Adabiyotlar.
Myagkova A.N. i dr. Organizatsiya uchebnoy deyatelnosti uchahixsya na leksiyax i seminarskix zanyatiyax. Jurnal «Biologiya v shkole», 1987, №4
Arbuzova Ye.N. Seminarskie zanyatiya. J. “Biologiya v shkole”, 2006, № 3.
Tolipova J.O., G‘ofurov A.T. Biologiya ta’limi texnologiyalari Toshkent “O‘qituvchi” 2002
5- mavzu: Maktab biologiyasida o`quvchilarga
politexnik ta’lim berish
Reja:
Zamon talablari asosida o`quvchilarga politexnik ta’lim berishning ahamiyati.
2. Politexnik ta’limni amalga oshirish yo`llari.
3.Darslarda o`quvchilarga politexnik ta’lim berish.
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o`tish xalq farovonligini yanada oshirish, ishlab chiqarishning turli sohalarida mehnat qilayotgan kishilarning xo`jalik yuritish, ishlab chiqarish jarayonini ilmiy asosda, yangi texnologiyalardan foydalanib boshqarish kabi salohiyatli bo`lishini talab etadi. Shu boisdan maktablarda ham turli o‘quv predmetlarini o‘rgatishda o`quvchilarga xo`jalikni yuritishning ilmiy va texnikaviy jihatlari bo`yicha ta’lim berish zaruriyati kuchayib bormoqda.
Ma’lumki, O`zbekistonda dehqonchilikning paxtachilik, g`allachilik, bog`dorchilik, sabzavotchilik kabi tarmoqlari, shuningdek, asalarichilik, ipakchilik, baliqchilik, parrandachilik, chorvachilik sohalari yaxshi rivojlangan. Keyingi yillarda mikrobiologiya sanoati taraqqiy qilmoqda. Yuqoridagi sohalarda foydalaniladigan o`simliklar, hayvonlarni parvarish qilish o`ziga xos agrotexnik, zootexnik talablar va maxsus texnik-texnologik vositalardan foydalanishni taqozo etadi.
Turli kichik korxonalar, fermer xo`jaliklarining ko`payib borayotganligi, bu xo`jaliklarda ish olib boradigan kishilarning ma’lum ilmiy va amaliy tayyorgarlikka ega bo`lishini talab etadi. Ayniqsa, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi bilan bog`liq sohalarda ishlaydigan odamlar o`simlik va hayvonlarning tuzilishi xususiyatlarinigina emas, balki ularning hayotiy jarayonlari, parvarish qilish qilish kabi ishlarning ilmiy asoslarini ham yaxshi bilishlari zarur. O`quvchilarga tirik organizmlar vositasida amalga oshiriladian ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy, texnologik jihatlari haqida bilimlar berish politexnik ta’lim tarkibiga kiradi.
Biologiyadan politexnik ta’lim mohiyati o`quvchilarga tirik organizmlardan foydalanib, ishlab chiqarish mahsulotlari tayyorlashning tabiiy-ilmiy va texnik jihatlari haqida bilim, malakalarni tushuntirish, o‘rgatishlikda namoyon bo‘ladi.
Politexnik ta’lim berishning ma’lum tashkiliy shakllari bo`lib, ularga dars, ekskursiyalar, fakultativ mashg`ulotlar, darsdan va sinfdan tashqari mashg`ulotlarni ko`rsatish mumkin.
O`quvchilarga politexnik ta’lim berishda darslarning o`rni va ahamiyati kattadir. Darslarda o`quvchilarga politexnik ta’lim berishda organizmlarda o`tadigan moddalar almashinuvi jarayoni, o`sish, ko`payish, irsiyat va o`zgaruvchanlik qonunlari, yangi nav va zotlar yaratishning ilmiy asoslari, biogeotsenozlar haqidagi biologik tushunchalar muhim ahamiyat kasb etadi.
O`quvchilarga politexnik ta’lim berish ishlarini amalga oshirish uchun o`qituvchi, avvalo, har bir darsning mazmuni, mazkur mavzuda politexnik ta’limni amalga oshirish imkoniyatlarini belgilab chiqadi. O`qituvchi darsga zarur materiallar, o`qitish metodlari tanlash bilan bir qatorda o`quvchilarning faoliyati nimalardan iborat bo‘lishini, mahalliy materiallardan foydalanish imkoniyatlarini aniqlaydi. Biologiya dasturi o`rta ta’lim bitiruvchilari organizmning biologik sistema ekanligi, muhit bilan o`zaro aloqalari, organizm bilan muhitning antropogen omil ta’sirida o`zgarishi, o`simlik va hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza qilish choralari, o`simlik, hayvon va inson organizmini parvarish qilish, yashash joylarida tarqalgan o`simlik va hayvonlar turlarini tanish kabi amaliy malakalarga ega bo`lishi zarurligi ko`rsatilganligini guvohi bo`lamiz.
Undan tashqari, dasturda nazariya bilan amaliyotning o`zaro bog`liqligini chuqurlashtirish zarurligini ko`rsatiladi. Buning uchun o`quvchilarni biologik bilimlardan, qonunlardan, kundalik hayot, ijtimoiy foydali mehnatdan foydalanishga izchillik bilan o`rgatib borish, shaxsiy tomorqa, fermer jamoa xo`jaliklariga, tabiatni muhofaza qilish ishlariga jalb etish ko`rsatiladi. Dastur talablarida o`quvchilarning o`simliklarning nafas olishi, oziqlanishi, o`sish jarayonlarini aniqlash maqsadida kuzatishlar, tajribalar o`tkazish, yerni yumshatish, sug`orish, chopiq qilish, ko`chat o`tkazish, qalamchalar darajalari, amaliy malakalari, turmush tajribalari ham hisobga olinadi.
O‘quvchilarga politexnik ta’lim berishda darslarning o‘rni, ahamiyati kattadir Masalan, 5-sinf botanika o‘quv predmetida «Gulli o‘simliklar bilan umumiy tanishish, ” Ildizning tuproqdan suv va mineral moddalarni shimishi”, “O‘g‘itlar,” “Tuganak va ildizpoyalar”, “Yovvoyi o‘simliklarning vegetativ ko‘payishi“ “Madaniy o‘simliklarni vegetativ ko‘payishi”, 6-sinf botanikasidagi o‘simliklarning oilalariga bog‘ishlangan deyarli barcha mavzularda, 7-sinf zoologiyasidagi “Hasharotlarning ko‘payishi va rivojlanishi, , “Chala va to‘la rivojlanuvchi hasharotlar”, “Pardaqanotlilar turkumi”, “Baliqlarning ko‘payishi va rivojlanashi, “Parrandachilik”, ”Tuyoqli sutemizuvchilar”, “Sutemizuvchilar sinfiga mansub chorva hayvonlari” kabi mavzularda o‘quvchilarga politexnik ta’lim berish yaxshi natija beradi.
quyida 7-sinf zoologiyasidagi «To‘liq o‘zgarish biln rivojlanadigan hasharotlar: tangachaqnotlilar turkumi» mavzusini o`rganishda o`quvchilarga beriladigan politexnik ta’lim haqida to`xtalamiz. Mavzuning asosiy maqsadi o`quvchilarga karam kapalagi bilan bir qatorda tut ipak qurti tuzilishi, hayoti, ipakchilik haqidagi materiallarni o‘rgatishlikni ko‘zda tutadi. . Mavzudagi asosiy tushunchalar ipak qurti, qurtlik davri, uyqusi, g`umbagi, pilla va kapalaklari bo`lib, politexnik ta’limga oid tushunchalar ip yigirish, ipakdan turli kiyimlar tayyorlash, yangi pilla zotlari yaratish kabilardir. Darsni suhbat, hikoya va amaliy metodlardan foydalanib o`tkaziladi. Dars uchun tut ipak qurtining lichinkasi, g`umbagi, pillalari, ipakdan tayyorlangan kiyimlar, shuningdek ipak qurtining tuxumi, turli yoshdagi lichinkalari, kapalaklari aks etgan rasmlardan, pilla boqishni aks ettiruvchi jadvallardan foydalanadi.
Dars odamlarning qadim zamonlardan buyon turli hayvonlarni xonakilashtirish borasidagi ishlari haqida o`qituvchi hikoyasi bilan boshlanadi. Dastlabki xonakilashtirilgan hayvonlardan biri tut ipak qurti ekanligi aytiladi. Darsning navbatdagi qismida o`quvchilar tarqatma materiallar vositasida tut ipak qurtining turli yoshdagi qurtlari, g`umbagi va pillasining tuzilishini o`rganishadi. So`ngra, o`quvchilarga politexnik ta’lim berish maqsadida ipakchilik, ipak qurti boqish haqida masalalarni o`rganishga o`tiladi. Buning uchun o`qituvchi o`quvchilarga pillachilikni qanday tashkil etish, qurtlarni boqish hamda parvarish qilish haqida ilmiy ma’lumotlar beradi. Ipakchilikni yanada rivojlantirish sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlar, yaratilayotgan sermahsul pilla beruvchi zotlar, haqida so`zlaydi.
O`zbekistonda «SANIISh-17» bilan «SANIISh-21», «SANISh-5» bilan «SANIISh-30» duragaylari istiqbolli bo`lib chiqqanligi ta’kidlanadi. Ilg`or pillakorlarning ish tajribalari haqidagi materiallari ham o`quvchilarning politexnik bilimlarining rivojlanishiga hissa qo`shadi.
Darsda politexnik yo`nalishdagi bilimlarni yanada konkretlashtirishda o`quvchilarning tut ipak qurti boqish bo`yicha turmush tajribalari haqidagi suxbatdan foydalanish ham yaxshi natijalar beradi. Chunki qishloq maktablari o`quvchilarining aksariyati ota-onalariga tut ipak qurti boqish, parvarish qilish ishlarida yaqindan yordam berib, bu sohada o`zlariga yarasha tajribaga ham ega bo`lishadi. Darsda o`quvchilarning mavzuga oid axborotlarini eshitish ham dars mazmunini boyitadi
O`quvchilarning «Tut ipak qurti» mavzusi bo`yicha bilimlarining yanada mustahkamlash uchun «Tut ipak qurti, ipakchilik» mavzusidagi o`quv filmidan foydalanish yaxshi natija beradi. Undan tashqari, «Klass nasekomie» nomli diafilmdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Politexnik ta’limni amalga oshirishda predmetlararo bog`lanishlardan foydalanishga ham e’tibor bermoq kerak. Jumladan, mehnat darslarida tut ipak qurti parvarishi haqidagi qilingan ishlarni esga tushirish mavzuni yanada mustahkam o`zlashtirishga hissa qo`shadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |