Pedagogika nazariyasi va tarixi REJA: - 1. “Ta’lim metodlari” tushunchasining mohiyati va tavsifi.
- 2. Ta’lim metodlarining turlari va vazifalari.
- 3. Ta’lim metodlarini tanlash.
- 4. Ta’lim olganlikni tashxis etish.
“Ta’lim metodlari” tushunchasining mohiyati va tavsifi. - “Metod” so’zining yunoncha tarjimasi “tadqiqot”, “usul”, “maqsadga erishish yo’li” kabi ma’nolarni anglatadi. Filofosiya lug’atida ushbu tushuncha umumiy tarzda “maqsadga erishish usullari” deya sharhlangan.
- Aksariyat mualliflar “ta’lim metodlari o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari” degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmuidir.
TARBIYA METODLARI FUNKSIYALARI Yuqorida ko’rsatilgan metodlar quyidagi tarzda ham nomlanadi: O’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va bajarish metodlari. O’quv-bilish faoliyatini rag’batlantirish va motivlash metodlari. Nazorat va o’z-o’zini nazorat metodlari. O’quvchiga bilimlarni yetkazish shakliga ko’ra ta’lim metodlari: 1. Og’zaki bayon qilish metodlari. 2. Ko’rgazmali metodlar. 3. Amaliy metodlar kabi turlarga ham ajratiladi. Ta’lim metodlari tizimida muhim o’rin tutadigan og’zaki bayon qilish metodlarining o’zi ham quyidagi turlarga ajratiladi OG’ZAKI BAYON QILISH METODLARI TURLARI
Suhbat – faoliyatini endigina boshlagan o’qituvchi uchun murakkab ta’lim metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta’minlash ko’p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o’quvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. O’qituvchi oddiy savollar berishi, o’quvchilarga ular yuzasidan batafsil o’ylash uchun vaqt ajratishi, o’quvchilarning javoblarini esa diqqat bilan tinglashi, zarur o’rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv yo’l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat o’quvchilarga oldindan ma’lum bo’lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida tashkil etilib, o’quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga keladilar. Suhbatning induktiv shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga kelinadi.
Amaliy ishlar metodi o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan nazariy bilimlar yordamida ularda amaliy ko’nikma va malakalarni hosil qilishda alohida ahamiyat kasb etadi
Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olishning vazifalari. O’quvchilarning o’quv faoliyatini nazorat qilish turlari. Ta’lim jarayonining muhim tarkbiy qismlaridan biri – nazorat va hisobga olishdir. Bu tushunchalar o’ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O’qituvchi nazorat va hisobga olishni to’g’ri tashkil etsa, ta’lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun o’qituvchi o’quvchining o’quv materiallarini o’zlashtirish darajasini aniqlab berishi lozim.
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, o’lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o’lchash tekshirish deb ham ataladi.
Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy didaktik vazifasi o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida teskari aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o’quv materialini o’zlashtirish haqida ob’ektiv axborot olinishi, bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o’z vaqtida aniqlashni ta’minlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat o’quvchining bilim darajasi, sifati, shuningdek, uning o’quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!! - AL-BUXORIY UNVERSITET PEDAGOGIKA PSIXOLOGIYA 1-8 TALABASI SHABIROVA SHOIRA
VA TARIXI FANIDAN
Do'stlaringiz bilan baham: |