Biologiya (2). cdr



Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/58
Sana10.04.2023
Hajmi5,73 Mb.
#926520
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Savollar
Gripp, O’RVI kasalliklarini etiologiyasi, epidemiologiyasi,rivojlanish
mehanizmi.
Gripp, O’RVI kasallikning klinik manzarasi, asoratlari, tashhisoti,
epidemik va klinik anamnez yigish, laboratoriya usullari, davosi, mahsus
profilaktikasi. 
Gripp, O’RVI epidemiyada joriy zararsizlantirish ishlarini olib borish.
Gripp, O’RVI sanitariya–maorif ishlarini qay tartibda olib boriadi.
2019- nCoV kasallikning klinik manzarasi, asoratlari, tashhisoti,
epidemik va klinik anamnez yigish, laboratoriya usullari, davosi, mahsus
profilaktikasi. 
2019- nCoV epidemiyada joriy zararsizlantirish ishlarini olib borish.
 


85 
11-Mavzu: MENINGOKOKK INFEKSTIYASI 
 
REJA: 

Meningokokkli infekstiyaning etiologiyasi, epidemiologiyasi.

Bakteriya tashib yuruvchilarning infekstiya tarqalishidagi ahamiyati.

Meningokokkli infekstiyaning klinik turlari. Klinikasi, infekstion toksik 
shok hakida tushuncha.

Laborator 
tashhisoti. 
Mahsus 
(spestifik), 
dezintoksikastion, 
degidratastion, simptomatik davo.

Meningokokkli infekstiya o’chog`ida epidemiyaga qarshi chora-
tadbirlarni olib borish . 
Meningokokkli infeksiyalar — turli ko'rinishda namoyon bo'ladigan o'tkir 
yuqumli kasallik. U bakteriya tashuvchilikdan tortib, g'oyat shiddatli kechadigan, 
ko'pincha o'lim bilan tugaydigan, meningokokk sepsisigacha bo'lgan ko'rinishlarda 
namoyon bo'ladi. Har 10-15 yilda meningokokkli infeksiyalar epidemiyasi ro'y berib 
turadi va juda ko'p mamlakatlarga tarqaladi.Etiologiyasi. Kasallik qo'zg'atuvchisi 
meningokokk hisoblanadi. U 1887 yilda ilk bor aniqlanagan. Mikroskop ostida 
menigokokk juft holdagi loviya yoki kofe doni ko'rinishini eslatadi. Shu boisdan u 
gonokokk singari diplokokklardan xisoblanadi. Kattaliga 6-8 mikron. Meningokokk 
uchun 37° s juda qulay xarorat xisoblanadi, RN esa, 7.4-7.6, quritilgan tez nobud 
bo'ladi.Meningokokklarning 7 ta serologik guruxi mavjud. Ular A, V, S, D, X, U, 2 
xaflari bilan belgalanadi. Davriy ravishda ro'y beradagan epidemiyalar asosan A turi 
bilan bog'liq. Tashqi muxitda meningokokklar tez nobud bo'ladi. 
Epidemiologiyasi. Kasallik manbai odam xisoblanadi. havo-tomchi yo'llari bilan 
tarqaladi. Mikrobni tarqatuvchi asosiy manbai bakteriya tashuvchilar. Ularda kasallik 
alomatlari bo'shagani tufayli juda ko'pchilik odam bilan muloqotda bo'ladilar va 
mikrobni yuqtiradilar. Meningokokkli nazofaringit bilan og'rigan bemorlar xam 
kasallik tarqalishida muxim o'rin tutadilar. Ularga nisbatan meniigokokkli meningit 
bilan og'rigan bemorlardan atrofga meningokokklar juda ko'plab tarqaladi. Lekin bu 
toifa bemorlarda kasallik og'ir o'tgani sababli shifoxonaga erta yotqiziladi va 
epidemiologak ahamiyati keskin kamayadi.Kasallik qish va bahor fasllarida kuproq 
uchraydi.Aholi zich yashaydigan va xavo namligi yuqori bo'lgan sharoiti 
meningokokkli infeksiyalar tarqalishi uchun qulay xisoblanadi. Yosh jihatidan ko'proq 
bolalar orasida ko'p qayd etilada. Epidemiya davrida usmirlar va yoshlar orasida ko'p 
uchraydi. 
Klinikasi. Kasallikning yashirin davri ko'pincha 2-3 kun, Meningokokkli 
meningitning maxalliy va tarqoq turlari mavjud.Mahalliy turlariga 
meningokokk 
tashuvchilik 
xolati va 
meningokokkni nazofaringit 
kiradi. Birinchisida hyech qanday 
klinik alomatlar bo'lmaydi. Bunday kishilar, bemor atrofidagi muloqotda bo'lgan 
kishilarni bakteriologik tekshirin vositasida aniqlanadi. 
Meningokokkli nazofaringit 
asosan yengil kechadi va ko'proq epidamiya davrida 
uchraydi. Bemor bosh og'rishi, quruq yo'tal, burun bitib qolishidan va tomoq 


86 
qirilishidan shikoyat qiladi. Bazi xolarda burundan yiring yoki qon aralash shilimshiq 
ajraladi. Odatda isitma kuzatiladi. Og'irroq hollrda tana xarorati 38-39 S gacha 
ko'tarilishi mumkin Tomoqni ko'zdan kechirganda shilliq qavatlar qizargani va 
yallig'langani, bodomcha bezlari kattalashgani kuzatiladi.Bemorlardan qon olib 
tekshirganda leykotsitlar soni ko'pincha biroz ko'paygani aniqlanada.Meningokokkli 
nazofaringit asosan tuzalish bilan yakunlanadi. Ayrim xollarda infeksiya avj olib, 
tarqalib ketishi ya'ni meningokokksemiya yoki meningitga o'tib ketishi 
mumkin.Meningokokk infeksiyasining tarqoq turlariga meningokokksemiya va 
meningokokkli meningit kiradi. 
Meningokokksemiya — 
g'oyat og'ir kechadigan kasallik. Unda organizmda 
meningokokk sepsisi ro'y beradi. Kasallik to'satdan va shiddatli boshlanadi. Qisqa 
vaqt ichida et uvishib, isitma 40-41°S gacha ko'tariladi. Intoksikatsiya kuchli bo'ladi. 
Teri quruqlashadi, qo'kimtir tus oladi. Nafas olish va tomir urishi tezlashadi. Qon 
bosimi pasayadi.Meningokokksemiyaning o'ziga xos belgilaridan biri terida toshma 
paydo bo'lishidir. Toshmalar kasallik boshlanganidan so'ng birinchi kun davomida 
yuzaga keladi.
Toshmalar o'z tabiatiga ko'ra gemorragik toshma xisoblanadi, shakli xar xil. 
Ko'pincha noto'g'ri shaklli yulduzchani, ba'zan rozeola, papulani eslatadi. Kattaligi 
mayda, nuqtasimondan tortib, 10-15 sm2 gacha boradi. Toshma teri yuzasidan 
bo'rtib turadi, paypaslab ko'rganda qattiq bo'ladi. Dumba, son, tizza, qo'l va qovoq 
soxalarida toshmalar ko'p uchraydi. Meningokokksemiyada gemorragik toshmalar 
ko'z oqi, konyunktivasi, burun, og'iz va xalqum shilliq qavatlari va nchki a'zolarga 
toshishi mumkin. Shuning uchun burun qonashi, qon qusish, siydik qon aralash 
(gematuriya) bo'lishi mumkin. Ko'zning muguz pardasi jarohatlanishi ham ba'zan 
uchrab turadi.Meningokokksemiyada qonda leykotsitlar va neytrofillar soni keskin 
ortib ketadi. Bir mm3 qondagi leykotsitlar 16-18-20 minggacha borishi 


87 
mumkin.Kasallik erta aniqlanib, davolash to'la tashkil etilgan hollarda bemorning 
ahvoli 8-10 kundan so'ng yahshilana boshlaydi. Rozeolo petixiya toshmalar izsiz 
yo'qolib ketadi. Yirik gemorragiyalar bo'lgan joyda to'qima nekrozga uchraydi. 
Ularning o'rni chandiq bo'lib qoladi.Ayrim holarda meningokokksemiya yashin 
tezligida boshlanib, bir necha soat ichida bemorning holi tang bo'lib qoladi. Qon 
bosimi butunlay tushub ketadi. Davolash kechiksa, 1-2 kun davomida o'lim bilan 
tugaydi. 
Meningokokkli meningit
 
o'tkir boshlanadi. Qisqa vaqt ichida isitma yuqori 
ko'rsatkichlarga yetadi, bemor sovqotadi. 
Qusish xarakterli hisoblanadi. U ovqat iste'mol 
qilish bilan bog'liq bo'lmaydi. Bir necha soat 
ichida 
meningit 
(miya 
pardasining 
shamollaniish) alomatlari paydo bo'ladi. Bemor 
betoqat, jonsarak bo'ladi, alahlaydi. Boshi 
qattiq og'riyotganidan shikoyat qiladi. Og'irroq 
xollarda 

xushidan 
ketadi, 
tirishishlar 
kuzatiladi. Bemor shu kasallikka xos majburiy 
holatni egallaydi. Uning boshi orqasiga tortib 
ketgan, oyoqlari buklanib, tizzasi qorniga 
tiralgan, ko'pincha ko'zlari yumuq bo'ladi. 
Meningitga xos bo'lgan ensa mushaklarining 
tarangligi, Kernig va Brudzinskiy alomatlari 
yaqqol ifodalangan bo'ladi. Teri sezuvchanligi 
keskin ortadi. Hatto terini paypaslash ham og'riq qo'zg'otadi.Og'irroq hollarda kalla-
miya nervlari jarohatlanishi tufayli ko'zda g'ilaylik, yuz nervi falajiga xos alomatlar 
(og'iz qiyshayishi bir tomonlama pastki qovoq osilib turishi va x.k.) kuzatiladi. 
Laboratoriya diagnostikasi 
maqsadida bakteriya tashuvchilik va nazofaringitni 
aniqlash uchun burun va tomoqdan sterillangan pilik bilan aloxida ravishda surtma 
olinadi. Uni qurib qolmasidan tezda laboratoriyaga yotqizishadi.Meningitda 
laboratoriya diagnostikasi maqsadida orqa miyadan suyuqlik oqib tekshiriladi. Bu 
kasallikda orqa miya suyuqligi ignadan bosim orqali otilib yoki tez tomchilab chiqadi. 
Chiqayotgan suyuqlik tiniq bo'lmaydi, bazan 
yiringli bo'ladi. Shu suyuqlikdan sterillangan 
probirkaga olib, laboratoriyaga jo'natiladi. 
Laboratoriyada undan surtma tayyorlab 
mikroskop ostida meningokokklarni topishi 
mumkin.Meningitda orqa miya suyuqligi 
tarkibida globulinlar miqdori ortib ketadi. Uni 
Pandi va Nonne-Apelt reaksiyalari vositasida 
aniqlanadi. Reaksiya natijasi, tekshirilayotgan 
suyuqlik qo'shilgan eritma rangi qanchalik 
loyqalashiga qarab 4 darajaga bo'linadi. Ular + 
belgisi bilan aniqlanadi. ++++ belgisi orqa miya 


88 
suyuqligida globulinlar g'oyat ko'pligidan darak beradi. 

Download 5,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish