Biologiya (2). cdr



Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/58
Sana10.04.2023
Hajmi5,73 Mb.
#926520
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Savollar
Vaboning epidemiya va pandemiya holati. Etiologiyasi, epidemiologik 
jarayoni.
Vaboning klinik ko’rinishlari. Laborator tekshirish uchun materiallar
olish. 
 
 
 
 
 
 


35 
5 mavzu: ICHTERLAMA. PARATIF A VA V KASALLIKLARI 
 
REJA: 

Kasallik haqida tushuncha. Epidemiologik anamnez yig`ish.
 

Yuqish mehanizmi. Klinik hususiyatlari, asoratlari. 
 

Bakteriologik va serologik tekshirish usullarining ahamiyati.
 

Ich terlama va paratif A va V kasalliklarini farqlash.
 

Kasallikni oldini olish, infekstiya o’chog`ida o’tkaziladigan tadbirlarni
rejalashtirish.
 

O’zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining amaldagi 
buyruqlari.
 
Ichterlama- o'tkir yuqumdi kasallik bo'lib, bakteriyemiya oqibatida 
intoksikatsiya, tana haroratining ko'tarilishi, terida toshmalar paydo bo'lishi va 
ingachka ichak limfa apparatining jarohatlanishi bilan kechadi. TIFOS — grekcha so'z 
bo'lib, tarjimasi "tuman" ma'nosini bildiradi. Kasallik qadimda g'oyat og'ir, kuchli 
intoksikatsiya bilan o'tgani tufayli, bemorning xushi o'zida bo'lmasligini e'tiborga 
olib, shunday nom berilgan. Ichterlama bilan kasallanish qadim zamonlardan beri 
ma'lum. Bu kasallik haqida hatto Buqrot o'z yozuvlarida ma'lumot keltirgan. Ilgari bu 
kasallikni harorat ko'tarilishi bilan kechadigan boshqa xastaliklardan ko'p farq 
qilishmagan, faqat 1813 yilga kelib franuuz shifokorlari retanno va Sharl kasallik 
klinikasini batafsil bayon qilganlar.
Etiologiyasi. Kasallik qo'zg'atuvchisi salmonellalar guruxiga kiruvchi qorin tifi 
tayoqchasi, uni dastlab 1880 yilda nemis olimi Ebert shu kasallikdan o'lgan 
bemordan topgani uchun 
Eberg tayoqchasi 
deb ham ataladi. Lotincha nomi 
Salmonella typhi bu mikrob asosan tayoqcha shaklida bo'lib, uzunligi 1,5-3 mikron. 
Grammanfiy mikroblardan hisoblanadi. Tanasida gir aylana kalta xivchinlari borligi 
tufayli, u harakatchan. Spora va kapsula hosil qilmaydi. Safro qo'shilgan muhitda 
yaxshi o'sadi. Mikrobni topishda qo'llanadigan Evdo va Ploskirev muhitlari tarkibida 
ham safro bor. Ekzotoksin hosil qilmaydi. Lekin mikrob parchalanganida kuchli 
endotoksin hosil bo'ladi. Kasallikning intoksikatsiya bilan kechishi ana shu toksin 
ta'siri bilan bog'liq. Ichterlama mikrobining antigen tuzilishi ancha murakkab. Mikrob 
tanasida isitishga chidamli, somatik O-antigen mavjud. Undan tashqari, isitishga 
chidamsiz somatik U-antigen va xivchinida N-antigen bor. Faglarga nisbatan olganda 
qorin tifi mikroblarining 70 dan ortiq fagotiplari ma'lum. Fagotipni aniqlash 
epidemiologik nuqtai nazardan muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, kasallik avj olishlari 
ro'y berganida, fagotipni aniqlash uning manbai bitta yoki bir nechta ekanligini 
ko'rsatib beradi. Tashqi muhitda ichterlama mikrobi nisbatan turg'un. Ular 50°S 
gacha qizdirilganda 60 min. 60°S esa 30 min. hayot faoliyatini saqlab qoladi. 100°S da 
o'sha zahoti o'ladi. Bu mikroblar oqar suvda 5-10 kun, ko'lmak suvda bir oyogacha, 
quduq suvida bir necha oygacha saqlanib turadi. Meva va sabzavotlar yuzasida 5-10 
kun, idish-tovoqlarda 2 haftagacha, gushtda 3
 
oygacha saqlanadi. Sutda ichterlama 


36 
mikroblari saqlanibgina qolmay, hatto kupayadi ham. Tuproqqa tushgan mikroblar 
namlik yetarli bo'lsa, 2-3 oy saqlanib turadi. Ichterlama mikroblariga levomitsetin, 
ampitsillin kabi antibiotiklar kuchli ta'sir kursatadi. 
Epidemiologiyasi. Ich terlamasi antroponoz kasalliklar guruhiga kiradi. Shuning 
uchun infeksiya manbai faqat odam. Bemor yoki bakteriya tashuvchi tanasidan 
mikrob tashqariga najas va peshob orqali chiqadi. Ba'zi hollarda so'lak bilan ham 
ajralishi mumkin. Kasallik mikrobi bemor tanasidan yashirin davrning oxirlariga chiqa 
boshlaydi va xastalikning barcha davrlarida ajralib turadi. Ayniqsa, kasallikning 2-
haftasi (avj olish) davridan boshlab ichterlama mikrobi bemor tanasidan juda ko'p 
miqdorda ajralib chiqadi. Mikrob tanadan tuzalish (rekonvalessensiya) Davrida ham 
chiqib turadi. Bir guruh bemorlarda kasallikdan tuzalgandan so'ng 3 oygacha mikrob 
ajralib turadi. Uni 

Download 5,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish