2-mavzu: Biologiya ta’limida blok-modul texnologiyasidan foydalanish
Reja:
Blok-modul texnologiyasi haqida tushuncha.
“Hasharotlarning ichki tuzilishi”mavzusining blok-modul tizimi
Respublikamizning «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da «O`qitishning modul tizimi, yangi pedagogik va informatsion texnologiyalarni qo`llash» orqali o`qitishning yangi, samarali yo`llari, vositalarini ishlab chiqishni tezlatish va amaliyotga tadbiq etishdek ulkan vazifalar qo`yilgan.
Keyingi yillarda pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismlaridan bo`lmish ta’limda blok-modul sistemasidan foydalanish masalasiga e’tibor kuchaymoqda.
Blok-modul texnologiyasi ta’lim mazmunini yanada boyitish, o`quv materialini o`quvchilarning mustaqil o`rganishi, ta’lim jarayonini samarali amalga oshirishga xizmat etmoqda.Bu sohada chet ellarda, jumladan, Respublikamizda ham turkum ishlar bajarilmoqda Keyingi yillarda A.T.G‘ofurov, J.O. Tolipova, O.Mavlonov kabi metodistlarning biologiya ta’limida modul tizimidan foydalanish bo‘yicha samarali ishlar olib bormoqdalar.
Blok-modul texnologiyasidan foydalanishda o‘qituvchi o‘rganiladigan dars mavzusini mantiqiy jixatdan bir-birlari bilan bog‘langan alohida bo‘laklar yoki modullarga ajratib chiqadi.Bu bo‘lakchalar alohida o‘quv elementlari tarzida ajratiladi.Mavzuning mazmunga bog‘liq holda o‘quv elementlari 1,2, 3, 4 bo‘laklardan tashkil topadi. Har bir modul bo‘lagi o‘quv elementi sifatida O‘E belgisi bilan belgilanib boriladi. Mavzuga doir avvalgi darsda o‘rganilgan materialni takrorlash O‘E-0 bilan belgilanadi. Yangi mavzudagi o‘quv materialllari yuqorida ko‘rsatilgandek 1, 2, 3 o‘quv elementlari bilan belgilanadi. O`qituvchi yangi o`rganiladigan mavzuni, dastur talabi bo`yicha vazifalarini o`rganib chiqqach, ushbu mavzuning darslikda berilishini undagi o`quv materialini ayrim-ayrim, bir-birlari bilan mantiqan birikkan blok yoki bo`laklarga ajratishi, mavzuni o`rganishning maqsad va vazifalarini aniqlashi, mavzuning o‘rganishda zarur bo‘lgan ko‘rgazma materiallar, adabiyotlarni ajratishi lozim bo‘ladi. . . So`ngra, o`quv materialini har bir bo`lakdagi o`quv elementlarini o`rganish davomida o`quvchilar faoliyatlari, ularning bilim malakalarini aniqlashning yo`llarini belgilab oladi.
Blok-modul sistemasidan foydalanishning muhim talablaridan yana biri, o`quvchilarning avvalgi o`rganilgan mavzularini esga tushirishlari, bilim zahiralariga tayangan holda yangi mavzuni o`rganishlari hisoblanadi. Blok-modul tizimidan foydalanishni yana o‘ziga xos tomonlaridan biri- har bir modul tizimining o‘rganishlikni yo‘llarini aniqlash, mavzuga oid test topshiriqlari, asosiy tushunchalar tushirib qoldirilgan biologik diktant matni. test topshiriqlari tuzish kabi vazifalarni bajarish xisoblanadi. Diktantdagi tushirib qoldirilgan tushunchalarni o‘qituvchi avvaldan belgilab qo‘yadi. Undan tashqari, topshiriqlarda mavzuning o‘rganishda o‘quvchilar va o‘qituvchi faoliyatlari ham belgilab qo‘yiladi.
Ta’limda modul tizimidan foydalanish masalasini biz «Hasharotlarning ichki tuzilishi» mavzusi misolida ko`rsatmoqchimiz. Modul tizimidan foydalanishda avvalo uning texnologik kartasi tuziladi. 1-jadvalda mazkur mavzuning texnologik kartasi beriladi.
Hasharotlarning ichki tuzilishi” mavzusining texnologik kartasi
1-jadval
O`quvchilar uddalashlari kerak
|
O`quvchilar qisqichbaqa, o`rgimchaklar ichki tuzilishlari haqidagi avvalgi bilimlarini esga tushirish, bu bilimlarini yangi o`rganiladigan mavzuga bog`lay olishi, darslik matni va undagi rasmlardan hasharotlarning ichki tuzilish organlari tuzilishi, tanada joylanishlarini o`rganib olishlari zarur. Hasharotlarning ichki tuzilishlarini idrok qilish, ichki organlarning tanada joylanishini jadvallardan ko`rsatib berishlari, boshqa bo`g`imoyoqlilar ichki tuzilishlariga o`xshashlik va farqlarini ko`rsatib bera olishlari zarur. Darslik va o`quv jadvallardan hasharotlarning tashqi, ichki tuzilish xususiyatlarini ko`rsatib berish kabilarni uddalashlari talab etiladi.
|
Hosil qilinishi lozim bo`lgan umumta’lim va maxsus malaka, ko`nikmalar
|
Hasharotlarning ichki tuzilishlariga ta’rif berish, undagi organlar va organlar sistemasini ko`rsata olish Jadval va rasmlardan foydalanib hasharotlarning ichki tuzilishidagi organlarini ajratib ko`rsatib berish.
|
Pedagogik texnologiya
|
Modul tizimidan foydalanish.
|
Bilim va malakalarni hisobga olish
|
O`quvchi o`z bilimini berilgan topshiriqlarni qay darajada to`g`ri hal etganligiga qarab baholaydi. O`quvchilar mustaqil ishlarini o`qituvchi bergan to`g`ri javoblarga taqqoslab, to`g`ri javoblar nisbati bo`yicha o`z ishini baholaydi.
|
Tuzilgan texnologik karta asosida esa o`rganiladigan dars mavzusining modul tizimi bo`yicha reja tuziladi.
«Hasharotlarning ichki tuzilishi» mavzusida modul tizimi
«Hasharotlaring ichki tuzilishi» 7-sinf zoologiyasidagi ancha murakkab mazmunga ega bo`lgan mavzulardan biridir. Mazkur mavzuni o`rganishda modul tizimidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi shundaki, o`quvchilar oldingi darslarda qisqichbaqa va o`rgimchaklarning ichki tuzilish haqida ma’lum tushunchalarga ega bo`lganliklari tufayli, bu bilimlar ularga hasharotlarning ichki tuzilishlarini qiynalmay, avvalgi olingan bilimlarga taqqoslagan holda puxta o`zlashtirishlariga imkon beradi. quyidagi 2-jadvalda «Hasharotlarning ichki tuzilishi» mavzusini o`rganishning modul tizimi havola etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |