1.1-rasm: K. Linneyning (1738y) “O`simliklarni sinfi” asari;
K. Linney shuningdek binar (qo`sh) nomenklaturaga asos soldi. Bunga asosan, o`simliklarning har bir turi ikkita so`z bilan nomlanadi, birinchi so`z o`simlikning turkumga mansubligini bildirsa, birinchi va ikkinchi so`z birgalida tur nomini bildiradi.
Turkum va tur lotin tilida yoziladi va ulardan keyin o`simlikni tariflagan muallifning nomi qisqartirib yoziladi. Osiyo yalpizi- Mentha asiatica. Linney 116 qabila 1000dan ortiq turkumga mansub bo`lgan 10.000 ga yaqin turlarni nomlagan.
K. Linney sistemasi o`z davri uchun qanchalik afzal bo`lmasin, bu sistema ham suiiy sistema edi. CHunki bu sistemada o`simliklarning sun`iy ravishda olingan belgilari asos qilib olingan edi. Linneyning o`zi ham bu sistemaning sun`iyligini so`ngida tan oladi va tabiiy sistema tuzish niyatida ekanligini aytadi.
2.Tuban va yuksak o`simliklar haqida umumiy tushuncha.
Yer yuzasidagi barcha o`simliklar shartli ikki guruhga bo`linadi:
Tuban o`simliklar (Thallobionta) va Yuksak o`simliklar (Kormobionta).
Tuban o`simliklar tuzilishi jihatdan sodda bo`lib, tanasi tallom, deb atalib, bir hujayrali, koloniya yoki ko`p hujayrali bo`lishi mumkin. Barg, poya, ildiz kabi qismlarga ega emas. Shuningdek, ma`lum vazifani bajarishga moslashgan to`qimalarga ham ega emas. Ba`zi bir tuban o`simliklar mikroskopik bo`lsa, ba`zilarning tallomi esa 40m. gacha kattalikda bo`lishi mumkin.
Tuban o`simliklar quyidagi bo`limlarga bo`linadi:
Bakteriyalar (Vasteriophyta)
Ko`k - Yashil suvo`tlar (Suanophua)
Yashil suvo`tlar (Shlorophyta)
Sariq - Yashil suvo`tlar (Xanthophyta)
Xara suvo`tlar (Sharophyta)
Pirrofit suvo`tlar (Rurrophyta)
Tillarang suvo`tlar (Shrysopphyta)
Diatom suvo`tlar (Vasillariophyta) (Diatomophyta)
Qo`ngir suvo`tlar (Rhaeophyta)
Qizil suvo`tlar (Khodophyta)
11. Miksomitsetlar yoki shilimshiqlar (Myxophyta)
12. Zamburug`lar (Mucorhyta, Funge, Muocota)
13. Lishayniklar (Lechenes)
Tuban o`simliklardan suv o`tlarida xlorofill bo`lib, shunga ko`ra ular yorug`likda CO2 karbonat angidridni o`zlashtirib mustaqil ravishda oziqlanadi.
Tuban o`simliklarning - bakteriyalar, miksomitsetlar va zambrug`lar bo`limi vakillarida xlorofil bo`lmaydi, ular fotosintez qilish xususiyatiga ega emas, ular saprofit yoki parazit holida tayyor organik modda hisobiga yashaydi.
Tuban o`simliklar kelib chiqishi jihatidan sodda tuzilgan organizmlar bo`lib, ularning tanasi organ (ildiz, poya, barg) larga ajralmagan va haqiqiy to`qimalari bo`lmaydi yoki to`qimaga o`xshash tuzilmalari bo`lgan taqdirda ham (masalan, ko`pchilik qo`ng`ir, qizil suvotlarida) ular kelib chiqishi jihatidan haqiqiy hisoblanmaydi. Chunki ular yuksak o`simliklarnikiga o`xshash maxsus hosil qiluvchi to`qimaning mahsuloti bo`lmasdan, tarkibidagi deyarli barcha hujayralarning bo`linib ko`payishidan yuzaga keladi. Shuning uchun ham ular soxta to `qima hisoblanadi. Ularning tanasi qattana yoki tallom deb ataladi. Hozir 200 mingdan ortiq turi aniqlangan (ko`pi suvda). Shundan 3000 dan ortiq tur va shakillari O`zbekistonda tarqalgan.
Yuksak o`simliklar barg, poyali o`simliklar yoki kormofitlar deb ataladi. Yuksak o`simliklar maxsus, ma`lum vazifalarni ba-jarishga moslashgan turlb to`qimalarga (o`tkazuvchi, mexanik, hosil qiluvchi va boshqalar) va haqiqiy ildiz, poyalarga ega.
Yuksak o`simliklar quyidagi bo`limlarga bo`linadi.
Moxlar bo`limi;
Rinofitlar (psilofitlar) bo`limi (Rhyniorhyta)
Plaunlar bo`limi (Lycopodiophyta)
Qirqbo`g`imlilar bo`limi (Euisetophyta)
Poporotniklar yoki qirqquloqlar bo`limi (Rteriophyta)
Ochiq urug`lilar yoki qarag`aylar bo`limi (Sumnospermfs, Rinophyta)
Gulli o`simliklar yoki magnoliofitlar bo`limi (Anthophyta yoki Magnoliophyta).
Do'stlaringiz bilan baham: |