Ularning hujayra tuzilishini elektron mikroskopda kuzatish mumkin. Bunda hujayra pardasi uch qavatdan iboratligi ko`rinadi. Uning tarkibida ko`p qavatli muramin kislota, aminokislotalar, lipidlar, glyukozamin va boshqa birikmalar borligi aniqlangan. Ko`pchilik bakterialarning hujayra devoir har xil qalinlikdagi shilliqli parda kapsula bilan o`raglan.
Bakteriya hujayra pardasi ostida sitoplazmatik membrane bo`lib, modda almashinuvida muhim ahamiyatga ega. Sitoplazmada riboosomalar ham uchraydi, ularning tarkibida RNK bo`ladi. Bakteriya hujayrasida DNK iplari ham uchraydi, ular qobiqsiz bo`lib, nukleid hosil qiladi. Nukleidlar bakteriya hujayrasining markazida bo`ladi va hujayra bo`lingan vaqtda ular ham bo`linadi.
4Ko`k – yashil (sian) suvo`tlari — Cyanophycophyta bo`limiga umumiy tavsif.
Ko`k yashil suvo`tlari bo`limiga bir hujayrali, kolloniyali, shakli ippsimon tuzilishga ega suvo`tlari kiradi. Hujayra pektin moddasidan iborat po`st bilan o`raglan va u shilimshiqlanish xususiyatiga ega. Hujayrada shakllangan yadro, xromotofor va vakuola bo`lmaydi. Protoplasti tashqi, rangli – xromotoplazma va ichki rangsiz – sentroplazma deb ataluvchi ikki qismga bo`linadi. Xromotoplazmada xilma xil: xlorofill “a”, karotinoidlar va ko`k rang beruvchi pigmentlar – fikotsian, allofitsian hamda qizil rang beruvchi fikoeritrin pigmentlari bo`ladi. Bu pigmentlarning o`zaro qo`shilish nisbatiga qarab ko`k yoki yashil rangda bo`ladi. Sentroplazmada nuklein kislotalardan DNK va RNK mavjud. Sentroplazmani yadroning fiziologik ekvivalenti deb qarash mumkin. Yadrodan farqi shuki, sentroplazmada hujayra plazmasidan ajratib turadigan alohida po`st va yadrochalar ham bo`lmaydi.
Ko`k yashil suvo`tlari hujayrasida markaziy vakuol bo`lmaydi. Nobud bo`layotgan qari hujayrada ba`zan vakuola hosil bo`lishi mumkin. Hujayrada footosintez mahsuloti sifatida glikogenga o`xshash, ammo yodning ta`sirida jigar ranggga bo`yaluvchi glikoproteid hosil bo`ladi. Bundan tashqari tarkibida ko`p miqdorda fosforli modda – metil ko`li yordamida ko`k ranga bo`yaluvchi valyutin, sianofin lipoproteidlari ham hosil bo`ladi.
Ko`payishi oddiy, hujayraning ikkiga bo`linishi bilan amalga oshadi. Ipsimon tuzilgan ko`k yashil suvo`tlar asosan gormogoniyalar – bir qancha hujayralardan iborat bo`lakchalarga ajralishi bilan ko`payadi. Ko`k yashil suvo`tlarda ma`lum shaklga ega bo`lgan yadro bo`lmaganligi tufayli ularda jinsiy ko`payish uchramaydi.
Ko`k yashil suvo`tlariga 1400 ga yaqin tur kiradi va ular 3 sinfga bo`linadi:
1. Xrookokklar – Chroococcophyce;
2. Xamesifonlar – Chamesiphonophyce;
3. Gormogoniyalar – Hormogoniophyce;
Do'stlaringiz bilan baham: |