gemorragik davri
boshlanadi. Bu davrda terida petexial
toshmalar toshadi, burun va milklar qonaydi, og'ir hollarda buyrak, oshqozon, ichak,
bachadon va o'pkadan qon kelada. Kasallikning og'ir, yoki yengalligi qon ketishiiing
ko'p ozligiga qarab aniqlanadi.Bemor qon aralash safro bilan qayd qilishi va ichidan
ham qon kelishi kasallikning og'irligadan darak beradi. Ichki a'zolarga qon quyilishi
kasallikning 5-7 kunlarida o'limga olib kelishi mumkin.Bu kasallikda isitma o'rtacha 7-
8 kun davom etadi, kupincha qush to'lqinli bo'ladi. Bemorda taxikardiya, gipotoniya,
jigar, ba'zan, taloqning ham kattalashishi kuzatiladi. Siydikda — albuminuriya,
mikrogematuriya aniqlanadi. Kasallik og'ir kechganda bemorda meningeal belgilar
kuzatiladi. Homilador ayollarda bola tashlash hollari uchraydi. Kasallik yengil, yoki
gemorragik belgilarsiz o'tishi ham mumkin. Kasallik yengil o'tganda intoksikatsiya va
gemorragik belgilari asta-sekin pasayib borib, 2-3 xafta davomida yo'qoladi.
Kasallikdan sog'ayishi bir necha xafta cho'ziladi.O'zbekiston gemorragik isitmasida
o'lim 30-35% ni tashkil etadi. O'lim asosan intoksikatsiya sababli yurak-qon tomirlar
98
faoliyatining yetishmovchiligi xamda qon ketishi va ichki a'zolarga ko'p qon quyishlar
oqibatida sodir bo'ladi.
Tashxisi. Kasallikni o'z vaqtida aniqlash epidemiologik anamnezni to'g'ri
baxolash muxim axamiyatga ega. Laboratoriya tekshiruvlardan: qonda gipoxrom
anemiya,
leykopeniya, nisbiy
limfotstoz,
neytropeniya,
aneozifiliya
va
trombotsitopeniya bo'lishi gemorragik isitmalarga xosdir. Leykopeniya va
trombopeniya darajasi kasallikning og'ir-yengilligini ifodolaydi. Qonda umumiy oksil
va globulinlar kamayib ketadi.Kasallik tashxisi, albatta virusni aniqlash va spetsifik
antitelolar titri ortishini aniqlashga asoslanmog'i kerak. Bemorlardan olingan
materialda
(qon
yoki
orqa
miya
suyuqligi)
virusni
aniqlash
uchun
flyuoressensiyalanuvchi
antitelolar
usuli
va
bilvosita
gemagglyuginatsiya
reaksiyasidan foydalaniladi.
Serologik reaksiyalar: komplementni biriktirish reaksiyasi, neytralizatsiya
reaksiyasi va boshqalar bemor qonida spetsifik antitelolarni aniqlashga asoslangan
bo'lib, ularni juft zardob usulida (birinchi marta qon kasallik boshlanishida — o'tkir
davrida, ikkinchi marta — 2-3 xafta o'ggach, rekonvalessensiya davrida olishda)
tekshiriladi.
Davolash. Davolashning spetsifik usullari bo'lmaganligi tufayli, o'tkaziladigan
tadbirlar asosan infeksion-toksik shok va gemorragiyani bartaraf etish xamda yurak-
qon tomir sistemasi faoliyatini yaxshilashga, shuningdek yiringli septik asoratlar
oldini olishga qaratilmog'i kerak.Bemor tezlikda kasalxonaga yotqizilib, kasallikning
boshlang'ich va avj olish davrida hamda rekonvalessentlik davrining birinchi 2
haftasida qatyiy yotish rejimida ushlanadi. Parhyezi — yengil hazm bo'ladigan,
yuqori kaloriyali va vitaminlarga boy ovqatlardan iborat bo'ladi. Suyuqlik (meva va
sabzavot sharbatlari, ma'danli suvlar) ko'p beriladi.Etiotrop davolash sifatida
kasallikning birinchi 10 kunida (virusemiya davrida) ilgari kasallanib tuzalgan kishilar
konining zardobi, yoki plazmasi 150-200 ml mikdorida mushak orasiga, og'ir
kechganda 400-600 ml vena tomiriga yuboriladi.Davolashning dastlabki kunlaridan
boshlab, gemorragiyani oldini olish va to'xtatish maqsadida, askorbin kislotasi
(sutkada 500-600 mg), rutin 0.01 3 marta, vitamin K va V guruh vetaminlar,
shuningdek qon va plazmani bo'lib-bo'lib quyish, jelatina, kalsiy xlorid va boshqalar
keng qo'llanadi.Intoksikatsiya va suvsizlanishga qarshi gemodez, poliglyukin,
albumin, plazma va boshqa suyuqliklar venaga, yoki klizma yo'li bilan yuboriladi.
Sutka davomida yuboriladigan suyuqlik mikdori 500 ml dan 2 litrgacha bo'ladi.
Intoksikatsiya kuchli bo'lganda qon quyish va kortikosteroidlar yaxshi samara
beradi.Bemorni qunt bilan parvarish kilish va to'g'ri ovqatlantirning ahamiyati katta.
Kasallik avj olgan davrda hayvonot oqsillari va yog'lar chegaralanadi, kefir, qatik,
tvorog, kisel, sharbatlar, sho'rva, suyuq bo'tqalar beriladi. Mushak og'riqlarida illiq
vannalar, uyqusizlikda osoyishta rejim, taqroriy qusish va hiqichoq tutganda me'dani
2% li natriy bikorbanat eritmasi bilan yuvish, anestezin, novokain va yalpiz
preparatlaridan ichirish, venaga 10% li natriy xlorid eritmasi va teri ostiga 1 ml 2.5%
li aminazin yuborish yaxshi natija beradi. Og'iz-tomoq sohasida bo'ladigan ikkilamchi
asoratlar
oldini
olish
maqsadida
og'iz
bo'shlig'ini parvarishlash,
uni
99
dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan chayish, so'lak ajralishini kuchaytirish uchun
qotgan non chaynash tavsiya etiladi. Bemorda ikkilamchi bakterial asoratlar paydo
bo'lgani taqdirda antibiotiklar tayinlanadi.
Profilaktikasi. Kasallik uchraydigan tabiiy o'choqlarda kanalarni yo'qotish,
buning uchun uy hayvonlari terisi bahor va yoz oylarida haftada bir marta xlorofos
bilan tozalab turilishi, ko'ringan kanalarni esa yig'ib, yoqib yuborish o'sha hududda
yashovchi aholi o'rtasida tushuntirish ishlari olib borish gemorragik isitma oldini
olishda asosiy tadbir hisoblanadi.Kasallik gumon qilingani- zahoti bemor kasalxonada
aloxidalanadi va uning axlati, qusig'i va boshqa chiqindilari bir soat davomida 1% li
xloramin yoki 3% lizol eritmasida saqlanadi, ichki kiyimi, idish-tovoqlari va boshqa
buyumlari 30 daqiqa davomida qaynatiladi.Bemordan ajralayotgan qon atrofdagilar
uchun o'ta xavfli ekanligini unutmaslik kerak. Binobarin bemorni parvarishlovchi va
davolovchi barcha (tibbiyot) xodimlari extiyot choralariga qatyiy amal qilishlari:
rezina qulqop, og'iz-burushi doka niqob tutib va himoyalovchi ko'zoynak taqib
ishlashlari zarur.Gemorragik isitmani boshidan kechirgan har bir bemor, lozim bo'lib
qolganida boshqalarni davolashga qon olish maqsadida, mahlliy SENM da alohida
ro'yxatga olib qo'yiladi.
OITS - ortirilgan immunitet tanqisligi sindromi (spid
)
OITS kasalligi — XX asr
oxirida butun dunyo xalqlari uchun g'oyat fojiali muammolar tug'dirgan kasallik. OITS
— SPID yagona bir kasallikning nomi emas. Immunodefitsit holati tug'ma va
ortirilgan
bo'ladi.
Orttirilgan
immunotanqislik
odamda
maxsus
virus
yuqishi oqibatida kelib chiqadi, Jaxon Sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga
qaraganda 1993 yilda OITS kasalligi 25 million odamni jarohatlagan. Shulardan
500000 tasi kasal onalardan tug'ilgan chaqaloqlardir. Har kuni dunyo miqyosida
5000 odamga shu kasallik virusi yuqadi. Taxminlarga ko'ra, 2000 yilda bu infeksiya
yuqqan odamlar soni 40 mlnga yetishi mumkin. Shuning uchun bu dardni "XX asr
o'lati" deb xam ataladi.
Etiologayasi. Kasallik qo'zg'atuvchisi retroviruslar sinfiga mansub, odamda
immunotanqislikka sababchi virus (OISV) xisoblanadi. U 1983 yilda amfikalik va
fransuz olimlari tomonidan deyarli bir vaqtda kashf etilgan. Bu virus genomi odam
qoni xujayralariga, jumladan, limfotsitlarga joylashib olishi mumkin. Odamga OISV
yuqqanidan so'ng ko'p hollarda 5 yilgacha kasallik alomatlari paydo bo'lmaydi.
Bunday kishilar ko'rinishdan sog'lom bo'ladilar, xech narsadan shikoyat qilmaydilar.
Lekin ular virusni boshqa odamlarga tarqatishga qodir.Viruslar yuqqaniga javoban
organizmning immun tizimi ularga qarshi antitelolar ishlab chiqara boshlaydi. Bu
antitelolarni topish virusning o'zini topishga nisbatan osonroq. Eslatib o'tish lozimki,
virus qonga tushgan vaqtdan, antitelolarni laboratoriya tekshirishlarida topish
imkoniyati paydo bo'lguncha 3
oy o'tadi. Bu vaqt ichida ushbu odam virusni
ko'pchilikka tarqatib ulgurushi mumkin. Zeroki, u umrining oxirigacha virusdan xalos
bo'la olmaydi. 3
oylik muddatdan so'ng virus yuqqan odam qonida OISV ga qarshi
antitelolar topiladi. Uni OISV yuqqan odam deb xisoblanada. Yillar davomida virus
uning qonidagi immunitetga mas'ul hujayralarga, ayniqsa, T-limfotsitlarga qiron
100
keltirib boradi. Oqibatda OITS ga xos belgilar paydo bo'ladi. Pirovard natijada kasallik
o'lim bilan tugaydi.
1985 yidda OISV ning boshqacharoq ko'rinishi kashf etildi. U tuzilishi jixatidan
OISV dan biroz farq qiladi. Kasallik oqibatida esa OITS alomatlari yuzaga keladi. Bu
virusni SISV-2 deb ataldi. Dastlabki vaqtlarda bu virus G'arbiy Afrikada
yashovchilarda topilgan edi. Keyingi kuzatuvlar bu virusning boshqa qit'alarga ham
tarqalganidan darak bermoqda.Hozirgi vaqtda OISV ga ta'sir etib, uni o'ldiruvchi
preparatlar topilgan emas.
Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai — OISV yuqqan odam yoki OITS bilan
og'rigan bemor. U kasallik yuqqan vaqtidan boshlab, umrining oxirigacha kasallikni
boshqalarga yuqtirishi mumkin. Virus infeksiya manbai bo'lgan odamdan shaxvat,
qindan ajraladigan suyuqlik, ko'z yoshlari, so'lak, orqa miya suyuqligi, siydik va ona
suti bilan ajraladi. Shuningdek, virus qon zardobi, limfotsitlar vositasida xam
tarqaladi. Sperma, qon va qin shilliq qavati suyuqligida virus ayniqsa ko'p
bo'ladi.Tarqalish yo'llari xam turlicha. Virus asosan jinsiy aloqa paytida yuqadi (70-
80%). Tug'run vaqtida va ko'krak suti orqali kasal onadan homilaga yuqishi 5-10%
xollarda kuzatiladi. Giyohvandlar bir ignadan foydalanishi natijasidagi yuqish ham 5-
10 % ni tashkil etadi. Tibbiyot xodimlari igna sanchayotgan vaqtida terisiga kirib
ketib, yuqish hollari kam bo'lsa-da, uchrab turadi (0.01%).Jinsiy aloqa paytida OISV
erkaklardan ayollarga yuqish ehtimoli, aksinchasiga qaraganda yuqoriroq
hisoblanadi. Erkak bilan erkak jinsiy aloqa qilganida virus yuqib qolish ehtimoli g'oyat
yuqori. Shu bosidan gemoseksualistlar bu kasallikka moyil guruh hisoblanadi.
Giyohvandlar ham shu g'uruha kiradi. OISV infeksisining asosiy tarqalish yo'llari teri-
tanosil kasalliklariga o'xshash bo'lgani uchun fohishalar, tanosil kasalligi bor
bemorlar ham bu kasallikka moyil guruh hisoblanadi.OISV yuqqan yoki OITS bilan
og'rigan bemor bilan birga yashaganda, yonma-yon ovqatlanganda, cho'milganda,
umumiy hojatxonadan foydalanganda kasallik yuqmaydi. Kasallikni tarqatishda
chivinlarning xech qanday ahamiyati yo'q.Kasallik shahar aholisi orasida
qishloqdagilarga nisbatan ko'proq uchraydi. Shahvoniy nafsga berilib tartibsiz
ravishdv jinsiy aloqa qilib ketaveradigan odamlar ko'p kasallanadi. Uspirinlar va
balog'at yoshidagilarga nisbatan ko'proq qayd qilinadi.
OISV infeksiyasi va OITS barcha mamlakatdarda uchraydi, JSST ma'lumotlariga
ko'ra bu kasalliklar hozir 180 mamlakatda tarqalgan. Eng ko'p kasallanish Afrika
qit'asida, ayniqsa, Sahroyi Kabirdan janubda joylashgan davlatlarda qayd etiladi.
O'zbekistonda asosan chet eldan kelgan fuqarolar orasida OISV aniqlanib
turadi. Ming afsuski oxirgi yillarda mahalliy aholi orasida ham bu kasallik kayd
etilmoqda.
Klinikasi. Eslatib o'gilganidek, virus yuqqan vaqtdan organizmda unga qarshi
antitelolar paydo bo'lguncha 2 haftadan 3
oygacha muddat o'tadi. Ba'zi bemorlarda
kasallik yuqanidan so'ng bir necha hafta o'tgach, isitma ko'tarilishi, tomoq og'rishi va
terida toshmalar paydo bo'lishi mumkin. Ayrim hollarda limfa tugunlari kattalashadi.
Tabiiyki, bu belgilar umumiy alomatlardan hisoblanadi.Kasallikning asosiy alomatlari
virus immunitet tizimiga kuchli ta'sir ko'rsatganidan so'ng yuzaga keladi. Qonda
101
virusga qarshi antitelolar paydo bo'lishiga qaramay, virusni yuqotishga ularning
kuchi yetmaydi. Chunki virus T-limfotsitlarni yemirib, yangilari ichiga kiradi va ularni
ham qaloq qiladi. Oqibatda organizm himoya qobiliyatini yo'qotadi. Shu vaqtdan
boshlab OITS alomatlari paydo bo'ladi. Unga qadar OISV borligi to'g'risida darak
beruvchi alomatlar kuzatiladi. Noxushlik, uzoq muddatli isitma, kechalari terlash,
ozib ketish shunday darakchilardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |