Birin ch I b o‘ L i m texnologik parametrlarni nazorat qilish usullari va vositalari


Massa-spektrometrik gaz analizatorlari



Download 6,28 Mb.
bet97/151
Sana01.07.2022
Hajmi6,28 Mb.
#724869
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   151
Bog'liq
Noelektrik kattaliklarni elektr o\'lchashlar(O\'Q).

Massa-spektrometrik gaz analizatorlari
Massa-spektrometrlar gazlarni tahlil qilishda eng takomillashgan
asboblardandir. Ular kimyoviy va fizik xossalaridan qat’iy nazar, moddalarning
izotop va molekulyar tarkibini aniqlashga mo‘ljallangan.
Massa-spektrometrik usul murakkab aralashmalardagi ko‘p-komponentlarning
miqdorini aniqlashga imkon berib, bu erda, tahlilni juda tez o‘tkazishni ta’minlaydi.
Tahlil qilishda tahlil qilinayotgan moddaning molekulalari qizigan katod
emitterlaydigan elektronlar yordamida ionlanadi, elektr linzalar tizimi vositasida tor
dasta tarzida fokuslanadi, tezlatuvchi elektronning elektr maydonida tezlatiladi va
elektronlar kollektorida tutib qolinadi. Ion dastaning tarkibi tahlil qilinayotgan gaz
aralashmasining molekulyar tarkibiga mos keladi. Ko‘ndalang magnit maydoni
ta’sirida oqim ionlar massasining ularning zaryadlariga nisbati bilan farq qiladigan
ion nurlariga ajraladi, bular keyin kollektorga keladi. Kollektor zanjirida massalari
turlicha ionlar elektr toki hosil qiladi va bu toklar oldin kuchaytirilganidan keyin
o‘lchanadi va elektron qayd etuvchi qurilma yordamida yozib qo‘yiladi. Magnit
maydonining kuchlanganligi asta-sekin o‘zgartirib borilganida, tekshirilayotgan
gazning molekulyar tarkibini xarakterlovchi ion toklari spektri yoki massa-spektrlari
yoziladi. Miqdoriy tahlil o‘tkazish uchun massa-spektrometrni tekshirilayotgan
moddada bor deb taxmin qilingan har qaysi komponent bo‘yicha oldindan
darajalanadi.
Massa-spektrometrlarning tuzilishi analitik va o‘lchash qismlaridan iborat.
Analitik qismda ion dastalari massalari bo‘yicha hosil qilinadi, shakllantiriladi va
ajratiladi. O‘lchash qismi ionlar manbaini va ishga tushirish tizimining stabillashgan
kuchlanish bilan ta’minlash, ion toklarini o‘lchash va qayd etish, vakuum tizimida bosimni o‘lchash, massa sonlarini indekslash va hokazolar uchun mo‘ljallangan.
Massa-spektrometrlar uchta turga: kimyoviy tarkibni tahlil qilish uchun —
MX; moddaning strukturasi va xossalarini tekshirish uchun — MS; izotop tahlil
qilish uchun — MI turlarga bo‘linadi. MS turidagi massa-spektrometrlar laboratoriya
sharoitlarida o‘tkaziladigan ilmiy tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan.
Asbobsozlik sanoati kimyoviy tarkibini tahlil qiladigan MX - 7201, MX-7304,
MX-1320 va izotopni tahlil kiladigan MI-1201B massa-spektrometrlarini chiqaradi.
MX-7201 massa-spektrometri metallarda va ularning qotishmalarida N2, O2,
N2, S2 gazlari va ularning gaz hosil qiluvchi qo‘shilmalari miqdorini aniqlash uchun
mo‘ljallangan. Tekshirilayotgan materialdan gaz ajralib chiqishi vakuumda
suyuqlantirish yuli bilan yoki grafitli tigelda amalga oshiriladi. Gazsimon
qo‘shilmalarning tarkibini aniklash monopolyar (bir qutbli) massa-spektrometr
yordamida amalga oshiriladi. Massa sonlari bo‘yicha o‘lchash chegaralari 2—60.
Magnitsiz MX-7304 massa-spektrometri so‘rib (tortib) olish tizimlari bilan
ta’minlangan vakuumli tizimlarda qoldiq gazlarni sifat jihatidan tahlil qilish uchun
mo‘ljallangan. Massa sonlari bo‘yicha o‘lchash chegaralari 2—200, tahlil qilish
xatoligi ±2,5%.
MX-1320 massa-spektrometri gaz aralashmalarini, suyuqliklarni va 400°S
gacha haroratda gazsimon holatga o‘tadigan qattiq moddalarni miqdor va sifat
jihatidan tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. Massa sonlari bo‘yicha o‘lchash chegarasi
1—4000, tahlil qilish xatoligi ±5∙10-6%.
MI-1201B massa-spektrometri gazlarning va qattiq moddalarning izotop
tarkibini sanoat sharoitida tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. Natijalarini SM1 bazaviy
hisoblash kompleksi yordamida amalga oshiriladi. Massa sonlari bo‘yicha o‘lchash
chegaralari 2—720, tahlil qilish xatoligi ±0,15%.

Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish