Biologiya (2). cdr


Parda atrofidagi sog'lom to'qimalardan ko'tarilib turadi



Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/58
Sana10.04.2023
Hajmi5,73 Mb.
#926520
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Parda atrofidagi sog'lom to'qimalardan ko'tarilib turadi. 
Olingan pardani qatgiq predmet ustida ezilsa ham, yaxlitligicha saqlanadi. 
Keyinchalik u asta-sekin yupqalashib, chekkalaridan boshlab yo'qola boradi. Parda 
atrofidaga to'qimalarda shish yuzaga keladi. Rangi ko'kimtir tusda bo'ladi. 


68 
Tomoqdagi og'riq uncha kuchli bo'lmaydi.Tomoqda jarohat ko'pincha atrof 
to'qimalarga va nafas yo'llari bo'ylab tarqaladi. Bunday holat kasallik og'ir kechgan 
hollarda kuzatiladi.Maxalliy o'zgarishlarga mutanosib ravishda organizmning 
umumiy intoksikatsiyasi ham kuzatiladi. Bu o'zgarishlar difteriya tayoqchalari ishlab 
chiqaradigan kuchli ekzotoksinning ta'siri bilan bog'liq. Isitma ko'tarilishi asosan 
difteriyaning toksik shakllarida kuzatiladi. Tana xarorati 40-410S gacha ko'tarilishi 
mumkin. Lekin u qisqa muddatli bo'ladi, 4-5 kunda pasayadi. Difteriya toksini nerv 
sistemasi va yurakka kuchli ta'sir ko'rsatadi. Uning ta'sirida yurakda o'chog'li yoki 
diffuz miokardit ro'y beradi. Yurak tonlari sezilarli darajada susayadi, sistolik shovqin 
eshitiladi. Tomir urishi sekinlashadi, qon bosimi pasayadi. Yurakda ro'y bergan 
o'zgarishlar EKG da xam o'z ifodasini topadi. Miokardit odatda kasalikning 7-8 
kunidan rivojlanadi va og'ir xollarda 2-3-xaftaga borib o'limga olib keladi.Difteriya 
toksini markazny va periferik nera sistemasiga xam kuchli ta'sir ko'rsatadi. Periferik 
nervlar jaroxatlanishi odatda kasallikning 2-yarmida kuzatiladi va falajlanish ro'y 
berishi mumkin.Kechish va joylanishiga qarab difteriyaning quyidaga turlari uchraydi. 
1. Tarqalmagan dafteriya. Jaroxatlanish burun yoki tomoq, kekirdak, ko'z, jinsiy 
a'zolar sohasida bo'lib, atrofidagi organ soxalariga tarqalmaydi. 
2. Tarqalgan difteriya. Jaroxatlanish ikki va undan ortiq organlarga tarqaladi. 
Masalan, burun va tomoq, tomoq va kekirdak, og'iz shilliq qavati va x.k. 
3

Toksik difteriya - og'ir kechadigan turi. Unda intoksikatsiya yaqqol 
ifodalanadi. Jaroxatlangan soha atrofidagi yumshoq to'qimalarda shish paydo 
bo'ladi. Kasallikning bu turi ko'pincha tomoq difteriyasida kuzatilada. Xastalik 
kechishi va teri osti kletchatkasining shishganligi darajasiga qarab, subtoksik, P, va 
SH darajali toksik tomoq difteriyasi farqlanadi. 
4. Kam uchraydigan — teri, yara va jinsiy a'zolar difteriyasi. Kekirdak 
difteriyasida shilliq qavat qavarishi, fibrin parda hosil bo'lishi, kekirdak muskullari 
qisqarishi tufayli yo'tal, ovoz ingichkalanishi va nafas qisishi kuzatiladi. Uni chin 
(difteriya) krup deb ham ataladi. Og'ir hollarda stenoz tufayli bemor nafas ola 
olmaydi va asfiksiya oqibatida o'lim sodir bo'ladi. Kasallik vaqtida aniqlansa va 
davolash muolajalari erta va to'g'ri olib borilsa, bemorning ahvoli asta-sekin 
yaxshilana boradi Intoksikatsiya alomatlari yo'qola boshlaydi. Diffuz miokardit 
bo'lganida, 
yurakdagi 
o'zgaritlar 
ancha 
muddatgacha 
saqlanib 
turadi. 
Tashxisi. Difteriya tashxisini qo'yishda kasallikka xos mahalliy o'zgarishlar va umumiy 
intoksikatsiya alomatlari e'tiborga olinadi. Epidemiologik ma'lumotlar muhim 
ahamityaga ega. Bemor oilasida, bola qatnaydigan bog'cha yoki maktabda kasallik 
alomatlari bo'lgan odamlar bilan muloqot bo'lganligini surishtirish lozim. Difteriya 
katta yoshdagilar orasida ham ko'p uchrab turishini yodda tutish lozim.Laboratoriya 
diagnsstikasi uchun bemor tomog'idan va burundan alohida holda surtma olinadi va 
zardobli muhitga solinadi. Uni 3
 
soatdan kechiktirmay laboratoriyaga yetkazish 
lozim. Laboratoriyada olingan tahlilni maxsus muhitga ekiladi. Undan surtma 
tayyorlab, mikroskop ostida difteriya tayoqchalarini ko'rish mumkin. Har bir 
aniqlangan difteriya mikrobining toksigenligini maxsus tekshirishlar bilan albatta 
aniqlash lozim. Zeroki, kasallikni fakat toksigen shtammga mansub dafteriya 


69 
tayoqchalari qo'zg'otadi.Tashhis maqsadida passiv gemagglutinatsiya reaksiyasidan 
xam foydalaniladi. U serologik reaksiya. Shuning uchun bemordan kasallikning 3-4-
kunidan so'ng 1-2 ml kon olib, zardobidagi antitelolar aniqlanadi. Reaksiyaning 
diapyustik titri 1:40, Oradan bir xafta o'tkazib, tekshirish takrorlanganida, reaksiya 
titri kashda 2 marta ortishi kerak. 

Download 5,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish