Adabiyotlar
Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat
Toshkent., 2006.
Mavlonov O.M., Najimova S. Nishonboeva M. Zoologiyaning o‘qitish
metodlari va texnologiyalari. Toshkent., 2005
Tolipova J,O., G‘ofurov A.T. Biologiya ta’limi texnologiyalari
Toshkent., 2005
G‘ofurov A.T., Tolipova J. O. Biologiya o‘qitishning umumiy
metodikasi Toshkent., 2005
6. Saydaxmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar. Toshkent, 2003
5. Farberman B.L. Progressivnie pedagogicheskie texnologii
Tashkent, 1999
3 -mavzu: Ta’limda taqlidiy o`yinlardan foydalanish
Reja
1 Inson va hayvonlar hayotida o‘yinlarning ahamiyati
2 Ta’limda taqlidiy o`yinlardan foydalanishga tayyorlanish.
3 O`yinlarni o`tkazish.
Xulosa.
O`yin barcha insonlarga yaqin bo`lgan harakat ko`rinishlaridan biridir. O`yin o`z mohiyatiga ko`ra doimo ma’lum bir masalalarni hal etishga qaratiladi. Inson bolasi ham yoshlikda turli o`yinlar orqali kelgusi hayotga tayyorlanib boradi. Masalan, o`g`il bolalar yoshlikdan uy qurish, mashina haydash, ot minish, futbol o`ynash kabi turli o`yinlar bilan mashg`ul bo`lishsa, qiz bolalarning ko`ylakchalar, do`ppi tikish, mehmondorchilik, qo`g`irchoq o`ynash kabilar bilan shug`ullanishlari ularning mustaqil hayotga tayyorlanishlarini aks ettiradi. Inson hayotida o‘yin quyidagi vazifalarni bajarishga xizmat qiladi.
1.O‘yin orqali shaxsning ma’lum bir faoliyatga bo‘lgan qiziqishi ortadi.
2.Muloqot madaniyati rivojlanadi.
3.Shaxsning qiziqishi bilim faoliyatini anglatishga imkon beradi.
4.Hayotda o‘yinda bo‘lgan turli qiyinchiliklarni yengishga, reja bilan ishlashga o‘rgatadi.
5.Xulq-atvor me’yorlariga amal qilish imkoniyatlari yaratiladi.
6.Shaxsning ijobiy xislatlari rivojlanadi.
7.O‘yinlar uchun zarur qadiryatlar tizimi, muloqot madaniyati rivojlanib boradi.
8. O‘yin ishtirokchilarida jamoadagi muloqot madaniyati rivojlanib boradi.
O‘yinlar bilan bog‘langan fooliyatda o‘yin ishtirokchilari orasida ijodiy muhit, his-hayajonli holatning paydo(raqobat hamkorlik o‘zaro yordam) bo‘lishi va belgilangan konun qoidalarga qat’iy amal qilish (o‘yinni mazmunga bog‘lash ketma-ket xatti harakatlar vaqtga amal qilish va harakatlar)kabi fazilatlar hosil qilib, rivojlana veradi.
O`yinlar faqat insonlargagina xos bo`lmay, balki, ular hayvonlarning hayotida ham katta ahamiyat kasb etib, ularning kelgusi mustaqil yashashlariga zamin hozirlaydi.
Barchamiz kuchuklarning bir-birlari bilan quvlashish, kurashish, talashish kabi harakatlarini ko`plab kuzatganmiz. qo`zichoqlarning o`zaro chopqilllashlari, bir-birlari bilan urishishga tayyorlanishlarini ko`ramiz. Bunday harakatlar vositasida garchi hayvonlar bir-birlari bilan o`ynashsalarda, bu o`yinlar zamirida hayvonning kelgusidagi hayoti uchun zarur bo`ladigan amaliy malakalarni hosil qilishi kuzatiladi. O`yinlar mobaynida hayvonlar bir-birlariga jiddiy zarar yetkazmaydilar. Shu jihatidan ham hayvon bolalarining bu faoliyati o`yin hisoblansada, mohiyatiga ko`ra, mustaqil hayotga tayyorlanishini bildiradi Mazkur mashqlar jonivorlarga ular voyaga yetganlarida boshqa hayvonlar yoki o`z turiga mansub individlar bilan to`qnash kelib, ixtilof chiqqan paytlarda yordam beradi. Bu harakat hayvonlarga kelgusi hayotlaridagi yashash uchun zarur bo`ladigan turli jarayonlar, yashash uchun kurash uchun bo`lgan xatti-harakatlarni yoshligidanoq o`yinlar shaklida o`zlashtirib borishga xizmat qiladi
Keyingi yillarda ta’lim jarayonida o‘quvchilarning folligini oshirish masalasiga e’tibor kuchayib bormoqda. Faollikka xizmat qiluvchi o‘qitishning yangi shakllari, yo‘llari, vositalari ko‘plab ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda. O‘quvchilarni ta’limga bo‘lgan faolliklariga xizmat qiluvchi uslubiy ishlanmalardan biri-didaktik o‘yinlardir. Keyingi yillarda ta’limdagi o‘yinlarning bir qancha tashkiliy shakllari paydo bo‘ldi. Bularga "Taqlidiy”“Ishbilarmonlar”, “Kim oshdi savdosi” kabi o‘yinlarni ko‘rsatish mumkin.
Didaktik o`yinlardan mazmuniga ko`ra ayrim olingan mavzularni o`rganish yoki yakuniy darslarni o`tkazishda foydalaniladi. Maktablarda keyingi yillarda taqlidiy o`yinlardan ko`proq foydalanilmoqda.
Biologiya ta’limida taqlidiy o`yinlardan foydalanish quyidagicha tashkil etiladi: avvalo, o`quv materialini taqlidiy o`yinlar vositasida o`rganish imkoniyatlari aniqlanadi, so`ngra o`yinlarga tayyorlanish boshlanadi. O`yinlarga taxminan 15-20 kun oldindan kirishiladi. O`qituvchi taqlidiy o`yin tashkil etish va o`tkazish uchun tayyorlanishda:
1.O‘yin mavzusini, maqsad va vazifalarini,
2..O‘yin o`tkaziladigan joyni tanlaydi;
3. O‘yin ishtirokchilarini, guruxlarni ajratadi;
4. Ishtirokchi o`quvchilarga rollar, vazifalar taqsimlaydi;
5. O‘yin o`tkaziladigan joyni bezash masalalarini o`quvchilar bilan muhokama qiladi;
6. O‘yin ishtirokchilari uchun zarur adabiyotlarni ko`rsatadi;
7. O‘yin ishtirokchilari bajaradigan rolga mos kiyimlar tayyorlaydi;
8. O‘yin ssenariysini tuzadi;
9. O‘quvchilarning o`yinga tayyorlanishlarini kuzatib, maslahatlar berib boradi.
Biologiya ta’limida foydalaniladigan o`yinlar ko`pincha yakuniy darslarda qo`llaniladi. Bundan tashqari, bu tadbirlar ayrim hodisalar, ekologik muammolar, buyuk olimlarning hayoti va ijodi haqidagi mavzularda ham tashkil etiladi. Taqlidiy o`yinlar dars mavzusini o`quvchilar ijrosida turli taqlidiy o`yinlar, harakatlar, rollar bajarish orqali o`rganishga qaratiladi. Odatda har bir o‘yin uchun uni o‘tkazish ssenariysi tuziladi. Ssenariyda mavzuga oid materiallarni qay tarzda tashkil etish yo‘llari belgilanadi. Unda o‘yinni o‘tkazish joyi, voqealarni mantiqiy yo‘nalishi, o‘yin jixozlari, ishtirokchilar va ularga rollar taqsimoti, ishtirokchilarni rollarini ko‘rib borish kabilar ko‘zda tutiladi. Ssenariyda ishtirokchilarning bo‘layotgan voqelar davomidagi ruhiy xolatlari, mimikalari, harakatlari ( o‘tirgani, tik turganligi, yotgani, yugurayotganligi, so‘zlarni qanday ohangda talaffuz qilishlari, muloqatda rol ijrochilari bir-birlari bilan qanday xolda turishlari v.x.) turli jihozlarni qanday ushlashlari kabilarga e’tibor beriladi.
O`yinlar ssenariysida ishitirokchilar va tomoshabinlarning kayfiyatini ko`tarishga xizmat qiladigan hazillar, she’r va ashulalar, raqslar, intermediyalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Ishtirokchilarning o`zaro bellashuvlari o`yinning mazmuniga yanada yaxshilashga, ko`tarinkilik hosil qilishga yordam beradi. Ishtirokchilardan 5 nafardan o`quvchilar guruhlari bilimlarini namoyish qilishadi. Zalga birinchi guruhda taklif qilinadi. Kechani olib boruvchi ishtirokchilarga beriladigan savollarga qaysi guruhda ko‘proq javob topsa, shu guruhda g‘olib deb topilishini eslatadi. Savollarga javoblar uchun 2 minut ajratiladi. Guruhlarning turli javoblarini hay’at a’zolari hisobga olib borishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |