Biologiya o`qitish metodikasi” kafedrasi botanika (o`simliklar sistematikasi) fanidan



Download 26,64 Mb.
bet10/147
Sana11.06.2022
Hajmi26,64 Mb.
#655718
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   147
Bog'liq
2019-2020 SIRTQI Majmua 2 kurs Botanika

2.1 rasm: Volvoks koloniyasi

Volvokslar qabilasiga mansub kolonial vakillarining ko`pchiligi sfenik yoki dumaloq shaklda bo`lib, ularda hujayralar miqdor jihatidan xilma-xil bo`ladi. Vakillarining ichida eng ko`p hujayralardan tashkil topgan volvoks (Volvox) koloniyasining kattaligi bilan ajralib turadi. Hujayralar soni esa turlarga qarab 500 tadan 60000 tagacha bo`ladi. Sharsimon koloniyaning chetki qismlarida xlamidomonadaning xivchinli hujayralari bo`lib, ichki qismi xivchinsiz hujayralar va shilimshiq qavatdan iborat. Koloniyadagi hujayralar o`zaro protoplazmatik iplar yordamida birikkan. Volvoks jinssiz ko`payganda ma`lum sondagi maxsus hujayralar to`plami uzluksiz bo`linishi natijasida ona koloniya ichida kichik qiz koloniyalar vujudga keladi. Ushbu koloniyalar kattalashib, ona koloniyani yemiradi va mustaqil hayot kechirishga otadi.


Konyugatsimonlar yoki Matashuvchilar ajdodi (sinfi) — Conjugatophyceae. Bu sinfga bir hujayrali kokkiod va oddiy ipsimon, shoxlanmagan suvo`tlari kiradi. Ularning xarakterli belgilaridan biri rivojlanish siklida harakatchan stadiyasining yo`qligidir. Ko`payishi vegctativ yoki jinsiy. Jinsiy ko`payish ikki vcgetativ hujayraning o`zaro qo`shilishi yoki ,,matashishi” (konyugatsiya) vositasida amalga oshadi. Matashish jarayoni har xil vakillarida o`ziga xos ko`rinishda bo`ladi. Ko`pchilik ipsimon vakillarida yonma-yon joylashgan iplar orasida qator o`simtalar hosil bo`lib, hujayralarning sitoplazmasi biridan ikkinchisiga o`tadi va zigota hosil bo`ladi. Bu narvonsimon konyugatsiya deyiladi.



2.4 rasm: Spirogira va undagi matashish jarayoni;

O`simtalar bir ipdagi hujayralar orasida (yonma-yon joylashgan yoki bir-biridan ancha uzoqdagi hujayralar) ham yuzaga kelishi mumkin (yon konyugatsiya). Hosil bo`ladigan zigota kopulatsion kanal (o`simta) ichida yuzaga kelishi hollari ham tez-tez uchrab turadi (oraliq konyugatsiya).


Xarasimon suvo`tlari ajdodi (sinfi) — Charophyceae; Xara suvo`tlari o`zining yuksak darajada tuzilganligi bilan boshqa suvo`tlaridan keskin farq qiladi. Ularning tashqi tuzilishi qirqbo`g`imga o`xshab ketadi. Mutovka shaklida shoxlangan bo`lib, bo`g`in va bo`gin oraliqlaririi hosil qiladi. Hujayralari uzunligi jihatidan bo`g`in oralig`ini to`liq egallagan bo`lib, rangsizroq markaziy va uning ustida bir necha po`stloq hujayralari joylashgan. Lekin xara suvo`tlarining ayrim vakillarida po`stloq hujayralar bo`lmaydi va bo`g`in oralig`i bir dona uzun hujayradan iborat bo`ladi (masalan, nitella). Bog`indan ,,to`pbarglar” chiqqan bo`lib, uning orasida yon ,,shoxcha” shaklida osgan ayrimlari xaralarni shoxlanib o`sishga olib keladi. Xara suvo`tlari odatda sekin oqadigan suvlarda yoki hovuz va suv ko`proq turib qoladigan ko`lmaklarda suvning ostki qismidagi quyqalarga rizoidlari yordamida yopishib o`sadi. Xara tallomining ustki qismi ohakli tuzlarni shimib olganligi sababli mo`rt boladi. Hujayralari pirenoidsiz donachasimon xromatoforga ega. Xara suvo`tlari maxsus kurtakchalar yordamida vegetativ yo`l bilan ko`payadi. Jinssiz ko`payish ularda uchramaydi. Lekin jinsiy ko`payishi murakkab jarayon hisoblanib, oogoniy va anteridiylari ko`p hujayrali bo`ladi. Oogoniysi topbargchalarining ustki qismida joylashib, bir dona katta tuxum hujayrasi spiral shaklda po`stloq hujayralar bilan o`ralgan va oogoniyning usiki qismida tuguncha bosh qiladi. Tuguncha orasida kichik tirqish bolib, unda tuxum hujayrani otalantiruvchi spermatozoid o`tadi. Anteridiy to`pbargchalar ostida joylashib, bir necha qalqonchalardan tashkil topgan. Qalqonchalar bir-biri bilan birlashib, durnaloq shakidagi anteridiyni yuzaga keltiradi. Har bir qalqonchaning ichki qismida maxsus o`simtasi bor. Bu o`simta ,,dasta” deb ataladi va unda bir qancha ipchalar tarmoqlanib, ularning har bir hujayrasida bittadan spermatozoid yetiladi. Anteridiy yetilgach, qalqonchalari ochilib, spermatozoidlar suvga chiqadi va erkin suzib tuxum hujayrani otalantiradi. Hosil bo`lgan zigota tinim davrini o`tagach, reduksion bo`linadi va yangi o`simlik hosil qiladi. Xara suvo`tlarining yuksak darajada tuzilganligining, ayniqsa, ko`payish a`zolarining ko`p hujayrali ekanligining hisobga olinib, hozirgi paytda alohida xaratojfa suvo`tlari bo`limi sifatida yashiltojfa suvotlaridan ajratilgan.
Xarasimon suvo`tlari sinfining tipik vakillari xara (Chara) va nitella (Niteila) bo`lib, O`zbekistonda ariq va sug`orish kollektorlarida keng tarqalgan.

Download 26,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish