Qand eritmasida qutblanish tеkisligini aylanishini o‘rganish.
Labоratоriya ishi
Mavzu: Qand eritmasida qutblanish tеkisligini aylanishini o‘rganish.
Ishning maqsadi:
Qutblanish tekisligining konsentrlangan shakarli eritmada burilishini bir-biriga ko‘ndalang o‘rnatilgan ikki polyarizator bilan kuzatish.
Uchta turli yorug‘lik ranglari uchun burish burchagini aniqlash.
Kerakli asbob va jihozlar
1 D(+)-saxaroza, 100 g…………………………...674 605
1 galogen lampa , 12 V/100 Vt……………………450 63
1 galogen lampa korpusi 12 V, 50/100 Vt………..450 64
1 galogen lampa korpusi uchun tasvir siljtgich…..450 66
1 yorug‘lik filtri, qizil……………………………..468 03
1 yorug‘lik filtri, yashil…………………………...468 07
1 yorug‘lik filtri, ko‘k………………………….....468 11
1 transformator 2 … 12 V………………………..521 25
1 ko‘zgusimon shisha yacheyka 100 x100 x10 mm3 477 20
2 polarization filtr………………………………..472 401
1 linza, f = + 100 mm…………………………….460 03
1 prizmali stol…………………………………....460 25
1 yarim shaffof ekran…………………………….441 53
1 kichik optik kursi………………………….……460 43
1 taglik asos, V-simon, 28 sm…………………....30001
6 Leybold multiqisqichlari……………………….301 01
1 qo‘l sopli qoshiq………………………………..666 963
Ko‘ndalang kesimi 2.5 mm2 bo‘lgan ulash simlari
Nazariy qism
Optik aktivlik bir qator moddalar uchun xos bo‘lib, bu moddalardan chiziqli qutblangan yorug‘lik o‘tganda qutblanish tekisligi buriladi. Bunday hodisa ba’zi eritmalarda ham yuz beradi. Erigan moddaning molekulyar strukturasi yorug‘likning o‘ng aylanishli va chap aylanishli qutblanishiga olib kelib, ular eritmada turli fazaviy tezlikda harakatlanadi. Eritmaga tushayotgan chiziqli qutblangan yorug‘lik o‘ng va chap aylanishli qutblangan to‘lqin qismlariga ajralishi mumkin. To‘lqinning ikki qismlari turli fazaviy tezlikda tarqalib, bosib o‘tgan masofasiga proporsional bo‘lgan fazalar farqini keltirib chiqaradi. To‘lqinning ikki qismi bu masofani bosib o‘tganidan so‘ng, superpozisiya natijasida yo‘nalishi asl to‘lqinga nisbatan burilgan chiziqli qutblangan to‘lqinga aylanadi. Burilish burchagi molekulyar strukturaga, eritmada yorug‘lik yo‘li davomligidagi erigan modda konsentrasiyasiga va yorug‘likning to‘lqin uzunligiga bog‘liq. Kuzatuvchi yorug‘lik nuri tarqalishi yo‘nalishiga qarama-qarshi qaraganida, yorug‘likning qutblanish tekisligi soat strelkasi bo‘yicha burilsa(o‘ng aylanish) unga musbat qiymat beriladi. Aksincha, soat strelkasiga teskari aylanishni chap aylanish deb atashadi va unga manfiy qiymat beriladi. Asosan har qanday optik aktiv moddada o‘ng aylanishli va chap aylanishli modifikasiyalar bo‘lishi mumkin. Bu ikki modifikasiyaning mo‘ayyan aylantirish qiymati bir-biriga teng va qarama-qarshi ishoraga ega. Ikkala modifikasiyaning aralashmasi burish burchagini kamaytiradi. Ikkala modifikasiya teng proporsiyada bo‘lgan aralashma resemat deb ataladi. Tajribada qutblanish tekisligining burilishi bir-biriga ko‘ndalang o‘rnatilgan ikkita polyarizatorda kuzatiladi. Konsentrlangan eritma D(+) - suvdagi saxaroza optik aktiv modda sifatida qo‘llaniladi.
D(+) belgi qutblanish tekisligini modda o‘ng tomonga aylantirishini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |