Adabiyotlar
1. Maksimova V.N. Mejpredmetnie svyazi v protsesse obucheniya. M, 1989.
2. Samdov Q. Zoologiyani boshqa predmetlar bilan bog‘lash. “Sovet maktabi”,
1985,№2.
3 Feodorova V.N. K probleme mejpredmetnix svyazey v protsesse obucheniya biologii
“Biologiya v shkole”, 1982, №3.
8-mavzu. Biologiyadan fakultativ mashg‘ulotlar tashkil etish
Reja
Biologiya ta’limida fakultativ mashg‘ulotlarning ahamiyati
Fakultativ mashg‘ulotlarning xillari
Fakultativ mashg‘ulotlarni tashkil qilish va o‘tkazishning tashkiliy shakllari
Keyingi davrlarda ta’lim- tarbiya ishlarini differensiatsiyalash, individuallashtirish masalalariga e’tibor kuchaytirilmoqda.
Ta’lim jarayonini differensiatsiyalashtirish, aslida o`quvchilarning ruhiy, shaxsiy xususiyatlari orasidagi ancha farqlar bo`lishi sababli amalga oshiriladi. Ma’lumki o‘quvchilarning tayyorgarlik darajalari, qiziqishlari o`quv materialini o`zlashtirishdagi qobiliyatlari har xil bo`ldi.Undan tashqari, o`quvchilar maktabda o`qitilayotgan barcha o`quv predmetlarini bir xil o`zlashtiradi, deb bo`lmaydi. Ba’zi o`quvchilar adabiyotga, boshqasi tarix,boshqalari fizika kabi predmetlarni o`rganishga qiziqishsa, boshqalari bu predmetarni xushlamasliklari mumkin.
Ta’limda qatnashayotgan o`quvchilarning jismoniy , ruhiy, fikriy rivojlanishlari, dunyoqarashlari orasidagi farqlar tufayli ta’limni samarali tashkil qilishning yo`llaridan biri sifatida fakultativ mashg`ulotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Fakultativ mashg`ulotlar turli fanlarga, jumladan biologiya fanini o`rganishga qiziqqan o`quvchilar bilan chuqurlashtirilgan dastur bo`yicha olib boriladigon o`quv- tarbiya ishlarining shakllaridan xisoblanadi.
Fakultativ mashg`ulotlar paytida o‘quvchilar jonli tabiatning har xil rivojlanish pog`onalaridagi organizmlarning tuzilishi va hayotiy jarayonlari, individual va tarixiy rivojlanishlari, organik olam sistemasi, ekologik sistemalar, insonlarning tabiiy sistemalarga ta’siri haqida atroflicha bilimlarni o`rganishadi.
Fakultativ mashg`ulotlar o`quvchilarning faqat ilm olishlariga emas, balki, ilmiy-tadqiqot usullarini o`rganishlariga, biologiya, tibbiyot qishloq xo`jaligi sohalarida ham amaliy malaka va ko`nikmalar hosil qilib rivojlanishlariga, gigienik, ekologik va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalanishlariga hizmat qiladi.Undan tashqari, fakultativ mashg`ulotlar o`quvchilarni kasb tanlashlariga, oliy o`quv yurtlariga tayyorgarlik ishlariga yaqindan yordam beradi.
Hozirgi davrda Respublikamizning rivojlanish yo`llari bozor iqtisodiyoti talablari asosida olib borilishi tufayli, umumiy ta’lim maktablari bitiruvchilarining politexnik tayyorgarligiga jiddiy e’tibor berilishini talab etmoqda. Bu vazifalarni bajarishda politexnik ta’limning o`rni,ahamiyat beqiyosdir.
Maktablarda o`quvchilarga fanlardan chuqurlashtirilgan bilimlarni o`rgatish fakultativ mashg`ulotlar joriy etilmagan paytlarda ham amalga oshirilib kelingan.Bu vazifani turli ilmiy to`garaklar bajarib, to`garaklarda biologiyaga qiziqqan o`quvchilar dastur talabidan chetga chiqqan xolda turli mavzular bo`yicha bilimlarni egallashga harakat qilib kelganlar.Biroq to`garak mashg`ulotlari bilan fakultativ mashg`ulotlar o`rtasida ancha tafavutlar bor.Fakultativ mashg`ulotlar o`quvchilarga ma’lum tizim bo`yicha tuzilgan dasturlar talabi asosida bir-birlari bilan mantiqiy bog`langan ilmiy masalalar haqida bilimlarni o`rgatishga mo`ljallansa, to`garak mashg`ulotlarida ko`rib chiqiladigan mazular ko`pincha turli-tuman soxa, masalalarga yo`naltirilgan bo`ladi.Bu fakultativ mashg`ulotlar tufayli to`garak ishlarini ahamiyati yo`qolib ketadi deyishga asos bo‘lmaydi. To`garak ishlari fakultativ mashg`ulotlarda o`rganiladigon mavzularga ham ma’lum xajmda qo`shimchalar kiritishga, fakultativ mashg`ulotlar esa o`quvchilarni ba’zi masalalar bo`yicha to`garaklarda ham kuzatish va tajriba ishlari olib borishlarga ta’sir qiladi.
Hozirgi paytda fakultativ mashg`ulotlarni bir necha xillari bo`lib bularga “O`simliklar fiziologiyasi»,«Hayvonlar fiziologiyasi»,”Tabiatni muhofaza etish», «Oliy nerv faoliyati fiziologiyasi» kabilarni ko`rsatish mumkin. Yuqorida keltirilgan fakultativ mashg`ulotlar o`quvchilarni biologiya fanlaridagi muhim masalalar bilan tanishtirishni o`z oldiga maaqsad qilib olgan emas. Balki yuqoridagi vazifalar bilan bir qatorda mazkur fakultativlar yoshlarga hozirgi zamon biologiya fanlaridagi ilmiy-tekshirish uslublarini ham o`rganishlariga mo`ljallangan.Undan tashqari, mazkur mashg`ulotlar dasturini o`rganish moboynida o`quvchilarni ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, fanga bo`lgan qiziqishlarini orttirish, kasb tanlashlariga yordamlashish kabi vazifalarni bajarishga mo`ljallangan.
Fakultativ mashg`ulotlarda politexnika masalariga bag`ishlangan mavzularni o`rganishni rejalashtirish hozirgi davrdagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Respublikamizda xalq xo`jaligini rivojlantirishning bozor iqtisodiyoti asosida tashkil etlishi munosabati bilan yoshlarga ishlab chiqarishning nazariy va amaliy masalalari bo`yicha bilim va malakalarni o`rgatish eng muhim vazifalardan biriga aylanmoqda.Ayniqsa qishloq yoshlarini qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining ilmiy- nazariy asoslarini o`rgatishda biologiya o`quv predmetlari, xususan fakultativ mashg`ulotlarni o`rni, ahamiyati juda kattadir. Biologiya o`quv predmetlaridagi qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishiga oid asosiy bilimlar va ,tushunchalar guruhlariga:
-turli yovvoyi va madaniy o`simliklarni tur sostavi,qishloq xo`jaligi hayvonlari,zararkunanda va kasallik tarqatuvchi hayvonlar va ularning turlari;
-yuksak o`simliklar, qush va sut emizuvchilarning qishloq xo`jaligida ahamiyatga ega bo`lgan zotlarining morfologik belgilari;
-o`simlik va hayvonlarni o`sish, rivojlanish, oziqlanish, nafas olish va metobolizmi;
-tirik organizmlar hayotida harorat, yorug`lik, havo, suv kabilarning ahamiyati, turli organizmlar orasidagi o`zaro munosabatlar, abiotik va biotik faktorlarning qishloq xo`jaligi ekinlari va hayvonlarning o`sishi, rivojlanishiga ta’siri
-mikrobiologiya va enzimologiya haqidagi?
-gigienik va tabiatni muhofaza qilishga doir tushunchalar kiradi.
Biologiyadan o`tkaziladigan fakultativ mashg`ulotlar paytida o`uqvchilarga faqat nazariy bilimlarni o`rgatish bilan kifoyalanib qolinmaydi.Bunday mashg`ulotlar paytlarida yoshlarga amaliy malakalarni o`rgatishga oid ishlarni ham bajarish ko`zda tutiladi. Bu malakalar
-o`simlik va hayvon turlarini aniqlash;
-hayvonlarni ichki organlarini yorib ochish, yo`llanmalardan foydalangan holda hayvonlar ichki a’zolarini joylanishlarini, organlarini topish, o`lchash, modellashtirish.
-mikroskopda ishlash, mikroskop texnikasini egallash kabilarni o`z ichiga oladi.
Yuqorida aytilgan fikrlardan o`quvchilarda hosil qilinadigan malakalarni barchasini, albatta, bir fakultativ mashg`ulotda amalga oshirish mumkin bo`lar ekan degan fikrga kelib bo`lmaydi. Bu ishlar sinifdan -sinfga o`tgan sari asta sekinlik bilan amalga oshiriladigon vazifalar hisoblanadi.
Fakultativ mashg`ulotlarni tashkil etish va o`tkazishning
Do'stlaringiz bilan baham: |