Biologiya (2). cdr



Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/58
Sana10.04.2023
Hajmi5,73 Mb.
#926520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

 
 
 
 
 
 
 
 
 



1 BOB. YUQUMLI KASALLIKLAR HAQIDA TUSHUNCHA VA ULARNING KELIB 
CHIQISH TARIXI 
1-Mavzu: YUQUMLI KASALLIKLAR HAQIDA TUSHUNCHA VA ULARNING KELIB 
CHIQISH TARIXI. INFEKSTION JARAYON HAQIDA TUSHUNCHA. YUQUMLI 
KASALLIKLAR TASNIFI VA TASHHISOT USULLARI 
 
REJA: 

Yuqumli kasalliklar fanining hozirgi davridagi tutgan o’rni.

Yuqumli kasalliklarni kelib chiqish sabablari.

Yuqumli kasalliklar fanining maqsad va vazifalari.

O’rta Osiyoda yuqumli kasalliklarni o’rgangan olimlar.

Aholi o’rtasida yuqumli kasalliklarni oldini olish chora-tadbirlari. 
Infekstion jarayonning rivojlanishi.

Yuqumli kasalliklarning o’ziga hushususiyatlari, bosqichlari. Yuqumli 
kasalliklarning tasnifi. “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi 
to’g`risida”gi O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonuni. 
Yuqumli kasallik xaqida tushuncha va uning kelib chiqish tarixi yuqumli 
kasalliklar insoniyatga qadim zamonlardan beri ma'lum. Ko'pgina yuqumli xastaliklar 
qadimda g'oyat keng tarqalgan, og'ir kechgan va minglab odamlarning yostig'ini 
quritgan. O'sha davrdayoq olimlar vabo, chinchechak, o'lat kabi ko'p uchraydigan 
kasalliklar yuqumli ekanini ta'kidlab, ularning tirik qo'zg'atuvchilari bo'lishi 
mumkinligani gumon qilganlar. Buqrot ularni "miazma" lar deb atagan. Xatto 
kasallikdan saqlanishning oddiy ehtiyot choralari ishlab chiqilgan.Tabobat ilmining 
bobokaloni Abu Ali ibn Sino (980-1037) o'zining "Tib qonunlari" kitobida 
"Kasalliklardan ba'zilari yuqumli bo'ladi" deb ko'rsatadi. "Bular, deb yozadi u moxov, 
zo'gar, chechak, vabo isitmasi, yiringlagan yaralar kabi xastaliklardir". Undan besh 
asr keyingina italiyalik shifokor D Frakostoro (1483-1553) "Kontagiyalar va 
kontagaoe kasalliklar" deb nomlangan kitobida yuqumli kasallik qo'zg'atuvchilarini 
tirik mavjudotlar "kontagiyalar" deb atagan. 
O'sha davrdagi fan va texnika taraqqiyoti aloxida yuqumli kasallikning 
qo'zg'atuvchisini aniq topish imkonini bermagan. Shu boisdan yana bir necha 
asrgacha bu kasalliklar mavsum bo'lib qolavergan.XVII asrda golland tabiatshunosi 
Antoniy van Levengukning mikroskopni kashf etishi mikroblar dunyosini o'rgamishda 
olamshumul axamiyatga ega bo'ldi. Ana shu kashfiyotdan keyin xam ayrim mikroblar 
ma'lum yuqumli kasallik qo'zg'atuvchini (patogen) ekani isbotlangucha 2
 
asr muddat 
o'tdi. Shu davrda xam qo'pgina yuqumli kasalliklar aloxida nomga ega bo'lmay, 
umumlashtirgan xolda "isitma kasalliklari" yoki bezgak deb atalardi.XIX asrning 
ikkinchi yarmidan boshlab patogen mikroblarining u yoki bu yuqumli kasalliklarning 
kelib chiqishiga sababchi ekanligi isbotlana boshlandi. 1875 yilda amebiaz kasalligi 
qo'zg'atuvchilari, 1880 yilda esa bezgak va ich terlama, 1898 yilda leyshmanioz 
kasalligi qo'zg'atuvchilari aniqlandi. Keyinroq sil, qaytalami tif, quturish kasalligi 
qo'zg'atuvchilari xam ma'lum bo'ldi. Bu tadqiqotlarga fransuz olimi Lui Paster



(1822-1895). nemiye olimi Robert Kox (1843-1910), rus olimlari I.I.Mechnikov (1845-
1916), D.I.Ivanovskiy (1864-1920), N.F.Gamaleya (1859-1949), P.F.Borovskiy (1863-
1932) va boshqalar salmoqli xissa qo'shdilar. XX asrda ko'pgana rikketsioz va virusli 
kasalliklarning qo'zg'atuvchilari aniqlandi. Bu borada L.AZilber, M.P. Chumakov, 
A.K.Shubladze va V.D.Solovyev kabi olimlarning xizmatlari katta bo'ldi. Yuqumli 
kasalliklar qo'zg'atuvchilarining aniqlanishi, xar bir kasallikning kelib chiqishi, 
tarqalish 
xususiyatlari, 
patogenezi, 
klinikasi 
va 
profilaktikasini 
osonlashgirdi. Shuningdek, bu kasalliklarda immunitet jarayonini o'rganish uchun 
xam imkoniyat yaratimi. Bu soxada erishilgan yutuqlar natijasida birinchidan, 
etiologik diagaostikadan tashqari, bemorning qon zardobida paydo bo'ladigan 
maxsus antitelolarni aniqlashga asoslangan serodiagnostika usullari ishlab chiqildi. 
Ikkinchidai, immunitet qоnuniyatlariga asoslanib, davolash va profilaktika maqsadida 
ishlatiladigan zardob va vaksinalar kashf etildi. Jumladan, difteriya va botulizm 
kasalliklarini davolashda xanuzgacha ularga qarshi антитоксик zardob ko'llanib 
kelmoqda. Bolalarni ko'pgina yuqumli kasalliklardan saqlash maqsadida maxsus 
taqvim (kalendar) asosida ularni sil, poliomiyelit (shol), difteriya, ko'k yo'tal, qoqshol, 
qizamiq, tepki kasalliklariga qarshi emlanadi. V gepatitiga qarshi vaksina xam 
qo'llanmoqda.Yuqumli kasalliklarni davolash soxasida erishilgan yutuqlar 
antibiotiklar qo'llanishi bilan bevosita bog'liq, 1941 nima dastlabki antibiotik - 
penitsillin kashf etilgan bo'lsa, hozirgi kunda davolash jarayonida o'nlab 
antibiotiklardan foydalanilmoqda. Ularni ishlatish natijasida yuqumli kasalliklar soni 
ham, ulim hodisalari xam muttasil kamayib bormoqda. Ikkinchidan, ayatibiotiklar 
qo'llanganida organizm mikroblardan tez forig' bulib, bakteriya tashuvchilik holati 
rivojlanishi keskin kamayadi. Bemordan atrofidagi sog'lom odamlarga kasallik yuqish 
extimoli sezilarli darajada pasayadi. O'zbekisistonlik olimlar xam yuqumli kasalliklarni 
ilmiy o'rganish borasida katta tajribaga ega. Asrimiz boshlarida Turkistonda yuqumli 
kasalliklarni o'rganish shu o'lkada yashagan rus olimlari P.F.Borovskiy (teri 
leyshmaniozi qo'zg'atuvchisini topgan), A.D.Grekov, N.I.Xodukin, L.M.Isayev va 
boshqalar tomonidan amalga oshirilgan bo'lsa, 1940 yillarga kelib, maxalliy xalq 
orasidan yetishib chiqqan olimlar amaliy tibbiyot soxasida katta ilmiy izlanishlar olib 
bordilar. Dastlabki vaqtlarda M-S.Sofiyev, S.N.Bobojonov, AB.Inogomovlarning ilmiy 
ishlari asosan o'sha davrda keng tarqalgan parazitar kasalliklarga bag'ishlangan edi. 
Yuqumli касалликлар bo'yicha bevosiga ish иш olib borgan va ko'plab ilmiy xodimlar 
tayyorlagan olimlardan I.K.Musaboyev, T.X.Najmitdinov, V.M.Majidovlarni qo'rsatib 
o'tish lozim. O'zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi, Rossiya Tibbiyot fanlari 
akademiyasining muhbir a'zosi, professor I.K.Musaboyev boshchiligida tif.paratif 
kasalliklari, ichburug', vabo, virusli gepatitlar, difteriyaning patogeiyezini o'rganish va 
davolash usullarini takomillashtirishda katta ilmiy ishlar baja bajarilmoqda. Taniqli 
bu olim rahbarligida 120 dan ortiq fan doktorlari va fan nomzodlari tayyorlangan. 
Bolalarda ko'p uchraydigan yuqumli kasalliklarni o'rganishida professorlardan 
X.A.Yunusova, O.S.Maxmudov, T.O.Daminov, SH.N.Nazarovlar boshliq ilmiy jamoalar 
keng ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Brutsellez xastaligini o'rganishda professorlar 
SH.X.Xo'jayev, V.M.Majidov, K.J.Jalilovlarning xizmati katta. O'zbekiston Fanlar 



akademiyasining xamda Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasining muxbir a'zosi 
A.O.Obidovning mikrobiologiya va immunologiya soxasidagi, professor-virusolog 
S.S.Maxsumovning virusologiyaga oid ilmiy ishlari katga axamiyatga ega bo'ldi.

Download 5,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish