Biologiya (2). cdr



Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/58
Sana10.04.2023
Hajmi5,73 Mb.
#926520
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Limfodenopatiya — 
limfa tugunlarining kattalashishi ham bu holatda uchrab turadi, 
asosan bo'yindagi, jag' osti, quloq osti limfa tugunlari kattalashadi. Ular simmetrik 
ravishda bo'ladi, og'rimaydi. Kattaligi diametri 1 sm dan ortiq. Kattalashgan limfa 
tugunlari kamida 3 oygacha saqlanib turada. Ayrim hollarda og'iz shilliq qavatida 
kandidozlar, terida - dermatitlar kuzatiladi.Ba'zan bemorlarda surunkali ich ketishi 
kuzatiladi. Bakteriologak tekshirganda ichak guruhi mikroblari topilmayda. Ichni 
kotiradagan dorilar ta'sir qilmaydi. Ich surishi oylab davom etishi mumkin. Uning 
oqibatida bemor juda ozib ketadi. 
OITS ga xos alomatlar paydo bo'lishi OISV yuqqan bemorda kasallikning so'nggi 
bosqichi boshlanishidan darak berada. U yagona kasallik emas. Ikkilamchi 
infeksiyaning qo'shilish turli kasalliklar ko'rinishida namoyon bo'lishi mumkin. 
Ko'pincha ular bir biriga ulanib ketadi. OITS holatida organizmniig barcha sistemalari 
shikastlanishi mumkin. Eng ko'p uchraydagan kasallik pnevmoniya hisoblanadi. 
Ko'pincha uni pnevotsistalar qo'zg'atadi. Inflyuensa, streptokokk, viruslar va 
zamburug'lar ham pnevmoniya sababchisi bo'lishi mumkin. Bemorlar quruq yo'tal, 
nafas qisishidan shikoyat qiladilar. Isitma ko'tariladi. Pnevmoniya 6-8 hftagacha va 
undan ham uzoqroq davom etadi.Markaziy nerv sistemasining shikastlanish 
alomatdari ham uchraydi. Ular bakteriyalar, viruslar, oddiy mikroblar (toksoplazma), 
zamburug'lar ta'sirida yuzaga kelada. OISV ning bevosita ta'sirida ham markaziy nerv 
sistemasi jarohatlanishi mumkin. Kasallik, ensefalit, meningit, miyelopatiya 
nevropatiya ko'rinishida namoyon bo'ladi. Ularning har biriga xos alomatlar 
kuzatiladi.OITS yuz bergan bemorlarda ba'zi xavfli o'smalar paydo bo'lishi ehtimoli 
ham ortadi. Ular orasida Kaposhi sarkomasi ko'p uchraydi. Bunday o'smalar ayniqsa 
gomoseksual yoshlarda OITS oqibati sifatida ko'p uchraydi. U qon tomirlarning 
endoteliy qavatidan o'sib chiqadigan xavfli o'sma hisoblanada. Terining turli joylarida 
rivojlanadi. Terining kichikroq sohasida tuq qizil yoki binafsha rangli tekis o'sma 
paydo bo'ladi. U bir necha hafta ichida qattiq og'riq bermaydigan tugunchalarga 


102 
aylanadi. Ba'zan tanglay, o'pka, me'da-ichak yo'llari xam jaroxatlanadi. Vaqt o'tishi 
bilan tugunchalar o'rnida yara paydo bo'lishi mumkin.OITS rivojlanganida qonda 
limfopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya va anemiya kuzatiladi. Ayniqsa, T-
limfotsitlar soni kamayib ketadi.Odatda, OITS ga xos kasalliklar rivojlanganidan so'ng 
bemor o'zoq yashamaydi. Ko'p xollarda kasallik 2 yil davom etib o'lim bilan 
tugaydi.Tashxisi. OITS tashxisini laboratoriya tekshiruvisiz qo'yishi mumkin emas. 
Keng miqyosda olib boriladigan laboratoriya tekshirishi qondagi OISV ga qarshi 
antitelolarni aniqlashga asoslangan. Virus yuqqan vaqtda 3
 
oygacha bo'lgan 
muddatda qonda antitelolar bo'lsa xam, ular kam miqdorda bo'ladi. Shu sababli 
reaksiya salbiy natija berishi mumkin. Noto'g'ri xulosa chiqarib qo'ymaslik uchun 
shubxa bo'lgan xollarda 3
 
oy oralatib qaytadan tekshirish o'tkaziladi.Antitelolarni 
aniqlash uchun immun ferment taxlili (IFA) va radioimmun taxlil (RIA) usullaridan 
foydalaniladi. Ijobiy natija olinganida darxol OITS tashxisini ko'yish mumkin emas. 
Qo'shimcha ravishda immunoblot va radioimmunopretsipitat reaksiyalari xam 
qo'yilada. Bu reaksiyalar xam ijobiy natija bersa, epidemiologik va klinik 
ma'lumotlarni e'tiborga olgan xolda OISV infeksiyasi yoki OITS tashxisi 
qo'yiladi.Keyingi yillarda OISV antigenini aniqlash usuli ham topildi. U virus yuqqan 
dastlabki bosqichlarda hamda bolalarga tashxis qo'yishda yordam beradi. Bu ancha 
murrakab va qimmat turadigan usullardan hisoblanadi va yirik laboratoriyalarda 
qo'yiladi.OISV infeksiyasi yoki OITS ga shubha qilingan bemor venasidan qon olishda 
xamshira g'oyat ehtiyot bo'lishi, tasodifan o'ziga igna sanchib yuborilishi yoki terisiga 
bemor qoni tushishidan saqlanishi kerak. Ishlatilgan shpris va igna maxsus ajratilgan 
joyga tashlab yuboriladi. Qon solingan probirka zich yopiladigan konteynerga solinib, 
yo'llanma bilan laboratoriyaga yuboriladi.Laboratoriyada tekshirish ijobiy natija 
berganda uni ovoza qilib yuborilmaydi. Bu xaqda darhol shaxar, tuman ORTGS ga 
qarshi kurash markazlariga xabar beriladi. Ushbu tashkilot mutaxassislari shaxsan 
bemor bilan ish olib boradilar. 
Davolash. OISV infeksiyasi aniqlangan bemorlar shifoxonaga yotqizilmaydi. Ular 
har 3
 
oyda qaytadan tibbiy ko'rikdan va laboratoriya tekshiruvidan o'tib turadi. 
Bemorga kasallik moxiyati tushuntiriladi va qasddan kasallikni tarqatadigan bo'lsa, 
jinoiy javobgarlikka tortalishi xaqida ogoxlantirib, tilxat odinadi. Bunday javobgarlik 
OITS bo'yicha O'zbekistonda chiqarilgan qonunda qayd etilgan.Kasallik viruslariga 
qarshi samarali ta'sir ko'rsatuvchi dorilar yo'q. Azidotimidin, zidovudin kabi 
preparatlar virusga qarshi ma'lum darajada ta'sir ko'rsatadi OITS alomatlari avj 
olganida bemor OITS ga qarshi kurash markazlari qoshidagi maxsus o'rinlarga 
yotqizib davolanadi. Qaysi a'zo kasallgani va uni qaysi mikrob ko'zg'atganiga qarab, 
antibiotiklar, viruslar va zamburug'larga qarish dorilar tayinlanadi. Kaposhi 
sarkomasida kimyoterapiya va immunoterapiya olib boriladi. Terining ayrim joylariga 
renten nuri bilai ta'sir ko'rsatish mumkin. 
Oldini olish. OISV infeksiyasi va OITS tarqalish turli millat va elatlarning 
an'analariga ko'p jixatdan bog'liq. Sog'lom turmush aqidalariga rioya etadigan, oilani 
muqaddas deb xisoblaydigan jamiyatga bu kasallikning asosiy (jnnsiy) tarqalish yo'li 
cheklanadi. Oilada eru-xotinning umrbod bir-biriga vafodor bo'lib qolishi, yoshlarni 


103 
ham shu ruxda tarbiyalash OITS ning eng yaxshi profilaktikasi xisoblanadi. 
Giyoxvandlikka qarshi kurash xam OITS ning oldini olishda katta axamiyatga ega. 
Zeroki, giyoxvandlar narkotik moddalardan inyeksiya vositasida OITS ni yuqtirib 
oladilar. Qolaversa, bu toifa odamlar ko'pincha yengil tabiat bo'lganlari uchun jinsiy 
aloqa borasida xam chegara bilmaydilar. Bu yo'l vositasida ham OISV yuqishiga moyil 
bo'ladilar. Shuning uchun ular xar 3
 
oyda laboratoriya tekshiruvidan o'tadilar. 
Respublikada qabul qilingan qonunga muvofiq, yurtimizga 3
 
oydan ortiq 
muddatga shartnoma asosida kelgan mutaxassislar, talabalar kelishlari bilan va 
keyinchalik xar 6 oyda OISV antitelolariga laboratoriya tekshiruvidan o'tib turadilar. 
Chet elga 3
 
oydan ortiq muddatga borgan O'zbekiston fuqarolari xam qaytganidan 
so'ng shunday tekishruvdan o'tadi.Sababi aniqlanmagan, uzoq muddat davom 
etadigan isitma, pnevmoniya, diareya kasalliklari, jigar xastaligi, Kaposhi sarkomasi 
va shunga o'xshash boshqa kasalliklarda bemor qoni virus antiggelolariga tekshirish 
uchun olinadi.Kasallik donor qoni vositasida yuqishining oldini olish uchun xar safar 
olingan qon OISV antitelolariga tekshirib ko'rilganidan so'ng ishlatishga ruxsat 
beriladi.Respublikada OITS ga qarshi tadbirlarni amalga oshiruvchi maxsus 
tashkilotlar bor. Ular OITS ga qarshi kurashish markazlari deyiladi. Bu markazlar 
respublika, viloyat va shaxar, tuman mavqyeiga ega. Ularning asosiy vazifasi bu 
kasallikka qarshi barcha tadbirlarni muvofiqlashtirish va laboratoriya tekshirishlarini 
o'tkazishdir. Markazlar faoliyatida targ'ibot ishlari muhim o'rinni egallaydi. Yirik 
markazlar qoshida odamni o'z xohishiga ko'ra yashirincha tekshirib berish xonalari 
mavjud. Ularda tekshiriluvchining nasl-nasabi, turar joyi surishtirilmaydi.OITS ga 
qarshi kurash markazi mutaxassislari xar bir bemorning jinsiy aloqadoshlarini 
surishtiradi va ularni majburiy xolda tibbiy ko'rikdan va laboratoriya tekshiruvidan 
o'tishini tashkil qiladi. 

Download 5,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish