Membranali asboblar. So‘nggi yillarda membranali asboblar tobora keng
qo‘llanmoqda. Bu asboblarda sezgir element sifatida elastik materiallardan
tayyorlangan yumshoq, shuningdek gofrlangan plastinkasimon membranalar yoki
gofrlangan membrana qutichalar ishlatiladi. Membranali asboblar bilan uncha katta
bo‘lmagan ortiqcha bosimlar va siyraklanishlar hamda bosimlar farqi o‘lchanib,
manometrlar, napormetrlar, tyagometrlar va difmanometrlar rusumli asboblar
mavjud. Membrananing egilishdagi elastikligi uning geometrik o‘lchamlariga (diametri, qalinligi, gofrlarining soni, shakliga), materialiga hamda unga ta’sir qiladigan bosimga bog‘liq. Membranadagi gofrlar uning bikrligini oshiradi va
xarakteristikasining to‘g‘ri chiziqli bo‘lishini ta’minlaydi.
Membrananing bikrligini oshirish maqsadida uning o‘rta qismiga qattiq
materialdan yasalgan disk yoki prujina o‘rnatiladi. Membrana rezina, plastmassa,
latun, bronza va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Bronzadan tayyorlangan membrananing qalinligi o‘lchanadigan bosim qiymatiga qarab 0,02...1,0 mm bo‘lishi mumkin. Membranaga ikkala tomondan ta’sir etadigan bosimlar farqi ta’sirida uning markazi siljiydi. Membrana markazining bosim ta’sirida siljishi katta emas va 1,5...2.0 mm ni tashkil etadi. Bu hol asboblarning sezgirligini kamaytiradi va uzatish soni katta bo‘lgan mexanizm qo‘llashni talab etadi. Membrana asboblarning bu kamchiliklari ularni ishlatish doirasini cheklaydi.
Membrana elastik sezgir elementlar ko‘proq membranali quticha ko‘rinishida
bo‘lib, asboblar kichik bosim va siyraklanishni o‘lchashda ishlatiladi.
Bunday membranali asboblar ±250 Pa dan ±25 kPa gacha bo‘lgan o‘lchash
chegaralariga mo‘ljallangan. Ularning aniqlik sinfi 1,5 va 2,5.
Elektr va pnevmatik tarmoqlar tarkibiga kirgan yumshoq membranali
difmanometrlar (DM) keng tarqalgan. 3.6-
rasmda membranali elektr difmanometrning
prinsipial sxemasi keltirilgan.
– расм. Юмшоқ мембранали
дифманометрнинг принципиал
схемаси
Asbobning ishlash prinsipi elektrsignalli kuch kompensasiyasiga asoslangan.
O‘lchanayotgan bosimlar farqi membranalio‘lchash bloki 12 ning musbat va manfiy kameralariga beriladi. Membrana yordamida bosimlar farqi mutanosib kuchga aylantiriladi. Membranada hosil bo‘lgan kuch pishang 11 yordamida o‘zgartgichning pishangli uzatish mexanizmiga uzatiladi. O‘zgartgich T-simon pishang 1, G-simon pishang 2 va pishang 8 dan iborat bo‘lib, teskari bog‘lanish kuchi bilan muvozantlanadi. Teskari bog‘lanish kuchi magnitoelektr mexanizm 9 da (teskari bog‘lanish qurilmasi) bosimlar farqi o‘zgarishi bilan hosil bo‘ladi. Bunda pishangli 8, nomoslik indikatori 6 ning bayroqchasi 5 ni siljitadi. Indikatorda paydo bo‘lgan nomoslik elektr signali kuchaytirgich 7 da kuchayadi va magnitoelektr kuch qurilmasi 9 ga keladi. SHu bilan birga bu signal masofaga uzatish liniyasiga keladi va
o‘lchanayotgan parametr qiymatini bildiradi. SHunday qilib, asbobning chiqish
signali o‘lchanayotgan bosimlar farqiga to‘g‘ri mutanosib. Asbobning nol belgisiga
sozlanishi prujina 4 yordamida bajariladi. Bu turdagi asboblar bosimlarni 100 Pa dan
6,3 kPa gacha chegaralarda o‘lchash uchun moslangan, asboblarning aniqlik sinfi 1.
Membranali asboblarning kamchiligi — sezgir element qo‘zg‘aluvchan
markazining sust yurishi, membrana bikrligini hisobdan cheklanishi va uni rostlash
murakkabligidadir. Sezgir elementlarning bu kamchiligi elektr va pnevmatik kuch
kompensasiyasi sxemasi bo‘yicha qurilgan asboblarda bartaraf etiladi.
Qovushoq suyuqliklar va kimyoviy agressiv muhitlar bosimini o‘lchash uchun
membranali manometrlar eng qulay, chunki asboblar nippelidagi to‘g‘ri va keng
kanal hamda membrana ostidagi katta bo‘shliq qovushoq suyuqlik uchun erkin yo‘l
ochib beradi va ifloslanish ehtimolining oldini oladi. Asbob sezgir qismining sodda
shakli membranani agressiv muhit ta’siridan engillik bilan himoya qiladi. Buning
uchun membrananing pastki sirti kimyoviy chidamli metalldan qilingan yupqa folga bilan yoki chidamli plastmassa (ftoroplast va h.)dan qilingan plyonka bilan
qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |