Avtomatik titrlash
Titrlash — eritmalarni miqdoriy tahlil qilishning keng tarqalgan universal
usullaridan bo‘lib, zavod laboratoriyalarida bajarilgan tahlillarning asosiy qismi shu usulga to‘g‘ri keladi. Avtomatik titrlash uchun asboblar (avtomatik titrometrlar)ning qo‘llanilishi tahlillar o‘tkazish tezligini keskin oshiradi, ko‘pgina hollarda ularning aniqligini orttiradi, ko‘p sonli laborantlar-analitiklarni kamaytiradi. Eritmada boshqa komponentlar bilan turgan, tabiati ma’lum bo‘lgan modda A ning konsentrasiyasini aniqlash titrlash deb ataladi. Buning uchun maxsus reagent V tanlanadi, uni titrlovchi modda (titrant) deb ataladi, u quyidagi sxema bo‘yicha tahlil qilinayotgan aralashmaning ma’lum komponentiga tanlab reaksiya ko‘rsatadi:
A+B→M+N , (6.22)
bu erda, M va N — titrlash reaksiyasining mahsulotlari.
Titrlovchi modda V ni namunadagi modda A ning hammasi reaksiyaga
kirmaganiga qadar qo‘shiladi. Bu erda, titrlovchi modda miqdori QB boshlang‘ich
namunadagi titrlanayotgan moddaning miqdori QA ga ekvivalent bo‘ladi.
QA=Kp∙QB ,
|
(6.23)
|
bu erda Kr — titrlash reaksiyalarining stexiometrik koeffisienti.
|
|
Titrlanadigan modda miqdori
QA=CA∙Qpr ,
|
(6.24)
|
bu erda SA — tahlil qilinayotgan aralashmadagi modda A ning konsentrasiyasi; Qnp = const — boshlang‘ich
namuna miqdori.
Titrlovchi moddaning ekvivalent miqdori
QB=CB∙VB , (6.25)
bu erda Sv — titrlovchi moddaning konsentrasiyasi; VB — titrlovchi moddaning ekvivalent hajmi.
QA va QB ning miqdorlarini (6.23) tenglamaga qo‘yib, izlanadigan
konsentrasiya SA ning titrlovchi moddaning ekvivalent hajmiga bog‘liqligini hosil
qilamiz:
CA=Kτ∙VB , (6.26)
bu erda,
Shunday qilib, titrlashda namunadagi komponentning aniqlanadigan
konsentrasiyasining o‘lchovi titrlovchi moddaning ekvivalent hajmidan iborat
bo‘ladi. Titrlash reaksiyalarining borishini nazorat qilish uchun ishlatiladigan
asboblarning ishlash prinsipiga qarab titrlashning quyidagi xillari bo‘ladi:
konduktometrik, potensiometrik, amperometrik va fotometrik.
Titrlash jarayoni diskret (davriy) va uzluksiz bo‘lishi mumkin. Davriy
titrlashda tahlil qilinayotgan moddaning alohida namunasi (dozasi) tahlil qilinadi.
Uzluksiz titrlashda tahlil qilinayotgan moddaning sarf bo‘yicha stabillashgan oqimi
tahlil qilinadi, bu modda uzluksiz ishlovchi reaktorga kirib turadi. Uzluksiz titrlashda titrlovchi moddaning ekvivalent sarfi aniqlanadigan komponentning o‘lchovi bo‘ladi, ya’ni
SA=KT1∙qVekv , (6.27)
bu yerda,
;
*
1
const
q
K C
K
A
p B
T
qA=const — tahlil qilinayotgan modda A oqimining sarfi; qVekv —titrlovchi modda V ning ekvivalent sarfi.
Avtomatik titrlash usuli bilan tahlillarni avtomatik tarzda bajarish uchun
mo‘ljallangan asboblar titrometrlar deb ataladi. Vazifasiga ko‘ra avtomatik
titrometrlar laboratoriya va ishlab chiqarish titrometrlariga bo‘linadi. Laboratoriya
titrometrlari yarim avtomatik asboblardir, chunki titrlash siklining barcha
tayyorgarlik va yordamchi operasiyalari qo‘lda bajariladi. Ishlab chiqarishdagi
avtomatik titrometrlar sanoat sharoitida texnologik jarayonlarni uzluksiz siklik yoki uzluksiz avtomatik tarzda tahlil qilish uchun mo‘ljallangan.
Uzluksiz ishlaydigan avtomatik titrometrning prinsipial sxemasi 6.30-rasmda
ko‘rsatilgan.
6.30 – расм. Узлуксиз автоматик
титрометрнинг схемаси.
Nazorat qilinayotgan texnologik oqimdan namuna olinadi, u sarf stabilizatori 1
orqali aralashtirgich 2 ga uzluksiz tushib turadi. Bu erga titrlovchi eritma tushadi,
uning sarfini rostlovchi organ 3 (masalan, yuqori aniqlikdagi dozalovchi nasos) bilan aniqlanadi. Namuna va titrlovchi eritma oqimlari uzluksiz ravishda aralashib va o‘zaro reaksiyaga kirishib turadi. Agad aralashtirgichga vaqt birligi ichida tushib turgan titrlovchi eritma miqdori xuddi shu vaqt ichida namuna bilan birga tushib turgan titrlovchi modda miqdoriga ekvivalent bo‘lsa, u holda reaksiyaga kirgan aralashma titrlashning oxirgi nuqtasiga mos keladi. Aks holda titrlab bo‘lingan aralashmada moddalardan birining miqdori ortiqcha bo‘ladi.
Aralashmadagi titrlovchi eritma bilan titrlovchi moddaning miqdorlari nisbati
yordamchi avtomatik kondensator 5 va birlamchi o‘zgartkich 4 yordamida nazorat
qilib turiladi. Datchikning chiqish signali Z titrlashning oxirgi nuqtasiga mos
keladigan ZT ning berilgan qiymati bilan taqqoslanadi. Ular teng bo‘lganida titrlovchi eritma sarfi o‘zgarmaydi va namunaning nazorat qilinayotgan komponentining konsentrasiyasini xarakterlaydi. Aks holda nomuvofiqlik signali rostlagich 6 yordamida ma’lum qonun bo‘yicha o‘zgartiriladigan nomuvofiqlik signali rostlovchi organ 3 ga beriladi va bu organ berilayotgan titrlovchi eritma mikdorini o‘zgartiradi. Rostlovchi organ 3 ning tavsifi chiziqli bo‘lganida titrlovchi eritma sarfi boshkaruvchi signal Xu ga mutanosib bo‘ladi. Binobarin, Xu ning kattaligini qayd etuvchi ikkilamchi asbob aniqlanayotgan modda konsentrasiyasining birliklarida darajalash mumkin. Ba’zi hollarda uzluksiz avtomatik titrometrning tuzilishini namuna va titrlovchi
eritmalarning oqimlarini stabillash yo‘li bilan soddalashtirish mumkin. Agar bu erda, xarakteristik parametrning o‘zgarishi nazorat qilinayotgan komponentning chiziqli funksiyasidan iborat bo‘lsa, u holda bunday asbobdan avtomatik rostlash tizimining datchiki sifatida foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |