3-mavzu. Ekosistemalar, ularning tarkibi va strukturasi reja



Download 132 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi132 Kb.
#257247
Bog'liq
3-ma`ruza


3-MAVZU. EKOSISTEMALAR, ULARNING TARKIBI VA STRUKTURASI
R E J A :

  1. Populyatsiya va biotsenoz tushunchasi. Organik moddalarning paydo bo’lishi va parchalanishi.

  2. Fotosintez jarayoni. Antropogen ekosistemalar.

  3. Ekologik qonuniyatlar. Tabiatdagi moddalarning aylanma harakati.


Tayanch suz va iboralar:

Ekologik valentlik, ifloslanish, xarorat, namlik, yorug‘lik, optimum va pessimum, moddallar almashuvi, modda aylanish almashuvi.

Ekologik tizimlarning hajmi va chegaralanishi. Ekologik indikatorlar.

Ekotop. Ekologik tizimlarning ichki pog‘onalari: Biotsenoz, landshaft, biom, quriqlik va okeanning ekologik tizimlari, biosfyera.

Biogeotsenoz, ekotop, fotosintez, produtsentla, konsumentlar, ruditsenlar.
Ekologik tizimlar fazoda hamda vaqt oralig‘ida etarli darajada aniq cheklanadilar. Yyer yuzida, sayyoraning asosiy muhit toifalariga (havo, suv, tuproq) muvofiq ravishda tegishli ekologik tizim toifalari mavjud. Bu ekotizimlardagi u yoki bu muhit turi organizmlar uchun yashash joyi bo‘lib hizmat qiladi (quriqlikdagi yoki havo-tuproq ekologik tizimlari, suv ekotizimlari - jahon okeanida va kontenental suv havzalarida, tuproq ekotizimlari - tuproqning yuqori qatlamlaridan). Rus olimi V.N.Sukachevning biogeotsenoz ta’limiga ko‘ra, ayni tushuncha yyerning faqat ma’lum geografik zonalari uchun hos bo‘lgan geografik alohidalashgan o‘simlik va hayvon guruhlarining hamjamiyatlarini o‘z tarkibida mujassamlashtiradi. Biogeotsenozga - (a,b- ekotizimlar - keng maydondagi ancha yirikroq, kengroq tashkillangan tizimlar tushunchasini ko‘zda tutadi; ularning tarkibida vaqt jihatidan uzoqroq muddatlarda shakllanadigan, rivojlanadigan va doimo harakatda bo‘lgan ko‘pchilik biogeotsenozlar mavjud (masalan, - o‘rmon, tog‘, cho‘l va shularga o‘xshash qator quruqlikdagi hamjamiyatlar). Biotsenozning shakllanishida, albatta ekotopning, ma’lum toifadagi hududda yashovchi o‘simlik va hayvon hamjamiyatlarining mavjud bo‘lishi - eng asosiy shartdir.

Ekotizimning holati hakida unda yashovchi ekologik indekatorlar - hamjamiyatdagi hayotiy muhitning qulayligi, yoki ekosistemaning tang holatda ekanligidan darak byeruvchi ma’lum turlarga mansub organizmlar yig‘indilari, o‘zgarishlarga qarab hulosa chiqarish mumkin. Masalan, hironomidlar (chivin kabi hashoratlar)ning lichinkalari daryo, ko‘l, kanal va boshqa suv havzalarida ko‘plab miqdorlarda uchrashiga qarab, ayni havzalarda antropogen ifloslanish jarayoni sodir bo‘layotganidan dalolat byeradi; ko‘l balchig‘i tarkibida ko‘p sonli sulpfat baktyerialarining uchrash holati esa - havzaning tajribali qarishi jarayoni sodir bo‘layotganligining isbotidir; tog‘larning faqat ekologik jihatdan toza, nihoyatda sof havoga boy bo‘lgan yerlardagina yoz oylari davomida bamisoli rangi hilma-hil bulut singari juda ham ko‘plab ming sonli kapalaklar uchib yuradi.

Biotsenoz va ekotopdan keyingi murakkabroq hamjamiyatlar bosqichi - landshaft deb nomlanadigan ya’ni yer yoki suv tubi yuzasining sifat belgilari bilan boshqa shunga o‘xshash joylardan ajralib turadigan (tekkis, notekkis, qirqilgan va shular kabi), geografik jihatdan alohidalashgan (tog‘li, tekkislik, past tekkislik, cho‘l, sahro va boshqalar) ekotizimning toifasi ma’lum. Ekotizimlarning, hayotiy muhit turi bo‘yicha bir-biridan alohidalanishiga qaramay, uchala toifa (yer-havo, tuproq va suv)dagi ekotizimlarning hammasi bir-biri bilan aloqador, boshqacha qilib aytganda ulardagi aloqalar ma’lum zonalar orqali amalga oshiriladi. Masalan, okean ekotizimi bilan yer ustki ekotizim ning o‘zaro ta’sir qilish joyi - litaralp zonasi, ya’ni suv bilan qirg‘oqning chegara qismida yuqorida ta’kidlangan ekotizimlarning modda (mahsulot) va enyergiya (quvvat) almashinuvi jarayoni sodir bo‘ladi.

Umuman butun Yer sayyorasiningg hususiy belgisi - quruqlik va okeanning o‘zaro doimiy moddalar va quvvat almashinuvidadir; pirovardida quruqlik ekotizimi bilan jahon okeanining biomi tashkil qilishi, umuman olganda esa barcha toifadagi asosiy ekotizimlarning birlashuvi - yagona global ekologik tizimni - biosfyerani hosil qiladi.

Tiriklikning Yer yuzidagi barcha hayotiy jarayonlariga ta’sir ko‘rsatishi hakidagi rioya mashhur rus olimi V.V.Dokuchaevning tuproq hosil bo‘lishi hakidagi ta’limotida XX asrning boshida birinchi bor ilmiy jihatdan asoslangan edi. Asrimizning 20 - yillari esa ulug‘ rus olimi V.I Vyernadskiy o‘zining biosfyera Yerning yagona global, dunyoviy tizimi ekanligi haqidagi ilmiy g‘oyasini birinchi bor ishlab chiqdi. V.I. Vyernadskiyning biosfyera haqidagi ta’lim otining mohiyati , butun sayyorada sodir bo‘layotgan geologik - kimyoviy va enyergetik o‘zgarishlarga tirik organizmlarning ta’sir ko‘rsatishidadir va bunday taqlid biosfyeraning hozirgi zamon taraqqiyoti jarayonining buyuk bashorati bo‘lib chiqdi. Bunda buyuk olim Yer sayyorasi po‘stlog‘i o‘zgartirishda tirik jonivorlarning geologik jihatdan ta’sir ko‘rsatishini alohida ta’kidlagan edi. V.I.Vyernadskiy Yer sayyorasining hayot jarayoni mavjud, yoki o‘tmishda mavjud bo‘lgan, hamda tirik organizmlar ta’siri ostidagi, yoxud ilgari tirik jonivorlar ta’sir ko‘rsatgan qismi biosfyera deb ataladi. Sayyoradagi barcha tirik organizmlarning yig‘indisi akademik Vyernadskiy talqin qilishi bo‘yicha tirik modda deb ataladi; agarda ma’lum moddalarni hosil qilish jarayonida tirik organizmlar qatnashmaydigan bo‘lsa bunday moddalarning umumiy yig‘indisi notirik modda deb ataladi. Hayotiy jarayonlar orqali hosil bo‘layotgan va ishlanayotgan, to‘g‘rirog‘i yirik jonivorlar yig‘indilari tomonidan o‘zgartirilmayotgan, favqulotda qudratli yashirinch quvvat manba’lari bo‘lgan moddalarning nomi - biogen moddalar (toshko‘mir, bitumlar, ohaktosh, neft, azot, fosfor, kaliy va boshqalar) bir vaqtning o‘zida ham tirik organizmlar, ham notirik modda tomonidan hosil qilinayotgan moddalar (tuproqlar, shamol nurashiga uchrayotgan Yer po‘stlog‘i, barcha tabiiy suvlar) bionotirik modda deb ataladi. SHunday qilib, biosfyera - tirik modda ta’siri ostidagi, moddalarning global aylanishi jarayonini boshqarib turayotgan Yerning eng yirik ekologik tizimidir. Hozirgi zamona haet Yer po‘stlog‘ining yuqori qismida litosfyerada, havo qobig‘ining yer oldi qismida - atmosfyerada, hamda yerning suv qobig‘i gidrosfyerada tarqalgan. YUqorida qayd qilingann hayotiy muhitlarning har biriga organizmlarning tarqalib kirishi turli darajada sodir bo‘ladi.

Masalan, Yer po‘stlog‘iga baktyeriyalar tarqalib kirishining chuqurligi 4 km.ga teng; 2-2,5 km. chuqurligida neft konlari ichida, ularning soni ancha ko‘p; tuproqning organizmlar yashaydigan asosiy qismi - uning yuqori (1,5-2,0 m chuqurlikkacha bo‘lgan) qatlami. Okeandagi hayot katta chuqurliklargacha tarqalgan va hatto 10-11 km. chuqurlikdagi okean botiqlarida ham uchraydi. Okean tubida asta-sekin to‘planib o‘sayotgan, kelib chiqishi jihatidan tirik jonivorlarning o‘limtiklari bo‘lgan ulkan cho‘kma qatlamlari ham biosfyeraning katta bir qismidir. Yer po‘stlog‘ida sodir bo‘layotgan dinamik jarayonlar, uning bag‘riga cho‘kma jinslarini tartib, yuqori bosim va harorat ta’siri ostida ularni o‘zgartiradilar - cho‘kma jinslaridan o‘zgarish yo‘li bilan hosil bo‘lgan Yer po‘stlog‘ining jinslari ham hayot hosilalaridir. Atmosfyeradagi hayot tarqalishining yuqori chegarasi - Quyosh ulp0trabinafsha radiatsiyasining balandligi bilan o‘sib boradigan, Yer yuzidan 25-27 km. balandlikda Quyoshdan kelayotgan ulptrabinafsha nurlanishining eng ko‘p qismini bu yerda joylashgan ozon gazining yuqqa qatlami - ozon ekrani yutadi. Ozon qatlami ustidan yuqoriroq ko‘tarilayotgan barcha tirik jonzotlar halokatga uchraydi. Yer yuzining ustki atmosfyera qismi havoda faol yoki sust usullar yordamida harakatlanuvchi hilma-hil organizmlar bilan to‘yingan. Batyeriya va zamburug‘larning sporalari 20-22 km.gacha balandliklarda uchraydi, lekin ayeroplanktonning (havoda suzib yuruvchi mayda mikroskopik jonzotlar) asosiy qismi havoning 1-1,5 km. balandliklarda jonlashgan. Tog‘larda yer ustki hayot tarqalishining yuqori chegarasi dengiz sathidan tahminan 6 km. balandlikda joylashgan. Atmosfyeradagi hayot (ayeroplankton) tarqalishining yuqori (ozon ekranigacha) va quyi (yer ustki havo qatlamidagi) chegaralar oraligi eol zonasi (havo zonasi) deb ataladi. Havo oqimlarining eng ko‘p harakatlanishi va mazkur oqimlar bilan birgalikda ko‘plab ayeroplankton jonivorlarining fazoda doimo sayr qilishi bu zona uchun xos belgidir. Atmosfyeraning yer ustki qatlamlarida havo ko‘proq qiziydi, ammo xuddi shu yerning o‘zidayok havo haroratining darajalari ko‘p va tez-tez o‘zgarib turadi. Yer oldi havo qatlamlariga nisbatan yuqori balandlikdagi havo qatlamlarining harorat darajalari tuzimi o‘zining doimiyligi, turg‘unligi bilan farqlanadi, - 10 ming metr balandlikda havoning harorati qishda ham yozda ham doimo - 45°S - 50°S darajalarni tashkil qiladi.

Havoning yuqori balandliklaridagi qatlamlarida sodir bo‘ladigan havo oqimlarining doimiy ko‘chishi jarayoni mazkur qatlamlarni biroz bo‘lsa ham isishiga yo‘l qo‘ymaydi va ularning harorat tizimini bir hilda saqlaydi. Atmosfyeraning yuqori balandlikdagi qatlamlariga transport va sanoat tashlamalaridagi zararli moddalar zarrachalarining kirib borishi, ayeroplanton hayotiga jiddiy havf tug‘diradi, buning oqibatida esa bu Yerdagi modda almashinuvi jarayonlariga katta yordam ko‘rsatayotgan havo ekologik tizimining butun bir bug‘imi tamoman yo‘qolib ketishi mumkin.

YUqorida ekologik omillarning organizm hayotida va cheklovchi ya’ni organizm hayotini cheklaydigan omillar guruhi ahamiyati xususida fikr yuritilgan Eol zonasida yashovchi jonivorlar misolida biz havoni to‘liq ishonch bilan cheklovchi omillardan biri deb atashimiz mumkin.

YUqorida ekologik omillarning organizm hayotida va cheklovchi, ya’ni organizm hayotini cheklaydigan omillar guruxi ahamiyati hususida fikr yuritilgan edi. Eol zonasida yashovchi jonivorlar misolida biz havoni to‘liq ishonch bilan cheklovchi omillardan biri deb atashimiz mumkin.

Navbatdagi cheklovchi omil sifatida havo zichligini ko‘rsatishimiz mumkin - yuqori balandlikda paydo bo‘ladigan havoning past bosimi ayeroplankton tarkibidagi mayda mikroskopik jonivorlar tanasining alohida, o‘ziga hos tuzilishiga va harakatlanish usuliga aniqlovchi ta’sir ko‘rsatadi. Havoda gazlari tarkibining ahamiyati ham kam emas, - bu tarkib ba’zan atmosfyerada mavjud organizmlar hayotini ancha cheklab qo‘yishi ham mumkin. Masalan, karbonat angidridi va boshqa zaharli moddalarning havo muhitida paydo bo‘lishi oqibatda mikroorganizmlar halokatiga olib keladi.

Havo harakati, to‘g‘rirog‘i yuqori havo qatlamlari haroratining doimiyligi ham ayeroklankton hayot kechirishi jarayonini cheklovchi omilidir, atmosfyeraning quyi qatlamlarida harorat darajalarining farqi mazkur jonivorlar guruxi uchun noqulay bo‘ladi.

Produksent organizmlar organik moddani sintez qilishi jarayonida Quyoshdan olayotgan quvvatni mazkur moddaning kimyoviy bog‘lanishlarida jamg‘arish tezligi ekologik tizimlarning mahsuldorligini aniqlaydi. O‘simlik organizmlari tomonidan ma’lum vaqt borligi davomida yaratilgan organik mahsulot hamjamiyatning birlamchi mahsuloti deb ataladi va ho‘l yoki quruq o‘simliklar massasi (vazni), yohud joullar qiymatiga teng enyergetik birliklarida ifodalanadi.

YAlpi birlamchi mahsulot deb, o‘simliklar tomonidan ma’lum vaqt birligi mobaynida mavsum, yil, bir necha yil) fotosintezning mazkur tezligida yaratilgan moddaning miqdoriga ataladi. O‘simliklarning hayotiy faoliyatining extiyojlari uchun ( nafas olish, modda almashinuvi va boshqa jarayonlar uchun) mahsulot moddasining (ba’zan juda ham) katta miqdorini (masalan, o‘rmonlar mahsulotining 40 dan 70 foizgacha) sarflaydi, yaratilgan organik mahsulotning qolgan qismi esa o‘simliklarning o‘sib ko‘paygan qismi ko‘rinishida sof birlamchi mahsulotni, ya’ni konsumentlar va redutsentlar uchun quvvat zahirasini tashkil qiladi. Huddi shunga o‘xshash konsument jonivorlar tana vaznining ma’lum vaqt birligi ichida o‘sib ko‘payishi, organizmlar hamjamiyatining ikkilamchi mahsuloti deb ataladi. Bu ko‘rsatgich har bir oziqlanish darajasi uchun alohida hisoblab chiqiladi, - har bir ozuqani iste’mol qilish darajasidagi organizm tana vaznining o‘sib ko‘payishi dastlabki oziqlanish darajasidan etib kelgan quvvat hisobiga amalga oshadi.

Ekologik hamjamiyatlarning birlamchi mahsulotining hisobiga yashovchi genyerotrof organizmlar iste’mol qilayotgan mahsulot har hil darajada sarflanadi.

Agarda oziqlanish zanjirlarida birlamchi mahsulotni sarflash tezligi o‘simliklarning o‘sish sur’atlaridan sustroq bo‘lsa, bu holat produtsentlar biomassasining (tirik vaznining), ya’ni odatda shunga teng qiymatli enyergetik birliklarda ifodalanadigan mazkur guruhdagi, yoki butun hamjamiyatga mansub organizmlarning jami organizmlar umumiy vazni yig‘indisining bosqichma-bosqich o‘sib borishiga olib keladi.

SHunday yo‘sinda biotik (tiriklik) aylanish doirasida biogen moddalarning aylanish tezligiga qarab, ularning mazkur doiradagi qatnashish darajasi aniqlanadi. YA’ni produtsentlar orasida ham, konsumentlar orasida ham tirik moddani yaratishda qatnashadigan karbon (uglyerod), azot, fosfor, kaliy va bir qator boshqa hayot uchun muhim bo‘lgan kimyoviy elementlarning mazkur biotik aylanish doirasidagi ishtirokiga bog‘likdir.

Masalan: parchalanish zanjirlardagi qaytish tizimida etarli miqdorda mahsulot hosil qilinmasa, buning oqibatida ayni tizim ichida o‘lik organik moddaning to‘planib qolishi jarayoni sodir bo‘ladi (botqoqlarning tariflanishi, sayoz suv havzalarining ko‘llab qolishi va boshqa suv o‘simliklar bosib ketishi va boshqa holatlar).

Ohirgi vaqtda umumiy moddalar almashinuvi jarayonida qatnashmaydigan inson faoliyatida yaratilgan mahsulotlarning paydo bo‘lishi alohida o‘rin egallaydi. Barcha organik moddalar tarkibida uglyerod (karbon) mavjud. Agar anashu uglyerodning ma’lum bir qismi birlamchi mahsulot bo‘lgan yonilg‘i modda (o‘tin) sifatida yoqib ishlatilsa, uglyerodning boshqa bir qismi redutsentlar (parchalantiruvchi baktyeriyalar) yordamida parchalanayotgan organik modda qoldiqlari shaklida yerkin holatga o‘tadi. Bu ham uglyerodni tabiatdagi aylanish jarayoniga olib boradi. Aylanish doirasiga kirib keladigan uglyerodning ortiqcha miqdori ekologik tizimlar tomonidan har doim hazm bo‘lavyermaydi, har qachon va o‘z vaqtida qayta ishlana olmaydi. Bu sharoitda tabiatdagi uglyerod muvozanati buziladi va hozirgi zamon atrof muhitga inson faliyatining ta’sir ko‘rsatayotganligini hisobga olsak mazkur muvozanatning buzilishi turg‘un holatga kirmoqda.


Ekologik omillarning tirik organizmalarga ta’siri etishning umumiy konuniyatlari

Ma’lum sharoitda yashayotgan organizmlarga ta’sir etishi mumkin. Ammo ekologik omillar qanchalik xilma – xil bo‘lmasin, ularning yirik organizmlarga ta’sir etishi xaraktyeri hujayralardan ular umri umumiy bo‘lgan komuyatlar ham mavjud. Organizmning normal rivojlanishi uchun ma’lum darajadagi qulay ekologik omillar majmo‘i talab etiladi. Xar bir omillarning organizmga ta’sir etish kuchi hamda kuy va yuqori ta’sir etish geografik bo‘ladi. Omilning qulay ta’sir etish kuchi optimum zona deb qaraladi yoki optimum deb ataladi. Ekologik omil organizmga haddan tashqari kuchsiz (minimum) va kuchli (maksimum) ta’sir etishni mumkin. SHunday qilib, har qanday ekologik omilning optimum, minimum va maksimum ta’siri bo‘la ekan. Minimum va maksimum chegaralari kritik nuqta deb qaraladi.

Omilning qulay ta’sir etish ya’ni optimum qonunning organizmlarga ta’sirini tushirib olish uchun guza o‘simlikini havo haroratiga bo‘lgan munosabati va uning optimum, minimum va maksimum nuqtalari haqida to‘xtab o‘tamiz. Ma’lumki chigitni o‘sib chiqishi uchun tempyeratura 14 – 16 S bo‘lishi zarur. Bahorda harorat past kelsa, chigitni o‘sib chiqishi kechkadi.
Bizning sharoitda guza nihollari paydo bo‘lgan vaqtda havo bilan tuproq tempyeraturasi sekin – asta ko‘tariladi va odatda normal darajada bo‘ladi. Tempyeratura 380 S dan yuqori bo‘lganda ayniqsa kam – kam bo‘lsa, o‘simlik qizib ketadi. Tempyeratura 1 – 2 0S bo‘lsa, guza nihollarini sovuq uradi. Kuzdagi 3- 4 0S sovuq ham guzani nobud kelishga olib keladi. 14 – 16 0S dan 38 0S gacha o‘sishi uchun qulay undan yuqorisi esa noqulay hisoblanadi. Guza o‘simligi uchun maksimum nuqta 46 – 47 0S deb qarash mumkin. Muhitning biror omiliga keng doirada moslashgan ekologik turlarga qo‘shimchasini qo‘shib nomladi. Tempyeraturaga nisbatan evrityerm stenotyerm namlikka nisbatan evrigidrid, stenogidrid, sho‘rlanishga nisbatan evrigan stenogal, bosimga nisbatan evribot, stenobat guruhlar ajratiladi.

Tashqi muhitning turli omillarga nisbatan ekologik valentdiklar yig‘indisi turning ekologik spektrini tashkil etadi. Masalan: cho‘lda o‘suvchi sho‘raklar tuproqning sho‘rligiga ko‘rg‘onchilik va yuqori tempyeraturaga yashashi moslashgan. Ushbu omillarga moslashish sho‘raklarning ekologik spektrini tashkil etadi. Boshqa turlar tuproq sho‘rlanishiga chidamsiz ekologini ko‘rish mumkin.

Ayrim sho‘rlanish ekologik spektri bir – biriga to‘g‘ri kelmaydi. Xatto har bir – biriga to‘g‘ri kelmaydi. Xatto har xil sharoitda yashayotgan va moslashish xususiyati ham o‘xshash bulganozmi – ko‘pmi miqdorda o‘zining ekologik imkoniyatiga ega bo‘ladi. Izen va sharoitga moslashgan sho‘rlar hisoblanib ulardan birinchisi kurgokchilikka ham yuqori haroratga ham biroz kuchliroq moslashish bilan ochirilib turadi.

Ekologik omillar organizmning turli funksiyalarga ham turlicha ta’sir etildi. Sovuq qonli hayvonlar uchun havo sovuq konli hayvonlar uchun havo tempyeraturasining 40- 45 0S bo‘lishi moda almashinuvi jarayoni tezlashtirishdi, ammo ularning (faoliyati) faolligi ya’ni harakatlanishi susayadi. Bunda ya’ni harakatlanish susayadi. Bunda hayvonlar tilim holatiga o‘tadi. Xayvonlar yilning holatiga o‘tadi. Organizmning normal hayoti uchun ma’lum darjada sharoit talab etiladi. Agar barcha shart – sharoitlar qulay bo‘lib, ulardan biri etarli miqdori bo‘lmasi, uni cheklovni omil deb ataladi. CHeklovchi omil organizmni Ushbu sharoitda yashashi yoki yashay olmasligi belgilab byeradi. YOrug‘lik fizikoviy – nazaridan olganda yorug‘lik manbaidan chiqayotgan elektromagnit to‘lqinlaridan iborat enyergiya turidir. Sayyoramizga quyoshdan keladigan yorug‘lik nuri organizmlar hayotiga muhim rol o‘ynaydi. Odam 40 – 0, 75 mkm to‘lqin uzunligidagi nurlarni ko‘radi. Kiska to‘lqin uzunlikdagi nurlar ultrabinafsha uzun to‘lqin, uzunlikdagilar esa infra qizil nurlar deb ataladi.

YOrug‘lik hayvonlar hayotida muhim rol o‘ynaydi. a) yorug‘lik ko‘pchilik hayvonlar uchun fazoda mo‘ljal olishda yordam byeradi. Asalarilar asalilar ko‘p bo‘yigan joyni bildirish uchun iniga qaytgach uzoq muddat davomida gir aylanib quyosh bilan ozuka – moilashishiga nisbatan mavsum burchak hosil qiladigan holda to‘xtaydi. Kushlar esa uzoq joyga uchib ketayotganda quyoshga qarab mo‘ljal oladi.

Biogeotsenozlar. Uning maxsuldorligi va enyergiya oqimi.

Ma’lumki har xil turdagi organizmlar bir-birlariga va tevarak atorfdagi jonsiz tabiatga har tomonlama moslashgan. Bunday uzviy bog‘lanishlar biogeotsenozlarni tashkil etadi. Bilsenoz biogetsenozning bir qisimdir. Biotetsenoz («Bios» hayot «geo» yer senoz umumiy yoki jamoa) tushunchasini esa rus botanik olimi, akademik V.N. Sukachev taklif etgan.

V.N. Sukachev biogeotsenozga yer yuzasinig mahlum qismidagi yer yuzasining mahlum qisimidagi bir xil tabiiy elementlar komponentlarning yig‘indisi deb qaraydi. Hozirgi vaqtda biogeotsenoz deganda evolyuson jarayonda shakllanadigan fazoviy chegaraga ega bo‘lgan funksional jihatdan organizmlar va obeatik muhit o‘zaro bir – birlari bilan munosabatdagi mahlum enyergetik holati hamda moddalar alshmashinuvi axborot tezligi bilan tasdiqlanovchi tabiiy tizim tushuniladi.

Biogetenozning asosiy kompunentlari atmosfyera tog‘ jinsalri suv o‘simlik va hayvonot dunyosi hisoblanadi. Uning organik dunyosi o‘simliklar, hayvonlar, zamburug‘lar, mikroorgnaizmlar bioteenoz deb ataladi. Muhit esa ekotop deyiladi. Ekotop o‘z navbatida kmelato atmosfyera va edaftop tuproq degan tarkibiy qismlardan iborat.

Biogeotsenozlar har xil o‘lchamda yahni kichik va kata maydonda bo‘lishi mumkin. Botqoqlikdagi do‘nglik o‘rmondangi to‘nka biror hayvon uyasi atrofi akvarium kabilar kichik biogeotsenozlarga misol bo‘lsma, o‘rmon, dasht, cho‘l, o‘tloqlar va boshqa maydonlar yirik biogeotsenozlardir. Anorganik moddalar zahirasi va bajariyotgan ishi jihatidan uch xil ekologik guruhni tashkil etavchi organizmlar bo‘limi zarur. Birinchi guruhga yashil o‘simliklar kiradi. Ular quruqlikdagi har qanday biogeotsenozning asosiy takibi va enyergiya siftida xizmat qiladi. Bunday avtotrof organizmlar Produtsentlar deb atadladi. Produtsentlar assimiliyasiya jarayonida to‘plplangan enyergiyasini boshqa organizmlarga byeruvchilardir.

Fotosintez qiluvchi organizmlar quyosh enyergiyasi ishtirokida organik moddalarni sintez qilib yorug‘lik enyergiyaisni bog‘langan kimyoviy enyergiya sifatida g‘amlaydi.

Ikkinchi guruhga hayvonlar kiradi. Ular o‘simliklar tomonidan to‘plangan organik moddani istehmol qiluvchilar hisoblanadi va konsumentlar deb ataladi.

Tartibdagi konsumentlarga Produtsentlar bilan oziqlanuvchi o‘txo‘r hayvonlar kiradi. Quruqlikdagi keng tarqalgan tartibdagi konsulment hasharotlarning ko‘pchilik vakillari, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar sut emizuvchilarning o‘t xo‘r guruhlari kemiruvchilar va tuo‘qliylar hisoblanadi. Tuyoqlilar yaylov hayvonlari deb atalishi mumkin. Ularga ot, tuya, qo‘y, echki va qoramollar kiradi. I- va II- tartibidagi konsusentlar II tartibdagi konsumentlar o‘txo‘r hayvonlar bilan oziqlanadi. Bular III tartibdagi hayvonlar bilan birga o‘txo‘r hayvonlar deb qaraladi. II va III tartibdagi konsumentlar yirtqichlar bo‘lishi mumkin va o‘z o‘ljasini ovlash ushlab olish va boshqa yo‘llari bilan qo‘lga oldi. SHuningdek o‘lajsa bilan oziqlanish yoki parazit hayvon bo‘lishi mumkin. Parazit holda oziqlangan taqdirda hayvon tanasi o‘z xo‘jayinidan bir necha marta kichik o‘lchamga ega bo‘ladi. Parazitlar ishtirok etgan ozuqa zanjirlari o‘ziga xosligi ajralib turadi.

Zamburug‘lar biogeotsenozda turlicha rol o‘ynaydi. Ular orasida o‘simlik va hayvonlarda tekinxo‘r yashovchi va ko‘pchiligi organik moddalarni minyeral modallarga parchalovchilar bo‘lib ular redutsentlar deyiladi.ammo shu Bilan birga ko‘pchilik zamburug‘larning sevimli ozuqa bo‘lishi ham mumkin. Buna ular konsumentlar hisoblanadi.

Baktyeriyalar birinchi navbatda redutsentlar hisoblanib ular organik moddalarni miniral moddalarga parchalab kiradi. Demak, yuqorida sanab o‘tilgan organizmlar guruhi o‘rtasida keskin chegara qo‘yib bo‘lmaydi, chunki konsumentlar (hayvonlar, zamburug‘lar, tekinxo‘r o‘simliklar) ayni vaqtda redutsentlar vazifasini ham bajarish mumkin.

Epifitlar asosan produtsentlar hisoblansa ham oziqlanish vaqtida daraxt tanasi po‘stlog‘idagi parchalangan o‘simlik qoldiqlaridan foydalanadi, yahni bir vaqtda redutsentlar vazifasini ham bajaradi.

Redutsentlar o‘simlik qoldig‘i va hayvonjasadi o‘zida enyergik saqlaydi. Nobud bo‘lgan o‘simlik va hayvonlardagi organik moda mikroorganizmlar yahni saprofit holda yashovchi baktyeriyalar va zamburug‘lar tahsirida parchalanadi. Bunday organizmlar redksentlar deb ataladi.

Saprofitlar o‘zida maxsus fyermentlar ajratib chiqaradi. Organik qoldiqlar seki asta baktyeriyalar va zamburug‘lar hayot faoliyatida parchalanib hazm bo‘ladi. Parchalanish tezligi turlicha bo‘ladi. Parchalanish tezligi turlicha bo‘lshi mumkin. Hayvon jasadi siydik va axlatlari bir necha haftalar talab etsa qulab tushgan daraxt tanasi va shoxlari bir necha yilda chiqarish mumkin. Tabiatda saprofitlar Bilan birga chiriyotgan moddada ko‘pincha maydon hayvonlar ham uratilib ular ham haqiqiy redutsentlar kabi ishtirok etadi.shuning dek chirindixo‘rlar sifatida hayvonlar ham qanashadi. Bunda ozuqa zanjirlari chirindi detrit dan boshlanadi.

Maxsuldorligi deganda mahsulda birlamchi va ikkilamchi mahsulotlar ajratiladi. Birlamchi mahsuldorlik (BM) produtsentlar tomonidan anorganik moddalardan va reduksentlar mahsumi ikkilamchi (IM) hisoblanadi. SHuningdek, yalpi birlamchi va sof birlamchi mahsulotlar ajratiladi. YAngi birlamchi maxsulot (YABM) mahlum vaqt oralig‘ida o‘simliklar tomonidan hosil qilingan hamda nafas olishda bo‘lgan va chetroftlar tomonidan o‘zlashtirgan maxsulotlardan iborat. Agarda yalpi maxsulotlardan nafas olishga sarf bo‘lgani chiqarib tashlansa, birlamchi mahsuldorlik qoldi. Sof birlamchi mahsuldorlik (SBM) esa nafas olishga sarf bo‘lgandan so‘ng chet atrof organizmlar hayotini o‘tkazish uchun qolgan maxsulotdir.

Iikkilamchi maxsuldorlik tayyor organik moddalar konsumentlar tomonidan to‘plangan maxsulotga aytiladi. Uni ham yaxshi ikkilamchi (YAII) maxsulot va sof ikkilamchi (SIM) maxsulotlarga ajratish mumkin.

YAshil o‘simliklar hayot uchun zarur bo‘lgankiyoviy moddalarni olib fotosintez jarayonida organik birikmalar to‘playdi, va quyosh enyergiyasi kimyoviy enyergiyaga aylanadi. Ular hayvonlarga ozuqa byeradigan tirik moddaning asosiy qismini tashkil etadi. Havo tarkibidagi kislorod va karbonat angidrid gazlarining miqdorini tiklaydi va suvning aylanish jarayonida qatnashadi. O‘simlik chirindilari tuproqda fosfor kaliy, kalsiy, marganits kabi elementlarning bir mehyorda tarqalishiga yordam byeradi. Bunday organizmlaravtotroflar deb ataladi. O‘simliklar va boshqa jonivorlar Bilan oziqlanib yashovchi getyerotroflar esa oziqlanish jarayonida organik moddadlarni karbonit angidrid suv va minyeral tuzlarga aylantiradi. Ular organik moddalarni o‘simlik takror foydalanish uchun yaroqli bo‘lgan darajagacha parchalaydi. SHunday qilib biogen moddadlar taibatda uzluksiz aylanib turadi.

Moddalarning bunday davriy aylanishi hayot uchun zarrur sharoit bo‘lib, bu uzoq evolyusiya jarayonida vujudga kelgandir. Getyerotroflar yahni hayvonlar, zamburug‘lar, va baktyeriyalar ikki guruhga bo‘linadi. Bulardan birinchisi istehmol qiluvchilar yahni konsulmentlar ozuqa sifatida tirik organizmlardan foydalanib organik moddalarni o‘zgartiruvchi qisman prachalovchi chetyeroflardir. Ammo bu organizmlarining Biron ham o‘simliklardagi organik moddalarni oxirigacha muayyan darajada parchalay oladi xolos. Bunday turlardan qolgan chiqindilar esa boshqa genetetrof organizmlarga em bo‘ladi.

Getyerotroflarning ikkinchi gurhi emiruvchilar yoki redutsent zamburug‘lar baktyeriyalar bo‘lib ular o‘lgan organizmlardagi murakkab organik moddalarni parchalab minyeral birikmalarga aylantira oladi. SHunday qilib uzoq evolyusiya jarayonida vujudga kelgan bir-biriga bog‘liq turlardan barqaror zanjirlar paydo bo‘ladiki, bular boshlang‘ich oziq moddalardan enyergya va moddalarni birin-ketin olib turli yo‘llar Bilan tabiatda moddalarning davriy harakatini tahminlaydi. Organizmlar quyosh enyergiyasini kimyoviy mexanik va issiqlik enyergiyaga aylantiradi. Bunda byeradigan hamma o‘zgarishlar enyergiyani yo‘qotish Bilan bog‘liq bo‘lib u oxirgi issiqlikka aylanib tarqalib ketadi.

Agroekosistemalar

Inson tomonidan sof maxsulotning ajratib olish uchun yaratilgan ekosistemalar agroekosistemalar deyiladi. Agroekosistemalar tabiiy ekosistemalardan kuyidagilari bilan fark kiladi:

1.Agroekosistemalarda organizmlarning ximma-xilligi juda kam. Dalalarda bir yoki bir nechta usimlik turlari usadi. Natijada xayvonlarning tur tartibi xam, mikroorganizmlarning tarkibi xam kambagallashgan buladi. Utloklar xam bu jixatdan ekin maydonlariga yakin, chunki mol bokish utloklarning tur tuzilmasini soddalashuviga olib keladi.

2.Madaniylashtirilgan turlar inson tomonidan sun’iy tanlash orkali ma’lum xolatda ushlab turiladi va yovvoyi tur bilan yashash uchun kurashga chiday olmaydi.

3.Agroekosistemalar kushimcha enyergiya okimi olib turadi. Sof birlamchi maxsulot ekosistemadan ajratib olinadi va ozik zanjiriga tushmaydi.

Barcha sun’iy yaratilgan ekosistemalar – bu inson tomonidan suksessiyali uzgarishlarning boshlangich bosqichida tutib turiladigan sistemalardir. Agroekosistemalarda aynan boshlangich xolatdagi jamoalarning sof maxsulot byerish kobiliyatidan foydalaniladi. Bunday jamoalar bekaror sistemalar bulib, xar doim inson tomonidan tutib turilishga mutoj.

Agroekosistemalarda kup mikdorda «ekologik portlash», ya’ni ayrim turlarning cheksiz kupayib ketishi ruy byerib turadi.


Mustaxkamlash uchun savollar:



  1. Tirik organizmlar xilma-xilligi, okean va quruqlik biomassa­lari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

  2. Mahsuldorlik va enyergiya oqimiga ta’rif byering?

  3. Produtsentlar, konsumentlar va redutsentlarga tavsif byering va misollar keltiring.

  4. Optimum va pessimum bu nima?

  5. Moddalar almashuvi bu nima?

  6. Agroekosistemalar haqida ayting

Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish