3.4- §. ELEKTR ASBOBLAR
Elektr asboblarning ishlash prinsipi bosimni u bilan funksional bog‘liq
bo‘lgan biror elektr kattalikka bevosita yoki bilvosita o‘zgartirishga asoslangan.
Bularga induktiv, sig‘imli, qarshilikli, pezoelektr va boshqa manometrlar kiradi.
Bosim o‘lchashning eng ko‘p tarqalgan vositalari kuch kompensasiyasi asosida
qurilgan asboblar hisoblanadi. Biroq ular harorat xatoligi, tez ta’sirchanligi, gabarit
o‘lchamlari va massasi bo‘yicha ancha mukammal induktiv, sig‘imli, tenzorezistorli, pezoelektrik o‘zgartkichlardan orqada qoladi. Bundan tashqari, kuch kompensasiyali o‘zgartkichlarning va pishangli tizimlarning tuzilishida harakatlanuvchi qismlarning bo‘lishi o‘lchash vositalarining zarbga chidamliligiga
qo‘yiladigan zamonaviy talablarning qondirilishini qiyiilashtiradi.
– расм. Индуктив манометр
kilish xamda konstruktiv echimlarni takomillashtirish asosida yuqorida qarab
chiqilgan bosimni o‘lchashning an’anaviy vositalari yanada zamonaviy kompleks
qurilmalar bilan siqib chiqarilmoqda. Bu albatta, turli tarmoqlarda TJABT ni
yaratishda shart va talablarningturli tumanligi sababli avval ishlab chiqarilgan bosimni o‘lchash o‘zgartkichlaridan (BO‘O‘) foydalanishdan to‘la voz kechish kerakligini anglatmaydi.
Induktiv asboblarning ishlash prinsipi g‘altak induktivligining tashqi bosim
ta’siridan o‘zgarishiga asoslangan. 3.7-rasmda induktiv o‘zgartiruvchi element bilan jihozlangan bosimni o‘lchash o‘zgartkichining sxemasi ko‘rsatilgan. Bosimni qabul qiluvchi membrana 1 o‘ramli elektromagnit 2 ning harakatlanuvchi yakori hisoblanadi. Ulchanayotgan bosim ta’sirida membrana siljiydi, bu induktiv o‘zgartkichli elementning elektr qarashiligini o‘zgartiradi. Agar g‘altakning aktiv qarshiligi, magnit oqimlari hisobga olinmasa va o‘zakda yo‘qotilsa, o‘zgartkich elementning L induktivligini quyidagi tenglama bo‘yicha aniqlash mumkin.
L=W2μ0·S/δ (3.21)
bu yerda, W — g‘altak o‘ramlari soni, μ0 — .havoning magnit
singdiruvchanligi, S — magnit o‘tkazgich ko‘ndalang kesimining yuzi, δ—havo oraligining uzunligi. Membrananing deformasiya kattaligi o‘lchanayotgan bosimga mutanosibligini e’tiborga olib,
δ=K·P (3.22)
3.21) tenglamani quyidagi ko‘rinishga keltiramiz:
L=W2·μ0·S/K·P (3.23)
(3.23) tenglama bosimni o‘lchash induktiv o‘zgartkichning statik
xarakteristikasini ifodalaydi.
L ni o‘lchash, odatda, o‘zgaruvchan tok ko‘priklari yoki rezonansli LCkonturlar tomonidan amalga oshiriladi. 0,5... 1,0 MPa bosimda membrananing qalinligi 0,1 ...0,3 mm, bosim 20...30 mPa bo‘lganda esa 1,3 mm. Membrananing
siljishi millimetrning yuzdan bir ulushini tashkil etadi. Induktiv bosim
o‘zgartkichlarning asosiy xatosi ± (0,2—5)%.
Do'stlaringiz bilan baham: |