61
nimjon bolalarga 3.0 ml gammaglobulin qilish mumkin. Bemor bolayotgan xona tez-
tez shamollatib turiladi.
Skarlatina - isitma, umumiy intoksikatsiya, bodom bezlari va tomoqning
zararlanish, shunigdek, terida mayda toshma bilan namoyon bo'ladigan o'tkir
yuqumli allergik kasallik.Skarlatina atamasini (lotincha «To'q qizil» degan manoni
anglatadi) va uning klinik bayonini birinchi marta XVII asr oxirida Sidengem degan
olim bergan.Xozirda skarlatina kam uchraydigan va nisbatan yengil kechadigan
bolalar yuqumli kasalligiga aylanib qoldi.
Etiologiyasi. Kasallik quzg'atuvchisi - A guruhidagi gemolitik streptokkoklar
bo'lib, ularni 50 dan ortiq serologak tiplari malum. Uni birinchi bor Lefler (1882 y)
aniqlagan. Gemolitik streptokokkning barcha tiplari ham o'zining toksigenlik
xususiyati va organizmdagi antitoksik immunitet darajasiga qarab turli kasalikllarni:
skarlatina, angana, faringit va saramasni qo'zg'otishi mumkin.Er-xotin Diklar
gemolitik streptokokklarning patologik ta'siri uni toksini bilan bog'liq, xosil
bo'ladigan immunitet antitoksik xarakterga ega bo'ladi deb qaradilar va shuning
asosida teri-toksin reaksiyasi (DIK reaksiyasi) dan foydalanishni taklif
etdilar.Kasallikni o'tkazgan (hatto subklinik kechganida) bolalarda turg'in immunitet
paydo bo'ladi, qayta kasallanish deyarli bo'lmaydi.Epidemiologiyasi. Kasallik manbai
bo'lib skarlatina yoki boshqa streptokokkli infeksiya (angina, faringit va boshqa) lar
bilan og'rigan bemorlar, shuningdek sog'lom bakteriya tashuvchilar hisoblanadi.
Ayniqsa skarlatinani yengil, noaniq, shaklda o'tkazayotgan bolalar ko'proq
epidemiologik xafi tug'diradilar.Infeksiya tashqi muhitda burun-tomoq shilliq
ajralmasi xamda turli yiringli ajralmalar orqali ajraladi. Binobarin u asosan havo-
tomchi yo'li bilan, kamroq hollarda kontakt yqli bilan (yani yiring yoki bemor
foydalangan qyinchoqlar, boshqa buyumlar va ifloslang qo'l orqali), shuningdek
alimentar yo'l bilan (sut orqali) yuqadi. Bemor kasallikning birinchi kunlaridan
boshlab, butun kasallik davomida, bazan tuzalish davrida ham atrofdagilarga
yuqtirishi mumkin.Skarlatina bilan ko'proq 2-6 yoshdaga bolalar kasallanadilar. 6
oygacha yoshda bo'lgan bolalar kamdan-kam kasallanadilar.Kasallik asosan kuz-qish
fasllarida kuzatiladi, yozda esa kam uchraydi. Issiq, tropik va subtropik iqlimiy
sharoitlarda kam qayd etiladi.
Klinikasi. Yashirin davri o'rtacha 2-7 kun bo'lib, u bir necha qisqarishi, yoki 12
kungacha cho'zilishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: