kskursiyaning maqsadi: Tabiiy va sun’iy ekosistemalar, ularda boradigan jarayonlar bilan tanishish orqali o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tabiiy jamoalarda boradigan jarayonlar, tabiiy va sun’iy ekosistemalar haqidagi bilimlari, mantiqiy fikr yuritish, tabiatda o’zini tutish va kuzatish ko’nikmalarini rivojlantirish, turlarning xilma-xilligi va organizmlarning muhitga moslashganligiga oid bilimlarini mustahkamlash, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish, ekologik tarbiya berish.
Xulosa.
Biologik ta’lim mazmunining ikkinchi tarkibiy qismini faoliyat usullari, ya’ni ko’nikma va malakalar tashkil etadi.
Ko’nikma – biror faoliyatni o’zlashtirilgan usuli, malaka esa, mazkur ko’nikmaning avtomatlashgan ko’rinishi sanaladi.
Biologiya o’qituvchisi o’quv dasturidan o’rin olgan biologik ko’nikma va malakalarni aniq bilishi, o’quvchilarda tarkib toptirish bosqichlarini chuqur anglagan bo’lishi kerak.
O’quvchilar tomonidan ko’nikmalar quyidagi bosqichlar yordamida o’zlashtiriladi:
Ko’nikma tarkibiga kiradigan ish usullarini aniqlash;
Ko’nikma tarkibiga kiradigan ish usullarini bajarish;
Bu ish usullarini takroran bajarish;
Amalda qo’llash;
Natijalarni tekshirish.
Biologiyani o’quv dasturidan o’rin olgan ko’nikmalarni umumiy holatda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Morfologik ko’nikmalar – organlar shakli va tuzilishini ajrata olish;
Anatomik ko’nikmalar – hujayra organoidlarining tuzilishi va funktsiyasini aniqlash, kattalashtiruvchi asboblar bilan ishlash, mikropreparatlar tayyorlay olish;
Fiziologik ko’nikmalar – tirik organizmlarda sodir bo’ladigan hayotiy jarayonlarni o’rganishga oid oddiy tajribalar o’tkazish, kuzatishlar olib borish;
Sistematik ko’nikmalar – sistematik guruh belgilari va xususiyatlarini aniqlay olish;
Ekologik ko’nikmalar – organizmlarning yashash muhitiga moslashish shakllarini aniqlash, ekologik sistemalardagi oziq zanjirining tarkibiy qismlarini aniqlash;
Osteologik ko’nikmalar – tayanch-harakatlanish organlarining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash, tuzilishi va funktsiyasini belgilash;
Ushbu ko’nikmalar barcha o’quv fanlari uchun taaluqli bo’lib, har bir o’quv fani uchun o’quvchilarda tarkib toptiriladigan ko’nikmalar o’quv dasturida belgilangan va DTS bilan me’yorlangan.
Jumladan, «Botanika» o’quv fanini o’qitish davomida o’quvchilar quyidagi malakalarga ega bo’lishi kerakligi belgilangan:
Gulli o’simliklarni taniy bilishi va uni aniqlashi;
O’simliklarning oziqlanishi, nafas olishi, o’sish jarayonlarini aniqlash maqsadida kuzatish va oddiy tajribalar o’tkazishi;
Erni yumshatish, sug’orish, chopiq qilish, ko’chatlarni ko’chirib o’tkazish, o’g’itlash;
Tabiatda o’simliklar dunyosidagi mavzusiy o’zgarishlarni kuzatish va kuzatish natijalarini rasmiylashtirish;
Kattalashtirib ko’rsatadigan asbob va mikroskoplardan foydalanish;
Mikropreparatlar tayyorlash va ularni mikroskopda ko’rish;
O’simliklarni parvarish qilishni bilishi, maktab va yashash joyini ko’qalamzorlashtirishda qatnashishi, xona o’simliklarni tanishi;
Vegetativ ko’paytiriladigan o’simliklardan qalamcha tayyorlash va qalamchadan ko’paytirish, payvandlash;
Tabiatda o’zini tutish qoidalariga rioya qilish;
Darslikdagi matn va rasmlar bilan ishlashni uddalay olish;
Mahalliy sharoitda o’sadigan eng asosiy ekinlar va o’rganilgan oilalar turlarining eng muhim belgilarini aniqlash, taniy olish;
Aniqlagichdan foydalanib o’simliklarning turlari aniqlay olish;
Maktab oldi o’quv-tajriba yer maydonida ishlashi (hosilni yig’ib olishi, ko’p yillik o’simliklarni parvarish qilishi), o’simliklarning biologiyasiga doir bilimlardan ekinlarni parvarish qilishda qo’llay olishi;
Darslik mundarijasi yordamida mo’ljal olishni bilishi, matn va rasm bilan ishlay olishi, paragraf va mavzuning asosiy mazmunini farqlay olishi, savollarga javob bera olishi; Biologik atamalar lug’ati bilan ishlay olishi kerak.
Yuqorida qayd etilgan ko’nikmalar ichida nafaqat biologik ko’nikmalar, balki o’quv, amaliy va mehnat ko’nikmalar ham o’rin olganligini ko’rish mumkin.
«Zoologiya» o’quv fanini o’qitish davomida o’quvchilar quyidagi malakalarga ega bo’lishi kerakligi belgilangan:
Noyob yo’qolib borayotgan hayvon turlarini bilishi, muhofaza qilish tadbirlarini o’tkazishi;
Eng muhim sistematik belgilar asosida mahalliy sharoitda tarqalgan hayvon tiplari va sinflari hamda ularga mansub asosiy turlarni bilishi va aniqlagich yordamida aniqlashi;
Hayvonlarni parvarish qilish va ular ustida kuzatish olib borish;
O’rganilgan hayvonlardan kollektsiyalar tayyorlash, kollektsiya va rasmlar yordamida o’rganilgan hayvonlarni tabiatda tanib olish;
Darslik mundarijasi yordamida mo’ljal olishni bilishi, matn va rasm bilan ishlay olishi, paragraf va mavzuning asosiy mazmunini farqlay olishi, savollarga javob bera olishi;
Biologik atamalar lug’ati bilan ishlay olishi kerak.
«Odam va uning salomatligi» o’quv fanini o’qitish davomida o’quvchilar quyidagi malakalarga ega bo’lishi kerakligi belgilangan:
Odam organizmidagi organlar sistemasi va organlarni taniy olish;
Organlarning tuzilishi va funktsiyalarining o’zaro bog’liqligini tushuntira olish;
Jismoniy tarbiya, sport va mehnatning inson organizmiga ko’rsatgan ijobiy ta’sirini bilishi;
Qad-qomat o’zgarishi, yassioyoqlilikning rivojlanish sabablarini tushuntira olish;
SHaxsiy gigiena qoidalari, mehnat va dam olish rejimiga rioya qilish, ratsional ovqatlanish qoidalarini bilishi;
CHekish, spirtli ichimliklar ichish va narkotik moddalarni iste’mol qilish zararini tushuntira olishi;
Mikroskopdan foydalana olish;
Har xil yuklamalarning muskullar ishiga ta’sirini aniqlash, pulьsni sanash, o’z organizmi ustida mustaqil kuzatishlar olib borish;
Qon ketganda va boshqa shikastlanishlarda birinchi yordam ko’rsata olish;
Paragraf rejasini tuza olish;
Darslik matni va rasmlar bilan ishlay olishi, mavzuning asosiy mazmunini farqlay olish, qisqacha axborot tayyorlay olish malakasini egallagan bo’lishi kerak.
«Biologiya» o’quv fanini o’qitish davomida o’quvchilar quyidagi malakalarga ega bo’lishi kerakligi belgilangan:
Vaqtincha preparatlar tayyorlash, ularni hamda doimiy preparatlarni mikroskop orqali ko’rish;
Hujayraning asosiy komponentlarini aniqlay olish;
Eng oddiy tsitologik tajribalar o’tkaza olish, moddalar aylanishi sxemasini tuzish;
Hujayraning mitoz va meyoz bo’linishidagi tavofutlarni, bosqichlarini, murtak varaqalarini farqlay olish ko’nikmasiga ega bo’lishlari;
Genetikadan masalalar yechish, modifikatsion va mutatsion o’zgaruvchanlikni farqlay olishi, variatsion qator tuzish, modifikatsion o’zgaruvchanlikni statistik usullar yordamida aniqlash;
O’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar selektsiyasi metodlarini;
Genetika nuqtai nazardan chekishning, alkogol va boshqa narkotik moddalar iste’mol qilishning zararini asoslab berishlari kerak.
O’qituvchi har bir darsga puxta tayyorgarlik ko’rishi, mavzu mazmunidagi biologik, o’quv, amaliy va mehnat ko’nikmalarini aniqlashi, ularni o’quvchilarda tarkib toptirish bosqichlariga amal qilgan holda dars, darsdan tashqari ishlarda oshirishi, erishilgan natijalarni tahlil qilishi, o’quvchilarning ko’nikmalarni egallash jarayonidagi tipik xatoliklarni aniqlashi, unga barham berish choralarini qo’llashi lozim
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Ochilov М. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi: Nasaf, 2000.
2. Sayidaxmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Toshkent: Moliya, 2003.
3. Tolipova J.O., G'ofurov A.T.. Biologiya ta’limi texnologiyalari. - Т.: O'qituvchi, 2002.
4. Tolipova J.O.,. G'ofurov A.T. Biologiya o'qitish metodikasi. Pedagogika oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darslik. - T.:, Moliya-iqtisod, 2007.
5. Tolipova J.O., G'ofurov A.T. Biologiya o'qitish metodikasi. O'quv-metodik qo'llanma. - Т.: «Bilim» 2004.
6. Azimov va boshqalar. Biologiya. Metodik qo'llanma. - T.:, Abu Ali ibn Sino nomidagi Tibbiyot nashriyoti. 2002.
Do'stlaringiz bilan baham: |