Belskiy - Filatov Kuplik
dog'lari
deb ataladi. Ba'zan toshmalar juda ko'p bo'lib, og'iz shillik, qavatini butunlay
qoplaydi. Bu toshmalar 2-3 kundan so'ng yo'qolib, o'rnida qizgish dog' qoladi.Og'izda
toshmalar paydo bo'lgan muddatda qattiq tanglay, murtaklar yuzasi za halqumning
orqa devorida enantema - mayda, qizil rangli qon quyulishlar ham paydo
bo'ladi.Toshma toshish davri 3-4 kun davom etadi. Bu davrda isitma qaytadan
ko'tariladi va 39-40 S ga boradi. Intoksikatsiya alomatlari ham kuchayadi. Bolaning
ishtahasi yo'qoladi. Ko'zidan yiring aralash suyuqlik ko'p ajaralgani tufayli, uyqudan
so'ng bola ko'pincha kuzini ocha olmaydi. Og'iz shilliq qavatidagi toshmalar
qolmaydi. Yo'tal davom etadi, lekin biroz yumshayda.Shu davrda qizamiqqa va juda
xos bo'lgan teri toshmalari paydo bo'ladi. Toshma avval kuloq orqasi va burun ustida
paydo bo'lib, 24 soat ichida bosh, bo'yin, yuz va kukrakning yuqori o'tadi. Ertasiga
toshma butun tanaga, 3-kuni qul va oyoqarga tarqaladi. Toshma ostidagi teri rangi
o'zgarmaydi.Toshma dastlab mayda dog' shaklida paydo bo'ladi. Keyin u biroz
kattalashib, teri yuzasidan ko'tarilib turadi (dog'li papula ). Ba'zan toshma juda ko'p
bo'lib, tutashib ketadi va deyarli terini sog' joyi qolmaydi (tutash eritema). Toshma
lolarang bo'ladi, yaltirab turadi, ba'zan teri qichishadi.Toshma yo'qolishi davrida
isitma tusha boshlaydi. Bolaning ahvoli yaxshilana boradi, kataral alomatlar kamayib,
yo'qoladi. Tumov va yo'tal ham to'xtaydi. Aynan shu davrda teridagi toshmalar ham
yo'qola boradi. Ular qaysi tartibda toshgan bo'lsa, shu tartibda yo'qoladi. Dastlab
toshma rangi qo'ng'ir tus oladi va qavarig'i yo'qoladi (teri bilan tekis bo'lib qoladi).
Bunday qo'ng'ir dog' terining tarang qilganda yoki bosib ko'rilganda yo'qolmaydi. U
1.5-3 xaftadan so'ng butunlay yo'qolib ketadi.Teridagi toshmalar yo'qolish davrida
kepaksimon po'st tashlash kuzatiladi. Bunday po'sloqchalar ayniqsa, yuz, bo'yin va
tanadan ko'p to'kiladi. Kaft va tavonda xech qachon bo'lmaydi.Ba'zan
gammaglobulin olgan yoki qizamiqqa qarshi emlangan odamlarda ham qizamiq
uchrab qoladi. Bunday xollarda kasallik qisqa muddatlarda va yengil o'tadi.O'pka
58
shamollashi qizamiq kasalligida eng ko'p uchraydigan asoratlardan xisoblanadi.
Tashxisi. Qizamiqda kasallikka xos alomatlarning aniq davriylik asosida paydo bo'lishi
va yo'qolishi, toshmalarning ko'rinishi va epidemiologik ma'lumotlarga qarab tashxis
qo'yish qiyin emas.Laboratoriya diagnostikasi uchun ayrim shubxali hollarda juft qon
zardobi olinib, RTGA serologik reaksiyasi qo'yladi. 7-10 kun oralatib olingan 2-
zardobda antitelolar titri kamida 4 marta ortishi kerak.
Davolash. Qizamiqni davolash uchun maxsus dorilar yo'q. Hozirgi vaqtda kasallik
unchali ko'l uchramagani sababli qizamiq bilan og'rigan barcha bemorlar shifoxonaga
yopqizib davolanadi. Kasallik avj olgan davrda yotish rijimiga rioya qilish kerak. Terini
iliq suvda xo'llangan latta bilan artib turiladi. Bolaning ko'zi kuniga bir necha marta
iliq suv yoki 2 % li borat kislota eritmasi bilan yuvib turiladi. Undan so'ng kuniga 2-3
marta 10 % li albutsid eritmasi yoki qizdirib sovutilgan baliq moyidan 1-2 marta
tomizib turiladi.Burun bitib qolganda 2% li efedrin eritmasidan kuniga 2-3 marta 1-2
tomchidan tomiziladi, keyin borat kislota aralashtirilgan vazelin surtiladi. Og'izni
ovqatdan so'ng iliq suv yoki 2% li soda eritmasi bilan chayib turiladi.Beriladigan
taomlar ko'proq suyuq holda oson xazm bo'ladigan qilib pishiriladi. qatiq, suzma,
sariyog' berib turiladi.Intoksikatsiyani kamaytirish maqsadida tomirga gemodez,
Reopoliglyukin tomchilab yuboriladi. Og'ir xollarda qisqa muddatga gormonal
preparatlar (prednizolon, gidrokortizon) tayinlanadi. Vitamin A va V guruxga mansub
vitaminlar, askorbin kislotasi buyuriladi.O'pka shamollashi qo'shilganida ampitsillin,
gentamitsin klaforan, sefamizin kabi antibiotiklar qo'llanadi.
Kasallikning oldini olish. Aniqlangan bemor darhol alohidalanadi. U bilan
muloqotda bo'lgan, lekin qizamiqqa qarshi emlanmagan kishilar 17 kungacha tibbiy
kuzatuv ostida bo'ladilar. Gammaglobulin olgan bolalar 21 kun kuzatuvda bo'ladi,
bog'chaga qabul kilinmaydi. Bemor bilan muloqotda bo'lgan, emlanmagan bolalarga
59
darhol 3 ml qizamikqa karshi gammaglobilindan muskul orasiga yuboriladi.Maxsus
profilaktika maqsadida emlash taqvimi asosida xamma bolalar qizamiqqa qarshi
vaksina bilan emlanishi kerak. Respublikamizda mavjud taqvimga muvofiq har bir
bola 9 va 16 oyligida qizamiqqa qarshi vaksina olishi lozim. Emlanishi lozim bo'lgan
bolalarning 90 foizidan ortig'i emlangan taqdirdagina jamoa immuniteti yaxshi
bo'ladi va kasallanish keskin kamayadi.Suvchechak badanda o'ziga xos toshmalar
toshishi bilan kechadigan o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, uni filg'tirlanuvchi viruslat
quzg'otadi.
Etiologiyasi. Kasallik qo'zg'atuvchisi virus. Kattaligi 150-200 nm. U faqat odamda
kasallik qo'zg'atadi. Virus nafas yo'llari shilliq qavatida ko'payib, qonga o'tadi va
terida paydo bo'ladigan pufakchalar suyuqligida saqlanadi. Virus tashqi muxit
ta'siriga chidamsiz, kuritilganda tez nobud bo'ladi, 5% li glitserin eritmasida bir
oygacha saqlanadi.
Epidemiologiyasi. Suv chechak keng tarqalgan, oson yuqadigan kasalliklardan
xisoblanadi. Kasallik asosan kichik yoshlagi bolalarda uchraydi. Infeksiya manbai -
bemorodam. U kasallikning isitmalash davridan boshlab, teridan po'stloqlar tushib
ketguncha (o'rtacha 7 kun) yuqumli xisoblanadi. Virus xavo-tomchi yo'li bilan
tarqaladi va atrofdagilarga tez yuqadi. Sog'lom kishi organizmiga virus nafas yo'llari
orqali tushadi. Bolalar bog'chasi yaslilarda kasallik qayd etilgan xollarda u tezda shu
jamoadagi ilgari kasallanmagan bolalar orasida keng taraqaladi. Ushbu jamoada 21
kun karantin e'lon qilinadi. Suvchechak shaxarlarda qishloqlarga nisbatan ko'proq
uchraydi. Yil davomida uchrab tursa xam, yish oylarida ko'proq qayd etiladi.
Klinikasi. Kasallikning yashirin davri 14-17 kun. Ayrim bemorlarda kasallikning
dastlabki kunlarida mayda qizil toshmalar paydo bo'ladi. Ularni prodroma toshmalar
deb atalada. Odatda ular qisqa muddatda, iz qoldirmay yo'qoladi.Suvchechak
isitmaning 38-39 S gacha ko'tarilishi bilan o'tkir boshlanadi. Kasallikning o'ziga xose
toshma toshishi xarakterli xisoblanadi. Toshma dastlab qizil yoki pushti rang holida
tananing barcha qismida paydo bo'ladi. Uning atrofidagi teri rangi o'zgarmaydi.
Birinchi kun davomida toshma pufakchaga aylanadi. Pufakcha ichida tiniq suyuqliq
bo'ladi. Bazi pufakchalarning o'rtasi botiqdir. Vezikulalarning kattaligi bir xil emas,
diametri 1-2 mmdan 5-6 mm gacha bo'ladi. Ular bir kamerali bo'ladi, teshib
ko'rilganda puchayib qoladi. 1-2 kundan so'ng pufakchalar quriy boshlaydi va
po'stloq xosil bo'ladi. Ayrim pufakchalardagi suyuqlik yiringlashi mumkin. Oqibatda
uning rangi sariq yoki sarg'ish-ko'kimtir bo'lib qoladi. U 2-3 kundan so'ng quriy
boshlab, po'stloq paydo bo'ladi. 6-10 kundan so'ng po'stloqlar iz qoldirmay tushib
ketadi. Po'stloq paydo bo'lgan davrda badan qichishadi. Bola uni qichiganda
ikkilamchi infeksiya tushishi mumkin U yiringli yara hosil qiladi va kasallikdan so'ng
chandiq paydo bo'ladi.Suvchechakda toshmalar birdaniga toshgani bilan tugamaydi.
6-8 kun davomida toshmalar yangidan paydo bo'lib turadi. Shuning uchun bir
vaqtning o'zida terida rozeola, vezikula va po'stloq bo'lishi mumkin. Toshma asosan
tanaga, boshning sochli qismi, bo'yin va yuziga toshadi. Kaft va tovonda toshma kam
uchraydi.
60
Toshma teridan tashqari og'iz shilliq qavatida: lunj va til, tanglay, tomoq
yuzasiga xam toshadi (enantema). Pufakchalar mayda, dumaloq shaklda bo'lib, tez
yoriladi. Uning o'rnida mayda yara paydo bo'ladi. Odatda yarachalar tez bitadi. Bu
vaqtda bolada so'lik oqishi kuzatiladi, ovqatni chaynashga qiynaladi.Umuman
olganda, ko'p xollarda suvchechak o'rta og'irlikda kechadi. Isitma 38-38.5°S dan
ortmaydi va 3-5 kundan so'ng pasayadi. Yengilroq xollarda tana xarorati
ko'tarilmasligi xam mumkin. Kasallik gemorragik va gangrena ko'rinishida kechganida
og'ir o'tadi. Yiringli yaralar eng ko'p uchraydigan asoratlari xisoblanadi.
Tashxisi. Suvchechak tashxisi asosan klinik alomatlarga asoslanib qo'yiladi. Toshma
terining turli qismlarida bir vaqtning o'zida paydo bo'lishi, u rozeola, vezikula va
po'stloq paydo qilishi, qaytadan toshishi tashxis qo'yishda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |