Bir va ikki urug’pallali o’simliklarning poyalarining tuzilishi. Mundarija: kirish I bob. Bir va ikki urug’li o’simliklar


Bir va ikki pallali o‘simliklar. Ikki pallalilar sinfi – Dicotyledones. Magnoliyaguldoshlar oilasi tasnifi



Download 0,61 Mb.
bet3/9
Sana01.04.2022
Hajmi0,61 Mb.
#523014
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
bir va ikki urug\'pallali o\'simliklarning poyalari

1.2. Bir va ikki pallali o‘simliklar. Ikki pallalilar sinfi – Dicotyledones. Magnoliyaguldoshlar oilasi tasnifi
Poya o`simliklarning asosiy vegetativ organi bo`lib, birinchi marotaba urug` embrionidan, so`ngra kurtakdan o`sib chiqadi. Poyaning uchida hamma vaqt bosh kurtak (verxushechnaya pochka) bo`ladi. Ba`zan kurtaklar ildiz va barglardan xosil bo`ladi
Poyaning o`sish konusi.
1-ustki kurtakning tashqi qobig`i.
2-ustki kurtakdagi boshlang`ich barg.
3-poya uchining mikroskopda ko`rinishi
Yon novdalar yon kurtaklardan o`sib chiqadi (pazushnaya pochka). Qalamchalardan kurtaklar xosil bo`ladi. Bunday kurtak qo`shimcha kurtaklar - ( pridatochnaya pochka) deyiladi. qo`shimcha kurtaklarning hosil bo`lishiga asosan qalamcha yoki parxish qilib ko`paytiriladi. Parxish-otvodka. Kurtaklar 2 xil bo`ladi. 1. vegetativ kurtak 2. generativ kurtak.
Vegetativ kurtakdan novda va barg xosil bo`ladi. Generativ kurtakdan esa gullar ochiladi. Generativ kurtaklarning bandi qisqa o`zi yirik bo`ladi. Kurtaklarning tashqi tomonida qobiqqa o`xshash qalin qattiq barglari bo`ladi.
Novdaning tuzilishi:
1-kurtaklar, 2-bo`g`im oralig`i, 3-bo`g`imlar.
Terak kurtagining uzunasiga kesimi.
1- boshlang`ich novda, 2-boshlang`ich barg, 3-qobiq.
Bu barglar kurtaklarning sovuqdan chirishiga yo`l qo`ymaydi. Daraxtlar odatda kuzda kurtaklana boshlaydi. Baxorda o`simliklar oldin barg chiqaradi, so`ng gullaydi. Ba`zi o`simliklar esa teskarisi. M: o`rik, yong`oq. Poya o`simlikning shox -shabbalarini ko`tarib turadi. Yerdan olingan tuz va mineral moddalarning barglarga beradi. Buni chiqish oqimi deyiladi. Barglar fotosintez protsessi orqali hosil bo`lgan moddalar poya orqali ildizga tushadi, buni tushish oqimi deyiladi.
Poya yordamida o`simliklar vegetativ ravishda ko`payadi. Vegetativ ko`payishga qalamcha, parxish kiradi. Poya o`zining uchki qismi bilan yuqoriga qarab o`sadi. Bir pallalik o`simliklarning poyasi bo`g`inlari bilan ham o`sadi. (bug`doy, qamish, jo`xori).Chunki bularning bo`g`inlarida meristema bor. Bunday o`sishga inter-kolyar o`sish deyiladi. O`simliklarning poyasi o`tli yeg`ochlangan bo`ladi. O`tli o`simliklar bir yillik, 2 yillik yeki ko`p yillik bo`lishi mumkin. 1 yillik o`simliklar bir vegetatsion davrda ya`ni shu yilning o`zida urug`dan o`sib chiqib shu yilning o`zida urug` bo`ladi. M: qovun, tarvuz, jo`xori: 2 yillik o`simliklar bir yillik urug`dan o`sib chiqib, ikkinchi yili urug` beradi. M:sabzi, lavlagi. Ko`p yillik o`simliklar bir necha yillar yashab xar yili urug` berishi mumkin. M:ajriq, beda, g`umay, kartoshka, piyoz. Odatda bir yillik o`tli o`simliklar belgi bilan, ikki yillik bo`lsa , ko`p yillik h belgi qo`yiladi. Daraxt va butalar h belgi qo`yiladi. Daraxt va butalarning poyasi yeg`ochlangan bo`ladi. Daraxtlarning butalardan farqi daraxtlarda ildizdan bitta asosiy poya o`sib chiqadi, bu asosiy poya shoxlanib, o`sib turadi. Butalarda ildizdan bir nechta poya o`sib chiqadi, ularning bo`yi daraxtlardan past bo`ladi. M: na`matak, saksavul, anor. Daraxtlarning bo`yi baland bo`lib, bir necha yil yashaydi, masalan: chinorning bo`yi 30 m, oqterakning bo`yi-40m, qarag`ay bo`yi 50m, mamont daraxti 140m, evkalip daraxtining bo`yi 150m, xurmo daraxtini buyi 300m. Tropik mamlakatda o`suvchi lianalarning bo`yi 500 m bo`ladi, yashash mudati: qarag`ay 500 y, oqterak 600y,olcha-1200y. Kashtan daraxti 2000y, savri daraxti-3000y, mamunt daraxti 5000y. Ba`zi o`tli o`simliklar poyasi juda qisqa (bir necha sm) bo`ladi. M: qoqio`t poyasi. O`tli o`simliklarning poyasi silindrsimon,uch qirrali (kartoshka, kiyik o`t); 4 qirrali (yalpiz, rayxon); ko`p qirrali (nasha, valeriana). Poya o`zakli yoki o`zaksiz (ichi) bo`lishi mumkin. M: Falladoshlar oilasiga, kovaksimonlar oilasiga va soyabon gullilar oilasiga kiruvchi o`simliklarning poyasida o`zak bo`lmaydi. Poya yer ustida tikka o`sadi. Shuning bilan bir qatorda poya yotib o`sadi. (tarvuz, qovun). Ba`zi poyalar osilib o`sadi (mosh, loviya). Ba`zi poyalar chirmashib o`sadi. (pechak). Poya 4 xil yo`lda shoxlanib o`sadi.
1. Monopodial shoxlanish 2.Simpodial shoxlanish 3.Dixotomik shoxlanish 4.Soxta dixatomik.


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish