Biologiya (2). cdr



Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/58
Sana10.04.2023
Hajmi5,73 Mb.
#926520
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

V virusli gepatitida 
kasallikning yashirin davri 6 haftadan 6 oygacha. Xastalik 
ko'pincha o'rta og'irlikda kechadi, 5 10% bemorlarda og'ir hollari qayd qilinadi. 
Prodroma davri V gepatitida ko'pincha 2-3 haftagacha, ba'zan undan ham ortiqroq 
muddatga cho'ziladi. Hyech bir sababsiz lohaslik paydo bo'ladi, kayfiyati pasayadi, 
quvvati kamayadi. Kundalik bajarayotgan ishlari toliqtirib qo'yadi.
 
Ko'proq yotishga 
extiyoj paydo bo'ladi. Uyqu buziladi. Ba'zi bemorlarda qo'l-oyoq va bug'imlarda 
og'riq bezovta qiladi. Ayrim hollarda terida qichishadigan toshmalar paydo bo'ladi. 
Sarg'ayish davri V gepatitda nisbatan uzoqroq davom etadi. Intoksikatsiya alomatlari 
ham kuchliroq ifodalangan bo'ladi. Ishtaha butunlay yo'qoladi. Ko'pincha qusish 
kuzatiladi. Kattalaishgan jigar va taloq ancha vaqtgacha o'z holatiga qaytmaydi. 
Najas va siydik ham odatdagi rangga qaytishi cho'ziladi. Tuzalish davri dam g'oyat 
sekinlik bilan kechadi. Taxminan 9% hollarda kasallik surunkali turga o'tadi. U 
surunkali NVs-antigen tashuvchilik, ya'ni surunkali persistirlovchi gepatit (SPG) va 
surunkali faol gepatit (SFG) turida kechadi. V virusli gepatit og'ir kechganida qusish 
ko'p takrorlanadi. Terida har xil gemorragiyalar - qon quyilishlar kuzatilishi mumkin. 
Teri g'oyat sarg'ayib ketganiga qaramay, jigar unchalik kattalashmasliga xarakterli 
hisoblanadi. Kasallikning og'ir turi avj olish davrida o'tkir jigar yetishmovchiligiga olib 
kelishi mumkin. Uyquning behalovat bo'lishi, vahimali tushlar ko'rish bunday 
holatning darakchisi hisoblanadi. Xuddi shu davrda koagulogramma tekshirilsa, 
qondagi protrombin indeksi (PTI) pasaya boshlagan bo'ladi (sog'lom kishilarda PTI - 
80-100%). O'tkir jigar yetishmovchiligi oqibatida qonda zaharli moddalar ko'payib, 
bosh miyaga ta'sir ko'rsatadi. Uni o'tkir jigar ensefalopatiyasi (O'JE) deb ataladi. O'JE 
4 bosqichga bo'linadi. 1-N bosqich O'JE da bemor alahsirib, xushi dam-badam 
yo'qolib tursa, III-IV bosqich UJE da bemor to'la hushsiz holatga tushadi va ko'pincha 
o'lim bilan tugaydi. 
D virusli gepatit 
ilgari qayd etilganidek, V gepatiga bor joyda yuqadi. O'z 
ma'yorida kechayotgan V geptitida harorat ko'tarilishi ECHT ortishi, umumiy 
intoksikatsiya va sariqlikning ko'payishi delta (D) gepatiti qo'shilganidan darak 
beradi. Uni laboratoriya tekshirishlari bilan ham tasdiqlash 
mumkin. 
S virusli gepatitning 
yashirin davri 30-45 kun. U virus tutgan qon yoki uning 
preparatlari quyilgandan so'ng kelib chiqadi. Ko'p hollarda yangil yoki o'rta og'irlikda 
kechayotgan A virusli gepatitidan farq qilmaydi. Xavfli joyi shuki, u 75-80 % gacha 
hollarda surunkali turga o'tadi. Surunkali S gepatiti jigar sirroziga aylanishi ko'p 


52 
uchrab turadi. Jigar raki ham S virusli gepatiti bilan uzviy bog'liqligi keyinga yillarda 
aniqlandi. 
E virusli gepatiti 
odatda og'ir kechmaydi. Uni klinik kechishiga qarab A virusli 
gepatitidan farq qilish qiyin. Epidemiologik ma'lumotlar va laboratoriya tekshirish 
natijalariga qarab ular farqlanadi. YE gepatiti xamilador ayollarda og'ir o'tadi va 
o'limga olib kelishi mumkin. Virusli gepatit bilan og'rigan bemorlar axvoli yaxshilanib, 
kuch-quvvat paydo bo'lganidan so'ng, kattalashgan jigar asli holatiga qaytgach, 
shifoxonadan chiqarib yuboriladi. Bu vaqtda, odatda, qondagi bilirubin va ALT 
fermenti miqdori me'yoriga kelib qoladi. Tanadagi sariqlik yo'qoladi. O'rta hisobda A 
gepatiti bilan og'rigan bemor shifoxonada 14-18 kun, boshqa gepatitlarda 21-30 kun 
yotadi.
B va S gepatitlaridan so'ng ba'zi bemorlarda kasallik surunkali turga o'tadi. 
Ayrim xollarda esa turli muddat (ba'zan bir necha yil) davom etadigan virus 
tashuvchilik shakllanadi.
Tashxisi. Virusli gepatit 
bilan 
og'rigan 
bemorlarga 
kasallik, avj olgan davrda asosiy 
klinik 
alomatlariga 
qarab 
tashxis qo'yish qiyin emas. 
Tashxisni 
tasdiqlashda 
biokimyoviy 
va 
virusologik 
tekshirishlardan 
keng 
foydalaniladi. 
Ular, 
ayniqsa, virusli 
gepatitlarning 
yengil, 
sariqsiz 
kechadigan 
xollarini kasallikning prodroma 
davrida 
aniqlashga 
yordam 
beradi. 
Kasallik 
qo'zg'atuvchilarini 
aniqlash 
maqsadida A va YE gepatitlarida najas va siydikdan sinama olib muzlatilgan xolda 
virusologik laboratoriyaga yuboriladi. Bu biologik materiallarda elektron mikroskop 
yordamida virusni topish mumkin. U juda mashaqqatli ish, faqat yirik 
laboratoriyalarda amalga oshiriladi. Amaliyotda, kasallik qo'zg'atuvchisi to'g'risida 
ma'lumot olish uchun teskari passiv gemagglutinatsiya reaksiyasi (ROPGA — reaksiya 
obratnoy passivnoy gemaglyuginatsni) dan va radioimmun tahlil (RIA) dan 
foydalaniladi. Hozirgi vaqtda virusli gepatit diagiostikasida RIA dan keng foydalanadi. 
Bemordan qon odib, uning zardobi ajrataladi. Zardobni maxsus diagnostikumlar 
bilan aralashtirib, bemor qonida virusli gepatit darakchi (markyor) lari borligi 
tekshiriladi. Keyingi yillarda V gepatitining uchala antigeni: NVsAg. NVsAg, NVeAg 
xamda ularga qarshi ziddi tanacha (antitelo) lar: anti-NVe, anti-NVs va anti-NVe larni 
aniqlash imkonini beradigan diagnostikumlar chiqarilmokda. Shuningdek, D-antigen 
va anti-D, anti-A, anti-S markyorlarni aniqlovchi diagnostikumlar ham bor. 
Markyorlarning bor-yo'qligi va titriga qarab kasallik davrini va bemordan 


53 
boshqalarga kasallik yuqish ehtimoli qanchalik ekanini bilish mumkin. Virusli 
gepatitni aniqlashda shu virusga qarshi hosil bo'lgan IgM va IgG ni aniqlash 
diagaostik axamiyatga ega. Biokimyoviy tekshirishlardan qondagi bilirubin, uning 
hosillari, oqsillar, ba'zi fermentlar miqdorini aniqlash keng qo'llanadi. Timol va 
sulema sinovlari ham virusli gepatitlarga xos ravishda o'zgaradi, sog'lom odamda 
qondagi umumiy bilirubin miqdori 8.5-20.0 mikromol/l bo'lsa, virusli gepatitda u 
150-200, xatto 400 mmol/l gacha ortib ketishi mumkin. Shuningdek, erkin va 
bog'langan 
bilirubinlar 
miqdori 
xam 
ortib 
ketadi. 
Fermentlardan 
alaninaminotransferaza (ALT) miqdori ortib ketishi virusli gepatilarga xos 
xisoblanadi. Aspartataminotransferaza (AST) fermenti xam ko'pincha ortadi. Sog'lom 
odamda ALT miqdori 0.1-0.68 mmol/l, AST — 0.1-0.45 mmol/l. Bu fermentlarni 
aniqlash amaliyotda yaxshi yo'lga qo'yilgan. Kasallik o'chog'ida, bemor bilan 
muloqotda bo'lganlar orasida virusli gepatitning yengil, sariqsiz xollarini aniqlashda 
bu tekshirish natijalari katta yordam berada. Koagulogrammani va qondagi qand 
miqdorini tekshirib turish xam axamiyatli. Timol sinovi sog'lom odamaarda 2-5 
birlikka teng. Virusli gepatitlarda u 8-10-12 birlikkacha borada. Sulema sinovi 
normada 1.8-2.2 ml. Bemorlarda bu ko'rsatkich pasayishi (1.6-1.4) xarakterli. 
Siydikka yod eritmasi tomizilganida yashil xalqa hosil bo'lishi, o't pigmentlari 
borligidan darak beradi va gepatitga xos xisoblanadi. Virusli gepatilarga tashxis 
qo'yishda funksional va maxsus tekshirishlardan xam foydalaniladi. Maxsus igna 
yordamida jigarni sanchib, to'qima olish (jigar biopsiyasi) mumkin. Unga maxsus 
ishlov berib, mikroskop ostida to'qimada virusli gepatitga xos o'zgarishalr xolatini 
bilish uchun ultratovush apparati yordamida tekshirish keng ko'llanmoqda.
Davolash. Virusli gepatit bilan og'rigan bemorlarning barchasi shifoxonaga yotqizib 
davolanadi. Davolashning asosi — yotish rejimiga rioya qilish va parxezni saqlash. 
Virusli gepatit yengil kechayotgan bemorlar ham kasallikning dastlabki va avj olgan 
kunlarida ko'rpa-to'shak qilib yotishi lozim. Jismoniy va ruxiy toliqish to'g'ri kelmaydi. 
Bemor qiyin hazm bo'ladigan va seryog' ovqatlar, sho'r va achchiq, qovurilgan 
mahsulotlarni iste'mol qilmasligi kerak. Katta odam tunu-kun davomada qabul kilgan 
suyuqlik 2 litrdan kam bo'lmagani ma'qul. Bu maqsadda ko'k choy, meva sharbatlari 
gazi chiqarib yuborilgan mineral suvlar, qatiq ichish tavsiya etiladi. Har kuni suzma 
(chakki) iste'mol qilib turish g'oyat foydali. Iste'mol qilinadigan ovqat oson 
singadigan bo'lishi lozim. Go'shg yog'siz, qiyma va qaynatib pishirilgan xolda 
buyuriladi. Qiymali mastava, ugra oshi, go'ja, karam sho'rva, sutli vermishel va 
boshqa suyuq ovqatlar yeyish mumkin. Quyuq ovqatlardan ezilgan kartoshka, 
guruch bilan dumaloqlangan qiyma, shirguruch, shavla, qaynatib pishirilgan tovuq 
go'shti yoki baliq, bug'da pishirilgan qovoq,- qovoq manti kabi taomlar tavsiya 
etiladi. Osoyishta yotish va parhyez saqlanish jigar faoliyatini tez tiklaydi, uning 
himoya kuchini oshiradi. Virusli gepatit yengil kechgan xollarda shuning o'zi yetarli, 
qo'shimcha dori-darmonlarga hojat xam qolmaydi. Kasallik o'rtacha og'irlikda va 
og'ir kechgan hollarda albatta qo'shimcha ravishda tomir orqali suyuqliklar 
yuborilada. Ayniqsa, homilador, emizikli ayollar, balog'at yoshidagi bemerlarda 
kasallik to'satdan og'ir turga o'tib qolishi mumkinligini yodda tutish lozim. 


54 
Intoksikatsiyani qamaytirish maqsadida kuniga tomir orqali 1-1.5 litr suyuqlikni 
tomchilab yuboriladi. Bu maqsadda 5 %o li glukoza eritmasi, gemodez, Ringer 
suyuqligi, fiziologik eritma va boshqalar quyiladi. Bu suyuqliklarga 5% li askorbin 
kislotasidan 5-10 ml qo'shib yuborilsa, yaxshi naf beradi. Shuningdek, tomchilab 
yuborilayotgan eritmalarga essensiale yoki riboksin aralashtirib yuborilsa, jigar 
faoliyati tez tiklanadi. V1, V2, V6, V12 va boshqa vitamin preparatlarini og'iz orqali 
yoki inyeksiya qilib yuborish ham foydali. Organizmdagi oqsil almashinuvini 
yaxshilash va himoya kuchlarini oshirish maqsadida 5-10% li albumin eritmasini 
tomir orqali tomchilab yuborish yaxshi samara beradi. Kasallik og'ir kechgan hollarda 
qo'shimcha ravishda gormonal preparatlar ham qo'llanadi. Prednizolon kuniga 90-
120 mg dan tomir orqali 5% li glukoza bilan qo'shib qo'llanadi. Gidrokortizon esa 
odatda, 125-250 mg dan muskul orasiga yuboriladi. O'tkir jigar ensefalopatiyasi ro'y 
berganda yuboriladigan suyuqliklar miqdori 2 litrga yetkaziladi va gormonal 
preparatlradan tashqari qon ham quyiladi. Qon guruhni bemorniki bilan bir hil 
bo'lgan donorlardan va issiq holda olinib 300-400 ml miqdorda quyiladi, zarur 
hollarda bu muolaja 2-3
 
kun davomida takrorlanadi. Keyingi yillarda virusli V va S 
gepatitlarni davolashda spetsifik preparat - interferonlar qo'llanadi. Jumladan, 
intron-A shunday preparatlardan hisoblanadi. Uning tarkibida sanoatda 
rekombinatsiya (gen injeneriyasi) usuli bilan ko'paytirilgan, odam leykotsitidan 
ajratib olingan alfa-2 binterferoni bor. Bu interferon virus jigar xujayralarida 
joylashib olishiga qarshilik qiladi. Shuningdek, immunitetni kuchaytirish qobiliyatiga 
ega. Surunkali V va S gepatitlarini davolashda 3 mln XB dozada haftasiga 3
 
marta teri 
ostiga yoki muskul orasiga yuboriladi. Davolash kursi 6 oy. Profilaktikasi. A va YE 
virusli gepatitlarining profilaktikasi ichak infeksiyalaridagiga o'xshash. Kasallik oldini 
olishda aholini sifatli ichimlik suv bilan ta'minlash, turmushda sanitariya-gigiyena 
talablariga, shaxsiy gagiyenaga rioya qilish katta ahamiyatga ega. Bog'cha va 
yaslilarda bolalar soni belgilanganidan oshib ketmasligi kerak. Biror guruhda A 
gepatiti aniqlansa, shu guruh 21 kun karantinda bo'ladi. Guruhdagi gepatit bilan 
og'rimagan barcha bolalarga tezda muskul orasiga gammaglobulin (1.5 ml) 
yuboriladi. Karantin davrida bola uyida tibbiy kuzatuv ostida bo'ladi. Uning 
barmog'idan qon olib, ALT fermenti miqdori tekshiriladi. Miqdor ortgan bo'lsa, bola 
shifoxonaga jo'natiladi. Tibbiy kuzatuv davrida siydik va teri rangi sarg'ayishiga 
e'tibor beriladi. Maxalla pediatri bola jigari axvolini paypaslab tekshirib turadi. Suv 
ta'minoti talab darajasida bo'lmagan, turar joylarning sanitariya holati yomon, V 
gepatiti keng tarqalish xavfi yuqori bo'lgan joylarda profilaktika maqsadida, iyul-
avgust oylarida maktabgacha yoshdaga barcha bolalarga gammaglobulin yuborilada. 
Eslatib o'tish lozimki, har bir bola 14 yoshga to'lgunicha 3
 
martadan ortiq 
gammaglobulin olmasligi kerak. V, D va S gepatitlari profilaktikasida tibbiyot 
muassasalarda sterilizatsiya rejimiga rioya qilish muhim ahamiyatga ega. 
Sterilizatsiya puxta bo'lishi uchun deyarli barcha tibbiyot muassasalarida 
markazlashgan sterilizatsiya bo'limlari (MSB) mavjud. Avvalo, har bir xamshira shpris 
va boshqa tibbiy anjomlarni ishlatilganidan so'ng oqib turgan suvda yaxshilab yuvib, 
3% li xlorli oxak eritmasiga solib ko'yishi kerak, Shpris, ignalar, tomchilab dori 


55 
yuborish sistemalari, gematologik, ginekologik, qon oladigan anjomlar va boshqalar 
MSB ga sanab topshiriladi. U yerda tibbiy anjomlar sovunlab qaytadan qiladi. Keyin 
qaynatib yuboriladi. So'ngra avtoklavda sterillanadi. Keyingi yillarda virusli gepatitlar 
va orttirilgan immunitetm tanqisligi sindromi (SPID) parenteral yo'l bilan yuqishini 
kamaytirish maqsadida bir marta ishlatiladigan anjomlar ishlab chiqarilmoqda. Bir 
marta ishlatiladigan shpris sistema, skarifikator va boshqalar shular jumlasidan. Turli 
kasalliklar bilan og'rigan bemorlarga intyeksiya qilib yuboriladigan dorilarni cheklash, 
donor qonini faqat xayotiy zarurat bo'lganida quyish kabi talablar ham parenteral 
yo'l bilan tarqaladigan kasalliklar oldini olishga qaratiladi.
V gepatiti tashuvchisi bo'lgan yoki tug'ish oldidan bu kasallik qayd qilingan 
onalardan tug'ilgan bolalarga kasallik yuqish xavfi g'oyat yuqori. Bunday bolalar 
majus profilaktika maqsadida V gepatiti vaksinasi bilan emlanadi. Vaksina bola 
tug'ruqxonadan chiqishi oldidan, bir va 3 oylik bo'lganida (jami 3 marta) muskul 
orasiga yuboriladi. 

Download 5,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish