96
faoliyatini yaxshilovchi dorilar buyuriladi. Siydik ajralishini ko'paytirish maqsadida
furosemid tabletka yoki laziks inyeksiyada yuboriladi. Gemoglobinuriya isitmasida
qon quyiladi, gormonal preparatlar buyuriladi.Trisol, disol, xlosol kabi eritmalar
tomchilab yuboriladi. Og'ir xollarda sun'iy buyrak apparatidan foydalaniladi.
Oldini olish. Bezgakning oldini olishda kasallik manbai — bemor yoki tashuvchilarni
aniqlab davolash va chivinlarga qarshi kurash muxim axamiyatga ega. Bu maqsadda,
sababi aniqlanmagan isitma xurujlarida barmoq qonidan
sutrma tayyorlanib,
mikroskop ostida tekshirilada. Bezgak doimo uchrab turadigan mamlakatlardan
yurtimizga uzoq muddat ishlash, yoki o'qishga kelganlar xam shunday tekshiruvdan
o'tadilar. Aniqlangan bemor va gametotsit tashuvchilar davolanadi.Shaxsiy
profilaktika maqsadida, bezgak tarqalgan mamlakatlarda uzoq muddatga ishga
ketayotgan fuqarolarga xam xaftada bir marta 0.5 g (2 tabletka) dan delagil ichib
turish tavsiya qilinadi. Chivinlar chaqishidan saqlanish uchun yoz oylarida
pashshaxona ichida uxlash, oyna, eshiklarga to'rdan to'siq tutish lozim.Qishloqlarda
turar joy yaqinrog'ida molxona bo'lsa, chivinlar ularni chaqib odamga
tegmaydi.Chivinlarni
kamaytirish maqsadida
axamiyati bo'lmagan, chivin
qo'payishiga qo'lay ko'lmak suv, qo'l va xovuzlar ko'mib yuboriladi. Sekin oqadigan
suvlar o'tdan tozalanib, tez oqishiga erishiladi. Botqoqliklar quritiladi. Suv
saqlanadigan idishlar og'zi yopiq bo'lishi lozim.Arbovirus kasalliklari - umurtqali
xayvonlarda istiqomat qiladigan qonso'rar xashoratlar orqali tarqaladigan viruslar
qo'zg'atadigan bir nechta kasalliklar guruxidir. Ular yer yuzida keng tarqalgan bo'lib,
ko'proq tabiiy o'choqli infeksiya sifatida uchraydi. Arbovirusli kasalliklar orasida
gemorragik isitmalar,
virusli ensefalitlar, sariqlik isitma, pappatachi va Denge
isitmalari muxim o'rin tutadi.
Gemorragik isitmalar — isitma, kuchln intoksikatsiya aa gemorragik alomatlar
bilan ifodalanuvchi, arboviruslar qo'zg'atadigan yuqumli kasalliklar.Gemorragik
isitmalar juda qadim zamonlardai (masalan. Jurjoniy — 1110 y.) malum bo'lsada
ularni aniqlash va o'rganish, asosan XX-asrning 40-yillaridan boshlandi. Qadimiy
o'zbeklar bu kasallikni "qora xalak" deb atab kelishgan.Gemorragik isitmalar
epidemiologik hususiyatlariga qarab uch guruhga bo'linadi:
1 Kanalar orqali yuqadigan GIlar (Qirim-Kongo GM va unga o'hshash
kechadigan
O'zbekiston GI, Omsk GI va b,).
2. Chivan orqali yuqadigan GI-lar (sariqlik isitma, Denge, Chikungunya va Rift-
Valdi GI-lari).
3. Koktagioz zoonoz GI-lar (buyrak sindromi bilan o'tadigan GI, Argentina GI-si,
Marburg isitmasi va b.).
Bizda Qrim-Kongo GI-si guruxiga mansub, biroq undan o'zining og'ir kechishi va
boshqa ayrim xususiyatlari bilan farqlanishi O'zbekiston (O'rta-Osiyo) gemorragik
isig'masi uchraydi.
O'zbekiston isitmasi - quchli intoksikatsiya, isitma, gemorragik alomatlar va
ichki azolarning zararlanishi bilan namoyon bo'ladigan, ko'pincha og'ir kechadigan
o'tkir yuqumli kasallik.O'zbekistonda gemorragik isitmalarni urganish T.I.Mixaylov,
97
N.I.Xodukin, A.L.Katsenovich, I.D.Itskovach, I.K.Musaboyev va boshqlarning (1946-
1955 y.) nomlari bilan bog'liq. So'ngga yillarda A.M.Meliyev boshchiligida bir guruh
olimlar tomonidan chuqur o'rganilgan.
Etiologayasi
va
epidemiologiyasi. O'zbekiston
gamorragik
isitmasining
qo'zg'atuvchisi arboviruslar avlodiga mansub bo'lgan vazotrop viruslardir. Bu
virusning tabiiy rezervuarlari va tashuvchilari iksod kanalar hisoblanadi. Iksod
kanalari asosan qoramollar va otlarda parazitlik qiladilar. Bu kanalar tog'g yaqindagi
adirlar, tepalik va pastliklarda kup uchraydi, cho'llarda esa uchramaydi. Ular asosan
molxona omborlarning devorlaridagi kovaklarda yashaydi.O'lkamizning
ayrim
hududlarida gemoraggik isitma sporadik holda uchraydi (epidemiyasi bo'lmaydi),
Kasallik asosan molxona, otxona, fermalar va ular yaqinidagi omborlarda ishlovchi va
ayniqsa ushanday joylarda yotib qoluvchi odamlarda kuzatiladi. Bu kasallik mart
oyidan sentabr oyigacha bo'lgan davrda kuzatiladi, chunki shu davrda iksod kanalari
faol bo'ladi.O'zbekiston gemorragik isitmasi odamga asosan zararlangan kanalar
chiqqanda, shuningdek teri, yoki shilliq qavatlarga bemor qoni tekkanda yuqadi.
Shuning uchun bunday bemorlarni sharvarish qilayotgan va davolash muolajalari
o'tkazayotgan, yoki bamor qoni bilan ishlayotgan shaxslar, ayniqsa tibbiyot
xodimlari, barcha ehtiyot choralariga qat'iy rioya qilishlari kerak.O'zbekiston
gemorragik isitmasi boshqa ko'pchilik gemorragik isitmalardan o'ziniig kontagoizligi,
nisbatan og'ir kechishi va ko'p o'lim berishi bilan farqlanadi.
Klinikasi. Kasallik kechishida 4 davr kuzatiladi: yashirsh davri, boshlang'ich davri,
gemorragik belgalar davri va sog'ayish davri.Kasallikning yashirin davri 3-6
kun.
Boshlang'ich davri bir necha soatdan 3
kungacha davom atib, asosan isitma va
umumiy intoksikatsiya alomatlari bilan namoyon bo'ladi. Kasallik odatda tusatdan et
uvishishiga, qaltirash va tana haroratiniig 38-39°S darajagacha ko'tarilishi bilan o'tkir
boshlanadi. Ba'zan a'zoyi-badani, boshi, oyoq-qo'llari, beli qaqshab og'riydi,
darmonsizlanadi, yuzi, tomog'i va ko'z konyuktivalari qizaradi Ishtahasi yo'qoladi,
ba'zan ko'ngli aynab qusadi va ichi suyuq keladi. Davom etayotgan isitma va
intoksikatsiya alomatlari jarayonida gemorragik belgilar paydo bo'lishi bilan
kasallikning navbatdagi —
Do'stlaringiz bilan baham: