Birin ch I b o‘ L i m texnologik parametrlarni nazorat qilish usullari va vositalari


- §. O‘ZGARUVCHAN SATHLI SARF O‘LCHAGICHLAR



Download 6,28 Mb.
bet64/151
Sana01.07.2022
Hajmi6,28 Mb.
#724869
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   151
Bog'liq
Noelektrik kattaliklarni elektr o\'lchashlar(O\'Q).

4.4- §. O‘ZGARUVCHAN SATHLI SARF O‘LCHAGICHLAR

O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipi suyuqlikning idish
tubidagi yoki uning yon devorlaridagi teshikdan erkin oqib chiqishidagi sath
balandligini o‘lchashga asoslangan. Bu asboblar kimyo va boshqa sanoatlarda juda
agressiv suyuqliklar sarfini o‘lchashda, shuningdek, gaz bilan aralashgan
pulslanuvchi oqim va suyukliklar sarfini o‘lchashda ishlatiladi. O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar barcha hollarda suyuqlik sarfnni atmosfera bosimida o‘lchaydi, shuning uchun, bu asboblarning ishlatilishi cheklangan.
O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar tarkibiga qabul qiluvchi sig‘im (idish)
va suyuqlik sath balandligini o‘lchaydigan asbob kiradi. Sath balandligi o‘lchagichi sifatida istalgan sath balandligini o‘lchash asbobi ishlatilishi mumkin. Qabul qiluvchi sig‘im sifatida esa dumaloq (diafragma) yoki tirqish teshikli silindrik yoxud to‘rtburchak idish xizmat qiladi. Bunday idishlardagi suyuqlik sarfi uning sath balandligi bo‘yicha aniqlanadi. Diafragma idish tagida yoki uning yon devorlarida joylashishi mumkin, lekin suyuqlik sathi u oqib chiqadigan teshikdan yuqorida bo‘lishi lozim. Tirqishning teshiklari idishning faqat yon devorlarida joylashgan bo‘lishi kerak, bu holda idishdagi suyuqlik sathi teshikning ustki chetidan baland bo‘lmasligi lozim.

4.6 – rasm. Suyuqlik oqib chiqadigan tirqish teshikli sarf o‘lchagich.

4.6-rasmda ko‘rsatilgan sarf o‘lchagich ikki shtuserli to‘rt-burchak idish 2 dan iborat. SHtuserlardan biri idishning yonida joylashgan bo‘lib, suyuqlikni kiritish uchun, ikkinchisy esa pastda joylashgan bo‘lib, suyuqlikning oqib chiqishi uchun xizmat qiladi. Idish ichki tomonidan to‘siq bilan bo‘lingan, bu to‘siqqa profillangan teshikli shchit germetik ravishda mahkamlangan. Idishdagi suyuqlik oqib chiqadigan tirqish oldiga muhofazalovchi g‘ilofli pezometrik naycha 1 cho‘ktiriladi. Haydalgan havo miqdori nazorat stakanchasi 4 yordamida tekshiriladi. Havo bosimi reduktor 6 orqali o‘zgarmas qilib saqlanib turiladi va manometr 5 bilan o‘lchanadi. Filtr 7 havoni tozalaydi. Pezomstrik naychadagi bosim tirqish oldidagi suyuqlik ustunining zichligi va balandligi bilan, demak, suyuqlikning massaviy sarfiga bog‘liq. Pezometrik naychadagi gidrodinamik bosimning qiymati difmanometr 3 bilan o‘lchanadi. 4.6-rasmda keltirilgan sarf o‘lchagichning xususiyatlaridan biri ikkilamchi asbob shkalasining bo‘linmalari tengligidadir. Tirqishli sarf o‘lchagichda suyuqlikning hajmiy sarfi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:



bu erda, a – sarf koeffisienti; S0 – tirqishning yuzasi; L – tirqishdagi suyuqlikning balandligi.
Tirqishli sarf o‘lchagichning sarf koeffisienti tirqishning geometrik shakliga,
ayniqsa kirish qismidagi qirraning o‘tkirligiga bog‘liq. Taqribiy hisobda sarf
koeffisienti a ning qiymatini 0,6 ga teng deb qabul qilinadi. Sarf koeffisientining aniq
qiymati asbobning o‘zini darajalashda aniqlanadi.
Tirqishli sarf o‘lchagichlarda bosim difmanometr orqali o‘lchanadi. Sarf
o‘lchagich bilan difmanometr o‘rtasidagi pnevmatik nayning uzunligi 35 m dan,
difmanometr va ikkilamchi asboblarni ulovchi nayning uzunligi esa 300 metrdan
oshmasligi kerak. O‘lchash chegarasi 10...50 m3/soat bo‘lgan qurilmaning asosiy
xatosi ±3,5%.


Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish