66
8 Mavzu: DIFTERIYA (BO’G`MA)
REJA:
Kasallik haqida tushuncha, etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi.
Bemorlarni ko’zdan kechirish, parvarish qilish, davolash.
Difteriyada bakteriologik tekshirish uchun bemorlardan material
olish.
Mahsus profilaktika
shemasi - AKDS vakstina, oldini olish choralari.
Epidemiyaga qarshi ishlari, aholi o’rtasida sanitariya–maorif ishlarini
olib borish.
O’zbekiston Respublikasi hududida kasallikni oldini olish to’g`risida
amaldagi buyruqlar.
Difteriya - Leffler tayoqchalarining toksigen shtammi quzg'atadigan, kuchli
umumiy intoksikatsiya va jarohatlangan joyda Fibrinli parda hosil bo'lishi bilan
kechadigan kasallik.Difteriya insoniyatga qadim zamonlardan ma'lum. XVII-XVIII
asrlarda Yevropada bu kasallikning katta epidemiyalari kuzatilgan.
Hozirgi vaqtda
difteriya barcha qityalarda onda-sonda uchrab turadi. Difteriyaga qarshi keng
qamrovli vaksinatsiya yo'lga ko'yilgani tufayli kasallik kamayib bormoqda.
Etiologayasi. Kasallik qo'zratuvchisi Leffler tomonidan 1887 yilda kashf etilgan, U
korinebakteriyalar
avlodiga
mansub
(Corinebacterium
diphteriae),
Korinebakteriyalar sharsimon, tayoqchasimon,
ponasimon, tarvaqaylagan shaklda
bo'lishi mumkin. Difteriya tayyoqchasi uchlarida yoki o'rtasida kolbasimon
kengaygan joy bo'lib, ularda to'g'nog'ichga o'xshash volyutin zarrarchalari bor.
Grammusbat mikrob. Difteriya qo'zg'atuvchisi aerob mikrob bo'lib, qon yoki unnng
zardobi qo'shilgan muhitda yaxshi o'sadi. Difteriya mikroblarini aniqlash uchun
ishlatiladigan ozuqa mudatlariga kaliy telluriti qo'shiladi (Tinsdal, Buchin
murg'glari).Ozuqa muhitlarida o'sish xususiyatlariga qarab difteriya tayoqchalarining
3 hil ko'rinishi mavjud: gravis, mitis, intermedius. Sporadik
kasallanish vaqtida
topilgan difteriya mikroblari asosan gravis variantiga mansub.
Difteriya mikroblarining toksin hosil qiluvchi va uni hosil qilmaydigan
shtammlari mavjud. Difteriya kasalligini faqat toksin xosil qiluvchn shtammlar
qo'zg'otadi. Difteriya mikroblarining toksini kuchli bo'lib, bemorning nerv va yurak-
tomir sistemasiga katta ta'sir ko'rsatadi. Laboratoriya sharoitida topilgan difteriya
mikroblarining albatta toksigenligi aniqlanadi.Difteriya
mikroblari tashqi muhitda
ancha turg'un. Ayniqsa past haroratda yahshi saqlanadi. Quritishga ham chidamla
ich kiyimlar, turli o'yinchoq va boshqa ashyolarda haftalab-saqlanishi mumkin. Sutda
bir oygacha, suvda — 12 kungacha saqlanadi. Xlor tutgan dezinfeksiyalovchi vositalar
ta'sirida tez nobud bo'ladi.
Epidemiologayasi. Kasallik manbai bo'lib difteriya bilan og'rigan bemor yoki
mikrobning toksigen shtammi mavjud sog'lom bakteriya tashuvchi hisoblanadi.
Mikrob tomoq va yuqori nafas yo'llarida joylashadi. Epidemiologik nuqtai nazardan
kasallikning yashirin davri, kasallik yengil kechayotgan
hollar atrofdagilar uchun
67
xavflidir.Difteriyaning tarqalishida sog'lom bakteriya tashuvchilarning o'rni katta.
Ularda kasallik alomatlari bo'lmaydi. Tomog'ida turli surunkali yallig'lanish hollari
mavjud kishilarda difteriya bakteriyalarini tashuvchilik holati ko'rpoq uchraydi.
Kasallik o'chog'ida mikrob tashuvchilar soni sog'lom kishilar orasida 10 % gacha
borishi mumkin. Toksigen bo'lmagan shtammlarni tashib yuruvchilar epidemiologik
ahamiyatga ega emas.Mikrob bemor va bakteriya tashuvchi organizmdan
gapirganda, yo'talganda, atrofga ko'plab ajraladi. Sog'lom
kishi organizmiga nafas
yo'llari orqali tushadi. Difteriya qo'zg'atuvchilari tashqi muhitda turg'un bo'lgani
tufayli mikrob havo-chang yo'li bilan, shuningdek o'yinchoq, uy ashyolari vositasida
ham tarqalishi mumkin. Ba'zan mikrob organizmga ko'z shilliq qavati va teri orqali
tushadi.Difteriya bilan asosan bolalar kasallanadi. Difteriyaga qarshi yoppasiga
bolalar emlana boshlaganidan beri, bu kasallik o'smirlar va katta yoshdagilar orasida
ko'proq uchramoqda.O'zbekiston sharoitida bolalarni emlash o'z vaqtida muntazam
ravishda amalga oshiriladi.Difteriya uchun ma'lum darajada mavsumiylik xos.
Kasallanish sentabr-noyabr oylarida sezilarli darajada ko'tariladi. Aprel-avgust
oylarida kasallik kam qayd etiladi.Kasallikdan so'ng turg'un immunitet hosil bo'ladi.
Klinikasi. Kasallikning yashirin davri 3-10 kun. Bu xastalikda mahalliy va umumiy
o'zgarishlar kuzatiladi. Mikrobniig organizmga
qayerdan tushishi va bemor
organizmning holatiga qarab, kasallik turli ko'rinishda va og'irlikda namoyon bo'lishi
mumkin.Joylashishiga qarab burun, tomoq, kekirdak, ko'z, teri difteriyasi farqlanadi.
Ko'proq tomoq difteriyasi uchraydi. Jarohatlangan soha shilliq qavati yaxlit fibrinli
parda bilan qoplanadi (9-rasm) U parda qattiq bo'lib ostidagi to'qimaga mustahkam
yopishgan bo'ladi. Shu sababdan uni shpatel yordamida ko'chirib olish ancha qiyin.
Parda atrofidagi sog'lom to'qimalardan ko'tarilib turadi, rangi kul rang, yaltiroq
bo'ladi. Kuch bilan pardani ko'chirilsa, ostidagi to'qimalar yuzasi qonaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: