III MUSTAQIL TA`LIM MASHG`ULOTLARI MAVZULARI
IV
|
GLOSSARIY
|
|
V
|
ILOVALAR
|
|
1
|
Fan dasturi
|
|
2
|
Ishchi fan dasturi
|
|
3
|
Testlar, savollar
|
|
VI
|
BOTANIKA FANIDAN BAHOLASH MEZONI
|
|
IX
|
O`QUV USLUBIY MAJMUANING ELEKTRON VARIANTI
|
|
1 Mavzu: O`simliklar sistеmatikasining maqsad va vazifalari, tariхi. Tuban va yuksak o`simliklar. Viruslar, baktеriyalar va ularning hujayra tuzilishi, ko`payishi klassifikasiyasi. Ko`k – yashil suvo`tlar bo`limi.
Reja:
O`simliklar sistеmatikasining maqsad va vazifalari, rivojlanish tariхi.
Tuban va yuksak o`simliklar haqida umumiy tushuncha.
Viruslar, baktеriyalar va ularning hujayra tuzilishi, ko`payishi.
Ko`k – yashil (sian) suvo`tlari — Cyanophycophyta bo`limiga umumiy tavsif.
Tayanch so`zlar: sitematika, taksonomik birlik, tuban o`simliklar, K. Linney, geterotrof.
O`simliklar sistеmatikasining maqsad va vazifalari, rivojlanish tariхi. O`simliklar olami juda ham xilma-xil bo`lib, o`ziga xos belgalarga, xususiyatlarga ega. Har xil o`simliklarni muayyan guruhlarga birlashtirish va ular o`rtasidagi farqlarni aniqlashga xizmat qiluvchi belgilar sistematik belgilar deb ataladi.
O`simliklar sistematikasi o`simliklarning anatomik, morfologik va embriologik belgilari jihatdan bir-biriga o`xshash bo`lgan sistematik guruhlarini ta`riflaydi va ularning qarindoshligi hamda kelib chiqish tarixiga qarab ma`lum sistemaga soladi.
O`simliklar sistematikasining vazifasi yer sharidagi hamma o`simliklarni ta`riflash va ayrim turlar hamda turlar guruhining qarindoshligini evalyutsiya asosida aniqlashdan iboratdir.
O`simliklar sistematikasi 500 mingga yaqin turdan iborat bo`lgan o`simliklar dunyosini biror qarindoshlik belgilari bilan xarakterlanuvchi alohida guruhlarga bo`ladi.
O`simliklar sistematikasi o`simlik turlarining xilma- xilligini va buning sabablarini o`rganadi.
Uning vazifasi quyidagicha.
1. O`simliklarni klassifikaciya qilish va uning rivojlanish tarixini o`rganish.
2. O`simliklarni o`rganishda turli uslublardan foydalanish.
Hozirgi zamon o`simlilkar sistematikasi filogentik sistema asosida tuzilgan. Bu sistema o`simliklar morfogenezi, ichki tuzilishi, individual taraqqiyoti, fiziologik va bioximik xususiyatlari, geografik tarqalishi hamda tashqi muhit bilan o`zaro munosabatlariga asoslanadi.
Hozirgi zamon sistematikasi o`simliklarni puxta o`rganish uchun, quyidagi usullardan foydalanadi.
O`simlilkarni paydo bo`lishini solishtirish solishtirma- morfologik usul.
Individual rivojlanishini o`rganish ontogenetik usul.
O`tgan geologik davrlarda o`sgan o`simliklar to`g`risidagi ma`lumotlarni yig`ish (paleobotanik usul)
O`simlik organizmlarining anotomik tuzilishini o`rganish (anotomik usul).
5.Har bir o`simlikning tarqalish xududini o`rganish (geograf usul).
Bulardan tashqari sistematika fani yana bir qancha boshqa yordamchi usullardan foydalandi. Botanika va agronomiya fani bir umumiy ob`ektni o`rganadi va ularni ish uslublari hamda rivojlanish tarixi o`zaro chambarchas bog`liqdir.
Botanika hamma o`simliklarni turli- tumanligini, tuzilishi va rivojlanish qonuniyatlarini, agronomiya esa- madaniy o`simlilkarni etishtirishni o`rganadi. Botanika asosida agronomiya fani vujudga kelgan. Har ikki fanning maqsadi bitta, u ham bo`lsa o`simliklardan foydalangan holda insonlarning ularga bo`lgan extiyojini to`laroq qondirishdir.
Yaylov va pichanzor o`simliklarini o`rganishda, agromeliorativ ishlarni tashkil qilishda agronom botanik sifatida, botanik esa agronom sifatida ish yuritadi. Shuning uchun ham agronom va botanik o`rtasida keskin chegara bo`lishi mumkin emas.
Yuqoridagi usullarda o`rganilgan o`simliklar turli guruhlarga bo`linadi, shu guruhlar taksanomik birliklar yoki sistematik birliklar deyiladi.
Hozir sistematikada 6 ta taksanomik birlik keng qo`llaniladi:
Bo`lim - Divisio, sinf - Ceassis, tartib - Ordo, oila-Familia, avlod - Genus, tur - Species.
O`simliklar olamini xilma-xilliklarini klassifikaciyalashga urinish eramizdan avvalgi asrdayoq boshlangan. Teofrast eramizdan avvalgi uchunchi asrda o`simliklarni daraxt, buta, butacha, o`tlarga hamda botqoq o`simliklari, ko`l o`simlilkari va hokazolarga ajratgan edi. O`rta asrlarda ham o`simliklar sistematikasi yaratilagan, bunda o`simliklar olamini guruhlarga bo`lishda ular mevasini shakli, urug`ini joylanishi yoki gullarni bor yo`qligi va hokazo kabi belgilar asos qilib olingan edi. Bunday sistemalar sun`iy sistema deb atalgan, chunki ular o`simliklarni tasodifiy belgilariga asoslangan bo`lib, ularni qarindoshlik belgilarini yoki o`simliklar ayrim gruxlari orasidagi farqni amalda ko`rsatib bera olmagan.
O`simliklar sistemalarini yaratish ustida qilingan ilk urinishlardan eng muhimi (1583 y) italyan botanigi Sezalpin sistemasidir. Uning asosiy xizmati shundaki, u o`z klassifikatsiyasiga o`simlikning o`zi uchun muhim bo`lgan belgilarini asos qilib olish kerakligini angladi va o`z sistemasini tuzishda ko`payish organlarining belgilarini asos qilib oladi.
O`simliklar sistemalarini yaratishga qaratilgan, XVI-XVIII asrlardagi botaniklarning ishlari shved tabiatshunosi K. Linneyning (1707-1778 ) asarlarida o`z nihoyasini topdi. U 1738yilda “O`simliklarni sinfi” degan (1.1. rasm) asarini yozib unda asosiy sistematika belgisi sifatida ko`payish organi, aniqrog`i - androtseyning tuzilishini tanlab oladi va hamma o`simlik turlarini 24 ta sinfga ( changchilar soni va bir - biriga nisbatan qanday joylashganligiga asosan).bo`ladi.
Linney o`simliklar olamini muayyan sinflarga bo`lishda guldagi otaliklarning soni va ularning birikib o`sish usullarini asos qilib oladi va bu bilan o`simliklar klassifikaciyasini birmuncha sodda va qulay sistemasini yaratadi. O`simliklar olamini turli tumanligini hozirgi zamon sistematikasi ikkita katta bo`limga: tuban yoki tallomli va yuksak yoki barg poyali o`simliklarga bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |