Birin ch I b o‘ L i m texnologik parametrlarni nazorat qilish usullari va vositalari


- §. ELEKTROMAGNIT SARF O‘LCHAGICHLAR



Download 6,28 Mb.
bet65/151
Sana01.07.2022
Hajmi6,28 Mb.
#724869
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   151
Bog'liq
Noelektrik kattaliklarni elektr o\'lchashlar(O\'Q).

4.5- §. ELEKTROMAGNIT SARF O‘LCHAGICHLAR

Elektromagnit (induksion) sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipi
tashqi
magnit maydoni ta’sirida elektr tokini o‘tkazuvchi suyuqlik oqimida hosil bo‘lgan
EYUQ ni o‘lchashga asoslangan. Induksion sarf o‘lchagichning sxemasi 4.7-rasmda ko‘rsatilgan. Magnitning N va S qutblari orasida magnit maydoni kuch chiziqlari yo‘nalishiga perpendikulyar ravishda suyuqlik quvuri 1 o‘tadi. Quvurning magnit maydonidan o‘tadigan qismi nomagnit material (ftoroplast, ebonit va boshqalar) dan tayyorlanadi. Quvur devorlarida bir-biriga diametral qarama-qarshi yo‘nalgan o‘lchash eletkrodlari 2 o‘rnatilgan. Magnit maydoni ta’sirida suyuqlikdagi ionlar harakatga keladi va o‘z zaryadlarini o‘lchash elektrodlariga berib, ularda EYuK hosil qiladi. Oqim tezligiga mutanosib, EYuK ning qiymati, magnit maydoni o‘zgarmas bo‘lganda, elektromagnit induksiyasining asosiy tenglamasi orqali aniqlanadn:

E=B·D·vo‘rt (4.16)



bu erda, V —magnit qutblari oraligida hosil bo‘lgan elektr magnit induksiya, Tl; D — quvurning ichki
diametri (elektrodlar orasidagi masofa), m; vo‘rt —oqimnipg o‘rtacha tezligi, m/s.

Tezlikni Q hajmiy sarf orqali ifodalasak

Bu ifodadan o‘zgarmas magnit maydonida EYuK ning


4.7–расм.
Электромагнит сарф ўлчагич
qiymati sarfga to‘g‘ri mutanosib ekanligi kelib chiqadi. Induksion sarf o‘lchagichlar elektr o‘tkazish qobiliyati 10-3... 10-5sm/m dan kam bo‘lmagan suyuqliklarda ishlatiladi. O‘zgarmas magnit maydonga ega bo‘lgan induksion sarf o‘lchagichlarning asosiy kamchilgi — magnit elektrodlarida qutblanish va galvanik EYuKning paydo bo‘lishidadir. Bu kamchiliklar harakatdagi suyuqlikda magnit maydon tomonidan induksiyalangan EYuQ ni to‘g‘ri o‘lchashga yo‘l qo‘ymaydi yoki qiyinlashtiradi. Shuning uchun, o‘zgarmas magnit maydoniga ega bo‘lgan sarf o‘lchagichlar suyuq metallar, suyuqlikning pulslanuvchi oqimi sarfini o‘lchashda va qutblanish o‘z ta’sirini ko‘rsatishga ulgurmaydigan qisqa vaqtli o‘lchashlarda ishlatiladi. Hozir induksion sarf o‘lchagichlarning ko‘pchiligida o‘zgaruvchan magnit maydonidan foydalaniladi. Agar magnit maydon τ vaqtda f chastota bilan o‘zgarsa, EYuK quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:

bu erda, induksiyaning amplituda qiymati.
O‘zgaruvchan magnit maydonida elektrokimyoviy jarayonlar o‘zgarmas
maydonga qaraganda kamroq ta’sir ko‘rsatadi. O‘zgaruvchan magnit maydonli
induksion sarf o‘lchagichning prinsipial sxemasi 4.8-rasmda ko‘rsatilgan. Chizmada quyidagi belgilar qabul qilingan: SBEO‘ — o‘zgaruvchan magnit maydonli sarf o‘lchagichning birlamchi elektromagnit o‘zgartgichi; Magnit maydon elektromagnit 4 yordamida hosil bo‘ladi: OK—oraliqdagi o‘lchash kuchaytirgichi 0...5 mA o‘gzarmas tok chiqish signaliga ega bo‘lgan o‘zgartgich; O‘A—o’lchash asbobi, integrator va hokazo; R — qarshilik. Quvur 1 ning nomagnit qismi ichida elektromagnit 4 yordamida teng bo‘linmali magnit maydon hosil bo‘ladi. Suyuqlikda magnit maydoni ta’sirida hosil bo‘lgan EYuK suyuqlik capfiga


4.8 – расм. Ўзгарувчан магнит
майдонли индукцион сарф ўлчагич

to‘g‘ri mutanosib bo‘lib, elektrodlar 2 va 3 orqali oraliqdagi o‘lchash
kuchaytirgichiga uzatiladi, bu erda,n sarfga mutanosib kuchlangan signal chiqadi.
Kuchlangan signal sarf birligida darajalangan o‘lchash asbobiga keladi.
Unifikasiyalashgan elektr chiqish signalining (O...5mA) mavjudligi ikkilamchi
nazorat asboblarini qo‘llashga imkon beradi. Induksion sarf o‘lchagichlar bir qator afzalliklarga ega. Bular inersion emas, bu hol tez o‘zgaruvchan sarflarni
o‘lchashda va ularni avtomatik rostlash tizimlarida ishlatishda
juda muhim. O‘lchash natijalariga suyuqlikdagi zarrachalar va gaz pufakchalari ta’sir qilmaydi. Sarf o‘lchagichning ko‘rsatishlari o‘lchanayotgan suyuqlik xususiyatlariga (qovushoqlik, zichlik) va oqim xarakteriga (laminar, turbulent) bog‘liq emas. Elektromagnit sarf o‘lchagichlarning kamchiliklariga o‘lchanayotgan muhit elektr o‘tkazuvchanligi qiymatining minimalligiga qo‘yilgan talabni kiritish lozim, bu ularni qo‘llanish doirasini cheklaydi. O‘lchash sxemasining murakkabligi. Induksion sarf o‘lchagichlar 1...2500 m3/soat va undan katta chegarada diametri 3...1000 mm va undan katta quvurlarda, suyuqlikning chiziqli tezligi 0,6...10 m/s gacha bo‘lganda, sarf o‘lchashlarni ta’minlay oladi. Asboblarning aniqlik sinfi 0,6; 1; 1,5; 2; 2,5.


Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish