2 BOB. ICHAK INFEKSTIYALARI
2 Mavzu: DIZENTERIYA. SALMONELLYOZ
REJA:
Kasallik haqida tushuncha. Ichak infekstiyalari kasalliklarining
qo’zg`atuvchilari, rivojlanish mehanizmi.
Yuqish yo’li. Tasnifi. Asosiy klinik ko’rinishi, asoratlari.
Toksikoz va eksikoz haqida tushuncha. Bemorlarni ko’zdan kechirish.
Parhez ovqatlantirish. Bakteriologik va serologik tekshirish
usullarining ahamiyati.
Kasallikni oldini olish. Profilaktik chora-tadbirlar o’tkazish.
Kasalliklarni oldini olishda sanitariya-maorif ishlarining ahamiyati.
O’zbekistonRespublikasi hududida salmonellyoz va o’tkir ichak
infekstiya kasalliklarini oldini olish to’g`risida amaldagi buyruqlari.
Dizenteriya (ichburug', shigellezlar). Dizenteriya ko'pincha o'tkir kechadigan,
umumiy intoksikatsiya va asosan yo'g'on ichakning pastki qismlari shikastlanishi
bilan o'tadigan yuqumli kasallik. Ilgari vaqtda dizenteriyaning surunkalituri ham
uchrab turardi. Keyingi yillarda asosan dizenteriyaning o'tkir turi qayd
kilinmoqda.Etilogiyasi. Dizenteriyani qo'zg'atuvchi mikroblar shigellalar turiga
mansub. Shunning uchun kasallik hozirgi xalqaro iborada shigellez tez yuritiladi.
Shigellalar juda xilma-xil, asosiy turlari Shiga, Fleksner, Zonne mikroblari hisoblanadi.
Shuningdek, ularning o'ziga xos serotip va Fleksner turining juda ko'p vakillari
mavjud. Shigellalar grammanfiy mikroblar bo'lib, uzunligi 3 mikrongacha boradigan,
uchi yumaloq tayoqchalar. Xarakatsiz. Ulartuproqda bir necha oy, oqar suvda bir
necha soatda va 2 oygacha, sabzavotlar, non va siriyog'da 2 haftagacha saqlanishi
mumkin. Barmoqlarda, o'yinchoqlarda bir necha kungacha saqlanadi. Zonne
mikroblari sutda yaxshi saqlanadi, hatto ko'payadi. Quyosh nuri ta'sirida 30 minutda,
qaynatilganida o'sha zahoti nobud bo'ladn. Ifloslangan kiyim-kechakda 18-25°S
haroratda uzoq muddat yashaydi. Dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida 20-30
minutda o'ladi. Dizenteriya qo'zg'otuvchilari selenitli, Endo, Levin, Ploskirev, Tiga
muhitlarida yaxshi o'sadi. Shigellalarni laboratoriya sharoitida topish uchun ana shu
muddatlarga ekib o'stiriladi. Tashqi muhit tasiriga Zonne shigellalari yangi chidamli
hisoblanadi. Shiga tayoqchalari esa g'oyat chidamsiz. Fleksner mikroblari oraliq
o'rinni egallaydi. Shiga mikroblari kuchli ekzotoksin hosil qiladn. Shu sababli ular
qo'zg'otgan kasallik ko'pincha og'ir o'tadi.
Epidemiologiyasi. Ichburug' kasalligi dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida
uchraydi. Markaziy Osiyoda ko'p uchraydigan xastaliklardan hisoblanadi,
O'zbekistonda ham dizekgeriya bilan kasallanish ko'rsatkichlari yuqori. Asosan bir-
biri bilan bog'liq bo'lmagan - sporadik kasallanish turida qayd qilinadi. Kam hollarda,
ochiq suv havzalari ifdoslanishi natijasida bir guruh odamlar kasallanish uchrab
turadi. Ba'zan bolalar massasalarida, sanitariya-gigiyena talablari qo'pol ravishda
buzilishi oqibatida, shigellalar bilan zararlanib qolgan ovqat mahsulotlari vositasida
tarqalish tufayli kichik avj olishlar kuzatiladi. O'zbekistonda shigelez uchun
12
mavsumiylik xos. Yozoylarida bemorlar soni sezilarli darajada ko'payadi. Asosan
bolalar kasallanadilar. Kasallik Buxoro, Farg'ona, Toshkent viloyatlari va Toshkent
shahrida boshqa xududdarga nisbatan ko'proq qayd qilinadi.
Respublikada XX asirning 50-yillarigacha Shiga mikroblari qo'zg'atgan
dizenteriya hollari keng tarqalgan va o'lim ko'rsatkichlari ham yuqori eda. 60-80
yillarda bu qo'zg'atuvchilar bilan bog'liq kasallik xollari kuzatilmadi. 1990-yildan
boshlab, Shiga dazenteriyasi yana qayta uchray boshladi. O'zbekistonda
ichburug'ning eng asosiy qo'zg'otuvchisi Fleksner shigellalarn hisoblanadi. Zonne
mikroblari 2-o'rinni egallaydi. Yevropa mamlakatlarida Zonne shigellalari,
rivojlanayotgan mamlakatlarda esa Fdeksif mikroblari kuzg'atgan kasallik hollari ko'p
qayd etiladi.Infeksiya manbai bemor odam hsoblanadi. Ichburug' kasalligida
bakteriya tanuvchilarining epidemiologik, ahamiyati tif-taratiflaridagidek yuqori
emas. Dizenteriyani tarqatishda xastalikning yengil turi bilan og'rigan bemorlarning
o'rni katta. Shigellalar bemor organizmidan najas bilan ajralib chiqadi, uning
atrofdagilarga tarqalishida idish-tovoq o'yinchoq, va boshqa uy ashyolari muhim
ahamiyatga ega. Shaxsiy gigenaga e'tibor bermaslik, dizenteryaning oilada va bolalar
muassasalarida shu yo'l bilan oson tarqalishiga sabab bo'ladi.Sut va sut
mahsulotlarida shigellalar yoz oylarida juda tez ko'payadi. Ayniqsa Zonne mikroblari
uchun sut qulay ozuqa mudati hisoblanadi. Bunday mahsulotni iste'mol qilish
natijasida bir guruh odamlar kasallanadi. Zararlangan sabzavotlar: bodring, pomidor,
salat, ko'k piyoz, kukatlarni yuvmasdan iste'mol qilganda ham shigellalar organizmga
tushib qoladi. Dizenteriya mikroblarining tarqalishida pashshalar ham faol ishtirok
etadi.Tarqalish yo'llari va omillaridan qatyiy nazar, ichburug' mikroblari faqat og'iz
orqali tushadi.
Patogenezi. Kasallikning qaysi yo'sinda shakllanishi va ketishi bir tomondan
shigellalarnnng xususiyatiga borg'iq bo'lsa ikkinchidan bemor organizmining holati
va xususiyatlari bilan borliq. Dizenteriyada asosiy patologik o'zgarishlar yo'g'on
ichakning ohirgi qismlari sig'masimon va to'g'ri ichakda rivojlanadi. Shu bilan bir
qatorda butun me'da-ichak yo'llarida ro'y beradigan o'zgarishlar toksinning ichak
nerv-tomir sistemasiga ko'rsatadigan ta'siri bilan bog'liq. Qon tomiri devorlari
o'tkazuvchanligining ortishi tufayli, ichak shilliq qavati qizaradi (gaperemiya), shilliq
qavati bo'rtib chiqadi. Mahalliy qon aylanishi buzilinsh oqibatida to'qimaning ayrim
joylarida nekroz yuz beradi. Uning ustidaga parda tushib ketgach, yara hosil bo'ladi.
U 1-2 hafta ichida bitadi. Amalda yaralar paydo bo'lishi kam uchraydi. Ko'p hollarda
shilliq qavat yallig'lanishiga xos alomatlar, ba'zan, mayda qon quyilishi -
gemorragiyalar uchraydi. Keyingi yillarda shigellalarning epitliy xujayrasi ichiga kirish
qobilyati borligi aniqlandi.
Klinikasi. Dizenteriyaning yashirin davri o'rta hisobda 2-3 kun (1 kundan 7-
kungacha) davom etadi. Kasallik to'satdan boshlanadi. Dastlab et uvishib, lohaslik
paydo bo'ladi. Ko'p vaqt o'tmay isitma ko'tariladi. U odatda 38-390S dan oshmaydi.
Ishtaha yo'qoladi. Oradan 1-2 soat o'tgach qorinda og'riq paydo bo'ladi. Og'riq
doimiy bo'lmay, vaqti-vaqti bilam burab og'riydi, keyin biroz kamayadi. Ichbururda
og'riq asosan kindikdan pastda, ko'proq, chap yonboshda his etiladi. Shu bilan bir
13
vaqtda yoki biroz kechikib hojat kistaydi.Ko'pincha dastlab ich suyuq xolda ko'p
keladi va patologik aralashmalar bo'lmaydi. Vaqt o'tgan sari xojat istashi tezlashadi
najas oz miqdorda, kuchanish bilan keladi. Hojatdan so'ng bemor yengil tortmaydi.
Kasallik avjiga chiqqan davrda xojat juda tez qistaydi. Bunda najas massasi g'oyat
kamayib ketadi, unga shilliq va qon aralashish, ayrim hollarda xatto yiringli bo'ladi.
Ushbu hollatda bemor xalovatini yo'qotadi. Xojatxonadan qaytib ulgurmasadan,
qaygadan xojat qistayda. Ba'zan borganida xech narsa kelmaydi. U sohta hojat his
qilish deyiladi. Shuningdek, ich kelishi g'oyat qiyinchilik bilan sodir bo'ladi. Bemor
uzoq vaqt kuchanib o'tiradi. Bu alomat tenezm deyiladi va dizenteriyaga xos
xisoblanadi. Og'ir xollarda, ayniqsa go'daklarda kuchanish zo'ridan orqa teshik yiriq
bo'lib qoladi.Kasallikning kaday og'irlikda kechishiga qarab, yengil turlarida kuniga 5-
8-10 marta ich surishi kuzatilsa, og'ir hollarda 25-30 marta va undan ortiq bo'lishi
mumkin. Ba'zan bemor xisobdan adashib ham ketadi. Hojatni tuta olmay qolgan
hollar ham bo'ladi. Umuman olganda, ichburug' o'rta og'irlikda kechadigan hollar
ko'proq qayd etiladi. Bunda ich surishi kuniga 10-15 martaga borada.Xastalik avj
olgan davrda bemorni ko'zdan kechirilganida uning yuzida iztirob alomatlari seziladi.
Bemor kupincha yonboshlab, ikkala qulini qorniga qo'ygan holda yotadi. Qorindaga
og'riq zo'raygan vaqtda yuzi tirishib ketadi, dodlab yuborgudek bo'ladi. Ko'pincha
tana harorati ko'tariladi. Tomir urishi tezlashadi.Bemorni ko'zdan kechirganda tili
biroz qurishgan, karash qoplagan bo'ladi. Yurakda taxikardiya eshitiladi. Bemorning
qorni taranglashgan, paypaslab ko'rilganda yo'g'on ichak yo'nalishi bo'yicha og'riq
seziladi. Ko'pincha og'riq chap yonbosh sohasi va qovuq ustida kuchli bo'ladi. Chap
yonbosh sohasida qorin mushaklari ostida tarang tortilgan sig'masimon ichakni
paypaslab ko'rish mumkin. Tekshirish vaqtida u qattiq og'riyda. Qonda ba'zan biroz
leykotsitoz, ECHT ortgani kuzatiladi.Dizenteriyaning avj olish davri ko'pincha 3-4
kundan oshmaydi. So'ngra isitma 1-2 kun ichida me'yoriga keladi. Ich kelishi kamaya
boshlab, dastlab suyuq holda bo'ladi. Keyinchalik, najas odatdagi tusda bo'lib, kuniga
1-2 marta keladi. Ich qotishidan 1-2 kun oldin undagi patologik elementlar (qon,
shilliq) aralashmasi yo'qoladi. Qornidagi og'riq ham kamayib, ich yaxshilanishi bilan
yo'kola boradi.Bolalar va keksaklarda ichburug' kasalligi ko'pincha og'ir utadi.
Intoksikatsiya alomatlari yaqqol ifodalangan bo'ladi. Ich buzilishi davri 10-12
kungacha cho'zilib ketishi mumkin. Sog'ayish ham ancha sekinlik bilan ro'y
beradi.Shiga mikroblari ekzotoksin ishlab chiqarishi tufayli, ular qo'zg'atgan
dizenteriya ko'pincha og'ir kechadi. Bunda ichak alomatlaridan ko'ra, umumiy
intoksikatsiya kuchli rivojlanadi. Uniig ta'sirida yurak-tomir sistemasi faoliyati sezilarli
darajada buziladi. Qon bosimi pasayadi. Ba'zan kollaps ro'y beradi. Intoksikatsiya
ta'sirida o'tkir buyrak yetishmovchiligi hollari ham uchrab turadi.Zonne mikroblari
qo'zg'atgan kasallik asosan qisqa qusish boshlanishi bilan ifodalanadi. Deyarli bir
vaqtda yoki biroz keyin ich surishi boshlanadi. Najas ko'pincha suvdek suyuq, shilliq
va biroz qon aralash bo'ladi. Bemorni ko'zdan kechirganda tananing suvsizlanish
alomatlari aniqlanadi. Korinni paypaslab ko'rganda og'riq ikkala yonbosh sohasi va
kindik atrofida ham seziladi. Umuman olganda, Zonne shigellalari sababchi bo'lgan
14
ichburug'ni klinik alomatlariga ko'ra ovqat toksikoinfeksiyalaridan farqlash oson
emas.
Tashxisi. Ichburug' kasalligiga tashxis qo'yishda kasallikning o'ziga xos gemokolit
simptomlari (qon va shilliq aralash ich ketishi) mavjudligi katta ahamiyatga ega.
Shuningdek, epidemiologik ma'lumot ham e'tiborga olinadi. Bemor bilan muloqotda
bo'lish, ichish uchun oqar suvlardan foydalanish, turar joylarning sanitariya holati
yomonligi, pashshalar ko'pligi ichburug' tashxisish qo'yishda muhim o'rin tutadi.
Laboratoriya tashxisi. Dizenteriya tashxisini qo'yishda laboratoriya usullaridan
bakteriologik tahlil va najasni koproskopik tekshirish natijalari hal qiluvchi
ahamiyatga ega.Najasni bakteriologik tekshirish uchun dezinfeksiyadan so'ng yuvib,
qaynoq suv bilan chayib tashlangan tuvakdan simli ilgakcha vositasida 2-3 gr. najas
olib,Tiga, Ploskirev muhitlariga ekiladi. Yaxshi natija olish uchun shilliq va yiring
aralashmasi bir joydan olib ekiladi. Sterillangan tamponni orqa teshik orqali kirg'azib
ham tahlil olish mumkin. Tekshirish kasallikning dastlabki kunlarida va antibiotik
qo'llashdan oldin tashkil etilsa, ijobiy natija (koprokultura) olish imkoni ortadi.
Dizenteriyada najasni bakteriologik tekshirish xar doim ham ijobiy natija
beravermaydi. Shu sababli bakteriologik tekshirish ijobiy natija bermasligi
dizenteriya yo'q degan ma'noni bildirmaydi. Kasallikning klinik namoyon bo'lishi
o'ziga xos bo'lgan xollarda, najasdagi o'zgarishlar yaqqol aniqlanganda, ichburug'
tashxisini bakteriologik tasdiqsiz xam ko'yish mumkin.Shunga ko'ra dizenteriya
dignostikasida koproskopik tahlil muxim axamiyatga ega. Bu tekshirish klinik
laboratoriyada amalga oshiriladi. Avvalo, najasni ko'zdan kechirganda uning
konsistensiyasi, ko'zga tashlanadigan qon shilliq, yiring aralashmalari bor-yo'qligaga
e'tibor beriladi. Surtma tayyorlab mikroskop ostida tekshirilganda ko'rish maydonida
10 tadan ortiq leykotsit va eritrotsitlar bo'lishi dizenteriyada ko'p uchraydi. Bazi
xollarda ko'rish maydoni eritrotsit, leykotsit, shilliq bilan to'lib yotgan bo'ladi.Ilgari
ichburug' tashxisini qo'yishda rektoskopiya usuli keng qo'llanar edi. U temirdan
yasalgan, uzunligi 25-30 sm li nay vositasida amalga oshiriladi. Rektoskopiyaga
tayyorlash uchun bemorga kechqurun va ertalab tozalovchi xuqna qilinadi. Ertalab
tekshirishdan o'tguncha bemor ovqatlanmasligi kerak. Rektoskopda tekshirishda
15
bemor stol ustiga ma'lum holatda cho'kkalatib 20-25 sm gacha ichkariga ehtiyotlik
bilai yuboriladi. Bunda to'g'ri va sig'masimon ichak shilliq qavatini ko'rish mumkin.
Rektoskop ichidagi kichik lampochka shilligq qavatini yoritib turadi. Ichakning
ko'rilayotgan joyida shilliq qavatlarning yaltirab turishi, bo'rtganligi, qizarib turishi
dizenteriyaga xos hisoblanadi. Ayrim hollarda bunga qo'shimcha ravishda qon
talashish (gemorragiya) lar, xatto yaralar borligi aniqlanada.Keyingi yillarda
rektoskopiya kam qo'llanmoqda. Klinik va laboratoriya tekshirishlari dizenteriyaga
xos natija berganida rektoskopiyaga hojat dam qolmaydi. Diagnostika uchun qiyin
hollarda yoki ichakda xavfli o'smalar borligiga shubxa qilinganida, hozirgi davrda
kolonofibroskopiya usullaridan foydalaniladi. Kolonofibroskopni yo'g'on ichakka 1.5-
2 sm masofagacha kiritib, uning xamma qismlarini ko'rish mumkin. Bu asbob tolali
optika yutuqlari asosida yasalgan bo'lib, egiluvchan plastmassa bilan koplangan.
Uning uchidagi ko'rish linzasi vositasida ichakning xoxlagan qismida shilliq qavat
holatini o'rganish mumkin. Lozim bo'lgan hollarda, fotoapparat ulab, kerakli joyning
rasmi xam olinadi.Dizenteriyaga tashxis qo'yishda passiv gemagglutinatsiya
reaksiyasi (PGAR) qo'yiladi. Buning uchun kasallikning 3
-
4 kunidan boshlab, bilakdan
1-2 ml qon olib, dazenteriya eritrotsitar diagnostikumi bilan serologik reaksiya
qo'yiladi. Reaksiyaning diagnostik titri 1:100. Oradan 4-5 kun o'tkazib tekshirish
takrorlansa, reaksiya titri ortib boradi.Bir vaqtlar dezanteriyaga tashxis qo'yishda
allergik sinovidan ham foydalanilar edi. Uni Suverkalov sinovi deyilada. Reaksiya
ko'yish uchun bilak terisi orasiga 0.1 ml dizenterin yuborib, 24 soatdan so'ng natijasi
ko'riladi. Hozirga vaqtda amaliyotda undan foydalanilmaydi.
Davolash. Ichburug' bilan og'rigan bemorlar odatda shifoxonaga yotqizib
davolanada. Kasallik yengil ko'rinishda kechgan xollarda, katta yoshdagi bemor
xonadonida sanitariya-gigiyena tadablariga javob beradagan sharoit bo'lsa, unda
xam davolanishi mumkin. Bunda joriy dezinfeksiya vaqtida o'tkazib turilishi lozim.
Oziq-ovqat korxonalari, do'konlari, bolalar muassasalarida ishlaydigan bemorlar,
kasallik qanday og'irlikda kechishidan qatyiy nazar, shifoxonaga yotqizib
davolanadi.Bemorni davolash har tomonlama asoslangan bo'lishi lozim. Kasallik avj
olgan davrda osonroq xazm bo'ladigan taomlar buyuriladi (Pevzner bo'yicha 4-stol).
Sut qo'shilgach ovqatlar tavsiya etilmaydi. Ichak shilliq qavatini qittiqlovchi hom
piyoz, sarimsoq piyoz, qalampir, o'rik ham to'g'ri kelmaydi. Asal yeb turish foydali
xisoblanadi.Kasallik o'rta og'irlikda va og'ir kechgan hollarda etiotrop davolash
maqsadida antibiotiklar qo'llash mumkin. Jumladan, levomitsetin (0.5 g dam kuniga
4 mahal), tetrasiklin (0.5 g dan kuniga 4 maxal), intetriks (2 kapsuladan kuniga
3
maxal) kabi dorilardan birortasi 5 kun davomida beriladi. Zarurat bo'lganida
bularga ko'shimcha ravishda ftalazol yoki sulgin 1.0 g dan kuniga 4 maxal 5 kun
davomida ichiriladi. Antibiotiklar bo'lar-bo'lmas hollarda tayin qilinishi, davolash
kursi ko'pincha oxiriga o'tkazilmasligi tufayli, keyingi paytlarda shigellalar orasida
antibiotik ta'sir etmaydigan mikrob shtammalri ko'payib bormoqda. Shu holatni
yodda tutib, antibiotik faqat zarurat bo'lgandagina qo'llanilishi lozim. Qolaversa,
antibiotiklar ta'sirida ichak disbakteriozi kuchayishini xam unutmaslik kerak.Etiotrop
davolash vositasi sifatida furazolidon (furadonin) xam keng qo'llanadi. Uni 0.1 g dan
16
kuniga 4 maxal 5 kun davomida ichirilada. Keyinga paytlarda dizekteriyani
davolashda pentinning 5% li (bolalar uchun 3% li) eritmasini 3-4 kun ichirish yaxshi
naf bermoqda. Bu preparat shigellalar bakteritsid ta'sir ko'rsatib, ichakning normal
mnkroflorasnga eiyon yetkazmasligi isbotlangan.Ichburug' og'ir kechgan hollarda
intoksikatsiyani kamaytirish maqsadida 5% li glukoza, 0.9% li osh tuzi, Ringer
eritmalariga askorbin kislotasi (5% li 5 ml) qo'shib tomirga tomchilab yuboriladi.
Bemorning axvoliga qarab, kuniga yuboriladigan suyuqlik miqdori 500-1500 ml ni
tashkil etadi. Yurak faoliyatini yaxshilash uchun kordiamin, strofantin
qo'llanadi.Qorindaga og'riqni kamantirishga 2% li papaverin (2.0 ml), I no-shpa (2,0
ml), baralgin (5.0 ml) eritmalaridan muskul orasiga yuboriladi. Bemor axvoli
ko'targan hollarda bu preparatlarnn tabletka holida berish mumkin. Qoringa issiq
suv solingan rezina xaltachann vaqti-vaqti bilan qo'yib turish ham og'riqni
kamaytiradi.Yo'g'on ichakda gemorragiya, yaralar bo'lganda davolash huqnasi
qilinadi. Bu maqsadda 0.2% li furatsilin eritmasi, giyohlar damlamasi, kunjut moyi
ishlatiladi. Davolash huqnasi ichak tozalanganidan so'ng 100 ml dan ortiq bo'lmagan
miqdorda yuboriladi. Uni yuborgandan keyin bemor 1-2 soat yotishi kerak.Ich uzoq
vaqt suyuq kelishi davom etgan hollarda vismut bilan tannalbin aralashmasi (0.5 g
dan) kukun holida yoki smekta preparati suyultirib ichiriladi.Bemor shifoxonadan ich
kelishi meyoriga qaytgan, najasni klinik laboratoriyada tekshirganda patologik
elementlar yo'qolganidan so'ng, umumiy axvoli yaxshi bo'lgan, isitmasi tushgan
holda ketishiga ruxsat etiladi. Bu orada antibiotik bilan davolash tugaganidan so'ng
bir marta koprokulturaga olingan (nazorat) tahlili manfiy natija bergan bo'lishi kerak.
O'rta hisobda ichburug' bilan og'rigan bemor shifoxonada 9-10 kun yotadi.
Profilaktikasi. Dizenteriyaning profilaktikasida aholining suv ta'minotini yaxshilash,
turar joylarni ozoda tutish muhim ahamiyatga ega. Oziq-ovqat tayyorlaydigan
korxonalar, sut kombinatlari, bolalar muassasalarida ishni sanitariya-gigiyena
talablariga qat'iy rioya qilgan holda tashkil etish lozim. Kasallik oldini olishda pokiza
bo'lish juda ahamiyatlidir. Shuning uchun aholi orasida keng tushuntirish va
targ'ibot ishlari olib borish zarur.
Bemor shifoxonaga jo'natilganidan so'ng xonadonida yakunlovchi dezinfeksiya
o'tkaziladi. Bemor atrofidagi oziq-ovqat tizimi yoki unga tenglashtirilgan korxonada
ishlaydigan muloqotda bo'lgan kishilar ustidan 7 kun muddatga tibbiy nazorat
o'rnatiladi. Bu davr ichida najasi bir marta bakteriologik tahlil uchun olib
tekshiriladi.Dizenteriya muttasil ko'p qayd etiladigan qishloqlarda yoz fasli davomida
bakteriofag vositasida fagoprofilaktika olib boriladi. Dizenteriya bakteriofagi suyuq
yoki tabletka holida bo'ladi. Tabletka kattalarga har 3 kunda bittadan ichirib turilada.
Bolalarga esa suyuq bakteriofag shu muddatlarda 5-10 ml dan ichiriladi.
Salmonellyozlar o'tkir ichak kasalliklari orasida muxim o'rin tutadi. Kasallik asosan
me'da-ichak sistemasining jaroxatlanishi va intoksikatsiya alomatlari bilan kechib,
klinik
manzarasi
turlicha
namoyon
bo'ladi.
Etiologayasi.
Salmonellyoz
qo'zg'atuvchilari juda yetlma-xil bo'lib, ichterlama va paratif qo'zg'atuvchilaridan
farqli ravishda ko'pincha o'tkir gastroenterit alomatlari bilan kechadigan kasallik
qo'zg'atadi. Salmonellyoz kasalligining qo'zg'atuvchisi dastlab kasal hayvonlardan,
17
keyinchalik bemor odamlardan topilgan. Kasallik qo'zg'atuvchisi deb xisoblangan
Salmonella enteritidis mikroblari ilk bor 1888 yilda Gartner kashf etgan. Shu davrdan
boshlab salmonellalarning juda ko'p yangi serovarlari topilgan. Hozirgi kunda
salmonellalarning 2600 dan ortiq serovari ma'lum. Kaufman-Uayt taklif etgan
xalqaro tasnif bo'yicha antigen tuzilishiga ko'ra salmonellalar kuyidagi asosiy
guruxlarga bo'linadi: A, V, S, O, YE, G’ va x.k. Odamda kasallik qo'zg'atadigan
salmonellalar asosan V, S va O guruxlariga mansub. O'zbekistonda salmonellezlar
1960 yillardan boshlab chuaqu o'rganib kelinmoqda, Hozirgi kungacha respublikada
V, S, O va YE guruxlariga mansub salmonellalarning 100 dan ortiq serovari
aniqlangan. Ular orasida eng ko'p uchraydiganlari S.tifi murium, S.enteritidis,
S.nyuport, S.anatum, S.geydelberg va boshqalar xisoblanadi. Salmonellalar qayrilgan
tayoqcha shaklida bo'lib, uzunligi 1-3 mikron, yo'g'onligi 0.5 mikron. Tanasida gir
aylana joylashgan xivchinlari bor. Ular yordamida tez xarakat qiladi. Kuchsiz
ishqoriy muhitda yaxshi o'sadi. Salmonellalar mayda koloniyalar xosil qilib o'sishi
o'ziga xos xisoblanadi.Mikrob tanasida O-antigen, hivchinlarida N-antigen mavjud.
Ba'zi serovarlarida O-antigen tarkibnda VI-antigen xam bor. O-antigen tuzilish
xususiyatlariga qarab, salmonellalar turli serovarlarga bo'linadi, O-antigen
qizdirishga chidamli. Shu tufayli 2.5 soatgacha qaynatilganida xam parchalanmaydi
(salmonella mikroblari tushib qolgan xolda saqlangan ovqatni isitib iste'mol qilinsa
xam, baribir kasallik ro'y berishi mikrobning shu xususiyati bilan bog'liq). N-antigen
qizdirishga chidamli, 75-100°S da isitilganida, xlorid kislotasi va alkogol ta'sirida tez
parchalanada. Salmonellalar tashqi muxitda boshqa ichak guruxi mikroblariga
nisbatan ancha chidamli. Ular quruq va past xaroratli muxitda yaxshi saqlanadi. Sut
va sut maxsulotlarida salmonellalar 40 kungacha yashashi mumkin. Go'shtda uy
sharoitida salmonellalar 15 kungacha, sovutqichda esa 60 kungacha saqlanib turadi.
Tuxum va undan tayyorlangan mahsulotlarda, non va boshqa oziq-ovqat
mahsulotlarida ham salmonellalar uzoq vaqt yashashi mumkinligi isbotlangan. Ko'k
piyoz, bodring va boshqa sabzavotlarda 14-15 kungacha saqlanib qolada.
Epidemiologiyasi. Salmonellez ilgari hayvonlar kasalliga deb hisoblangan. So'nggi
yillardagi ilmiy izlanishlar natijasida infeksiyaning asosiy manbai hayvonlar bo'lsa
ham, ulardan odamga, hatto bir odamdan boshqalarga ham o'tishi mumkinligi
isbotlangan. Shuning uchun salmonellezlar hozir eooantroponoz kasalliklar guruhiga
mansub hisoblanadi. Salmonellez keng tarqalgan kasallik bo'lib, barcha davlatlarda
shok ro'y berishi uchraydi.Hayvonlar orasida infeksiya manbai sifatida qoramol
muhim o'rin tutadi. qoramolda salmonellez yaqqol ifodalangan kasallik yoki
bakteriya tashuvchilik ko'rinishida kechishi mumkin.Ularda asosan s.dublin,
s.enteritidis va s.tifi murium topiladi. Cho'chqa va parrandalar orasida ham
salmonellez ko'p uchraydi. Kasal parrandalarning go'shti ham, tuxumi ham
salmonellalar bilan zararlangan bo'ladi.Bemor odam yoki bakteriya tashuvchi xam
infeksiya manbai bo'la oladi. Infeksiya manbai sifatida odamning o'rni xayvonlar
o'rniga nisbatan kam. Odamdan kasallik atrofdagilarga asosan kundalik bevosita
muloqot yo'li bilan, ifloslangan anjomlar vositasida tarqaladi. Bemor yoki bakgeriya
tashuvchi ovqat tayyorlash, tashish, sotish bilan mashg'ul hollarda salmonellalar
18
boshqa ichak infeksiyalaridagi kabi ovqat mahsulotlari vositasida tarqaladi.
Salmonellez tarqalishida asosiy omil ovqat mahsulotlari hisoblanadi. Bunda mikrob
sog'lom odam organizmiga zararlangan hayvon go'shti yoki tuxumi vositasida og'iz
orqali tushadi. Ba'zi hollarda kasal xayvon chiqindilari suvga tushib, suv odamlar
orasida salmonellez tarqalishida asosiy omil bo'lib hisoblanadi. Kasallik ushbu yo'l
bilan tarqalganida odatda, shu suv manbaidan foydalanadigan aholi orasida
salmonellez katta yo kichik avj olish holida qayd etiladi.Oilada katta yoshdagi odam
salmonellez bilan og'riganida muloqot orqali kasallik atrofdagi bolalarga, ayniqsa,
go'daklarga tarqalishi mumkin. Xastalikning bunday yuqishi ayniqsa tug'ruqxonalar
va go'daklar bo'limida ko'proq uchrab turadi. Tibbiyot xodimlari, shifoxonaga
yotqizilgan homilador ayollar, go'daklar orasida salmonellyoz kasalliga yoki bakteriya
tashuvchilar bo'lganida, tibbiyot muassasalarida kasallik avj olishi kuzatiladi.
Ularning kelib chiqishiga o'sha joyda sanitariya-gigiyena talablarining qo'pol ravishda
buzilishi sabab bo'ladi.Respublikada salmonellyoz Yevropa davlatlariga nisbatan
kamroq; xollarda uchraydi. Bu xolat, fikrimizcha, maxalliy axolining ovqatlanish
an'analari — ovqatni yaxshi qaynatib yoki qovurib tayyorlash odati bilan xam bog'liq
bo'lsa kerak. U asosan sporadik kasallik sifatida qayd qilinadi. Bazan cheklangan avj
olishlar kuzatiladi. Kasallik yil davomida uchrab tursa xam, yoz-kuz oylarida ko'proq
kayd etalada. Kattalarga nisbatan bolalar orasida salmonellyoz ko'proq uchraydi.
Ayniqsa, 3-yoshgacha bo'lgan bolalar kasallanadilar. Salmonellez ko'proq sun'iy
ovqatlanadigan bolalarda uchrashi isbotlangan. Ko'krak suti emadigan bolalar ularga
nisbatan 3
marta kam kasallanadi.
Patogenezi. Mikrob
odam
organizmiga
faqat
og'iz
orqali
tushadi.
Salmonellyozda asosiy patomorfologik o'zgarishlar I me'da-ichak yo'llarida
rivojlanadi. Uning qay darajada ifodalanishi bemor organizmining kasallanish
davridagi xolatiga ko'p jixatdan bog'liq. Keyinga yillarda aniqlanishicha, salmonellalar
xalok bo'lganida ajraladigan endotoksin ta'siridan tashqari, mikrobning boshqa
xususiyatlari xam o'rin tutadi. Salmonellalar og'iz bo'shlig'i va ingichka ichakning
epiteliy xujayralari ichiga qirish qobiliyatiga va u yerda ko'payib, xujayra parchalovchi
(sitopatogen) ta'siriga ega ekanligi aniqlangan. Bu esa kasallik patogenezida muxim
axamiyat kasb etadi.Salmonellalar og'iz orqali organizmga tushgach, og'iz bo'shlig'i,
ichak shilliq qavati va limfoid to'qimalar orqali qon va limfaga o'tib, yangi a'zolarga
tarqaladi. Keyingi bosqichda salmonellalar xujayradar ichiga kirib oladi va ularni
kemira boshlaydi. Natijada suv va elektrolitlar almashinuvi buziladi. Gastroenterit
alomatlari yuzaga keladi. Endotoksin ta'sirida va degadratatsiya tufayli yurak-tomir
sistemasi faoliyati buziladi. Nerv-gumoral boshqarish mexanizmi izdan chiqadi. Bu
klinik jihatdan intoksikatsiyada degidratatsiya alomatlari bilan namoyon bo'ladi.
Keyingi bosqichda organizmning ximoya kuchlari ishga tushib, ko'pincha kasallik
tuzalish bilan yakunlanadi.Klinikasi. Kasallikning yashirin davri bir necha soatdan 1-
2
kungacha. Xastalik odatda o'tkir boshlanadi. U yengil, o'rtacha og'irlikda va og'ir
turda kechishi mumkin. Nimjon, chala tug'ilgan, sun'iy ovqatlanadigan bolalarda
salmonellyoz ko'pincha og'ir o'tadi. Keksa yoshdagilarda ham kasallik ko'pincha og'ir
va uzoq kechadi.Salmonellyoz ovqat vositasida yuqqan hollarda kasallik ovqatdan
19
zaharlanish toksikoinfeksiya ko'rinishida namoyon bo'ladi. Kasallik yengil kechganida
bemorning umumiy ahvoli kam o'zgaradi. Tana harorati deyarli ko'tarilmaydi.
Qorinda biroz og'riq bo'ladi, ich buzilib, kuniga 3-5
marta suvdek ketadi. Og'irroq
hollarda intoksikatsiya va diareya sindromiga xos alomatlar yaqqol ifodalanadi.
Umumiy lohaslik, ishtaxa yo'qolishi, ko'ngal aynishi, tana haroratining ko'tarilishi
ingoksikatsiya alomatlari hisoblanadi. Harorat 38-39°S gacha, og'ir hollarda 40°S
gacha ko'tariladi.Salmonellyozda diareya sindromi o'tkir gastroenterit, hatto
gastroengerokolit alomatlari bilan namoyon bo'ladi. Qisqa muddatli umumiy
alomatlardan so'ng qusish boshlanadi. U odatda bir necha marta takrorlanadi.
Odatda biroz keyikroq ich surishi qo'shiladi. Avval ich suyuq holda tez-tez keladi,
najas o'zgarmaydi. 3-4 martadan so'ng ich suvdek bo'lib, ko'p miqdorda keta
boshlaydi. udda shilliq, ba'zan qon aralashgan bo'ladi. Ba'zan nch suyuq kelsa xam,
unchalik qo'p miqdorda bo'lmaydi. Ahlat ko'kimtir tusda bo'ladi. Korin turib-turib
“mijig'lab” og'riydi. Ichburug'dagiga o'xshab tinimsiya qatnash salmonellyozda kam
uchraydi.Kasallik og'ir kechgan hollarda organizmda suvsizlanish (degidratatsiya) ro'y
beradi. U ko'proq bolalarda uchraydi. Odatda, salmonellyozda degidratatsiya 11-111
darajagacha boradi. Juda og'ir kechganidagina, degidratatsiya VI darajaga borib,
gapovolemik shok ro'y berishi mumkin.Bemorni kuzdan kechirganda, ko'pincha yuz
va tana terisi oqargan bo'ladi. Paypaslab ko'rganda teri kuruqshab qolgan, elastikligi
yo'qolgani aniqlanadi. Tomir urishi tana haroratiga monand ravishda tezlashadi,
tarangligi pasayadi. Qon bosimi tushadi. Yurak tonlari bo'g'iq bo'ladi. Og'irroq
hollarda boldir mushaklarida tirishish kuzatiladi. Bemor ko'p chanqaydi. Tili qurib
qoladi, karash bilan qoplanadi.Qorin ba'zida biroz kepchigan bo'ladi. Paypaslab
ko'rganda qorinda tutash og'riq seziladi. Ayniqsa, kindik atrofida og'riq kuchli bo'ladi.
Ba'zan jigar kattalashgani aniqlanadi.Davolash erta boshlanib, to'g'ri olib borilsa, 2-
3
kunda bemorning ahvoli yaxshilanadi. Qusish, ich surishi to'xtaydi. Najas avval
bo'tqasimon bo'lib, keyin normal holga keladi. Ishtaha tiklanadi. 5-6 kunda quvvat
kiradi. Salmonellyoz bilan og'rigan bemorlar shifoxonada o'rta xisobda 7-8 kun
yotadi. Ba'zi bemorlarda tuzalganidan so'ng bakteriya tashuvchilik holati kuzatiladi.
U qisqa muddat va surunkali bo'lishi mumkin.
Tashxisi. Kasallik tashxisini qo'yishda anamnez, ayniqsa, epidemiologik
anamnezini e'tiborga olish lozim. Avj olish ro'y berganida, bir xil taom yegan odamlar
kasallanib, ayrimlaridan bakteriologik tekshirish natijasida salmonellalar topilsa,
boqalariga ham salmonellyoz tashxisi qo'yish mumkin.Qonning umumiy tahlilida
leykotsitoz, neytrofilez, ba'zan ECHT ortgani aniqlanadi, og'irroq hollarda siydikda
oqsil aralashgan bo'ladi.Bakteriologik tekshirishlar natijasi muhim axamiyatga ega.
Bemordan sterillangan idishga olingan qusuq massasida, me'dani chayilgan suvda
yoki ovqat qoldiqlarida salmonellalarni topish mumkin. Najasdan ekma olib, Myuller
muxitiga ekilganida ham kasallik qo'zg'atuvchilari aniqlanadi. Tana harorati yuqori
bo'lgan hollarda qonni safroli suyuqlikka ekib, gemekul'tura olish mumkin.
Kasallikning 4-5 kunidan boshlab PGAR qo'yib, serologik reaksiya vositasida tanadagi
antitelolar aniqlanadi. 5-6 kundan so'ng tekshirish qaytarilsa, reaksiya titri ortgani
ma'lum bo'ladi.Salmonellyoz xamda boshqa ichketar kasalliklarni, ba'zan klinik
20
jixatdan vabodan farqlash murakkab bo'lgani tufayli may-oktabr oylarida ichi buzilib,
shifoxonaga yotqizilgan xar bir bemor najasi, ichak guruxi mikroblaridan tashqari, bir
marta vabo vibrioniga xam tekshiriladi.
Davolash. Salmonellyoz bilan og'rigan bemorlarni davolashda dastlabki tibbiy
yordamni o'z vaqtida ko'rsatish muxim axamiyatga ega. Kasallik toksikoinfeksiya
(ovqatdan zaxarlanish) alomatlari bilan kechgan xar bir bemorda, avvalo qornida
o'tkir xirurgik kasalliklarni va miokard infarktini istisno qilish lozim. U I kasalliklar
yo'qligiga ishonch xosil qilgach, birinchi navbatda me'dani ovqat qoldig'idan tozalash
kerak. Bu maqsadda yo'g'on zond vositasida me'dani 3% li ichimlik soda eritmasi yoki
pushti rang (0.02%) I kaliy pergament (margansovka), ular bo'lmasa, iliq suv bilan
chayiladi. Bu muolaja, qaytib tushayotgan suv shilliqdan toza bo'lgunga qadar davom
etada. Odatda, katta yoshdagilarning me'dasini yaxshilab chayish uchun 2,5-3 litr
eritma sarflanadi. Bemor ichagini tozalashga ilik suv bilan xuqna ham qilinadi.Bolalar
me'dasini 2% li ichimlik soda eritmasi bilan chayiladi. Eritma mikdori bolaning
yoshiga qarab belgilanadi. Shuningdek, bolani ko'krak suti bilan emizish, albatta
davom ettirilishi kerak. Ko'shimcha ovqatlantirilayotgan bolalarga o'rgangan ovqati
berilaveradi. Ichi ketgan bolani 2-3 soatlab och qo'yish mumkin emas.Bemor qusish
va ich surish natijasida yo'qotgan suv va tuz o'rnini qoplash uchun og'izdan
glyukosolan yoki regidron eritmasi ichiriladi. Eritmani choy qoshig'ida har 3-5
minutda takroran ichirib turiladi. Eritma tayyorlash uchun xaltachadagi shakar-tuz
aralashmasi qaynatib sovutilgan bir litr suvda eritiladi. Ichiriladigan suyuqlik miqdori
bemorning yoshi va yo'qotilgan suyuqlik miqdoriga qarab belgalanadi.Og'irroq
hollarda tuzli eritmalar tomir orqali tomchilab (minutiga 40-60 tomchi) yuboriladi.
Bu maqsadda Ringer eritmasi, trisol, atsesol, kvartasol kabi preparatlar ko'llanadi.
Intoksikadayani kamaytirish maqsadida gemodea, poliglyukin kabi dorilar ham tomir
orqali yuboriladi.Bemorga oson hazm bo'ladigan, qaynatib pishiriladigan taom
buyuriladi (Povzner bo'yicha 4-stol). Kasallik avj olgan davrda kotirilgan non, qatiq,
suzma (chakki) tavsiya etiladi. Taomdagi go'sht qiyma holida bo'lishi lozim. Kompot,
meva sharbatlari (uzumnikidan tashqari) yaxshi naf beradi. Yovg'on xo'rdaga biroz
qiyma qo'shib tayyorlansa, parhyezga mos keladigan taom bo'ladi.Kasallikning
dastlabki soatlaridan tibbiy yordam ko'rsatilsa va 4-6 soat davomida FAP, KVA,
poliklinikalar qoshida tashkil etilgan og'izdan suyuqlik ichirib davolash (ORP - oral
regidratatsiya) bo'limlarida regidron ichirilsa, ko'pchilik bemorlarni shifoxonaga
yotqizishga xojat xam qolmaydi. Bemor ahvoli og'irlashib qolishining oldi olinadi.
Oqibatda o'lim hollari kamayadi.Salmonellyozni davolashda antibiotiklar ko'llash
shart emas. Ilgari keng foydanilgan tetrasiklin, levomitsetin xozirga vaqtda
salmonellalarga deyarli ta'sir ko'rsatmaydi. Ba'zan gentamitsin (40-80 mg dan kuniga
2-3 marta), ampitsillin (0,5-1,0 g dan kuniga 3-4 maxal) kabi antibiotiklar va biseptol
davolashda naf beradi.Kasallikning oldini olish veterinar-sanitariya, sanitariya-
gigiyenik va epidemiyaga qarshi tadbirlar majmuasidan iborat. Veterinariyada
xayvonlarga beriladigan yem-xashak salmonellalardan xoli bo'lishiga, kasal xayvonlar
sog'lomlaridan aloxidalanishiga e'tibor berish kerak. Uy hayvonlari, parranda
so'yilganida ichagi chavoqlanmasliga, uning ichidagi moddalar gusht yuzasiga
21
tushmasligi lozim. Sut kombinatlarida xam gigayena talablariga qatyiy rioya qilish
talab qilinadi.Oziq-ovqat sanoati va korxonalarida mahsulot tashish, tayyorlash va
saqlash jarayonida salmonellalar bilan ifloslanishdan saqlash lozim. Ichketar
kasalligining alomatlari bo'lgan odamlar ishdan chetlashtiriladi. Salmonellyoz suv
orqali tarqalmasligi uchun ferma va molxonalar oqar suvlardan uzoqroq joylashgan
bo'lish kerak.Avj olish ro'y berganida shubxa qilingan ovqat qoldig'i, uni tayyorlash,
tashish va sotishda ishtirok etganlar bakteriologik tekshiruvidan o'tkaziladi.
Tug'ruqxonalarda kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida xomilador ayollar
tug'ish muddatidan bir hafta oldin ichak guruxi mikroblariga tekshirib
ko'riladi.Maishiy yo'l bilan salmonellez tarqalishining oldini olishda shaxsiy
gigiyenaga e'tibor katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, emizikli bolasi bor onalar
pokizalikni unutmasligi kerak. Go'dak bolaga beriladigan ovqat faqat bir marta
iste'mol qilishga yetarli bo'lishi lozim. Bolani emizish yoki ovqatlantirish oldidan
qo'lni sovunlab yuvish zarur.Salmonellyoz sporadik holda muttasil qayd qilinadigan
qishloqlarda yoz fasli davomida salmonellyoz bakteriofagi profilaktik ravishda berib
boriladi. U suyuq yoki tabletka holida bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |