’zlashtirish natijasida yuzaga keladi. Bu har xil yo’llar va shakllar orqali amalgam oshiriladi. Shaxsning estetik jihatdan rivojlanishida ma’lum maqsadga qaratilgan ta’lim va tarbiya hal yetuvchi rol o’ynaydi.
Estetik ehtiyoj – kishi borliqni, badiiy faoliyatni uning har xil ko’rinishlarida estetik idrok yetishga undovchi subyektiv omildir. Estetik yehtiyoj go’zallik to’g’risidagi fanning rivojlanish qonuniyatlarini yanada chuqurroq o’rganishga undaydi.
Estetik qiziqish shaxsni san’at asarlarini, tevarak-atrofdagi borliqni estetik idrok yetishga va estetik faoliyatga yo’naltiradi. Estetik qiziqish estetik yehtiyojni yuzaga keltiradi. Estetik tabiatdagi, jamiyatdagi moddiy va ma’naviy madaniyat buyumlarida aks yetgan, shuningdek estetik ongning paydo bo’lishi rivojlanishi va vazifasi to’g’risidagi qonuniyatlarni, obyektiv borliqni estetik bilishning muhim usullaridan biri bo’lgan san’atning rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi.
San’at o’zining hissiy ta’sir kuchi bilan kishining faqat hissini yemas, fikr va irodasini ham maftun etadi, uning tarbiyalovchi roli ham mana shunda namoyon bo’ladi, shuning uchun u estetik tarbiyaning mazmini va vositasi hisoblanadi.
Estetik tarbiya axloqiy, aqliy, mehnat va jismoniy tarbiya bilan chambarchas bog’liqdir.
Estetik va axloqiy tarbiyaning o’zaro bog’liqligi shundaki, kishining go’zallikni idrok yetishdan quvonishi uning boshqa kishilarga yaxshilik qilganidan xursand bo’lishga o’zshab ketadi. Aksincha, go’zallikni ko’ra bilmaslik, undan zavqlanmaslik yomon ishlarni qilishga olib keladi. San’atning tarbiya kuchi shundaki, u bolani hayotdagi voqealarni, hodisalarni chuqur his-hayajon bilan idrok yetishga majbur etadi.
Bolalarning estetik rivojlanishi ularning kundalik jo’shqin hayoti bilan chambarchas bog’liqdir. Ilk yoshdagi bolalarni nazarda tutganda, hali ularning estetik tarbiyasi to’g’risida yemas, balki ularning hissiy va sensor rivojlanishi to’g’risida o’ylash kerak. Bola yaltiroq bo’yoqdan xursand bo’ladi, bir maromdagi tovush va harakatlardan huzur qiladi. Bola hayotining birinchi yilida ularning sensor-hissiy qabul qiluvchanligi takomillashib boradi. Bu yoshdagi bolada hissiy kechinmalarning shakllanishida kattalar muhim rol o’ynaydi. Kattalarning ochiq yuz bilan jo’shqin ohangda gapirishlari bolaga buyumlarning u yoki bu xususiyatlariga ijobiy munosabatda bo’lishlariga yordam beradi. Va, aksincha, kattalarning ogohlantiruvchi ovozi, ular yuzidagi tundlik alomati yoki ho’mrayib qarashlari, jerkib, siltab tashlashlari va hakozolar bolalarda shu buyumga yoki uning sifatiga salbiy munosabatni shakllantiradi.
Bola hayotining ikkinchi yilida uning idroki sekin-asta takomillasha boradi. Bolalar yendi faqat borliq xususiyatlarini yemas, shu bilan birga san’at asarlaridagi ayrim estetik ifoda vositalarini ham idrok yeta boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarda musiqaning quvnoq va g’amgin kuylariga, ularning qattiq va sokin ohangiga, ohista va tezligiga javob ta’siri paydo bo’ladi.
O’rta guruhga kelganda bolalar estetik idrokining rivojlanishida muhim o’zgarishlar yuz beradi. Ularning estetik idroki ancha aniq va tabaqalashgan bo’lib qoladi. Ammo shunga qaramay, u qisqa-qisqa bo’lib, bolaning shaxsiy tajribasi va qiziqishiga bog’liq bo’ladi.
Bu yoshdagi bolalar badiiy obrazni eng oddiy estetik baholay oladilar, ba’zi bir estetik vositalarni to’g’ri anglaydigan, tasvir mohiyatini tushinadigan bo’lib qoladilar.
Blalarda go’zallikni idrok qilish jarayoni aniq ifodalangan, ta’sirli, faol tusda bo’ladi. Bu ayniqsa ular qo’g’irchoq teatri, kino, mult’film, telespektakllarni tomosha qilganlarida aniq namoyon bo’ladi. Bolalar asar qahramonlari harakatiga bemalol qo’shilib harakat qiladilar, ularda muayyan vaziyatda o’zini qanday tutishni aytib turadilar, go’yo o’zlarini ular bilan birga o’ynayotgandek his etadilar. Bu yoshdagi bolalar tanish bo’lgan san’at asarlarini yangi asarlar bilan solishtiradilar va ba’zi bir xulosalar chiqaradilar. Bolalar she’rni nasrdan, badiiy asarning ba’zi bir janrlarini, tasviriy faoliyat va musiqaning bir xil turlarini (yertakni hikoyadan, marshni raqsdan, allani o’yindan) bir-biridan ajrata boshlaydilar. Tasvirda badiiy, musiqa, teatrlashtirish kabi hamma faoliyatlarda qo’yilgan vazifani bajarishda mustaqillik, ijodkorlikka intilish namoyon bo’la boshlaydi. Bolalar o’yinga tushganda, ashula aytganda, sahnalashtirish o’yinlarida obrazlarning ifodali bo’lishiga ongli ravishda intila boshlaydilar.
Katta guruhning oxirlariga kelganda ular musiqani, badiiy asarlarni diqqat bilan tinglaydilar, tasviriy san’at asarlarini sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy qahramonlarning hatti-harakatlaridan quvonadilar, yomonlikni qoralaydilar. Bolada musiqaviy va shoirona tinglash qobiliyati rivojlanadi. Ularda ayrim musiqa janrlariga, adabiy va tasviriy sab’at asarlariga nisbatan barqaror qiziqish paydo bo’ladi.
Kuzatayotgan san’at asarlari, yeshitayotgan musiqa asarlari, o’qiyotgan she’rlariningeng nozik tomonlarini ko’ra biladilar, seza boshlaydilar. Badiiy asarlardagi ba’zi she’riy obrazlarni yeslab qoladilar va o’z nutqlarida ishlatadilar. Tevarak-atrofdagi go’zalikka san’atga, badiiy va o’yin faoliyatining har xil turlariga nisbatan ularda qiziqish shakllana boshlaydi.
Bolalar badiiy asar qahramonlari xatti-harakatiga juda katta his-hayajon bilan munosabat bildiradilar, ammo asardagi qahramonlar huquqidagi yashirin sabablarni ular hali anglab yeta olmaydilar, bolalarda badiiy ijodkorlikning rivojlanishi davom etadi, ammo ularning fikrlarihali aniq, barqaror yemasligi bilan ajralib turadi.
Estetik tarbiyaning vazifalari tarbiyaning umumiy maqsadidan kelib chiqib, bolalarning yosh imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Estetik tarbiya oldida quyidagi vazifalar turadi:
Bolalarni hayotdagi, voqyeilikdagi go’zalikkni tushunishga, sevishga, tabiatda va turmushda, yaratuvchilik mehnatida, ijtimoiy hayotda, kishilar hatti-harakatida bolalarga tushunarli bo’lgan go’zalliklarni ko’ra bilishga o’rgatish. Ularda estetik his, estetik did, estetik munosabatni tarbiyalash, kuchlari yetgincha hayotda go’zallik yaratishda faol ishtirok yetish istagini tarbiyalash.
Bolani san’atning turli sohalari: ashula, o’yin, she’r o’qish, qayta hikoya qilish, ijodiy faoliyat kabilarda yanada faolroq harakat qilish va o’zini ko’rsata bilishga o’rgatish. Bular orqali bolalarda badiiy, ijodiy qobiliyatni, xayolni o’stirish, fazoviy va rang munosabatlarini, mo’ljalga olish, ko’rish xotirasi, qo’llarni chaqqon harakat qildira olish malakasi, jo’shqin kayfiyatni ko’rsatuvchi hisiy sezgirlikni rivojlantiradi. Yuqorida ko’rsatilgan vazifalar asosida MTM bolalarining har bir yosh guruhlarida estetik tarbiya berishning mazmuni va metodlari ishlab chiqiladi. Estetik tarbiyaning mazmuni bolaning estetik faoliyati orqali amalgam oshiriladigan bilim, malaka va ko’nikmalarni, estetik hissiyot, qiziqish, estetik yehtiyoj, estetik did va mulohazalarni tarbiyalashni o’z ichiga oladi. Bular quyidagi yo’llar bilan amalgam oshiriladi:
- o’yin, mehnat jarayonida, maishiy faoliyatda ijtimoiy va tabiat voqealari bilan tanishtirish orqali tevarak-atrofdagi borliqqa nisbatan estetik munosabatni tarbiyalash;
- san’at asarlari vositasida estetik tarbiya berish.
Pedagogika fanida bolalarni chizishga, loy va plastilindan narsalar yasashga, ashula aytishga va shunga o’xshashlarga o’rgatish metodikasi mukammal ishlab chiqilgan. Bola ijodining mazmuniga ta’sir etadigan asosiy vosita, bolani hayajonlantiradigan, uning xayol va hislariga ta’sir yetuvchi narsa tevarak-atrofdagi yorqin, jonli taassurotlardir.
Bolalarda estetik tafakkurni o’stirish, butun borliqdagi go’zal narsalar bilan xunuk narsalar o’rtasidagi, tashqi go’zallik bilan ichki ma’naviy go’zallikni farqlay bilishga o’rgatadi, odatlantiradi. Shuning uchun o’quvchi-yoshlarda o’zlari hayotining hamma sohalarida estetik qonuniyatlar, qoidalar, talablar asosida tashkil yetmoqlari talab yetiladi.
Bolalardagi fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun badiiy qobiliyatning hamma turlarida ham xayolning ma’lum maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi ta’minlanadi. Bolalarni ijodiy maqsad qo’yishga o’rgatiladi.
Bolalarning mustaqil ijodiy faoliyatlari bayramlarda, ko’ngil ochish kechalarida, ekskursiya va sayllarda, har xil o’yinlarda amalgam oshiriladi. Bolalar o’zlarining badiiy, ijodiy mahoratlarini, qobiliyatlarini bemalol, yerkin namoyish qilishlari uchun o’qituvchi karakli shart-sharoitlarni yaratib berishi zarur. Bolalarning bu xildagi mustaqil faoliyatlariga rahbalik qilishda o’qituvchi yakka tartibda yondashishi lozim. Shu orqali u bolalarning o’ziga xos qobiliyat va imkoniyatlarini o’rganadi. Bolalar orasida qurishga, ashula aytishga, rasm chizishga, musiqaga havas juda yerta uyg’onadi. Ammo bu hali bolalarning kelajakda qanday mutaxassis bo’lishini aniqlash huquqini bermaydi. Lekin o’qituvchilar va ota-onalar bolalarning qiziqishlariga diqqat-ye’tibor bilan qarashlari lozim. Ular bolani diqqat bilan kuzatayotib, unda musiqa, rasm, qurish-yasash va boshqa sohalardagi iste’dodning ilk kurtaklarini ko’rishlari mumkin. Boladagi qobiliyatlarning shakllanishi kattalarning mana shu kurtaklarni avaylab o’stira olishlariga, ularga to’g’ri rahbarlik qilishlariga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |