Tahlil qilishning radioizotop usuli
Radioizotop usulning asosiy afzalligi — kontaktsiz o‘lchashdir. Bu agressiv
qovushoq suyuqliklarni, shuningdek harorati va bosimi yuqori suyuqliklarni tahlil
qilishni osonlashtiradi. Radioizotop analizatorlarda odatda β va j yumshoq
nurlanishlardan foydalaniladi. Energiyasi taxminan 100—150 keV bo‘lgan jnurlanish yumshoq nurlanish hisoblanadi. Suyuqlikning zichligi va qatlami qalinlngi x ni bilgan holda va energetic jihatdan bir jinsli bœlgan J - nurlar tutamining jadalligi i ni o‘lchab, izlanayotgan komponent SA ning massa ulushini aniqlash mumkin:
bu yerda j0 —qatlam sirtidagi J nurlanishning jadalligi; μf —yumshoq J nurlar zaiflashuvining fotoelektrik
massaviy koeffisient; μfA— tahlil qilinayotgan muhitda og‘ir elementlar zaiflashuvining o‘rtacha koeffisienti; μFB—
tahlil qilinayotgan muhitda engil elementlar zaiflashuvinipg o‘rtacha koeffisienti.
Bu usul neft mahsulotlarida oltingugurtni, xlorli organik suyuqliklarda xlorni va hokazolarni aniqlashda qo‘llaniladi.
6.31 расм. Радиоизотопли автоматик
компенсацион анализаторининг
функциал схемаси.
Radioizotopli avtomatik kompensasion suyuqlik analizatorining funksional sxemasi 6.31-rasmda keltirilgan. Ikki manbadan chiqqan nurlanish (Fe55 izotoplar) obtyurator 9 bilan uzilganidan keyin, asbobning ish va taqqoslash kanallaridan uzilganidan keyin navbatma-navbat o‘tadi. Ish kanalida nazorat qilinayotgan oqar suyuqlikli kyuvet 2, taqqoslash kanalida esa kompensasion polietilen pona 3 joylashgan. Teng darajada kuchsizlashgan oqimlar bitta ssintillyasion detektor 4 — fotoelektron ko‘paytirgich FEK ga kiradi. FEK ning chiqishidagi kuchlanish impulslari elektron kuchaytirgich 5 ga kelib, bu erda quvvati va amplitudasi bo‘yicha kuchaytiriladi va qo‘shiladi. Kuchaytirgich chiqishidagi signalning kattaligi va fazasi Jr — Jt ayirmaning kattaligi va ishorasi bilan aniqlanadi, bu erda Jr va Jt — tegishlicha ish va taqqoslash kanallaridan o‘tgan nurlanish oqimlarining jadalligi. Signal kuchaytirgich 5 dan kompensasion pona 3 va o‘lchash asbobi 7 bilan kinematik bog‘langan reversiv dvigatel 6 ga tushadi. Signalning fazasiga qarab reversiv dvigatel har ikki kanaldagi oqimlarning jadalligi bir xil bo‘lmaganiga qadar ponani suradi; bu erda, signal nolga teng bo‘ladi. Kompensasion ponaning vaziyati tahlil qilinayotgan muhitning konsentrasiyasining o‘lchovi bo‘ladi. Shkalaning nol nuqtasi zaslonka 8 bilan o‘rnatiladi. SHkalaning o‘lchov chegarasi kompensasion ponaning yo‘lini o‘zgartirish bilan amalga oshiriladi. Suyuqlik analizatorlarida β-nurlanishdan foydalanilganda o‘lchashning ikki usuli — suyuqlikning β –nurlanish tutamini susaytirish va uning qaytarilishi qo‘llanilishi mumkin. Birinchi usul tahlil qilinayotgan muhitdan o‘tgan β – nurlanish jadalligini o‘lchashga, ikkinchi usul tahlil qilinayotgan muhit qaytargan β –nurlanish jadalligini o‘lchashga asoslangan. Ikkinchi usulda radioaktiv manba va nurlanish
detektori nurlanish bevosita detektorga tushmaydigan qilib o‘rnatiladi.
β va j- nurlanishlardan foydalanish uchta va undan ortiq komponentli
suyuqliklar tarkibini tahlil qiladigan analizatorlar yaratishga ham imkon beradi .Uch komponentli suyuqliklarni tahlil qilish uchun, masalan β -zarralar tutamlarining zaiflanish va qaytarilish koeffisientlarini ayni bir vaqtda o‘lchashdan foydalanish mumkin, chunki bu samaralar energiyalari etarli darajada turlicha bo‘lgan yumshoq j - nurlanish tutamlarining tarkibiga turlicha darajada bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |