Nazorat savollari:
Yashil suv o`tlar bo`limining umumiy хaraktеristikasi, tana tuzilishining asоsiy хususiyatlari?
Yashil so`vo`tlarning hujayraviy tuzilishi qanday?
Yashil so`vo`tlar bo`limining klassifikatsiyasi?
4. Sariq yashil suv o`tlar bo`limiga ta`rif bering?
5. Sariq yashil suv o`tlar bo`limining klassifikatsiyasi?
6. Sariq yashil suv o`tlarning tuzilishi rivojlanishi va ko`payishi?
7. Qo`ng`ir suv o`tlari bo`limiga umumiy хaraktеristika?
8. Qo`ng`ir suvo`tlarning tarqalishi, ichki va tashqi tuzilishi?
9. Qo`ng`ir suvo`tlarning ko`payish usullari, klassifikasiyasi?
10. Qizil suv o`tlar bo`limiga umumiy ta`rif va o`ziga хоs хususiyatlari?
Qizil suv o`tlar bo`limi vakillari ekоlоgiyasi tarqalishi?
3 Mavzu: Zamburug`lar bo`limi (Mycophyta, Funqi). Хitridiоmisеtsimоnlаr, Oоmitsеtsimоnlar, Zigоmitsеtsimоnlar va Askоmisеtsimоnlar sinflari.
Reja:
Zamburug`lar bo`limiga umumiy хaraktеristika, ularning hujayraviy tuzilishi va ko`payishining turli ko`rinishlari.
Хitridiоmisеtsimоnlаr, Oоmitsеtsimоnlar va Zigоmitsеtsimоnlar sinflariga umumiy tavsif.
Askоmisеtsimоnlar sinfining umumiy tavsifi.
Tayanch so`zlar: Zamburug`, gif, mitseliy, rizomitseliy, fakultativ zamburuglar, mikroparazit, hujayrasiz mitseliy, hujayrali mitseliy, parentosoma, gametogamiya, somatogamiya, gametangiogamiya , zigomitsetsimonlar sinfi, embrionsporangiy, sporangiola, askomitsetsimonlar sinfi, mevatana, kleystotetsiy, peritetsiy, apotetsiy.
Zamburug`lar qadimiy organizmlar bo`lib, evolyutsiya jarayonida rangsiz sitoxrom S ga ega bo`lmagan xivchinlilarning Fiagellatae guruhidan kelib chiqqan. Shuning uchun ham zamburug`lar o`simliklar olami doirasida o`rganiladi. Ammo zamburug`lar oziqlanish xususiyatlari bilan o`simliklardan farq qiladi, chunki ularning hujayrasida yashil rang beruvchi xlorofill pigmenti bo`lmaydi. Ular geterotrof oziqlanishga moslashgan, ya`ni zamburug`lar tayyor organik moddalar bilan oziqlanuvchi organizmlar hisoblanadi. Shu xususiyati bilan anorganik moddalar bilan oziqlanuvchi avtotrof organizmlar (mustaqil oziqlanuvchi organizmlar) ga qarama – qarshi turadilar. Assimilyatsiya vaqtida zamburug`larning hujayrasida kraxmal emas, balki mochevina, glikogen hosil bo`ladi. Bundan tashqari, hujayra devorlarida xitin to`planadi. Mana shu belgilari bilan zamburug`lar hayvonlar olamiga yakin turadi.
Hozir ko`pchilik olimlar zamburug`larni eukariotik organizmlarning alohida olamiga ajratishni taklif etmoqda. Ularning eng xarakterli belgilari hujayra devorlarining aniq shakllanganligi, shimib olishi, sporalar yordamida ko`payishi, vegetativ tana o`sish qobiliyatiga egaligi, oziqlanishi geterotrof, assimilyatsiya vaqtida tayyorlanadigan oziq modda glikogendan iboratligidadir.
Zamburug`larning vegetativ tanasi mitseliy deb ataladi. Mitseliy shoxlangan giflardan tashkil topgan bo`lib, uchiga o`sish va yon tomonga shoxlanish xususiyatiga ega. Mitseliy substratga o`rnashib, undagi oziq moddalarni shimib oladi. Substrat ustidagi mitseliyga havoyi mitseliy deyiladi. Savoyi mitseliyda ko`payish organlari taraqqiy etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |