Bir va ikki urug’pallali o’simliklarning poyalarining tuzilishi. Mundarija: kirish I bob. Bir va ikki urug’li o’simliklar


Bir pallali o`simliklar poyasining tuzilishi. Ikki pallali o`simliklar poyasining ichki tuzilishi



Download 0,61 Mb.
bet6/9
Sana01.04.2022
Hajmi0,61 Mb.
#523014
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
bir va ikki urug\'pallali o\'simliklarning poyalari

2.2. Bir pallali o`simliklar poyasining tuzilishi. Ikki pallali o`simliklar poyasining ichki tuzilishi.
Yo`sinsimonlar bo`limi — Bryophyta.
Yuksak, barg poyali (Cormophyta) o`simliklar tuban tallomli (Thallomphyta) o`simliklardan qator xarakterli xususiyatlari bilan farq qiladi. Tuban o`simliklar suvda va ayrim hollarda nam muhitda hayot kechiradi. Ma`lumki, ular hujayrasiz, bir hujayrali, koloniya shaklida, ipsimon, ko`p hujayrali va faqat yuksak taraqqiy etgan vakillarining vegetativ tanasi bir qadar differentsiyalashgan. Ya`ni tuban o`simliklarda yuksak o`simliklardagi singari haqiqiy barg, poya va ildiz kabi organlarga ajralgan vegetativ tana yo`q.
Yuksak o`simliklar asta-sekinlik bilan suvdan chiqib, quruqlikni ishg`ol qila boshlagan va suv muhitidan keskin farq qiladigan muhitga duch kelganlar. Bir xil suv muhitdan quruqlikka chiqa boshlagan o`simliklar ikki xil — tuproq va havo muhitiga duch keladilar. Tabiiyki, million yillar davom etgan uzoq tarixiy taraqqiyot davomida tabiiy tanlanish ta`sirida o`simliklar asta-sekin yangi muhit sharoitlariga

moslasha borgan va ularning tanasi ildiz, poya, barg singari organlarga differentsiallasha borgan. Bu organlar birdaniga vujudga kelmagan, albatta. Yuksak o`simliklarning bizga qadar yetib kelmagan soda tuzilishli vakillari ham yashagan. Ularning nihoyatda sodda tuzilishli vakillari bizga qadar yetib kelmagan psilofitning yer ustki organi poyaga o`xshash organ — telom (“tallom” bilan aralashtirmaslik lozim) dan iborat bo`lgan. Tuban moxlarning yer ustki organi dixatomik shoxlangan ildiz vazifasini rizoidlar bajaradi. Binobarin, yuksak o`simliklarni xarakterlaydigan asosiy xususiyati vegetativ organlari poya, barg va ildizning bo`lishidir.
Yuksak o`simliklar ham tuban o`simliklar singari vegetativ, jinssiz va jinsiy yo`llar bilan ko`payadi. Lekin yuksak o`simliklarning hammasi uchun jinsiy naslning jinssiz nasl bilan navbatlashishi — nasl gallanishiga xos xususiyat hisoblanadi. Odatda, jinssiz ko`payish sporalar yordamida bo`lib, bu sporalarning kata-kichikligi bir xil yoki har xil bo`lishi mumkin. Ulardan o`z jinsiy organlariga ega bo`lgan gametofit deb ataluvchi o`simta vujudga keladi. Gametofit bir jinsli (erkak yoki urg`ochi) yoki qo`sh jinsli bo`lishi mumkin.
Jinsiy ko`payish yuksak o`simliklarda ogam tipida bir-biridan keskin farq qiladigan jinsiy gametalarning qo`shilishi natijasida sodir bo`ladi. Erkaklik jinsiy gametalar — xivchinli harakatchan spermatozoidlar yoki harakatsiz spermatsiylardir. Spermatozoidlar moxsimon va paporotniksimon o`simliklar gametofitida anteridiy deb ataladigan maxsus erkaklik jinsiy organlarida rivojlanadi.
Yuksak o`simliklarning tuxum hujayrasi arxegoniy deb ataladigan ko`p hujayrali urg`ochilik jinsiy organlarda vujudga keladi. Arxegoniy odatda cho`ziq gulcha shaklida bo`lib, u qorin, bo`yin va og`izcha qismlaridan iborat. U ko`pchilik arxegoniyli (moxsimon va paporotniksimon) o`simliklarda mustaqil hayot kechiradigan o`simta – gametofitda va urug`li (ochiq va yopiq urug`li) o`simliklarda urug`murtak ichida taraqqiy etadi.
Urug`lanish arxegoniat o`simliklar ichida arxegoniy ichida sodir bo`lib, spermatozoid uning ichiga faqat suvli yoki nam muhit bo`lganda, urug`li o`simliklarda esa spermiy chang yo`li orqali o`tib, otalanish urug`murtak ichida sodir bo`ladi.
Urug`lanishdan so`ng, arxegoniyli o`simliklarda zigotadan to`g`ridan-to`g`ri sporofit hosil bo`ladi. Urug`li o`simliklarda esa urug` murtak va, umuman, urug` taraqqiy etadi. Undan o`z navbatida urug` o`sib chiqadi.
Yo`sinsimonlardan boshlab, gulli o`simliklargacha yuksak o`simliklarning barchasining individual taraqqiyot davri bir xilda: jinsiy jarayon natijasida xromosomalarning soni ikki barobar ortishi, spora hosil bo`lishida esa xromosomalarning soni ikki barobar kamayishi kuzatiladi. Shuning uchun ham yuksak o`simliklarning individual taraqqiyot davrida jinsiy gametofit nasl jinssiz sporofit nasldan farq qilishi muqarrar. Har qanday holda ham yuksak o`simliklarda gametofit-jinsiy nasl n xromosom soniga, jinssiz sporofit nasl esa 2n xromosom soniga ega bo`ladi.
Yuksak o`simliklar orasida faqat yo`sinsimonlarda gametofit nasl ustun, qolgan barcha yuksak o`simliklarda paporotniksimonlardan boshlab gulli o`simliklarga qadar sporofit nasl ustundir.



Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish