Biologiya (2). cdr



Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/58
Sana10.04.2023
Hajmi5,73 Mb.
#926520
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Savollar
Bezgak. Gemorragik isitma kasalliklari haqida tushuncha. 
Bezgak. kelib chiqish sabablari, etiologiyasi, epidemiologiyasi,
Gemorragik isitma klinikasi, tashhisoti, davolash va oldini olish.
Bezgak turlari differenstial tashhisoti. Kasalliklarni oldini olish uchun
chora-tadbirlar 
 


107 
5 BOB.TASHQI QOPLAMLAR INFEKSTIYALARI 
13- Mavzu: KUYDIRGI. QUTIRISH 
 
REJA: 

Kasalliklar haqida tushuncha, etiologiyasi, qisqacha epidemiologiyasi, 
patogenezi, klinikasi, tashhisi.

Davolash prinstiplari, bemorlarni parvarishlash.

Kasallikni oldini olish choralari.

Mahsus profilaktikada AKDS vakstinaning yuborish shemasi. 

O’zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi O’zbekiston 
Respublikasi hududida qoqshol va oksim kasalligini oldini olish to’g`risida 
amaldagi buyruqlar. 
Kuydirgi (sibir yarasi). Kuydargi terda o'ziga xos yara paydo bo'lishi, yoki o'pka 
va ichaklarning zararlanishi xamda kuchli intoksikatsiya bilan kechadigan yuqumli 
kasallik.Kuydirgi qadim zamonlardan qishloq xo'jaligi hayvonlari va insoniyatga katta 
talafot yetkazib kelgan. 1780-1789 yillarda Sibirda bo'lib o'tgan epizootiya davrida 
rus olimi S.S.Andreyevskiy kasallikni xayvonlardan o'ziga yuqtirib o'rgandi va uni 
"Sibir yarasi" deb atashini tavsiya etdi. 
Etiologiyasi. Kuydirgani qo'zg'atuvchi mikrob Vas. Anthracis ni 1855 yilda 
Braueler aniqlagan. U yirik xarakatsiz, grammusbat aerob bakteriyadir. Anilin 
bo'yoqlari bilan yaxshi bo'yaladi, oddiy ozuqa moddalarda ko'payadi. Tashqi muhitda 
spora hosil qiladi, sporalar birnecha yillargacha saqlanib qolishi mumkin. Kuydirgi 
sporalari quritishga, dezinfeksiyalovchi moddalar ta'siriga chidamli, qaynatilganda 50 
qisqada, 70 daraja qizdirilganda bir necha soatda nobud bo'ladi. Tayoqchaning 
vegetativ turi esa yuqori harorat va dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida bir necha 
daqiqa ichida halok, bo'ladi. 
Epidemiologiyasi. Kasallik manbai asosan yirik va mayda shoxli hayvonlar, 
shuningdek otlar, eshaklar, bug'ular va cho'chqalar xisoblanadi. Kasallangan xayvon 
najasi, siydigi, so'lagi bilan kuydirgi mikrobini ajratib atrof muxitni (tuproq, suv, jun 
va b.) ifloslantiradi. O'lgan hayvonning qoni, terisi, juni va ichki a'zolari xam ancha 
vaqtgacha xavfli bo'ladi.Odamga kuydirgi asosan teri va shilliq parda orqali 
kasallangan xayvonlarni parvarish qilishda, ularning chiqindilari, xom ashyosi (terish, 
juni, mo'ynasi. go'shti), o'lgan mollarni jasadlari bilan ishlaganda, shuningdek 
qushxona, teri, jun va mo'yna bilan ishlovchi korxonalarda yuqadi. Kuydirgi kasal 
xayvon so'yilganda, nimtalanganda, go'shti iste'mol qilinganda, shuningdek 
infeksiyali chang xavodan nafas olinganda xam yuqishi mumkin. Ayrim xollarda 
kuydirgini qon so'ruvchi pashshalar (so'na, jigalka) xam yuqtirishi mumkin.So'ngti 
yillarda, keng olib borilayotgan sanitariya-gigiyenik va veterinariya tadbirlari, 
xayvonlar go'shti, terisi juni ustidan doimiy sanitariya nazorati olib borilayotganligi 
tufayli yurtimizda kuydirgi kasalligi juda kam kuzatilmoqda.Infeksiyaning organizmga 
kirish yo'liga qarab xasallik turlicha: teri va septik xillarda kechadi. 


108 
Klinikasi. Yashirin davri 2-3 kun, ba'zan 6-8 kunga cho'zilishi, yoki birnecha 
soatgacha 
qisqarishi 
mumkin.Kuydirgi 
ko'pincha 
teri 
karbunkuli 
ko'rinishida 
kechadi.Kasallikning birinchi kuni bemor darmonsizlik xis etib, biroz 
badani qaqshaydi va boshi og'riydi, keyingi kuni eti uvishib, qaltiraydi va tana 
xarorati tezlikda 39-40°S gacha ko'tariladi, bosh va tana og'rig'i kuchayadi, uyqusi 
buziladi.Terida, kuydirga tayoqchasi kirgan joyda qichishadigan qizil tuguncha 
(papula) paydo bo'ladi. Bir necha soatdan so'ng tuguncha ichida seroz suyuqlik 
yig'ilib, diametri 2-3 mm li pufakcha (vezikula) hosil bo'ladi. Keyinchalik pufakcha 
ichidagi suyuqlikka qon aralashadi. Pufakcha yorilgach, o'rnida yara (karbunkul) 
paydo bo'ladi, bu yara tezda qotib, quriydi va qo'ng'ir rangli qora qo'tar bilan 
qoplaydi. Kuydirgini lotincha Santrax (ko'mir) deb atalishining boisi ham shundadir. 
Qora qo'tir doirasi asta-sekin kattalashib boradi, gardishida qizil xoshiyali bo'rtma va 
mayda pufakchalar paydo bo'ladi. Yara atrofida bunday mayda pufakchalarning 
paydo bo'lishi, ancha keng joyda shishning bo'lishi va bu karbunkul hamda shishing 
og'riqsizligi kuydirgiga juda xos bo'lib, boshqa o'xshash yaralardan farqlashimizda 
juda qo'l keladi. Isitma va yuqori intoksikatsiya alomatlari 5-6 kungacha saqlanib 
turadi. So'ngra tana xarorati meyoriga kelib, bemorning ahvoli yaxshilanadi, yara 
xam qayta boshlaydi: avval shish kamayadi, 2-3-xafta oxirida qora qo'tir ko'chib, 
urnida chuqur chandiq paydo bo'ladi. Kuydorgining teri shakli og'ir kechganda 
kasallikning ikkilamchi septik xili rivojlanishi mumkin.Kuydirgining birlamchi septik 
shakli asosan infeksiya og'iz orqali, yoki xavo-chang yo'li bilan chiqqan hollarda 
rivojlanadi. Septik shakli juda kam uchraydi. Kasallik alomatlari tez rivojlanadi. 
Bemor eti uvishib, qaltiraydi. Harorati tezda 39-40°S darajagacha ko'tariladi, yurak 
urishi va nafas olishi tezlashadi. Intoksikatsiya alomatlari tez ortib borib, ayrim 
bemorlarda infeksion-toksik shok yuz beradi. Shuningdek bemorlarda ko'kragida 
sanchiq, kuchli yo'tal va qon aralash balg'am ajralishi kuzatiladi, Rentgenologik 
tekshiruvda pnevmoniya va ekssudativli plevrit aniqlanadi. Ba'zi bemorlerni qornida 
keskin qattiq og'riq paydo bo'ladi, ko'ngli aynab, qon aralash qusadi va qon aralash 
ichi ketadi. Ko'pchilik bemorlarda gemorragik alomatlar va ayrimlarda 
meningoensefalit alomatlari ham kuzatiladi.Kuydirgining septik shaklda, o'pka yoki 
ichak sistemasining ko'p yoki oz jarohatlanishiga qarab, kasallikning o'pka yoki ichak 
turlari ham farqlanadi.Kuydirgining ichak turi infeksiya og'iz orqali yuqqanida yuzaga 
keladi. Kasallik qorinda, ba'zan belda o'tkir, ayrimlarida juda kuchli og'riq bilan 
boshlanib, tezlikda safro va qon aralash qusish, hamda qon aralash ich ketishi 
qo'shiladi. Bemorning ahvoli tez og'irlashib, tana harorati 40-41°S darajagacha 
ko'tariladi, intoksikatsiya alomatlari kuchayib boradi va nihoyat infeksion-toksik shok 
rivojlanishi va yurak-tomirlar faoliyatini buzilishi natijasida o'lim ro'y 
beradi.Kasallikning o'pka turi infeksiya nafas yo'li orqali yuqqanida rivojlanadi. 
Bunda bemor eti junjikab tana harorati ko'tariladi, tumov, ko'krak va qafas qisilishi, 
yo'tal va hansirash singari alomatlar avj oladi. Yo'tal kuchli bo'lib, ko'p miqdorda qon 
aralash, ko'pikli balg'am ajraladi.


109 

Download 5,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish