6- mavzu: Hozirgi zamon maktab ekologiyasining muammolari, vazifalari
Reja:
Ekologik savodxonlik tushunchasi.
Ekologik savodxonlikni amalga oshirishning modellari.
Maktab ekologiyasi uchun o`quv materiali tanlashning tamoyillari.
Hozirgi davrda umumta’lim maktablarida olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining muhim vazifalaridan biri o`quvchilarni tabiiy hodisalarni to`g`ri tushunish, tabiat go`zalliklarini his etish va uning boyliklarini qadrlash, e’zozlash, o`z o`lkasi tabiatiga mehr va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`ladigan ruhda tarbiyalashdan iboratdir. Bu vazifalarni muvoffaqiyatli hal qilish maktablarda ekologik yo`nalishdagi tadbirlarni ishlab chiqish, amalga oshirishni talab etadi. Bu esa o‘z navbatida yoshlarimizning ekologik savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.
Ma’lumki, fan va texnika taraqqiyoti tufayli planetamizning turli qit’a va davlatlarida ekologik krizislar ro`y berib, ular insoniyatga jiddiy xavf solmoqda.Davlatlarning ekologik xavfsizligi avvalo, ularning iqtisodiyoti, xo`jalik yuritish tizimi, tabiiy resurslardan foydalanish uslublariga bog`liqdir. Biroq, yuqoridagi omillarning barchasi agar ayni davlat fuqarolarining ekologik bilimlari va xatti-harakatlarida ekologik qonun-qoidalarga amal qilishlari bilan qo`shib olib borilgandagina kutilgan natijalarini berishi mumkin. Insoniyatning biosferaga ta’siri uning juda ko‘p sohalardagi dunyoqarashini shakllantirib borishlarini talab etdi. .Ayrim shaxslar yoki jamoalar o`z maqsadlari yoki jamiyat maqsadlari yo`lida qilayotan turli-tuman faoliyatlari yagona strategiya asosida tashkil etilib, bu faoliyatlarda ekologiya qonun-qoidalariga amal qilingandagina davlatlar, insonlar rivoji to`g`ri yo`nalishda davom etadi. Shu boisdan ham endilikda qanday soha bo`lmasin, shu sohada ishlayotgan kishilar nafaqat kasbiy mahoratga emas, balki ekologik bilimlarga ega bo`lmoqliklari zarur. Bu hol ekologik ta’limning umumdavlat ahamiyatga ega bo`lishini ko`rsatadi. Shu boisdan fuqorolarning ekologik savodxonliklarini muttasil oshirib borishga qaratilgan Davlat ekologik ta’lim tizimi zarur.
Insonlarning savodxonliklari ularning ma’lum yo`nalishdagi mavjud bilimlariga tayangan holda turli hayotiy hodisalar paytida u yoki bunday harakat usullarini qo`llashlarida namoyon bo`ladi. Biologik savodxonlik hayotning mohiyatini, uning yerda namoyon bo`lishining sistemali qonuniyatlarini puxta o`zlashtirishda ko`rinadi.
Ekologik savodxonlik-ma’lum ma’noda biologik savodxonlik bilan mushtaraklikda namoyon bo`lib, u har bir insonning yer, uning tarixi, strukturasi, dinamikasi, landshaftlari, iqlim haqidagi ma’lum hajmda bilimlarga, ma’lum munosabatlar majmuasiga ega bo`lishini talab etadi. Insoniyatning biologik va ekologik savodxonligi hozirgi zamon nuqtai nazaridan qaralganda odamlarning fizika qonunlarini bilishi, kimyoviy tushunchalar, kimyoviy asoslarni, shuningdek hozirgi zamon yer haqida bilimlarini yetarli bo‘lishini taqozo etadi.
Ekologik savodxonlikni amalga oshirishda, albatta, maktablar oldiga katta vazifalar qo`yiladi. Bu vazifalarni ado etishning dastlabki shartlaridan biri- ekologik ta’lim va tarbiya berishning asosiy yo`nalishlarini aniqlash bu sohadagi qilinishi lozim bo`lgan muhim vazifalarni bajarishlikni ko‘zda tutadi. . Shu boisdan, avvalo, o‘quvchilarga ekologik ta’lim berishning asosiy yo`nalishini, modelini ishlab chiqish zaruriyatini tug‘diradi. Hozirgi davrda maktab ekologiyasining bir qancha modellari bo‘lib bularga quyidagilar kiradi.
1.Alohida olingan bir predmetni o`qitish jarayonida ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirish modeli. Bunda integrallashgan ma’lum o`quv predmetidan ekologik yo`nalishda o`quvchilarga ta’lim-tarbiya berish ko`zda tutiladi.
2.Turli o`quv predmetlarini o`qitishda ekologik ta’limni amalga oshirish modeli. Bunda maktablarda o`qitiladigan turli fanlar mazmuniga ekologik xarakterdagi mavzularni kiritish orqali ta’lim berish tushuniladi.
3.Aralash holda ekologik savodxonlikni amalga oshirish modeli. Bu yo`nalishda qandaydir yangi fan bilan birga boshqa o`quv predmetlari mazmuniga ham ekologik xarakterdagi yangi-yangi mavzularni kiritish orqali amalga oshirish tushuniladi.
Maktablarda o`quvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya berishning yuqoridagi modellaridan qaysi biri tanlanmasin, oqibatda, mazkur ta’lim modeli o`quvchilarning tafakkur qilish xususiyatlarini rivojlantirishga, ularning ekologik savodxonligini oshirishga, ekologik dunyoqarashining shakllanishi va ekologik bilim, malakalaridan tabiatga bo`lgan munosabatlarida oqilona foydalanishiga qaratilmog`i lozim. Undan tashqari, ekologik savodxonlikni oshirishga qaratilgan vazifalardan yana bir muhim ish maktab ekologiyasi uchun o‘quv materi-allar tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Mavzular tanlash maktab ekologiyasi uchun o`quv materiallari tanlashda ma’lum tamoyillariga amal qilish maqsadga muvofiqdir. Quyida bu tamoillar xaqida 3-jadvalda ma’lumotlar beriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |