Birin ch I b o‘ L i m texnologik parametrlarni nazorat qilish usullari va vositalari


-§. SUYUQLIKLARNING TARKIBINI TAHLIL QILISH



Download 6,28 Mb.
bet98/151
Sana01.07.2022
Hajmi6,28 Mb.
#724869
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   151
Bog'liq
Noelektrik kattaliklarni elektr o\'lchashlar(O\'Q).

6.3-§. SUYUQLIKLARNING TARKIBINI TAHLIL QILISH

Suyuqliklar tarkibini tahlil qilish deyilganda ularning elementar, funksional
yoki molekulyar tarkibini aniqlash tushuniladi. Tarkibni aniqlaydigan asboblar
analizatorlar deb ataladi. Muhitda faqat bitta komponentning miqdorini aniqlash uchun mo‘ljallangan analizatorlarni ba’zan konsentratometrlar deb yuritiladi.
Suyuqliklar konsentrasiyasini o‘lchash uchun quyidagi ulchov birliklari eng ko‘p
tarqalgan: mg/sm3; g/sm3; massasi yoki hajmi bo‘yicha, %.
Harorat, bosim va shu kabi parametrlarning o‘lchash natijalariga kuchli ta’sir
etishi analitik o‘lchashlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Bu parametrlar
ayniqsa o‘lchash aniqligiga ta’sir qiladi. SHuning uchun avtomatik analizatorlar,
odatda, namunalar tanlab olish, ularni tahlilga tayyorlash, o‘lchash sharoitlarini
stabillash yoki tuzatishlarni avtomatik kiritish va hokazolar uchun qo‘shimcha
murakkab jihozlar bilan ta’minlangan bo‘ladi.
Tahlil qilinadigan suyuqliklarning turli-tumanligi va ularning tarkibi hamda
xossalarining keng chegarada bo‘lishi tahlil qilish usullari turlicha bo‘lgan avtomatik
asboblar ishlab chiqarishni taqozo etadi. Asbobsozlik sanoati xilma-xil suyuqliklarni
tahlil qiluvchi turli avtomatik analizatorlar ishlab chiqaradi. Suyuqliklarni tahlil
qilishning sanoatda eng ko‘p tarqalgan usullariga konduktometrik, potensiometrik,
optik, titrometrik va radioizotopli usullar kiradi. Quyida sanoatda keng tarqalgan
usullar va asboblar ko‘rib chiqilgan.
Eritmalarni tahlil qilishning konduktometrik usuli
Elektrolit eritmalarining konsentrasiyasini ularning elektr o‘tkazuvchanligiga
ko‘ra o‘lchash (konduktometrik usul) laboratoriya sharoitida ham, sanoat sharoitida
avtomatik nazorat qilish uchun ham keng qo‘llaniladi. Konduktometrik
konsentratometrlarning ishlashi eritmalar elektr o‘tkazuvchanligining ular
konsentrasiyasiga bog‘liqligiga asoslangan.
Arrenius nazariyasiga ko‘ra elektrolitlar suvda eritilganida molekulalar, ionlar
dissosiasiyalanib, shu ionlarning eritmada mavjud bo‘lishi eritmaning elektr
o‘tkazuvchanligiga sababdir. Dissosiasiyalanish darajasiga ko‘ra kuchli va kuchsiz
elektrolitlar bo‘ladi. Kuchli elektrolitlar deyarli batamom ionlarga dissosiasiyalangan
bo‘ladi, kuchsiz elektrolitlarning eritmalarida esa ma’lum miqdorda
dissosiasiyalanmagan molekulalar ham bo‘ladi.
Turli moddalar eritmalarining elektr o‘tkazuvchanligini baholash uchun Kolraush ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlilik tushunchasini kiritdi, u 1 sm3 eritmada 1
g-ekv modda bo‘lgan eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi sifatida aniqlanadi:

bu erda λ — eritmaning ekvivalent elektr o‘tkazuvchanligi; σ — eritmaning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi.
Sm/sm; η— erigan moddaning ekvivalent konsentrasiyasi, g∙ ekv/sm3.
Barcha elektrolitlar uchun ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik dissosiyalanish
kuchayishi natijasida eritma suyula borishi bilan ortadi. Eritma to‘la
dissosiasiyalanganda (ya’ni eritma cheksiz suyulganida) u eng katta qiymatiga
erishadi. Eritmaning solishtirma o‘tkazuvchanligi bilan suyultirilgan elektrolitning
tabiati hamda uning konsentrasiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlik Kolraush qonuni bilan
aniqlanadi:



bu yerda a — elektrolitik dissosiasiyalanish darajasi; v — ionlar (kationlar vk va anionlar va ) ning eritma
cheksiz suyulgandagi qo‘zg‘aluvchanligi, ya’ni ularning kuchlanish gradienti IB/sm bo‘lgan elektr maydonidagi siljish tezligi, Sm/s bilan ifodalanadi.




6.17-rasmda o‘tkazuvchanlikning solishtirma elektr konsentrasiyaga bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Grafikdan ko‘rinib turibdiki, oshganda eritmaning konsentrasiyasi uning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi avval tez ortib, maksimal qiymatiga etadi, so‘ngra kamayadi. Binobarin, konduktometrik tahlilda konsentrasiya bilan elektr o‘tkazuvchanlik o‘rtasida bir xil bog‘liqlikka ega bo‘lish uchun o‘lchashlarni maksimumdan bir tomonda joylashgan konsentrasiyalar chegarasida bajarish zarur. Rasmdagi bog‘liqliklardan ko‘rinib turibdiki, maksimumdan chapdagi egri chiziqlarning tikligi katta bo‘ladi. Binobarin, konsentrasiyalarning bu sohasida konduktometrik usul eng katta sezgirlikka ega bo‘ladi. Elektr o‘tkazuvchanliqlarning konsentrasiyaga bog‘liqlikning bir xilmaslik xarakterini hisobga olib, konduktometrning ishlash sohasini oldindan bilish zarur, bu


erda, o‘lchashlarning ekstremum bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Ko‘pgina hollarda konduktometrik usuldan bir komponentli eritmalarni nazorat
qilish uchun foydalaniladi.
Elektr o‘tkazuvchanlikni o‘lchash uchun mo‘ljallangan asboblarga
konduktometrlar, tuz o‘lchagichlar, konsentratomerlar kiradi. Bu asboblarning
birinchisi elektr o‘tkazuvchanlik birliklarida darajalangan, ikkinchi shartli tuz
miqdori birliklarida, odatda NaCl ning miqdorini ko‘rsatuvchi foizlarda darajalangan
bo‘ladi. Konsentratomerlar tahlil qilinayotgan moddaning foiz hisobidagi
miqdorlarda darajalanadi.
Eritmalarning konsentrasiyasini ularning elektr o‘tkazuvchanligiga ko‘ra
o‘lchash uchun elektrodli va elektrodsiz usullar qo‘llaniladi. Elektrodsiz o‘lchash
usulidan asosan kislota, ishqorlarning konsentrasiyasini o‘lchashda foydalaniladi.
Elektrodli konduktometriyada ikki elektroddan iborat o‘lchash yacheykalaridan
foydalaniladi, elektrodlar nazorat qilinayotgan eritma solingan idishda bir-biridan
ma’lum masofada o‘rnatilgan bo‘ladi. O‘lchash yacheykasi
(6.18-rasm) elektr qarshiligi bilan xarakterlanadi. Bu
qarshilikning kattaligi quyidagiga teng (Om hisobida)

Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish