13-Mavzu: Elektron hukumat asoslari



Download 12,13 Kb.
Sana26.07.2021
Hajmi12,13 Kb.
#128795
Bog'liq
2 5190599321610881535


13-Mavzu: Elektron hukumat asoslari
1.Elektron hukumat tizimining jamiyat taraqqiyotidagi o’rni?

Elektron hukumat tizimi hozirgi kunda jamiyat taraqqiyotida muhim o'rin tutadi. Aholi farovonligini yanada oshirish, mamlakatning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashning muhim omili sifatida aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish O‘zbekiston hukumati siyosatining ustuvor vazifalari qatoriga kiradi.

2.Elektron huqumatni rivojlanish boskichlari?

Elektron hukumat tushunchasi dastavval XX asrning 90-yillari boshida AQSHda paydo bo’lgan. Mazkur tushuncha, 1991 yilda, AQSHning o’sha vaqtdagi prezidenti Bill Klinton davrida, internet va umuman axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlantirishga davlat darajasida, alohida e’tibor qaratgan paytda yuzaga kelgani ma’lum. Klinton ma’muriyati davrida davlat idoralari hujjatlari orqali OAVga tarqalgan «Elektron hukumat» tushunchasi, 1999 yildan boshlab, okean orti va Yevropaning yetakchi nashrlarida davriy ravishda va tez-tez uchray boshladi. Aynan shu davrda, «Elektron hukumat» va unga bog’liq tamoyillar tahlil va tadqiq qilingan ilmiy ishlar ham paydo bo’ldi.

3.Elektron huqumatga ta’rif bering?

Elektron hukumat — Barcha ham „ichki“, ham „tashqi“ aloqalar va jarayonlar majmuasi bo'lib, tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va taʼminlanib turadigan hukumat.

4.O’zbekistonda elektron huqumatning qanday modellari mavjud?

O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini joriy etishning o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha grafiklar ishlab chiqilgan. Mazkur grafiklarda loyihalarni amalga oshirish yuzasidan quyidagilarni amalga oshirish belgilangan:

Dastlabki loyiha oldi tadqiqotlarni o‘tkazish, bunda interaktiv xizmatlar

bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish, mavjud holatini o‘rganish, va takliflar ishlab chiqish.

Loyihani amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

Dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish.

Dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ekspertizadan o‘tkazish.

Texnik topshiriq ishlab chiqish.

Loyihani amalga oshiruvchini aniqlash bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish.

Loyihani amalga oshirishdan iboratdir.

6.Dov.uz nima?

O’zbekistonda Elektron hukumat tizimini shakllantirish va amaliyotga joriy qilish borasidagi ilk portal bu – O’zbekiston Respublikasi Hukumati portali – www.gov.uz bazasida boshlangan edi. Hukumat portalining asosiy sahifasida, saytga tashrif buyuruvchining e’tiboriga yaqqol tashlanadigan joyda alohida ajratib ko’rsatilgan havola-tugmalar orqali taqdim etilgan. Bu, vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlarining veb-saytlarida taqdim etilayotgan interaktiv

xizmatlarning yaxlit majmuasini tashkil qilib, zaruriy aloqa shakllari va

giperhavolalar bilan ta’minlangan.

7.My.dov.uz nima?

Hukumat portali – www.gov.uz dagi interaktiv davlat xizmatlari tizimi, Yagona Portal (YDIXP)dagidan bir oz farq qiladi va u Interaktiv davlat xizmatlari uchun maxsus alohida portal – www.my.gov.uz tashkillangan va samarali faoliyat olib borayotgan bugungi kunda ham o’z funksional vazifalari hamda dolzarbligini saqlab kelmoqda.

8.Huqumat portalida qanday ishlarni amalga oshirish mumkin?



Hukumat portali orqali bir tomonlama axborot taqdim qilish, qonunchilik manbalari bilan tanishtirish shaklidan, ikki tomonlama, ya’ni, haqiqiy interaktiv xizmat shakliga o’tish jarayonida birinchilardan bo’lib, Yuridik shaxslar uchun soliq deklaratsiyalarini on-layn to’ldirish va DSI ga yuborish, fuqarolar uchun esa, soliq idoralaridan shaxsiy STIR raqami, shuningdek, joriy sanaga soliqlardan qarzdorlik yoki haqdorlik mavjudligi haqidagi ma’lumotnomani shakllantirib, yuklab olish xizmatlari yo’lga qo’yilgan edi
Topshiriq: Elektron hukumat haqida tushuncha, elektron-hukumat arxitekturasi, elektron hukumat texnologik tamoyillarini haqida izohlab bering.

Elektron hukumat — Barcha ham „ichki“, ham „tashqi“ aloqalar va jarayonlar majmuasi bo'lib, tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va taʼminlanib turadigan hukumat. Kommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha boʻgʻinlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar bilan xizmatlar koʻrsatish, oʻsha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish.Elektron hukumat“ tushunchasi 1990-yillarning boshida paydo boʻlgan, lekin amaliyotga soʻnggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya, hamda Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va h.k.) shugʻullandilar. Elektron hukumatning uch asosiy rivojlanishi tizimi ajratiladi:- hukumat- aholi (G2C);- hukumat — biznes (G2B);- hukumat — hukumat (G2 G).Oʻzbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan. Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga koʻra, u ikki oʻzaro bogʻlangan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan. Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi oʻzaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan oʻzaro ishlashini taʼminlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi.

Jahon tajribasida elektron hukumat tizimi quyidagi asosiy texnologik

tamoyillar poydevorida shakllangan: (shu jumladan O’zbekiston elektron hukumat

tizimi ham).

1) G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga;

2) G2C (Government to Citizens) – Davlat fuqarolarga;

3) G2F (Government to Foreigners) – Davlat xorijliklarga;

4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga.

Ba’zi davlatlarning elektron hukumat tizimi shuningdek quyidagi

tarmoqlarga ham ega: G2S (Government to Science) – Davlat–Ilm-fanga; G2N

(Government to third sector) – Davlat-uchinchi sektor.

Endi mazkur yo’nalishlarni batafsil tahlil qilsak:

1) G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga – bunda Davlat

boshqaruvi apparati ichki strukturalari, markaziy va mahalliy hokimiyatlar, turli davlat idora, tashkilot va muassasalari orasidagi o’zaro munosabatlarda elektron

hukumat tizimini joriy etish, elektron hujjat aylanishi, davlat organlari

faoliyatining shaffofligi ortishi, doimiy monitoring va hisobot shakllari kabilar

amalga oshiriladi.

2) G2C (Government to Citizens) – Davlat fuqarolarga – bu tizimda esa,

fuqarolar, yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali, o’zlarining davlat

organlariga ariza, shikoyat yoki taklif kabi murojaatlarini elektron tarzda

yuborishlari va ularga javob olishlari, turli xil davlat xizmatlaridan foydalanishlari,

ya’ni, masalan, rasmiy hujjatlarning elektron nusxalarini shakllantirib olishlari,

turli xil ma’lumotnoma, xabarnomalarni olishlari, shuningdek turli xil to’lovlar

bo’yicha tranzaksiyalarni on-layn usulda amalga oshirishlari mumkin bo'ladi.

3) G2F (Government to Foreigners) – Davlat xorijliklarga – bu tizimda,

Davlat va xorijlik shaxslar o’rtasida, milliy qonunchilik va xalqaro hujjatlarga

tayangan holda interaktiv xizmatlar ko’rsatilishi nazarda tutiladi. Masalan, viza

masalalari, investitsiyalar, ta’lim va turizm sohalariga oid xizmatlar ko’rsatilishi

nazarda tutiladi.

4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga – mazkur tizim esa,

yuridik shaxslar, ishbilarmonlar va tadbirkorlar uchun ruxsatnomalar olish, turli xil

rasmiy jarayonlarni interaktiv usulda soddalashtirilgan tarzda amalga oshirish,

shuningdek, davlat yig’imlari, to’lovlar va ho kazolarni on-layn amalga oshirish,

hisobotlar va rasmiy murojaatlarni on-layn yuborish imkonini berishi ko’zlanadi.
Download 12,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish