Belskiy - Filatov Kuplik dog'lari
deb ataladi. Ba'zan toshmalar juda ko'p bo'lib,
og'iz shillik, qavatini butunlay qoplaydi. Bu toshmalar 2-3 kundan so'ng yo'qolib,
o'rnida qizgish dog' qoladi.Og'izda toshmalar paydo bo'lgan muddatda qattiq
tanglay, murtaklar yuzasi za halqumning orqa devorida enantema - mayda, qizil
rangli qon quyulishlar ham paydo bo'ladi.
Toshma toshish davri 3-4 kun davom etadi. Bu davrda isitma qaytadan
ko'tariladi va 39-40 S ga boradi. Intoksikatsiya alomatlari ham kuchayadi. Bolaning
ishtahasi yo'qoladi. Ko'zidan yiring aralash suyuqlik ko'p ajaralgani tufayli, uyqudan
90
so'ng bola ko'pincha kuzini ocha olmaydi. Og'iz shilliq qavatidagi toshmalar
qolmaydi. Yo'tal davom etadi, lekin biroz yumshayda.Shu davrda qizamiqqa va juda
xos bo'lgan teri toshmalari paydo bo'ladi. Toshma avval kuloq orqasi va burun ustida
paydo bo'lib, 24 soat ichida bosh, bo'yin, yuz va kukrakning yuqori o'tadi. Ertasiga
toshma butun tanaga, 3-kuni qul va oyoqarga tarqaladi. Toshma ostidagi teri rangi
o'zgarmaydi.Toshma dastlab mayda dog' shaklida paydo bo'ladi. Keyin u biroz
kattalashib, teri yuzasidan ko'tarilib turadi (dog'li papula ). Ba'zan toshma juda ko'p
bo'lib, tutashib ketadi va deyarli terini sog' joyi qolmaydi (tutash eritema). Toshma
lolarang bo'ladi, yaltirab turadi, ba'zan teri qichishadi. Toshma yo'qolishi davrida
isitma tusha boshlaydi. Bolaning ahvoli yaxshilana boradi, kataral alomatlar kamayib,
yo'qoladi. Tumov va yo'tal ham to'xtaydi. Aynan shu davrda teridagi toshmalar ham
yo'qola boradi. Ular qaysi tartibda toshgan bo'lsa, shu tartibda yo'qoladi. Dastlab
toshma rangi qo'ng'ir tus oladi va qavarig'i yo'qoladi (teri bilan tekis bo'lib qoladi).
Bunday qo'ng'ir dog' terining tarang qilganda yoki bosib ko'rilganda yo'qolmaydi. U
1.5-3 xaftadan so'ng butunlay yo'qolib ketadi.Teridagi toshmalar yo'qolish davrida
kepaksimon po'st tashlash kuzatiladi. Bunday po'sloqchalar ayniqsa, yuz, bo'yin va
tanadan ko'p to'kiladi. Kaft va tavonda xech qachon bo'lmaydi. Ba'zan
gammaglobulin olgan yoki qizamiqqa qarshi emlangan odamlarda ham qizamiq
uchrab qoladi. Bunday xollarda kasallik qisqa muddatlarda va yengil o'tadi.O'pka
shamollashi qizamiq kasalligida eng ko'p uchraydigan asoratlardan xisoblanadi.
Tashxisi. Qizamiqda kasallikka xos alomatlarning aniq davriylik asosida paydo
bo'lishi va yo'qolishi, toshmalarning ko'rinishi va epidemiologik ma'lumotlarga qarab
tashxis qo'yish qiyin emas.Laboratoriya diagnostikasi uchun ayrim shubxali hollarda
juft qon zardobi olinib, RTGA serologik reaksiyasi qo'yladi. 7-10 kun oralatib olingan
2-zardobda antitelolar titri kamida 4 marta ortishi kerak.
Davolash. Qizamiqni davolash uchun maxsus dorilar yo'q. Hozirgi vaqtda
kasallik unchali ko'l uchramagani sababli qizamiq bilan og'rigan barcha bemorlar
shifoxonaga yopqizib davolanadi. Kasallik avj olgan davrda yotish rijimiga rioya qilish
kerak. Terini iliq suvda xo'llangan latta bilan artib turiladi. Bolaning ko'zi kuniga bir
necha marta iliq suv yoki 2 % li borat kislota eritmasi bilan yuvib turiladi. Undan
so'ng kuniga 2-3 marta 10 % li albutsid eritmasi yoki qizdirib sovutilgan baliq
moyidan 1-2 marta tomizib turiladi.Burun bitib qolganda 2% li efedrin eritmasidan
kuniga 2-3 marta 1-2 tomchidan tomiziladi, keyin borat kislota aralashtirilgan vazelin
surtiladi. Og'izni ovqatdan so'ng iliq suv yoki 2% li soda eritmasi bilan chayib
turiladi.Beriladigan taomlar ko'proq suyuq holda oson xazm bo'ladigan qilib
pishiriladi. qatiq, suzma, sariyog' berib turiladi.Intoksikatsiyani kamaytirish
maqsadida tomirga gemodez, Reopoliglyukin tomchilab yuboriladi. Og'ir xollarda
qisqa muddatga gormonal preparatlar (prednizolon, gidrokortizon) tayinlanadi.
Vitamin A va V guruxga mansub vitaminlar, askorbin kislotasi buyuriladi.O'pka
shamollashi qo'shilganida ampitsillin, gentamitsin klaforan, sefamizin kabi
antibiotiklar qo'llanadi.
Kasallikning oldini olish. Aniqlangan bemor darhol alohidalanadi. U bilan
muloqotda bo'lgan, lekin qizamiqqa qarshi emlanmagan kishilar 17 kungacha tibbiy
91
kuzatuv ostida bo'ladilar. Gammaglobulin olgan bolalar 21 kun kuzatuvda bo'ladi,
bog'chaga qabul kilinmaydi. Bemor bilan muloqotda bo'lgan, emlanmagan bolalarga
darhol 3 ml qizamikqa karshi gammaglobilindan muskul orasiga yuboriladi.Maxsus
profilaktika maqsadida emlash taqvimi asosida xamma bolalar qizamiqqa qarshi
vaksina bilan emlanishi kerak. Respublikamizda mavjud taqvimga muvofiq har bir
bola 9 va 16 oyligida qizamiqqa qarshi vaksina olishi lozim. Emlanishi lozim bo'lgan
bolalarning 90 foizidan ortig'i emlangan taqdirdagina jamoa immuniteti yaxshi
bo'ladi va kasallanish keskin kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |