tashkiliy shakllari
Fakultativ mashg`ulotlarni tashkil qilish va o`tkazish avvalo uning mazmuni, unda ishtirok etuvchilarning tayyorgarlik darajalari, qiziquvchanlik kabi xususiyatlariga bog`liq xolda o`tkazilishi tashkil qilinadi.
Fakultativ mashg`ulotlar payida ko`proq ma’ruza, suhbat, muloqot, mustaqil ishlar tashkil qilish orqali mashg`ulotlar olib boriladi. quyida yuqorida ko`rsatilgan uslublarga qisqacha to`xtalamiz.
Ma’ruza-o`rganiladigan mavzu tabiat qonunlari, organizmlarning tarixiy tarraqqiyoti, ilmiy kashfiyotlarning ochilish tarixi kabi masalalarga bog`ishlangan paytlarda qo`llaniladigan o`qitish uslublaridan biridir.
Ma’ruza o`z maqsadiga ko`ra, o`quvchilarda yangi ilmiy bilimlar hosil bo`lishiga, ularni tarbiyalanishlariga, e’tiqodlarini shakllanishiga xizmat qiladi. Ma’ruza o`quvchilarga tayyor bilimlarni o`rgatish emas, balki shu bilimlarni o`rganishlarida turli taqqoslashlar, qiyoslashlar kabi aqliy operatsiyalarga o`rgatish orqali yangi bilim va e’tiqodlarni shakllantrishlikni ko`zda tutadi. Shu sababli ma’ruzachi mavzuni o`qishda o`quvchilarni o`ylashga, fikrlashga majbur etadigan yo`llar, vositalardan foydalanishga harakat qilishi lozim.
Fakultativ mashg‘ulotlarda suhbat, laboratoriya ishlari, eksperimentlar tashkil qilinadi. Masalan, “Hayvonlar fiziologiyasi” fakultativida sut emizuvchi hayvonlarning yurak tuzilishini o‘rganish bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotda har 3-4 o‘quvchidan iborat guruhlarga qon tomirlarini yurakdagi qismidan ozgina qo‘yib kesib tashlangan qo‘y yoki mol yuraklarini tarqatiladi. Darsning boshlanishida o‘qituvchi o‘quvchilarga yurak pardasini ko‘rsatadi.Uning ahamiyatini tushuntiradi. So‘ngra o‘quvchilarga laboratoriya mashg‘ulotini bajarishga doir yo‘llanma tarqatilib, yurakni tuzilishini o‘rganish boshlanadi. Bunda avvalo yurakdan chiqayotgan arteriyalarni topish vazifasi beriladi. Arteriyalarda yarim oysimon klapanlar bo‘lishi tufayli uni topish uchun tomir ichiga qalamni kirgizib ko‘rish, qalam ichkariga o‘tmay qolsa bu arteriya yoki aorta qon tomiri ekanligidan dalolat beradi. O‘pka venasiga kiritilgan qalam uchi uning ichiga (klapanlar yo‘qligi tufayli) bemalol kirib boradi. Ishning novbatdagi qismlarida yurakning tuzilishidagi boshqa xususiyatlari o‘rganiladi.Chap yurak qorinchasining o‘ng yurak qorinchasiga qaraganda rivojlanganligi, muhokama qilinadi.
Mustaqil ishlar-o`quvchilarning yakka, guruh va butun sinf jamoalari bilan o`tkaziladi.
Fakultativ mashg`ulotlarda mustaqil ishlarni tashkil etish uslubiyoti amaliy ishlardagi mustaqil ishlarni tashkil qilishga bo`lgan talablar asosida bajariladi.Biroq, fakultativ mashg`ulotlarda bajariladigon mustaqil ishlar ko`pincha ijodiy izlanish yo`nalishida bo`lganligi bilan xarakterlanadi.Mustaqil ishlar ma’ruzalarda bayon etilgan ilmiy bilimlar, tushunchalar, qonuniyatlar va farazlarni amalda tekshirishga qaratiladi. Shu sababli ham bunday mashg`ulotlar ilmiy-tadqiqot darajalariga yaqin kelishi maqsadga muvofiq sanaladi.
Mavzu bo‘yicha talabalar bilimlarini sinash uchun savollar
Fakultativ mashg‘ulotlarning qanday ahamiyati bor?
Qaysi fanlardan fakultativ mashg‘ulotlar mavjud?
Fakultativ mashg‘ulotlarni o‘tkazish yo‘llari haqida nimalar bilasiz?
Asosiy tushunchalar: fakultativ mashg`ulotlar. Fakultattiv mashg`ulotlarni tashkiliy shakllari. Fakultativlarning xillari
Do'stlaringiz bilan baham: |